MOL-MULK SOLIG 'INING SOLIQQA TORTISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
Full text
217 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 MOL-MULK SOLIG ‘INING SOLIQQA TORTISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH Ostonaqulov Alisher Abdurashidovich1 Yarashova Gulmira O‘rol qizi2 1 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va bank ishi kafedrasi” katta o‘qituvchisi. Tel: +998 93 222 22 17 2 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi 4 – bosqich talabasi. Tel: +998(94) 865 78 83 E mail: yarawovagu[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17513729 Annotatsiya: Tezisda mol-mulk solig'i mohiyatini ochish bo'yicha iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o'rganilgan, mol-mulk solig'ini resurs soliqlari tarkibidagi ulushi tahlil qilingan hamda tadqiqot yuzasidan xulosa va takliflar shakllantirilgan Kalit so ‘zlar: Mol-mulk, byudjet, resurs, yer solig ‘i, soliq kodeksi, Kirish: T.L.Krutyakovaning fikricha: “Korxonalarning mol-mulkiga soliqni joriy etishning asosiy maqsadlaridan biri soliq to‘lovchilarning foydalanilmayotgan mol-mulkni sotishdan manfaatdorligini oshirish edi” 1 I.A.Mayburovning fikricha, tashkilotlarning mol-mulkiga soliq solish quyidagi maqsadlarda o‘rnatiladi: 1) hududiy byudjetlarni byudjet xarajatlarini moliyalashtirish uchun barqaror daromad manbai bilan ta’minlash; 2) ortiqcha mol-mulkni sotishda yoki uni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilishda tashkilotga qiziqish uyg‘otish. 2 Resurslardan oqilona va samarali foydalanish iqtisodiyot sohasining bosh masalasi bo‘lib, ularni soliqqa tortish orqali ulardan unumli foydalanish bugunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Resurs soliqlari tarkibiga: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi. Bugungi kunda resurslardan samarali foydalanishni inobatga olgan holda, mamlakatimiz soliq siyosatida resurslardan undiriladigan soliqlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soliqlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6121-son Farmoni bilan yer uchastkalari va mol-mulkni soliqqa tortishni yanada takomillashtirish, ularni baholash va hisobini yuritishda zamonaviy usullarni joriy qilish, yer va suv resurslari, yer qa’ridan qazib olinadigan foydali qazilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan. Farmonga kura mol-mulk va yer soliqlarini ko‘chmas mulk (bino, inshoot va yer uchastkalari) ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida hisoblash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan bo‘lib, ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi ikki bosqichda joriy etiladi: • Birinchi bosqichda (2021-2023 yillar) — ko‘chmas mulk bo‘lgan turar-joy fondi ob’ektlari (kvartira, yakka tartibdagi uy-joylar, dala-hovli), shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan; • Ikkinchi bosqichda (2022-2024 yillar) — yashash uchun mo‘ljallanmagan alohida ko‘chmas mulk ob’ektlari, shuningdek, ushbu ob’ektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan. “Mulk solig‘i ko‘pincha mashhur bo‘lmagan, boshqarish qiyin va egiluvchan soliq sifatida tasvirlanadi. Darhaqiqat, mahalliy hukumatning daromad, sotish va aksiz solig‘i kabi moslashuvchan daromad manbalariga emas, balki mulk solig‘iga tayanishi har qanday holatda ham, mahalliy hukumatlarga ko‘plab boshqa hukumatlar tomonidan duch kelgan jiddiy qiyinchiliklardan qochishga yordam berdi” 3 “Mamlakatimiz soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: 1 Крутякова Т.Л. Налог на имущество: изменения продолжаются // Новая бухгалтерия. – 2014. - № 12. – с. 15-22. 2 Майбурова И.А. Теория и история налогообложения: учебник / под редаксией. М.: Юнити-Дана. – 2014. – 422. 3 Алм, Жамес, Бусчман, Роберт Д., Сжоқуист, Давид Л. 2011. “Ретҳинкинг Лоcал Говернмент Релианcе он тҳе Пропертй Тах.” Регионал Сcиенcе анд Урбан Еcономиcс 41 (4): 320–31.
218 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 • korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish; • korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma’naviy va jismoniy tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg‘or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi” 4 Mol-mulkni soliqqa tortish 2019 yil 30 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi. Soliq kodeksining 410-modda. Soliq to‘lovchilar moddasiga binoan “yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish ob’ekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari; 2) O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar”-deb belgilab quyilgan. Soliq Kodeksining 411-modda. Soliq solish obyekti sifatida “Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning molmulkiga solinadigan soliq soliq solish obyekti hisoblanadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi: • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar; • qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyihasmeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi; • temiryo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar; • qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari, ko‘chmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach”-deb qonun bilan belgilab quyilgan. 2022-yil uchun soliq-bojxona siyosatining asosiy yo‘nalishlarida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 2%dan 1,5%ga pasaytirish rejalashtirilmoqda. 5 2023-yil uchun yuridik shaxslarni molmulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5% stavka saqlanib qolindi. Bevosita soliq tushumlarida resurs soliqlarining ulushi yil sayin oshib borayotganligini so‘nggi besh yillik (2019-2023-yillar) asosida tahlil qilsak, uni quyidagi 1-jadvalda o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin. 1-jadval: O‘zbekiston Respublikasida resurs soliqlari bo‘yicha 2019-2023-yillardagi byudjetning daromad qismiga tushumi (mlrd. so‘m) 6 T/r Ko‘rsatkichlar 2019yil 2020yil 2021yil 2022yil 2023-yil yarim yillik 1. Soliq tushumlari 112 165,4 132 938,0 127 970 148 388 76 262 2. Resurs soliqlari jami 19 680,7 21 257,0 23 036 23 913 13 057 3. Mol-mulk solig‘i 2 360,2 1 974,3 2 457 4 015 2 562 4 Vahobov A., Jo‘raev A. Soliqlar va soliqqa tortis’h: Darslik. T -2008. 154b. 5 https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/ 2022 yil uchun fuqarolaruchun byudjet e’lon qilindi. 6 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
219 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 4. Yer solig‘i 2 313,2 2 386,7 4 083 5 306 3 066 5. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar 14 692,8 16 417,1 15 812 13 887 7 077 6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 314,5 478,8 684 704 352 7. Resurs soliqlarning jami soliq tushumdagi ulushi, % 17,5 15,9 16 16,1 17,1 1-jadval ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 2019-yilda resurs soliqlarining byudjetning daromad qismiga tushumi 19 680,7 mlrd. so‘mni, 2020-yilda 21 257,0 mlrd. so‘mni, 2021-yilda 23 036 mlrd. so‘m, 2022-yil 23 913 mlrd. so‘mni, 2023-yil 22 740,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Resurs soliqlarining jami tushumdagi ulushi 2019-yilda 17,5 foizni, 2020-yilda 15,9 foizni, 2021-yilda 16 foizni, 2022-yilda 16,1 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 11,7 foiz bo‘lgan. Xulosa: Mol-mulk solig‘ini takomillashtirish ishlari O‘zbekistonda davom etmoqda, bu asosan, foydalanilmayotgan mulkni samarali boshqarishga undash, byudjetni barqaror daromad bilan ta’minlash va ko‘chmas mulkni kadastr qiymati asosida soliqqa tortish kabi islohotlar orqali amalga oshirilmoqda. Tadqiqotlar natijasida mol-mulk solig‘ining byudjet barqarorligini ta’minlashdagi roli va uning korxonalarni ortiqcha mol-mulkdan samarali foydalanishga undashdagi ahamiyati tasdiqlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O ‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. 2. Крутякова Т.Л. Налог на имущество: изменения продолжаются // Новая бухгалтерия. – 2014. - № 12. – с. 15-22. 3. Майбурова И.А. Теория и история налогообложения: учебник / под редаксией. М.: ЮнитиДана. – 2014. – 422. 4. Алм, Жамес, Бусчман, Роберт Д., Сжоқуист, Давид Л. 2011. “Ретҳинкинг Лоcал Говернмент Релианcе он тҳе Пропертй Тах.” Регионал Сcиенcе анд Урбан Еcономиcс 41 (4): 320–31. 5. Vahobov A., Jo‘raev A. Soliqlar va soliqqa tortis’h: Darslik. T -2008. 154b. 6. https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/ 2022 yil uchun fuqarolaruchun byudjet e’lon qilindi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.