scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FISKAL BARQARORLIKNI TA'MINLASHDA SOLIQ IMTIYOZLARI VA ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Jumayev Tursunpoʻlat Baxtiyor o'g'li

Full text

224 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 FISKAL BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA SOLIQ IMTIYOZLARI VA ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI Jumayev Tursunpoʻlat Baxtiyor o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika insitiuti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti moliya va moliyaviy texnologiya yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Tel:+998 (93) 241-24-05 https://doi.org/10.5281/zenodo.17513789 Annotatsiya: Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq imtiyozlarining tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ta’siri tahlil qilinadi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan fiskal siyosatning asosiy yo‘nalishlari, soliq yukini optimallashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va budjet intizomini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, milliy soliq tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va soliq imtiyozlarining natijaviyligini baholash masalalari ham o‘rganiladi. Tezisda fiskal barqarorlikning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri, soliq siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligi va davlat moliyasining barqarorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: Fiskal siyosat, fiskal barqarorlik, soliq imtiyozlari, budjet daromadlari, iqtisodiy samaradorlik, davlat moliyasi, soliq yuklamasi, yashirin iqtisodiyot, investitsion jozibadorlik, makroiqtisodiy barqarorlik, YAIM, budjet taqchilligi, soliq ma’murchiligi, soliq turlari, soliq yengilliklari, soliq bazasi, davlat qarzi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, soliq siyosatini liberallashtirish, fiskal mustahkamlik, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda fiskal siyosatning roli beqiyosdir. Davlat budjetining barqarorligi, daromadlar bazasining kengayishi va xarajatlarning samaradorligi mamlakatning makroiqtisodiy muvozanatini ta’minlaydigan asosiy omillardandir. Shu nuqtai nazardan, fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq imtiyozlari muhim iqtisodiy vosita sifatida e’tirof etiladi. Fiskal barqarorlik – bu davlatning o‘z daromadlari hisobidan majburiyatlarini muntazam va to‘liq bajarish qobiliyati, davlat qarzining nazorat ostida bo‘lishi va iqtisodiy siyosatning uzoq muddatda izchil amalga oshirilishidir. Ushbu tushuncha davlat budjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlashni, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida fiskal barqarorlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Mazkur strategiyaga muvofiq, mamlakatda uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida tashqi va ichki ta’sirlarga moslashuvchan fiskal siyosat yuritish, budjet taqchilligini YAIMga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik, davlat qarzini YAIMning 50 foizidan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, shuningdek, natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tushumlari asosiy manba hisoblanadi. Shu bois soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorligini to‘g‘ri baholash juda muhim. Soliq imtiyozlari — bu ayrim xo‘jalik subyektlari yoki tarmoqlarga soliq yukini kamaytirish orqali iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida qo‘llaniladigan mexanizmdir. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich liberallashtirilib, soliq imtiyozlari tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, ayrim tarmoqlar uchun berilgan uzoq muddatli imtiyozlar bekor qilinib, ularning o‘rniga natijaviylikka asoslangan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etildi. Bunda maqsad — budjetga tushumlarni barqaror saqlagan holda, iqtisodiy faollikni oshirishdir. Fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq siyosati va budjet intizomi o‘zaro uzviy bog‘liq. Soliq siyosatining izchilligi, adolatli soliqqa tortish tizimi va samarali soliq ma’murchiligi davlat moliyasining mustahkamligini ta’minlaydi. Shu jihatdan, soliq imtiyozlarining tahlili ularning qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy natijalarini aniqlash imkonini beradi. Soliq imtiyozlarining samaradorligini baholashda bir necha mezonlarga e’tibor qaratiladi: • investitsiyalar hajmining o‘sishi; 225 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 • yangi ish o‘rinlarining yaratilishi; • ishlab chiqarish hajmining kengayishi; • eksport ulushining ortishi; • budjetga tushumlarning barqarorligi; • iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ijobiy ta’sir. Agar soliq imtiyozlari bu natijalarga erishishga xizmat qilsa, ular iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Aks holda, ular fiskal barqarorlikka xavf tug‘dirishi, budjet daromadlarining kamayishiga olib kelishi mumkin. Davlat budjetining daromad bazasini mustahkamlashda soliq ma’murchiligini raqamlashtirish, elektron soliq tizimlarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilar bazasini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ham fiskal barqarorlikni mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Soliq turlari bo‘yicha byudjetga tushgan tushumlar (2021–2023-yillar, mlrd so‘mda) № Soliq turlari 2021-yil 31-mart 2022-yil 31-mart 2023-yil 31-mart Byudjetga tushumlar, jami 29 344 34 500 37 877 1 Qo‘shilgan qiymat solig‘i 5 963 7 591 8 399 2 Aksiz solig‘i 3 065 3 361 3 355 3 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 8 478 9 281 9 521 4 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 4 001 5 236 6 622 5 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 191 179 206 6 Mol-mulk solig‘i 652 943 1 316 7 Yer solig‘i 822 1 114 1 425 8 Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 3 761 3 596 3 544 9 Aylanmadan olinadigan soliq – 622 556 10 Davlat boji va jarimalar 650 888 1 041 11 Boshqa tushumlar va yig‘imlar 1 762 2 310 1 891 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2021–2023-yillar davomida mamlakat byudjetiga tushgan soliq tushumlari barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Soliq stavkalarining kamaytirilishi va tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida soliq to‘lovchilar soni ortgan. Bu esa o‘z navbatida byudjet daromadlarining oshishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i va daromad solig‘i bo‘yicha sezilarli o‘sish qayd etilgan. Shu bilan birga, ayrim soliqlar (masalan, yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i) bo‘yicha tushumlar barqaror saqlangan. Umuman olganda, soliq siyosatidagi islohotlar byudjet barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 1 Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda. XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakat YAIMining o‘sish sur’ati 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, inflatsiya darajasini 8 foizgacha pasaytirish rejalashtirilgan. Bularning barchasi fiskal siyosatning muvozanatli yuritilayotganini ko‘rsatadi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida soliq va bojxona siyosatini JST talablariga uyg‘unlashtirish, imtiyozlarni adolatli va shaffof mezonlar asosida belgilash, davlat budjetining ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlash hamda natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishlar fiskal barqarorlikni ta’minlashning zamonaviy vositalaridan biridir. Shuningdek, soliq imtiyozlarini baholash tizimini takomillashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi real samarasi aniqlanadi. Imtiyozlarning samarali mexanizmi — bu soliqdan bo‘shatish emas, balki iqtisodiy o‘sish orqali budjetga qo‘shimcha daromad keltiruvchi rag‘batlantiruvchi vosita sifatida ishlatilishidir. Xulosa: Xulosa qilib aytganda, fiskal barqarorlikni ta’minlashda soliq imtiyozlari muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. Ammo ularni berishda iqtisodiy maqsadlilik, shaffoflik va natijadorlik tamoyillari ustuvor bo‘lishi 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. 226 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 zarur. Har qanday soliq yengilligi iqtisodiyotning aniq bir tarmog‘ini rivojlantirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga yoki eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kerak. Aks holda, bu imtiyozlar davlat budjeti daromadlarining kamayishiga, fiskal intizomning zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Shu bois O‘zbekiston soliq tizimida imtiyozlarning tahlilini tizimli ravishda amalga oshirish, ularning iqtisodiy samaradorligini muntazam baholab borish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi 2024-yilgi Qonun. 3. Moliya vazirligi. “Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha hisobotlar”, 2024. 4. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ). World Economic Outlook, 2024-yil aprel nashri. 5. Karimov, A. Fiskal siyosat va budjet barqarorligi masalalari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2023. 6. Axmedova, N. Soliq imtiyozlari va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Toshkent moliya instituti ilmiy jurnali, 2022. 7. World Bank. Public Finance Review: Uzbekistan 2023.