YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA YASHIL BYUDJETLASHTIRISH VA UNING NAZARIY ASOSLARI
Full text
229 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA YASHIL BYUDJETLASHTIRISH VA UNING NAZARIY ASOSLARI Kasimov Azamat Abdukarimovich TDIU, “Yashil” iqtisodiyot kafedrasi dosenti, i.f.d. (DSc) ORCID: 0000-0002-7692-0490 https://doi.org/10.5281/zenodo.17513852 Annotatsiya: Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, yashil byudjetlashtirishning mazmun-mohiyati ochib berilgan va nazariy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, yashil byudjetlashtirish bо‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi, islohotlari hamda soha bо‘yicha yuzaga kelgan asosiy muammolari о‘rganilgan. Yashil byudjetlashtirishning asosiy maqsadlari va uning afzalliklari yoritilib berilgan. Kalit sо‘zlar: yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, byudjet, yashil byudjetlashtirish, ekologiya, iqtisodiy rivojlanish. Bugungi kunda har qanday mamlakatning nafaqat barqaror iqtisodiy rivojlanishida, balki, vujudga kelgan global ekologik muammolarni bartaraf etishda ham davlat byudjeti muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning e’tiroficha atrof-muhitni byudjetlashtirish davlatlar byudjet islohotining asosiy vositalaridan biri sifatida qaralishi lozim. Ya’ni, “Yashil byudjetlashtirish” atrof-muhitga ta’sir mezoniga asoslangan byudjet xarajatlarining yangi tasnifi bо‘lib, atrof-muhitni rivojlantirish uchun davlat resurslarini belgilashdir. Hozirgi davrda iqlim о‘zgarishlari bо‘yicha strategik ustuvorliklar, jumladan iqlim о‘zgarishi bо‘yicha milliy, mintaqaviy va global majburiyatlarning bajarilishi ham aynan yashil byudjetlashtirish holati bilan baholanayotganligi sir emas. Shu boisdan, keyingi davrda mamlakatimizda ham barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)ga erishish va iqlim о‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga doir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgacha О‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga о‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bо‘yicha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-436-son qarori bilan ustuvor yо‘nalishlar sifatida (a) iqlim о‘zgarishiga moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish masalalarini milliy siyosatga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirishga va byudjet jarayonlariga kiritish hamda (d) soliqlar va davlat xarajatlarining “yashil” iqtisodiyotga muvofiqligi va ta’siri tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholash va oshkor qilish uchun “yashil” byudjet metodologiyasini joriy etish – “yashil” ustuvor yо‘nalishlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir kо‘rsatadigan soliqlar va davlat xarajatlari ulushini baholash uchun “yashil” byudjet metodologiyasini joriy etish belgilangan [1]. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek “yashil” byudjetlashtirishni samarali tashkil etish, “yashil” moliyalashtirishni kengaytirish, bunda “yashil” investitsiyalarni keng jalb etish tamoyillari asosida mamlakatimizning “yashil” iqtisodiyotga о‘tishini jadallashtirish – mazkur sohani yanada takomillashtirish bо‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish va mavzuning dolzarb masalalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ta’kidlash joizki, “yashil” iqtisodiyot va “yashil” byudjetlashtirish davlat va biznes о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik jarayonining umumiy samarasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bunda davlat “о‘yin qoidalarini” belgilab, bozor va infratuzilmani zamonaviy sharoitlarga moslashtirishi, shuningdek “yashil” investitsiyalarni jalb qiluvchi turli iqtisodiy rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratishi, ushbu investitsiyalarni samarali yо‘naltirilishida nazorat vazifasini bajarishi lozim. “Yashil iqtisodiyot” atrof muhitni, bioxilmaxillikni va ekotizim xizmatlarni saqlash, “yashil” ish о‘rinlari tashkil etish imkoniyatini va qashshoqlik muammosi hal etilishini ta’minlovchi barqaror taraqqiyot masalalarini qamrab oladi [2]. N.Maxmudov fikricha, tabiatning tabiiy qonunlari bilan hisoblashmaslik natijasida dunyoda “jigarrang” iqtisodiyot degan tushuncha shakllandi. Bugun “jigarrang” iqtisodiyotdan “yashil” iqtisodiyotga о‘tish insoniyat uchun hayot-mamot masalasidir. “Yashil” iqtisodiyot insonning tabiatga bо‘lgan munosabatini muqobillashtirish asosida atrof-muhit tozaligini, tabiiy resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali foydalanish orqali turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi [3].
230 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 K.Daniekning fikricha, “yashil iqtisodiyot” iqtisodiyot va ekotizim о‘rtasidagi munosabatlardan iborat bо‘lib, tezkor barqaror rivojlanishning asos hisoblanadi. Albatta, aksariyat ta’riflarda barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot ajratib kо‘rsatilgan bо‘lsada, ikkinchi tomondan ayrim nazariyalarda “yashil iqtisodiyot” barqaror rivojlanish bо‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan vosita sifatida tavsiflaydi [4]. “Yashil iqtisodiyot” atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi (Pierce) tomonidan 1989 yilda “Green Economy Blue Book” nomli kitobida qayt etilgan. Muallifning ta’kidlashicha, tabiiy resurslarning kamayishi, agar iqtisodiy kengayish mavjud tabiiy resurslar chegarasidan oshib ketsa, iqtisodiy о‘sish doimiy turg‘unlikda bо‘lishdi [5]. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi esa 1989 yilda “Yashil iqtisodiyot uchun loyiha” hisobotida paydo bо‘lgan va u Yevropa mamlakatlari iqtisodiy ahvolini yaxshilash yuzasidan ekspertlar fikr-mulohazalarining asosini egallagan. Keyinchalik esa tabiiy muhitni asrash va jamiyat hayoti sifatini yaxshilashning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, yashil iqtisodiyotning rivojlanishi, kо‘lamining kengayishi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga chuqur kirib borishi natija о‘laroq “yashil о‘sish”ni ta’minlaydi. M.Jacobsning fikricha, “yashil о‘sish” tushunchasi “iqtisodiy о‘sish (yalpi ichki mahsulotning о‘sishi)”ni anglatadi, bu ham atrof-muhitni sezilarli darajada muhofaza qilishni ta’minlaydi, shu bilan iqtisodiy faoliyatga ekologik zararni bartaraf etadi [6]. Bir guruh iqtisodchilar fikricha, “yashil о‘sish” barqaror rivojlanish uchun alohida strategiya hisoblanib, bu atrof-muhit muammolarini bartaraf etish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni о‘z ichiga oladi [7]. Ma’lumki, “yashil iqtisodiyot”ga о‘tish va uni rivojlantirish asosida “yashil о‘sish”ga erishiladi. Jumladan, an’anaviy energiyadan muqobil energiya (quyosh, shamol, suv va bioenergiya)ga о‘tish, sanoat ishlab chiqarish korxonalarida zararli chiqindilarni kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlarida katta miqdorda atrof-muhitga zaharli moddalarni chiqaruvchi ayrim yoqilg‘i vositalaridan vos kechish, sanoat va uy hо‘jaliklari chiqindilarini xavfsiz zararlantirish, qurilish sohasida о‘zidan zaharli moddalarni chiqaruvchi vositalarni ekologik toza vositalarga almashtirish, yashil hududlarni kengaytirish kabi chora-tadbirlar shular jumlasidan. Bugungi kunda aynan davlat “yashil” siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetakchi rol о‘ynaydi va byudjet tizimi byudjet mablag‘lari atrof-muhit va iqlim bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Bu sohada davlat ham bevosita ta’sir kо‘rsatadi (kam uglerodli va energiya tejamkor iqtisodiyotga о‘tish bо‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish orqali), ham bilvosita ta’sir kо‘rsatadi, tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhit va iqlimga nisbatan mas’uliyatli xatti-harakatlarga rag‘batlantiradi [8]. Ta’kidlash joizki, sо‘nggi о‘n yillikda dunyoning aksariyat mamlakatlarida byudjet jarayoniga “yashil” byudjetlashtirish vositalarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan zamonaviy byudjetni boshqarish tizimlari ishlab chiqilgan. Ushbu qulay muhitning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat [9]: • strategik davlat boshqaruvi tamoyillaridan foydalanish; • о‘rta muddatli byudjetlashtirishga о‘tish hamda о‘rta muddatli va uzoq muddatli byudjet prognozlarini ishlab chiqish; • davlat byudjetini dasturiy maqsadli boshqarish va qurish metodologiyasini dastur formatida qо‘llash; • davlat organlari, parlament tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari о‘rtasida yaqin hamkorlikning mavjudligi va boshqalar. Shu bilan birga hozirgi davrda yashil byudjetlashtirish bо‘yicha kо‘pgina mamlakatlar turli bosqichlarda duch keladigan islohotlarning asosiy muammolari ham kо‘zga tashlanmoqda, jumladan: - ushbu ma’lumotlarning iste’molchilari, shu jumladan fuqarolar va qonun chiqaruvchilar tomonidan yaxshi tushunilmaydigan о‘ta murakkab dasturli byudjet tuzilmalari; - milliy rivojlanish rejalari va byudjetlar о‘rtasidagi strategik muvofiqlikning etarli emasligi; - xarajatlarga asoslangan byudjetlashtirishning an’anaviy shakllariga qaytmaslik uchun fikrlash shakllarini о‘zgartirish muammosi [10].
231 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Demak, yashil byudjetlashtirish byudjet siyosatini atrof-muhit maqsadlari bilan yaxshiroq muvofiqlashtirish maqsadida byudjet mablag‘larining atrof-muhitga qо‘shadigan hissasi aniq samaradorlik kо‘rsatkichlari bо‘yicha aniqlanadi va baholanadigan byudjet jarayoni sifatida belgilanadi. Yuqoridagi ijobiy tajribalarga asoslanib, davlat (mahalliy) byudjetining bir qismini yashil investitsiyalar uchun zaxiralash, “yashil” tushunchalarni (masalan, “yashil loyihalar”, “yashil iqtisodiyot”, “yashil byudjetlashtirish” va boshqalar) shakllantirish va qonunlashtirishni taqozo etadi. Bu ajratilgan mablag‘lardan foydalanishni osonlashtirishga va jamiyat uchun tashqi ijobiy samarani shakllantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha О‘zbekiston Respublikasining «yashil” iqtisodiyotga о‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bо‘yicha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi PQ-436-son qarori, 02.12.2022 yil. 2. Isadjanov A. “Yashil iqtisodiyot”: xususiyatlari va rivojlanish omillari // Iqtisodiyot va ta’lim / 2020 № 1, 15 b. 3. Maxmudov N. Yashil iqtisodiyot — muhim hayotiy zarurat // “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” elektron jurnali. https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/2023/02/19/jashil-iqtisodiyot-muhim-hayotiy-zarurat/ 4. Daniek K. Green economy indicators as a method of monitoring development in the economic, social and environmental dimensions // Social Inequalities and Economic Growth, no. 62 (2/2020). r. 151-152 5. Wang Y, Li Y, Zhu Z, Dong J. Evaluation of green growth efficiency of oil and gas resource-based cities in China. Clean Techn Environ Policy. (2021) 23:1785–95. 10.1007/s10098-021-02060-9 6. Jacobs M. ‘Green Growth’ // Handbook of Global Climate and Environmental Policy / R. Falkner (ed.). - Oxford: Wiley Blackwell, 2013. - P. 197-214. 7. Hussain Z., Mehmood B., Khan M., Tsimisaraka R. Green Growth, Green Technology, and Environmental Health: Evidence From High-GDP Countries // ORIGINAL RESEARCH article. Front. Public Health, 14 January 2022. Sec. Environmental health and Exposome. Volume 9 – 2021. 8. Sitnik A.A. «Zeleniye» finansi: ponyatiye i sistema // Aktualniye problemi rossiyskogo prava. 2022. T. 17. № 2 (135) fevral. 68 st. 9. Afanasyev M.P., SHASH N.N. Perviy v mire «zeleniy» gosudarstvenniy byudjet // Tekst nauchnoy stati po spetsialnosti «Ekonomika i biznes». 344-345 st. DOI: 10.47711/2076-318-2021-342-355. 10. Robinson M. Performance Budgeting / Allen R. et al. (eds). The International Handbook of Public Financial Management. London: Palgrave Macmillan, 2013.