QO'SHILGAN QIYMAT SOLIGINI UNDIRISH MEXANIZMI VA UNI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Full text
232 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIGINI UNDIRISH MEXANIZMI VA UNI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Komilov Shohruh Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 5mm-22-guruh talabasi Email:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17513882 Annotatsiya: Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan. Yuqori hamda pasaytirilgan QQS stavkalar joriy etilgan mamlakatlar va ulardagi imtiyozli stavkalar haqida ma’lumotlar keltirilib, nisbatan QQSning imtiyozli (pasaytirilgan) stavkasini ma’lum sohalarga qo‘llash orqali ham turli xil sohalarni rivojlantirish mumkinligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda ma’lum bir tovar va xizmat turlariga QQSning imtiyozli stavkalarini belgilash va ma’lum birlaridan imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: QQS, soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, stavka, pasaytirilgan stavka, ijtimoiy-iqtisodiy, tovar va xizmatlar,soliq ma’murchiligi, soliq salohiyati, normativ tahlil, soliq yuki, soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq imtiyozlari. Soliqqa tortish har qanday davlatning moliyaviy siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, daromadlarni shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda o‘sib borayotgan iqtisodiyot sifatida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda QQS ma’muriyati sohasida o‘ziga xos chora-tadbirlar va amaliyotlarni qabul qildi. O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibi va QQS ma’muriyatining o‘ziga xos jihatlari haqida umumiy ma’lumot berib, mamlakatda soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay muhit yaratish muhimdir. Bundan tashqari, O‘zbekistonning soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va QQS ma’muriyatiga bo‘lgan yondashuvi raqamlashtirish va xalqaro savdodagi global tendensiyalarga mos ravishda rivojlanmoqda. Bu esa O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari va oqibatlarini har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar qo‘llashni jadal rivojlantirish davrida mamlakatimizda ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi. 1 O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘plab sohalar qatorida soliq sohasida ham keng islohotlar amalga oshirish orqali bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Misol uchun, tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini mutanosib taqsimlash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsadida soliq imtiyozlari ro‘yxati bir muncha qisqartirildi. Bu orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) zanjirsimon mexanizmini tiklashga ma’lum darajada erishildi. Mamlakatimizda 2019 yildan tadbirkorlik sub’ektlarini umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o‘tishi lozimligini belgilovchi mezon yaratildi va bunda ushbu mezon sifatida yillik oborot (yalpi tushum) belgilandi . Tegishli o‘zgartirishlarga ko‘ra QQS qamrovini kengaytirish uchun yillik tushumi 1 mlrd.so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tishi va QQS to‘lovchisiga aylanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu tartib o‘rnatilgandan so‘ng, uzoq yillar davomida asosan yagona soliq to‘lovchisi sifatida faoliyat yuritgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida faoliyat ko‘rsatmaslik maqsadida o‘z tushumlarni yashirish, tovar aylanmasini 1 mlrd.so‘mga yetkazmasdan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini to‘xtatib, yangidan firma ochish orqali o‘z soliq rejimida (aylanmadan olinadigan soliq) qolishga harakat qilishdi. Soliqqa tortishning jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki QQSning birinchi 1 Matkarimov Dilshodbek Ilxomovich Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori https://doi.org/10.5281/zenodo.14060112
233 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 darajali, ijtimoiy xarakterli tovar hamda xizmatlarga nisbatan yuqori va (yoki) imtiyozli (pasaytirilgan) stavkalarni qo‘llash orqali soliq tushumlarini oshirish mumkin. Shu maqsadda, QQS bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan soliq stavkalari o‘rganib chiqilib, mazkur soliqning imtiyozli stavkalarini mamlakatimizda joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. QQS birinchi marotaba joriy etilgan 1954 yildan bugungi qadar dunyodagi 175 ta mamlakatda QQS yoki unga o‘xshash bo‘lgan iste’mol solig‘i (tovar va xizmatlar uchun) sifatida joriy etilgan bo‘lib, ushbu soliq turi bo‘yicha bugungi kunda dunyo mamlakatlari orasida belgilangan bazaviy stavkaning eng yuqorisi 27%ni (Vengerya) va eng quyisi 4.5% (Andorra)ni tashkil etadi. Mamlakatimizda QQS ilk bor 1992 yilning 1 yanvarida joriy qilingan. 32 yildan buyon amalda qo‘llanilib kelayotgan QQSning ilk stavkasi 30 foiz qilib belgilangan bo‘lib, keyichalik mamlakatimizda soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq yukini kamaytirish maqsadida soliq stavkalari bosqichma bosqich kamaytirib borildi. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga muvofiq QQS stavkasi 12 foiz qilib miqdorida belgilangan QQS soliq turi bo‘yicha differensial stavkalari mamlakatlarda pasaytirilgan (imtiyozli, nolli) va oshirilgan stavkalar ko‘rinishida joriy etiladi. Dastlab O‘rta Osiya davlatlarida joriy etilgan. Qozog‘iston Respublikasida QQSning bazaviy stavkasi 12 foiz qilib belgilangan. Mahsulotlarning eksporti va xalqaro transport xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga 0 foizli stavka qo‘llanilib kelinmoqda. Shuningdek, bir qator tovarlar, ishlar va xizmatlar soliqdan ozod etilgan. Jumladan: dori vositalarini sotish; moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy xizmatlar; moliyaviy lizing xizmatlari; notarius va advokatlik xizmatlari. Tojikistonda ham mamlakatimiz kabi tadbirkorlik sub’ektlarini umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o‘tishi lozimligini belgilovchi mezon yaratilgan bo‘lib, QQS odatda tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga olgan soliqqa tortiladigan aylanma bo‘yicha hisoblanadi. Bazaviy QQS stavkasi 14% ni tashkil qiladi. Agar soliq to‘lovchilarning soliqqa tortiladigan aylanmasi oldingi 12 oylik davrda belgilangan summadan ortiq bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslar QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Ushbu mamlakatning soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar QQSdan ozod etilgan: ko‘chmas mulkni sotish, topshirish yoki ijaraga berish; moliyaviy xizmatlar; muayyan tibbiy xizmatlar. Bundan tashqari, Tojikiston fond birjasida faoliyat yurituvchi ishtirokchilar QQSning 50 foizidan ozod qilingan. Qirg‘iston Respublikasida QQS bazaviy stavkasi 12 foizni tashkil etadi. Alohida tovarlar va xizmatlar uchun QQSning nollik stavkasi ham amal qiladi. QQSdan ozod qilingan aylanmalar ham mavjud bo‘lib, jumladan: oltin, kumush qotishmasi, hamda, tozalangan oltin va kumushni yetkazib berish va eksport qilish; dori vositalarini yetkazib berish; faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan elektrda harakatlanadigan avtomobillar; sug'urta, pensiya va moliyaviy xizmatlardan iborat. Turkmanistonda QQS odatda 15% stavkada to‘lanadi. Nollik stavka tovarlar eksporti (neft va gazdan tashqari) va xalqaro transport xizmatlari uchun qo‘llaniladi.Bundan tashqari jahon moliyaviy inqirozi davrida QQS stavkasida kamayishlar kuzatilgan. OECDning tahlillariga ko'ra, iste'mol soliqlari (shuga QQS) iqtisodiy vaziyatga nisbatan munosabatda bo'lgan. Masalan, iste'mol soliqlari jami yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan ulushi 2019 yilda ~10,2% bo'lgan, 2020 yilda mahsulot 9,9% ga tushgan. QQS tushumlari ichida, ya'ni “QQS daromadi / YaIM” ko'rsatkichi bo'yicha, 2007-09 inqirozida ozgina pasayish kuzatilgan. Masalan, Ispaniyada, 2007 yilga nisbatan 2009 yilda QQS tushumi ~40% ga kamaygan. QQS “potentsial” tushumga nisbatan yig'ilish ko'rsatkichi (QQS Revenue Ratio, VRR) inqirozi keyingi pasaygan — OECD mamlakatlarida. 2 Rossiya federatsiyasida QQS 2019-yildan boshlab 20 foizli stavkada undirilib kelinmoqda. Biroq oziqovqat, poyabzal, ba’zi tibbiy buyumlar va bolalar kiyimlariga QQSning pasaytirilgan 10 foizli stavkasi qo‘llaniladi. Ta’lim, tibbiy buyumlar, davlat uy-joylari va an’anaviy moliyaviy mahsulotlarni o‘z ichiga olgan boshqa muhim hisoblangan Tovar va xizmatlar uchun 0 foizli stavka ham joriy etilgan. Quyida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (YaIM) bo‘yicha 2025yil yakunlari bo‘yicha yuqori o‘rinni egallagan mamlakatlarda QQS stavkalaraini ko‘rib chiqamiz. Xitoyda QQS birinchi marta 1984 yilda joriy etilgan bo‘lib, mamlakatda bazaviy soliq miqdori 13 foizni tashkil etadi. Biroq quyidagilarga: chakana savdo; mehmonxona (xizmati); umumiy 2 sefofuncas.com
234 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ovqatlanish sohasi; ko‘chmas mulk va qurilish sohasi; komunikatsiya; pochta xizmatlari; transport va logistika xizmatlariga 9 foiz. Moliyaviy xizmatlar va sug‘urta; informatika texnoligiya sohasi va u bo‘yicha konsalting xizmatlarga 6 foiz qilib belgilangan. Kichik korxonalar uchun esa 3 foiz qilib belgilangan. Germaniyada 3 xildagi soliq stavkalari amal qiladi (bazaviy 19 foiz, kamaytirilgan 7 foiz, hamda 0 foizli). Kamaytirilgan 7 foizli stavka alohida oziq-ovqat mahsulotlari va suv resurslariga, nogironlar uchun tibbiy asbob-uskunalar, ayrim ichki yo‘lovchi transporti, temir yo‘l va ichki suv yo‘llari uchun jamoat ichidagi va xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari, kitoblar (mazmunida voyaga yetmaganlar uchun taqiqlangan kitoblar bundan mustasno), elektron kitoblar, audiokitoblar, gazetalar va davriy nashrlar (voyaga yetmaganlar uchun taqiqlangan yoki 50%dan ortiq qismi reklamadan iborat bo‘lganlar bundan mustasno), yozuvchilar va bastakorlar, ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qisqa muddatli mehmonxonada joylashtirish, ijtimoiy xizmatlar, tibbiy va stomatologiyaga, dekorativ maqsadlarda va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun uzilgan gullar va o‘simliklar, ba’zi oltin tangalar va zargarlik buyumlari bilan bog‘liq bo‘lgan tovar va xizmatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Xulosa va takliflar. Ko‘pgina mamlakatlar hukumatlari tomonidan o‘zlarining soliq tizimlarida QQS bo‘yicha stavkalarning (bazaviy, pasaytirilgan, nollik) turli xil foizlarni soliq ma’muryatchiligi murakkablashishiga qaramasdan qo‘llab quvvatlashadi. Chunki ular QQSni rag‘batlantirish siyosatidan vosita sifatida foydalanib tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi yoki iste’molning alohida turlarini cheklashlari mumkin bo‘ladi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda soliq sohasida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar bir qator ijobiy natijalarni berayotgan bo‘lsada, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, QQS ma’murchiligi va yuki bilan bog‘liq hal qilinishi lozim bo‘lgan kichik bo‘lsada muammolar mavjud bo‘lib qolmoqda. Xususan, QQS ma’murchiligini takomillashtirish va ushbu soliq turi bo‘yicha to‘lovchilar hajmini oshirishga soliqning stavkasini isloh qilmasdan turib kirishilishi inflyasiyaning nisbatan kuchayishiga va uzoq yillar mobaynida yagona soliq to‘lashga o‘rganib qolgan aksariyat tadbirkorlik sub’ektlari QQS ma’murchiligidan qutulish uchun o‘z tushumini yashirish choralarini ko‘ra boshlashiga zamin yaratishi mumkin. Nazariy adabiyotlar va soliqqa tortishning xalqaro amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatdiki, yuqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi to‘laqonli ishlashi uchun QQSning birinchi darajali va ijtimoiy xarakterli tovar hamda xizmatlarga nisbatan pasaytirilgan (imtiyozli) stavkalari amal qilishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda QQSning pasaytirilgan stavkasini joriy etgan holda (Xitoy misolida) yillik tovar aylanmasi (yalpi tushumi) bir milliard so‘mdan kam yuz million so‘mdan ko‘pni tashkil qilayotgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilarga nisbat qo‘llash. Mamlakatimizda yuqori qo‘shimcha qiymat yaratilamayotgan sohalarni tahlil qilgan holda ushbu sohalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida QQSning tabaqalashtirilgan stavkalarini joriy etish mumkin bo‘ladi. Huddi shuningdek, ushbu soliq turi bo‘yicha amalda qo‘llanilayotgan soliq imtiyozlarini samarasini o‘rgangan holda samarasiz deb topilgan soliq yengilliklarini bekor qilish bo‘yicha tegishli qonunlarga o‘zgartirish kiritish orqali ham soliqning adolatlilik tamoyiliga erishilgan holda dablat budjetiga tushumlarning barqarorligini ta’minlash mumkin bo‘linadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni, 2018 yil 29 iyun. 2. O‘zbekiston Respublikas Soliq kodeksi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 02/19/SK/4256-son. 3.Iris ClauIs, The value added tax a useful macroeconomic stabilization instrument, 2013. 4. Laffer A.B. The Laffer Curve: Past, Present, and Future. Backgrounder. The Heritage Foundation, 1 June, No.1765.2004, pp. 2-16. 5. Pike, R., Lewis, M., Turner, D. (2009) Impact of VAT Reduction on the Consumer Price Indices, Office for National Statistics, Economic & labour market review, pp.17-21. 6. sefofuncas.com 7. Matkarimov Dilshodbek Ilxomovich Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori https://doi.org/10.5281/zenodo.14060112