OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PENSIYA TIZIMINING MOLIYAVIY TAHLILI VA DEMOGRAFIK TENDENSIYALARI
Full text
242 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PENSIYA TIZIMINING MOLIYAVIY TAHLILI VA DEMOGRAFIK TENDENSIYALARI Maxmudov Omon Tuxtayevich Termiz davlat universiteti, Moliya kafedrasi dotsenti v.b., iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ORCID: 0000-0002-3097-0177 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17514036 Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimining moliyaviy barqarorligi va demografik tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Pensiya jamgʻarmasi daromad va xarajatlarining dinamikasi, davlat transfertlari ulushi, ijtimoiy sugʻurta bazasining kengayish tendensiyalari oʻrganilgan. Maʼlumotlar asosida 2020–2024-yillar davomida ish haqi fondining oʻsishi, soliq imtiyozlari natijasidagi yoʻqotishlar, pensiya jamgʻarmasining transfertlarga bogʻliqligi hamda iqtisodiy faol aholi va pensionerlar nisbati hisoblangan. Ilmiy tahlil natijalari pensiya tizimining barqarorligini taʼminlash uchun raqamlashtirish, investitsion diversifikatsiya va nodavlat jamgʻarmalarni rivojlantirish zarurligini koʻrsatdi. Shu asosda muallif tomonidan tizimni moliyaviy va institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: pensiya tizimi, pensiya jamgʻarmasi, ijtimoiy sugʻurta, davlat transfertlari, imtiyozlar siyosati, ish haqi fondi, demografik bosim, moliyaviy barqarorlik, dependency ratio, raqamlashtirish, nodavlat jamgʻarma, investitsion diversifikatsiya. Pensiya tizimi — ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy institutlardan biri boʻlib hisoblanadi. Uning vazifasi aholiga mehnat faoliyatini yakunlagandan keyin moddiy taʼminotini kafolatlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash va milliy iqtisodiyotning barqarorligini saqlash hisoblanadi. Pensiya tizimi shuningdek ichki investitsiya manbai sifatida ham iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshadi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan davlat transfertlari, majburiy ijtimoiy toʻlovlar va nodavlat jamgʻarmalarning uygʻunlashuvini nazarda tutadi. Pensiya tizimi nafaqat aholini ijtimoiy himoya qiladi, balki iqtisodiyotning quyidagi yoʻnalishlariga taʼsir koʻrsatadi: Ichki isteʼmol bozori — pensiya daromadlari aholining xarid qobiliyatini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa umumiy yalpi talabni barqarorlashtiradi. Investitsion faoliyat — pensiya jamgʻarmalari mablagʻlarini moliya bozoriga yoʻnaltirish orqali iqtisodiy oʻsish surʼatlariga taʼsir koʻrsatadi. Mehnat bozori — pensiya yoshi va mehnat staji orqali mehnat resurslarining faol yoshdagi qismini boshqarish imkoni yaratiladi. Pensiya tizimining barqarorligi birinchi navbatda aholining demografik dinamikasiga bogʻliq boʻlib, agar ishlayotgan aholi ulushi pensiya yoshidagi aholidan kamaysa, tizimda “demografik nomutanosiblik” yuzaga keladi. Shu sababli koʻpgina davlatlar pensiya yoshini oshirish, ish staji talablarini kuchaytirish yoki nodavlat jamgʻarmalarni ragʻbatlantirish orqali muvozanatni saqlashga intiladi. Moliyaviy barqarorlik nuqtayi nazaridan esa, pensiya tizimidagi asosiy muammo — toʻlov qobiliyatidir. Toʻlangan badallar bilan amalga oshirilgan pensiya toʻlovlari oʻrtasidagi muvozanat buzilganda, davlat transfertlari hisobiga qoplash zarurati tugʻiladi. Tahliliy maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasida Pensiya tizimidagi mavjud holat va muammolarni oʻrgandik. 1-jadval Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining 2024-yildagi ijrosi (mlrd.soʻmda) Koʻrsatkichlar Reja (mlrd soʻm) Ijro (mlrd soʻm) Ijro (%) Hisobot davri boshiga qoldiq 3 183,8 3 037,3 - Jami daromadlar 63 459,9 63 415,6 99,9 Pensiya jamgʻarmasi tushumlari 47 478,3 47 145,0 99,3
243 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Davlat byudjeti transfertlari 15 981,6 16 270,6 101,8 Jami xarajatlar 64 094,8 64 041,0 99,9 Hisobot oxirida qoldiq 2 402,4 2 411,9 - 1-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki 2024-yilda jami daromadlar rejaga nisbatan 99,9% ijro etilgan. Pensiya jamgʻarmasi tushumlari (47145,0 mlrd.soʻm) rejaga nisbatan kam miqdorda yigʻilgani ish haqi fondidan tushumlarning toʻliq yigʻilmasligi — norasmiy sektor va imtiyozlar bilan bogʻliq. Davlat transfertlari 16270,0 mlrd. soʻm bilan rejadan 101.8% ijro qilib, kamomadni yopishda asosiy rol oʻynagan. Bu holat jamgʻarmaning byudjetdan mustaqil faoliyat yuritish qobiliyati cheklanganligini koʻrsatadi. Yil oxirida saqlangan 2411,9 mlrd soʻmlik qoldiqning 1,45 trlni depozitda ekanligi jamgʻarmaning likvid aktivlari mavjudligini koʻrsatadi, ammo bu mablagʻlar jamgʻarma xarajatlarini barqaror moliyalashtirishga yetarli emasligini koʻrsatdi. 2-jadval maʼlumotlari asosida tahlillarimizni davom ettiradigan boʻlsak, ish haqi fondining yarimdan koʻproq oʻsishi jamgʻarma daromadlarining oʻsishida asosiy omil hisoblanadi. Biroq imtiyozlar tufayli yoʻqotishlar 2020-yilda 17,7 trln.dan 2024-yilda 36,6 trln.gacha oʻsgan. 2-jadval Pensiya jamgʻarmasi daromadlarining dinamikasi tahlili (mlrd.soʻmda) Yil Ish haqi fondi (mlrd soʻm) Jamgʻarma daromadlari (mlrd soʻm) Oʻsish (%) Imtiyozlar tufayli yoʻqotish (mlrd soʻm) 2020 118 007,8 20 592,3 — 17 677,5 2021 147 387,7 26 569,0 129,0 21 553,9 2022 189 863,6 33 180,0 124,9 26 959,4 2023 232 760,1 39 805,6 120,0 31 993,1 2024 271 737,5 47 145,0 118,4 36 574,6 Bu koʻrsatkichlar soliq siyosatining ijtimoiy yoʻnalishdagi qoʻllab-quvvatlovi natijasida jamgʻarma uchun potensial tushumlarning yoʻqolishiga olib kelmoqda. Agar imtiyozlar saqlansa, transfertlar orqali bu kamomadni toʻlash zarur boʻlib qoladi — bu esa byudjetga boʻlgan bosimini oshiradi. 3-jadval Pensiya jamgʻarmasiga transfertlar ajratilishi tahlili, (mlrd.soʻmda). Yil Daromadlar (mlrd) Xarajatlar (mlrd) Transfert (mlrd) Transfert/Da romad (%) Transfert/Xa rajat (%) 2020 20 592,3 31 807,8 9 117,0 44,3 28,6 2021 26 569,0 36 605,3 10 744,2 40,4 29,3 2022 33 180,0 44 927,6 11 092,0 33,4 24,7 2023 39 805,6 53 589,4 13 797,5 34,6 25,7 2024 47 145,0 64 041,0 16 270,6 34,5 25,4 3-jadvalda esa Pensiya jamgʻarmasiga transfertlar ajratilishi tahlili keltirilgan boʻlib, transfertlar pensiya jamgʻarma daromadlarining 2024-yilda 34,5% ini takshkil etganligini koʻrishimiz mumkin. Bu koeffitsiyent jamgʻarmaning bozor-asosida mustaqil faoliyat koʻrsatmasini cheklaydi. Oʻz navbatida 2024 yilda transfert/xarajat nisbati 25.4%ni tashkil etgani shuni koʻrsatadiki, xarajatlarning ¼ qismi doimiy ravishda davlat byudjetidan qoplangan. Strategik nuqtayi nazardan bu tizimni uzoq muddatda barqaror qiladigan yanada samarali mexanizmlarni — nodavlat jamgʻarma, investitsiya portfellarini va ijtimoiy toʻlovlarning toʻliq adolatli yigʻilishini talab etadi. 4-jadval
244 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2020–2024-yillarda aholi, pensionerlar va iqtisodiy faol aholi dinamikasi Yil Aholi (mln) Pensionerlar (mln) Faol aholi (mln) Pensioner ulushi (%) Dependency ratio (%) 2020 34,6 3,42 14,8 9,9 23.1 2021 35,3 3,59 15,0 10,2 23.9 2022 36,0 3,77 15,0 10,5 25.1 2023 36,8 3,93 15,0 10,7 26.2 2024 37,6 4,10 15,1 10,9 27.2 Bu jadvalda soddalashtirilgan dependency ratio (pensionerlar/faol aholi *100) tahlili orqali pensiya tizimida demografik bosimni tahlil qilishimiz mumkin. 2020-yilda taxminan 23,1% boʻlgan koʻrsatkich 2024yilda 27,2% ga yetdi. Bu demografik bosimning sezilarli darajada oʻsganligini koʻrsatadi — yaʼni har bir 100 faol ishchidan oʻrtacha 23–27 nafargacha pensiya oluvchilar toʻgʻri keladi. Agar bu tendensiya davom etsa, kelgusida xarajatlar va transfertlarga boʻlgan ehtiyoj yanada ortari, bu esa jamgʻarmaning moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. 1-diagramma maʼlumotlari koʻrinib turibdiki, soliq toʻlovchilar sonining oshishi ijtimoiy sugʻurta bazasini kengaytirishga xizmat qilmoqda, xolos. Biroq norasmiy sektorning hali ham yuqori ulushi va imtiyozlar tufayli yoʻqotishlar jamgʻarmaning haqiqiy toʻlangan daromad bazasini pasaytirmoqda. Bu sharoitda jamgʻarmaning investitsiyadan kiritgan daromadlari va depozitli zaxiralari muhim ahamiyat kasb etadi. 1-diagramma Iqtisodiy faol aholi, soliq toʻlovchilar va pensionerlar soni dinamikasi. mln nafar. Hisob-kitoblar va tahlillar asosida aytish mumkinki, Oʻzbekiston pensiya tizimi murakkab transformatsion bosqichda turibdi. Daromadlar va xarajatlar tendensiyalari, demografik oʻzgarishlar hamda imtiyozlar bilan bogʻliq yoʻqotishlar hisobga olingan holda muvozanatli siyosat va islohotlar kerak. Iqtisodiy jihatdan samarali va ijtimoiy adolatli pensiya tizimini taʼminlash uchun yuqoridagi tavsiyalarni bosqichmabosqich amalga oshirish lozim. Bu uzoq muddatli investitsiyalar, raqamlashtirish va institutlar rivoji orqali amalga oshirilishi mumkin. Takliflar sifatida quyidagilar amalga oshirilishi lozim: 1. Raqamlashtirish va integratsiya: Soliq qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarma maʼlumotlari oʻrtasida toʻliq elektron integratsiyani joriy qilish zarur. Bu boqimanda mablagʻlarini kamaytirish va oʻz vaqtida toʻlovlarni undirishni taʼminlaydi. 2.Sohada imtiyozlar siyosatini qayta koʻrib chiqilishi lozim: Imtiyozlar mexanizmining koeffitsiyentlarini tahlil qilib, jamgʻarmaga keladigan yoʻqotishlarni minimallashtirish choralari qoʻllanilishi zarur. Imtiyozlar uchun maʼlum yosh va daromad shartlari qoʻyish kerak. Iqtisodiy faol aholi soni Soliq toʻlovchilar Pensionerlar soni
245 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 3.Investitsion portfelni diversifikatsiyalash: Jamgʻarma mablagʻlarini infratuzilma, davlat obligatsiyalari (xarid sifatida) va yuqori sifatli korporativ obligatsiyalarga yoʻnaltirish orqali uzoq muddatli daromadni oshirish mumkin. 4. Nodavlat pensiya tizimini rivojlantirish: Subsidiyalash va soliq imtiyozlari orqali ixtiyoriy nodavlat jamgʻarmalarini kengaytirish lozim, bu davlat transfertlariga bogʻliqlikni kamaytiradi. 5. Demografik siyosat: Pensiya yoshi va mehnatga layoqatli yoshni demografik prognozlar bilan uygʻunlashtirish, hamda mehnat bozorida ayollar va katta yoshdagilar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish. 6. Modellashtirish va stress-testlar: Pensiya jamgʻarmasi moliyaviy barqarorligini prognozlash uchun aktuariy modellar, ssenariy tahlillari va stress-testlarni muntazam oʻtkazish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Orlov S.N., Shemetov A.P. Pensionnoye obespecheniye v Rossiyskoy Federatsii. Monografiya. – Kurgan: “Izd-vo Kurganskogo gos. un-ta”, 2013. – 106 s. 2. Chuprova Ye.V. Pensionnoye obespecheniye grajdan v Rossiyskoy Federatsii. Uchebnoye posobiye. – M.: “Akademiya Generalnoy prokuraturы Rossiyskoy Federatsii”, 2017. – 144 s. 3. Kasimova G., Botirov A. Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti. Monografiya. – T.: “Tamaddun”, 2015. – 108 b. 4. Vaxabov A., Majidov N. Jamgʻarib boriladigan pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekistonda investitsiya siѐsatini amalga oshirishdagi roli. Monografiya. – T.: “Universitet”, 2017. – 128 b. 5. Kasimova G., Sholdarov D. Pensiya taʼminoti mablagʻlarini boshqarish. Monografiya. – T.: “TMI”, 2017. – 225 b. 6. Mamatov B. Pensiya jamgʻarmasi faoliyati. Oʻquv qoʻllanma. – T.: “Barkamol fayz media”, 2017. – 280 b. 6. Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarni davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni. — Toshkent, 1994yil. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi hisobotlari (2020–2024-yillar). 8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari.