scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQLARNING TUTGAN O'RNI

Safaraliyev Basir Norboyevich; Mirzayev Dilshod

Full text

246 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQLARNING TUTGAN O‘RNI Safaraliyev Basir Norboyevich1 Mirzayev Dilshod2 1 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi tel:+998 (97)-076-08-80 E-mail: [email protected]m 2 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17514068 Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Soliq tushumlarining davlat moliyaviy barqarorligidagi ahamiyati, ularning tarkibi va dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston byudjet tizimidagi mavjud muammolar, soliq siyosatini isloh qilish zaruriyati va ilgʼor xorijiy tajribalar asosida takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari soliq siyosatini yanada samarali yuritish hamda byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Kalit so‘zlar: davlat byudjeti, soliq tizimi, soliq daromadlari, fiskal siyosat, byudjet barqarorligi. Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi asosida soliq yukini kamaytirish va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni soddalashtirish maqsadida soliq tizimiga bosqichma-bosqich oʻzgartirishlar kiritilib, bugungi kun soliq amaliyotiga joriy etilmoqda. Natijada, soliqlarning soliq toʻlovchilar faoliyatiga taʼsiri sezilarli darajada oʻzgarib kelmoqda. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonida shu vaqtga qadar bilvosita soliqlarga katta ahamiyat berilgan boʻlsa, soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi doirasida bevosita soliqlarga ustuvorlik berilmoqda. Demak davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bevosita soliqlarning ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan tizimli oʻrganish va tahlil qilish asosida taklif-tavsiyalar ishlab chiqish zarurati paydo bo‘lmoqda. Bu o‘zgarishlardan asosiy maqsadi, soliq yukining kamayishi evaziga soliq to‘lovchilar sonini ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish asosida fuqarolar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdan iborat. Turli mamlakatlarda soliq tizimlari turlicha bo‘ladi, chunki mamlakatlar turli xil iqtisodiy xususiyatlarga va soliq tizimidan foydalanishda turli xil strategiyaga ega. Nazariya va amaliyotda soliq tizimining rivojlanishi to‘g‘ri soliqlar ulushining oshishini anglatadi va bu soliq tizimining progressivligini oshirishga yordam beradi. Umuman olganda, to‘g‘ri soliqlar hukumatlar daromadlarini oshirishning adolatli va haqqoniy usuli hisoblanadi. To‘g‘ri soliqlar bozor hajmi cheklanganda eng samarali daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri soliqlar daromad taqsimotini muvozanatlash va tengsizlik farqini qisqartirish orqali tizimni yanada progressive bo‘lishiga olib keladi. Soliqlar davlat hamda mahalliy budjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Byudjetning xarajatlar qismi orqali iqtisodiyotga moliyaviy ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Soliqlar davlatning muayyan davrlarda aniq maqsadga qaratilgan iqtisodiyot soha faoliyatida, davlat budjeti daromadining shakllanishini ta’minlashda hamda iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solishda va boshqarishda alohida ahamiyatga ega. Oxirgi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarali byudjet-soliq siyosati hamda uning iqtisodiyot taraqqiyoti uchun muhim mexanizm ekanligi, shuningdek, byudjet-soliq siyosatidagi islohotlarning jadal rivojlanib borishiga, soliq sohasiga doir soliq sohasi amaliyotidagi tizimli o‘zgarishlarning aniq baholashini belgilab beradi. Shu jumladan, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishlarning hozirgi bosqichida yangi talablar asosida davlat budjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlashda soliqlar ta’sirchanligini oshirish masalalarini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Soliqlarning davlat byudjetini tushumini ko‘paytirishdan tashqari Davlatdagi ijtimoiy vaiqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda ham asosiy rol o‘ynaydi. Qadim zamonlarda ham ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar hamda jarayonni tartibga solishda soliqlardan foydalanib kelingan va hatto davlatlarning shakllanishida ham soliqlarning o‘rni bo‘lgan. Chunki davlatlarning shakllanishini mukammal, barqaror bo‘lmagan iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlariga tayanilgan. Shuningdek davlatning paydo bo‘lishining dastlabki bosqichlarida moliyaviy hamda iqtisodiy munosabatlarini jonlantirishda davlatning hukmdor vakillari har xil soliq to‘lovlaridan foydalangan va o‘z oldilarida turgan muammolarni yechishga harakat 247 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 qilishgan. Soliqlarning nima uchun zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ikki holat bilan ta’riflash mumkin: birinchisi, davlatarning qator vazifasini mablag’lar bilan ta'minlash zarurligi, ikkinchisi, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari asosida. Davlatlarning bajaradigan funksiyalari hamda vazifalari ko‘p va bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qolib borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi.Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlatlarning yangi vazifasi paydo bo‘ladi. Bularga bizning O‘zbekiston Respublikasida ham kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyotining infratuzilmasini (sanoat sohasida, qishloq xo‘jaligi sohasida, moliya sohasida) tashkil etish kiradi. Shu yerda davlatning kuchli byudjet-soliq siyosatining tadbirlarini amalga oshirish uchun talabalar, ko‘p bolali onalar, pensionerlar, nafaqaxo‘rlar va boshqalarni mablag bilan ta'minlash muhimligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni davlat byudjeti hisobidan qoplaydi hamda ularga boshqa xarajatlarini davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda ham kam ta'minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etiladi.Soliqlar va davlat budjeti bir biri bilan chambarchas bog’langan. Chunki soliqlar davlat budjetning shakllanishida bevosita ishtirok etadiDavlat soliqlarni budjetni shakllantirish uchun amalga oshiradi, soliqlar ayni bir aniq xarajatlarni qoplash maqsadlariga ega emas, bu ayni bir turdagi daromadlar tushadigan tushumdan amalga oshiriladigan xarajatlar soliqlar bog’liq bo‘lib qolishining oldini olish zarurati bilan asoslangan. Biroq ayrim hollarda umumiy soliqlar bilan birga maqsadli soliqlar ham belgilanadi, ularni amalga oshirilishi iqtisodiy faoliyatda ijobiy rol o‘ynashi mumkin.Soliqlar birinchi bo‘lib davlatning ijtimoiy vazifalarini mablag’lar bilan ta’minlashning zaruriyligidan ishlabchiqiladi. Davlatning oldida turgan barchavazifalarini bajarishga xizmat qiladi, bu vazifalar quyidagilardan iboratdir: -aholining kam ma’lum bir qismini (talabalar, nafaqaxo‘rlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarva boshqalar)ni ijtimoiy-iqtisodiy ximoya qilish;-mamlakat mudofaasi tizimini ta’minlash;- mamlakat aholisining erkin mehnat qilish hamda erkin yashash muhofazasini ta’minlash;-mamlakat ichida uzluksiz iqtisodiy hamda ijtimoiy, madaniy tadbirlarni (ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, ijtimioy ta’minot) amalga oshirish;-boshqa davlatlar bilan ham iqtisodiy, madaniy hamda siyosiy aloqalarni o‘rnatish;-bozordagi infrastrukturani yaratish, boshqa tadbirlar hamda ishlarni amalga oshirish uchun.Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslar soliqlar va boshqa yig’imlardan tashkil topadi. Hisob-kitoblarga koʻra, bevosita soliqlar boʻyicha tushumlar 100,3 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan tushumlarga nisbatan 12,8 trln soʻmga (14,6 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. 2025-yilda bevosita soliqlar Davlat budjeti daromadlaridagi salmogʻi 32,5 foizni (2024-yilda 32,3 foiz kutilmoqda) tashkil etadi. Foyda soligʻi boʻyicha tushumlar 54,8 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 5,8 trln soʻmga (12 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. Oltin qazib chiqaruvchi korxonalardan tashqari toʻlovchilar boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari 29,6 trln soʻm (oʻsish surʼati 7,4 foiz) hisob-kitob qilingan. Mazkur soliq turi prognozini hisobkitob qilishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar foydasining 2024-yil kutilayotgan miqdoriga nisbatan oʻsish surʼatlari 17 foiz miqdorida koʻzda tutilgan. Milliy qonunchilikni JST (Jahon standarti talabi) talablariga moslashtirish maqsadida eksport imtiyozlarining bekor qilinishi hisobiga 1,1 trln soʻm, mobil aloqa uchun aksiz soligʻining bekor qilinishi hisobiga 165 mlrd soʻm qoʻshimcha daromad tushishi inobatga olingan. Bilvosita soliqlar boʻyicha tushumlar 104,7 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 14,9 trln soʻmga (16,5 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. 2025 yilda ham bilvosita soliqlar Davlat budjeti daromadlarning asosiy qismini tashkil qilib, umumiy daromadlar prognozining 33,9 foizini tashkil etadi (2024yilda 33,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda). QQS boʻyicha tushumlar 71,8 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 11,1 trln soʻmga (18,3 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. Soliq qoʻmitasi tomonidan 47,6 trln soʻm, Bojxona qoʻmitasi tomonidan 57,9 trln soʻm daromad undirilishi koʻzda tutilmoqda. Mazkur soliq boʻyicha prognozni hisob-kitob qilishda imtiyozlarni bekor qilish hisobiga 96 mlrd soʻm, energo resurslar taʼriflarining oʻzgarishi hisobiga 477 mlrd soʻm hamda soliq-bojxona maʼmurchiligini yaxshilash yuzasidan koʻriladigan tadbirlar natijasida 2,7 trln soʻm tushishi inobatga olingan. Shu bilan birga, soliq toʻlovchilarga QQSning 33,8 trln soʻmini (QQS boʻyicha jami yigʻiladigan mablagʻlarning 32 foizi) qaytarib berish prognoz qilingan. Aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar 21,4 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 2 trln soʻmga (10,3 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. Prognozni hisoblashda stavkalarni indeksatsiyalash hisobiga 1,2 trln soʻm, soliqqa tortiladigan tovarlar roʻyxatini kengaytirish hisobiga 177 mlrd 248 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 soʻm qoʻshimcha daromad undiriladi. Shuningdek, mobil aloqa xizmati uchun soliqni bekor qilinishi tushumlarni 1,1 trln soʻmga kamaytirishi inobatga olinmoqda. Bojxona bojlari boʻyicha tushumlar 11,5 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 1,7 trln soʻmga (17,6 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. Xulosa. Yuqorida ko‘rib chiqilgan o‘rganishlar va tahlillardan to‘g‘ri soliqlarning darajasi rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga turlicha va to‘g‘ri soliqlar uchun yuqori miqdorning belgilanishi o‘rta va quyi qatlam aholisining daromadlariga salbiy ta’sir qilishini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari har bir soliq turlarnining nima maqsadga yo‘naltirilganligining jamoatga ochiq ma’lumotlar berib borilishi aholida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash va soliq ma’muriyatchiligiga ishonchini orttiradi. Ushbu jarayon nafaqat mustahkam soliq bazani shakllantirishga, balki iqtisodiy jarayonning yanada barqaror bo‘lishiga olib keladi. Xalqaro hamkorlikning ham to‘g‘ri soliqlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning asosiy sababi ikkiyoqlama soliq solishdagi muammolar, rezident va norezident shartnomalari, fuqarolarning qaysi mamlakat soliq to‘lovchisi ekanligi kabi bir qancha savollarga javob topishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Byudjet-soliq siyosati va byudjet tizimi / A. M. Karimov. —Tashkent: O‘qituvchi, 2024. 2. Davlat byudjeti va soliqlar / M. Sh. Tursunov. —Tashkent: Fan, 2021. 3. Iqtisodiy rivojlanish va soliqlar / N. A. Asimov. —Tashkent: Iqtisodiyot va tashqi savdo vazirligi nashriyoti, 2024. 4. Soliq tizimi: nazariya va amaliyot / N. B. Sultonov. —Tashkent: Iqtisodiy bilimlar, 2019. 5. Byudjet-soliq siyosati va iqtisodiy barqarorlik / O. R. Abdullaeva. —Tashkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2022. 6. Global soliq tizimlari va ularning davlat byudjetiga ta'siri / R. P. Xoshimov. —Tashkent: O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalar universiteti nashriyoti, 2024. 7. Iqtisodiy tahlil va soliqlarning iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni / S. A. Bunyodov. —Tashkent: Yangi avlod, 2023. 8.https://api.mf.uz/media/budget_activity_files/Budjetnoma_2025_BmO2cnx.pdf