scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHDA FISKAL BARQARORLIKNING USTUVOR YO'NALISHLARI

Norqobilov Nusratilla Norsaitovich

Full text

252 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHDA FISKAL BARQARORLIKNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Norqobilov Nusratilla Norsaitovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish” kafedrasining mustaqil izlanuvchisi, dotsent. [email protected]. ORCID: 0009-0006-5045-1194 tel.998-99410-15-58 https://doi.org/10.5281/zenodo.17514119 Annotatsiya: Mazkur maqolada fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat budjeti daromadlarining barqaror manbalarini shakllantirish orqali aholining farovonligini oshirishning nazariy hamda amaliy asoslari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: davlat budjeti, aholi farovonligi, soliq-budjet siyosati, ijtimoiy himoya, iqtisodiy o‘sish, davlat xarajatlari samaradorligi, raqamlashtirish. Аннотация: В статье излагаются научно-практические предложения по теоретическим и практическим основам повышения благосостояния населения путем обеспечения фискальной устойчивости и формирования стабильных источников доходов государственного бюджета. Ключевые слова: государственный бюджет, благосостояние населения, налоговая и бюджетная политика, социальная защита, экономический рост, эффективность государственных расходов, цифровизация. Annotation: This article provides scientific and practical proposals on the theoretical and practical foundations of improving the well-being of the population by ensuring fiscal stability and forming stable sources of state budget revenues. Keywords: state budget, population welfare, tax and budget policy, social protection, economic growth, efficiency of public spending, digitalization. Kirish Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy maqsadi aholining farovonligini oshirish, hayot sifati va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. Ushbu jarayonning muvaffaqiyati esa, avvalo, davlatning fiskal barqarorlik darajasi va budjet siyosatining samaradorligi bilan bevosita bog‘liqdir. Fiskal barqarorlik-iqtisodiyotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning uzluksizligini, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish uchun zarur resurslarni yaratishni hamda davlat qarzining xavfsiz darajada boshqarilishini anglatadi. Aholi real daromadlarining o‘sishi, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifati, bandlikning kengayishi, kambag‘allikning qisqarishi fiskal siyosatning samaradorligidan dalolat beradi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda fiskal islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilib, soliq tizimi modernizatsiya qilinmoqda, budjet xarajatlarining oqilona yo‘naltirilishi va shaffofligini oshirish ishlari faollashmoqda. Shu bilan birga, tashqi makroiqtisodiy xatarlar, budjet daromadlarining o‘zgaruvchanligi, byudjet taqchilligi muammolari fiskal barqarorlikni mustahkamlash borasidagi dolzarb vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Shundan kelib chiqib, fiskal barqarorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, ular orqali aholi farovonligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish iqtisodiy siyosatning muhim ilmiy-amaliy vazifalaridan biri sanaladi. Mazkur tadqiqotda aynan davlat budjeti daromadlarining barqaror manbalarini shakllantirish, ijtimoiy yo‘naltirilgan budjet siyosatini takomillashtirish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish orqali jamiyat farovonligini ta’minlash masalalariga qaratilgan (1-jadval). Fiskal barqarorlik orqali aholi farovonligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari 1 1-jadval № Ustuvor yo‘nalish Mazmuni Kutiladigan natijalar Baholash ko‘rsatkichlari 1 Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash Byudjet taqchilligini maqbul darajada ushlab Makroiqtisodiy muvozanat, aholi Byudjet taqchilligi (% YaIM), YaIM o‘sishi 1 Uzbekistan – Living Standards Assessment - World Bank tomonidan chop etilgan hisobot; aholi turmush darajasi va ijtimoiy siyosatlar holati ko‘rib chiqilgan hisoboti. 2024 yil. 253 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 turish, samarali byudjet rejalashtiruvi daromadlarining barqaror o‘sishi 2 Soliq siyosatini optimallashtirish Soliq yukini iqtisodiy faollikni rag‘batlantiruvchi tarzda boshqarish Yangi ish o‘rinlari, tadbirkorlik rivoji Soliq tushumlari hajmi, norasmiy iqtisodiyot ulushi 3 Ijtimoiy xarajatlar samaradorligini oshirish Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan mablag‘lar natijadorligini oshirish Inson kapitali rivoji, qashshoqlik kamayishi HDI, qashshoqlik darajasi, ishsizlik 4 Davlat qarzini boshqarishning puxta tizimi Qarz portfelining xavfsiz tuzilmasini shakllantirish Qarz xavfi pasayishi, investitsion ishonch ortishi Davlat qarzi (% YaIM), qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 5 Hududiy rivojlanishni qo‘llabquvvatlash Mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish va transferlarni optimallashtirish Hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirish Hududiy YaIM o‘sishi, infratuzilma qamrovi 6 Fiskal shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish Moliya ma’lumotlarining ochiqligi, korrupsiyani cheklash Aholining davlat siyosatiga ishonchi ortishi Ochiqlik indeksi, korrupsiya ko‘rsatkichlari 7 Nogazaviy daromadlar ulushini oshirish Ekologik to‘lovlar, turizm va xizmatlar sektoridan tushumlarni ko‘paytirish Fiskal barqarorlikning manba diversifikatsiyasi Nochilik (rent)ga bog‘liqlik indeksi 8 Ijtimoiy himoya tizimlarining manzilliligi Subvension va yordamlarning aniq ehtiyojga yo‘naltirish Aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash yaxshilanishi Manzillilik indeksi, yordam oluvchilar ulushi 9 Raqamli byudjet boshqaruvi Xarajatlar nazoratini kuchaytirish, soliq yig‘imini avtomatlashtirish Xarajatlarning oqilnaliligi, soliq bazasining oshishi Raqamlashtirish darajasi, fiskal monitoring samaradorligi 1-jadvalda aholi farovonligini oshirishda fiskal barqarorlikni ta’minlash birinchi navbatda davlat byudjeti barqarorligini mustahkamlashni talab etadi. Byudjet taqchilligini maqbul chegaralarda ushlab turish va samarali rejalashtirish orqali makroiqtisodiy muvozanat saqlanadi hamda aholi daromadlarining barqaror o‘sishiga zamin yaratiladi. Bu jarayon byudjet taqchilligi YaIM hamda YaIM o‘sishi kabi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. Ikkinchi yo‘nalish - soliq siyosatini optimallashtirish. Soliq yukining iqtisodiy faollikni rag‘batlantiruvchi darajada shakllantirilishi bandlikni kengaytiradi, tadbirkorlik subyektlari sonining o‘sishiga olib keladi. Uning samaradorligi soliq tushumlari hajmining ortishi va norasmiy iqtisodiyot ulushining qisqarishi orqali aniqlanadi. Uchinchi yo‘nalish - ijtimoiy xarajatlar samaradorligini oshirish, ya’ni ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimiga yo‘naltirilgan mablag‘larning natijadorligini kuchaytirish. Bu esa inson kapitalini rivojlantiradi, qashshoqlikni kamaytiradi. Asosiy baholash mezonlari sifatida HDI, qashshoqlik darajasi va ishsizlik ko‘rsatkichlari olinadi. To‘rtinchi yo‘nalish fiskal barqarorlikning xavf omillarini kamaytirishga xizmat qiladi - bu davlat qarzini boshqarishning puxta tizimi. Qarz portfelining xavfsiz tuzilmasini shakllantirish qarzga xizmat ko‘rsatish bosimini pasaytirib, investitsion muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Samaradorlik davlat qarzi/YaIM va qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari asosida baholanadi. 254 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Beshinchi yo‘nalish - hududiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, ya’ni mahalliy byudjet daromad bazasini kengaytirish va transferlar tizimini optimallashtirish orqali hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish. Baholash uchun hududiy YaIM o‘sishi va infratuzilma qamrovi ko‘rsatkichlari qo‘llanadi. Keltirilgan oltinchi yo‘nalish - fiskal shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Davlat moliyasida ochiqlik darajasi oshishi korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytiradi va davlat siyosatiga ishonchni orttiradi. Bu borada ochiqlik indeksi va korrupsiya ko‘rsatkichlari asosiy mezon sanaladi. Yettinchi yo‘nalish - nogazaviy daromadlar ulushini oshirish orqali fiskal manbalarni diversifikatsiya qilish. Turizm, xizmatlar sohasi va ekologik to‘lovlar hisobiga byudjet daromadlarining barqarorligi mustahkamlab boriladi. Baholashda rentga qaramlik indeksi muhim. Sakkizinchi yo‘nalishijtimoiy himoya tizimlarining manzilliligini kuchaytirish, ya’ni davlat yordamining aynan ehtiyojmand qatlamlarga yo‘naltirilishini ta’minlashdir. Jarayon manzillilik indeksi va yordam oluvchilar ulushi orqali baholanadi, bu esa ijtimoiy adolatni oshiradi. To‘qqizinchi yo‘nalish - raqamli byudjet boshqaruvini joriy etish. Soliq yig‘imi va xarajatlar ustidan nazoratning avtomatlashtirilishi fiskal monitoring samaradorligini oshiradi, soliq bazasini kengaytiradi va moliyaviy oqimlarning shaffofligini kuchaytiradi. Baholash mezonlari - raqamlashtirish darajasi va monitoring samaradorligi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, fiskal barqarorlik - aholi farovonligini oshirishning asosiy institutsional omillaridan biri bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarish qobiliyatini belgilaydi. Barqaror fiskal siyosat kuchli davlat moliyasini shakllantiradi, o‘sish omillarini rag‘batlantiradi va aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Birinchidan, byudjet taqchilligini maqbul darajada ushlab turish hamda samarali byudjet rejalashtiruvi makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi, bu esa inflyatsion bosimning pasayishi, barqaror daromadlar va investitsion faollikning ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, soliq siyosatini optimallashtirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish orqali iqtisodiy faoliyat kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va norasmiy iqtisodiyot ulushi qisqaradi. Hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish, moliyaviy resurslarni hududiy ehtiyojlardan kelib chiqib qayta taqsimlash ijtimoiy adolatning ta’minlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Fiskal shaffoflikni oshirish esa davlat boshqaruvida korrupsiya xavfini pasaytirib, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Aholi farovonligini oshirishda fiskal barqarorlikning ustuvor yo‘nalishlari amalga oshirish uchun quyidagi takliflarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: - byudjet taqchilligini qisqartirish bo‘yicha fiskal regulyatorlarni kuchaytirish, o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy prognozlash mexanizmlarini kengaytirish lozim; -soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish, raqamli nazorat tizimlari orqali soliqdan bo‘yin tovlashning oldini olish, kichik biznes uchun progressiv soliq yukini joriy qilish zarur; - “har bir sarflangan so‘mning samarasi” tamoyili asosida monitoring tizimlarini joriy qilish, inson kapitaliga sarmoyani iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri sifatida kuchaytirish lozim; -qarz portfeli tarkibini optimallashtirish, ichki qarz bozorini rivojlantirish, valyuta xatarlarini kamaytirish va qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini nazorat qilish zarur; - mahalliy byudjet daromadlarining ulushini oshirish, infratuzilma loyihalarini moliyaviy qo‘llash va investitsiyalarni hududlarga keng jalb qilish. - davlat mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha ochiq ma’lumotlar platformalarini takomillashtirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. - xizmatlar, turizm, logistika va IT sektorlarida eksport salohiyatini kengaytirish, ekologik soliqlarni joriy etishda xalqaro standartlardan foydalanish. -yordam oluvchilarni aniqlashda raqamli ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, ijtimoiy qo‘llabquvvatlash dasturlarini optimallashtirish. -soliq va byudjet tizimlarida sun’iy intellekt va blockchain texnologiyalarini qo‘llash, moliyaviy jarayonlarda inson omilini kamaytirish maqsadga muvofiq. Aholi farovonligini izchil oshirishda fiskal barqarorlik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, davlat moliyasining samarali boshqaruvi iqtisodiy o‘sishning sifat jihatdan yuqorilashiga, ijtimoiy himoya tizimining kuchayishiga hamda jamiyatda teng imkoniyatlarning kengayishiga xizmat qiladi. 255 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, fiskal siyosatni optimallashtirish orqali makroiqtisodiy barqarorlik va aholi daromadlarining ko‘payishi ta’minlanadi, ijtimoiy sohalarga ajratilayotgan mablag‘larning natijadorligini oshirish esa inson kapitalining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Fiskal siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini bir-biri bilan uzviy, tizimli va uyg‘un holda amalga oshirish O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi, ijtimoiy adolatning kuchayishi va aholi turmush farovonligining barqaror va inklyuziv o‘sishi uchun zarur shart hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Debrun X., Kumar M. The Discipline-Enhancing Role of Fiscal Institutions: Theory and Empirical Evidence. IMF Working Paper, 2007.y 2. Eyraud L., Debrun X., Hodge A., et al. Second-Generation Fiscal Rules: Balancing Simplicity, Flexibility, and Enforceability. IMF Staff Discussion Note, 2018. y 3. OECD. The Past and Future of Subnational Fiscal Rules. OECD Working Papers on Fiscal Federalism No.41, 2022. 25.10.2025. y 4. International Monetary Fund. Fiscal Monitor: Spending Smarter / Policies for the Recovery. Washington, DC, 2020. y 5. International Monetary Fund. Washington, DC, 2010–2025. y 6. World Bank. Efficiency of Public Spending in Developing Countries. Washington, DC, 2019. yil 7. Vahobov А.V., Jo’raev А.S. Soliqlar va soliqqa tortish: darslik. Toshkent: Sharq, 2017. 448 b. (Oliy o‘quv yurtlari uchun). 8. Niyozmetov I.M., Giyosov S.A., Fayziev F.A., Dushanov P.P.Soliq nazariyasi va tarixi: o‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Chinor Fayzi Baland”, 2022. yil ISBN 978-9943-7878-9-6.