scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda innovatsion yondashuv: raqamli platfomalar, sun'iy intellekt va tahliliy boshqaruvning o'rni

Xalikova Maxfuza Faxritdinovna,

Abstract

ushbu maqolada O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda raqamli platformalar, sun’iy intellekt va tahliliy boshqaruvning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan, yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishlari uchun ularga yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

Full text

Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 626 Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda innovatsion yondashuv: raqamli platfomalar, sun’iy intellekt va tahliliy boshqaruvning o‘rni Xalikova Maxfuza Faxritdinovna, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bitiruvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda raqamli platformalar, sun’iy intellekt va tahliliy boshqaruvning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan, yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishlari uchun ularga yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Аннотация: в тезисе анализируется рол и значение цифровых платформ, искуственного интеллекта и аналитического управления, приводятся предложения по дальнейшей поддержке, созданию больше возможностей для реализации молодежю их идей и инициатив. Abstract: the article analyzes the role and significance of digital platforms, artificial intelligence, and analytical governance, and provides proposals for further support and the creation of more opportunities for youth to realize their ideas and initiatives. Kalitli so‘zlar: raqamli platformalar, sun’iy intellekt, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, startap loyihalar, integratsiya. Ключевые слова: цифровые платформы, искуственный интеллект, современные образовательные технологии, стартап проекты, интеграция. Keywords: digital platforms, artificial intelligence, modern educational technologies, startup projects, integration. Taraqqiyotning hozirgi rivojlanish jarayonida informatsion va raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining barcha jabhalariga keng kirib bormoqda. O‘zbekistonda ham ijtimoiy hayotning turli sohalarida raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish orqali yoshlar uchun shaxsiy rivojlanish, xorijiy tillarni, zamonaviy kasblarni o‘rganish, sog‘lom turmush tarzi olib borish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yoshlarning bandligini ta’minlash, zamonaviy usul va vositalar yordamida ta’lim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, Yoshlar ishlari agentligining xorijiy tillarni o‘rgatishga qaratilgan loyihasi doirasida yaratilgan “Ibrat academy” platformasi orqali Oʻzbekistonda birinchilardan Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 627 bo’lib xorijliklar uchun o’zbek tili va grammatikasini onlayn o’rgatishni yo’lga qo’ygan, shuningdek, 22 ta xorijiy til, savodxonlik darslari, imo-ishora tili, bolalar uchun ingliz tilini o‘rganish imkoniyati yaratilgan. Shuninglek, kitobxonlik yo‘nalishidagi “Mutolaa” platformasida 3000 dan ortiq kitoblar, badiiy asar, hikoya, ertak va ilmiy ommabop asarlarning audio va elektron variantlari tayyorlanib, joylashtirildi. Davlat organlari va takishlotlari tomonidan ko‘rsatib kelinayotgan davlat xizmatlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida ularning bosqichma-bosqich Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishiga o‘tilishi natijasida hozirgi kunda 600 dan ko‘p davlat xizmati ushbu portal orqali ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, sohalarni rivojlantirishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishga e’tibor berilmoqda. A.Chebotaryov qayd etganidek, sun’iy intellekt texnologiyasi kompyuterlarni inson kabi fikrlashga o‘rgatish texnologiyasi bo‘lib, ma’lumotlarni turli manbalardan oladi (informatika, matematika, lingvistika, psixologiya, biologiya, mashinasozlik) va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida qarorlar qabul qiladi. Ushbu yo‘nalishda mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ–14-son qaroriga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligining “Cyber university” davlat universiteti tashkil etilgan. Ushbu universitetning asosiy vazifalaridan biri etib oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborotta’lim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish belgilangan. Shuningdek, yoshlarning innovatsion va startap loyihalarini hayotga tatbiq etish maqsadida Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlarini o‘zi ichiga olgan “IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichi qurilishi boshlandi. Umuman olganda yoshlar bilan ishlash tizimini raqamlashtirish ishlari boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi PF–163-son Farmoniga asosan, Yoshlar ishlari agentligiga 2026-yil 1-fevralga qadar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimini yaratish vazifasi yuklatildi: yoshlarning demografik va ijtimoiy holati, bandligi, ta’lim olishiga oid ma’lumotlar asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish; yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini baholash va uning natijalarini aniqlash; yoshlarning qiziqishlarini aniqlash bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, uning natijalarini avtomatik tahlil qilish; Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 628 yoshlarga oid mavjud imtiyozlar, preferensiyalar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berish; shaxsga doir ma’lumotlar bo‘yicha amalga oshirilgan so‘rovlarning raqamli izlarini saqlash. O‘z navbatida, Farmonda vazirlik va idoralarning 81 ta elektron axborot tizimlarini ushbu platformaga integratsiya qilish belgilandi. Mazkur platformaning ishga tushirilishi yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi, ehtiyojlari va ularning hayotiga ta’sir qiluvchi boshqa omillarni aniqlash va o‘rganishda sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Bunday faoliyat natijasida olingan tahliliy ma’lumotlar kelgusida turli ijtimoiy holatdagi, turli imkoniyatga ega yoshlarni individual yondashuv asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun tegishli chora-tadbirlarni belgilab, amalga oshirishga xizmat qiladi. Xulosa o‘rnida qayd etish lozimki, raqamli platformalar va sun’iy intellekt imkonyatlaridan keng foydalanish yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini oshiradi, tashabbuskor yoshlarning ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida yuqori natijalarga erishishiga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, bunday sharoitda yoshlarning hamma qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratish, barcha uchun o‘z qobiliyatini namoyon qilishini rag‘batlantirishga qaratilgan tizim yaratish aholining ijtimoiyiqtisodiy farovonligiga erishish uchun muhim omillardan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. https://president.uz/oz/lists/view/8580. 2. https://lex.uz/docs/7332592. 3. Чеботарев А. Цифровые технологии настоящего и будущего //Авиапанорама. – 2018. – №4 (130). – С.4 – 11.