G'O'ZANI O'G'ITLASH ME'YORI VA MINERAL O'G'IT TURLARI
Abstract
Ushbu ishda g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashda ularning optimal me’yorlarini belgilash va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash masalalari yoritilgan. Qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan, o‘g‘itlar shunday hajmda qo‘llanishi kerakki, ular paxta hosildorligini oshirib, o‘z xarajatlarini qoplay olsin. Fosfor va kaliy o‘g‘itlari me’yorlari tuproqdagi harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdoriga asosan belgilanadi. Tuproq unumdorligiga qarab ushbu me’yorlar mos ravishda 10 foizga oshiriladi yoki kamaytiriladi. Amaldagi hisoblash uslublari hali to‘liq mukammallashtirilmagan bo‘lsa-da, har bir kilogramm azotli o‘g‘it hisobiga o‘rtacha 14–15 kg paxta hosili olinishi, o‘g‘itlashning agronomik va iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Kudiyarova Ulziyra Abdijabbarovna , Toshkent davlat agrar universiteti magistranti u[email protected] Burxanov Yusuf Muxiddin ogʻli , Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Abduvaitov Mirjalol Mirzohid o'g'li Toshkent davlat agrar universiteti talabasi O‘DK631.1 G‘O‘ZANI O‘G’ITLASH ME’YORI VA MINERAL O‘G’IT TURLARI Annotatsiya: Ushbu ishda g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashda ularning optimal me’yorlarini belgilash va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash masalalari yoritilgan. Qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan, o‘g‘itlar shunday hajmda qo‘llanishi kerakki, ular paxta hosildorligini oshirib, o‘z xarajatlarini qoplay olsin. Fosfor va kaliy o‘g‘itlari me’yorlari tuproqdagi harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdoriga asosan belgilanadi. Tuproq unumdorligiga qarab ushbu me’yorlar mos ravishda 10 foizga oshiriladi yoki kamaytiriladi. Amaldagi hisoblash uslublari hali to‘liq mukammallashtirilmagan bo‘lsa-da, har bir kilogramm azotli o‘g‘it hisobiga o‘rtacha 14–15 kg paxta hosili olinishi, o‘g‘itlashning agronomik va iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: paxtachilik, paxta xosili, qo‘shimcha xosil, o‘o’it solish, tuproqdagi xarakatchan fosfor, o‘g’it me‟yori, amiakli selitra, azotli o‘o’itlar, amik suvi, suyiltirilgan amiak, ammoniylashtirilgan supperfosfat. Xozirgi paytda qishloq xojaligi, jumladan paxtachilik uchun talab qilinadigan o‘o’it miqdorini belgilash uchun ilmiy tadqiqot muassasalarining turli zonalari joylashgan geografiya tarmoqlaridan dala sharoitida olib borilayotgan tajriba natijalari asos qilib olinmoqda. Qishloq xojaligi nuqtai nazaridan qaraganda, o‘g’it shunday me‟yorda solinishi kerakki, u paxta xosilini oshirish imkonini bersin, olingan qo‘shimcha xosil esa o‘o’it solish bilan boo’liq bo‘lgan barcha xarajatlarni qoplasin. Fosfor bilan kaliv solish me‟yori tuproqdagi xarakatchan fosfor miqdoriga qarab va almashinuvchi kaliy miqdoriga qarab belgilanadi. Fosfor bilan kaliyning bu me’yori kam unum tuproqlarda 10% ko‘paytiriladi, ser unum tuproqlrda esa 10% kamaytiriladi. O‘o’it bo‘yicha yuqorida keltirilgan xisoblar xali uncha takomil emas. Lekin o‘o’it me’yorini xisoblashning boshqa uslublari xam xosil birligi xisobiga kam o‘g’it sarflangani xolda maksimal darajada qo‘shimcha xosil yetishtirishning asosiy talablariga to‘la javob bera olmaydi. Ammo shu narsa muximki, g‘o‘zaga berilgan xar bir kg azot kamida 14-15 kg paxta olinishini taminlaydi. Azotli g‘o‘zaning yuqorida keltirilgan me’yori qadimdan xaydalib kelinayotgan paxta maydonlari uchun ishlab chiqilgan. Bedapoya buzilgan va undan keyingi yillarda azot me’yori kamroq birinchi yili 100-150 va ikkinchi yili 150-200 kg ni tashkil qilishi kerak. Azotli o‘o’itlar. O’o‘za o‘suv davrida solish yo‘li bilan azotli oo’it xillarining qiyosiy foydasi aniqlandi. Faqat kaltsiy sulfat fizik xususiyatlari yaxshi bolmaganligi sababli kam samara
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL beradi. Bu o‘o’itlar chigit ekishdan oldingi mudatlarda qo‘llanilganda batamom boshqa ko‘rsatgichlar olinadi. Bu payitda solingan amiakli selitradan tashqari azotli o‘o’itlarning xamma turlari yuqori paxta xosil olinishini taminlaydi. Azotli o‘o’itlar turiga qarab almashtirib ishlatishda paxta xosili 15-20% ko‘payadi, yoki gektaridan 2-3 sentiner qo‘shimcha xosil olinadi. Azotli o‘g’it turlarini tanlashda ularni fizikaviy va ximiyaviy xususiyatlari xamda tuproqda qanchalik jadal parchalanishiga qaraladi. Qishloq xojaligida so‘ngi yillarda azotli o‘g’itlarning suyuq xillari -amik suvi va suyiltirilgan amiak ishlatiladi. Suyultirilgan amiak tarkibida 82-83% azot bolib u eng agressiv o‘o’it xisoblanadi. Suyultirilgan amiakni saqlash, tashish va tuproqqa solish uchun maxsus qalin devorli katta xajmdagi sisternalar talab etiladi. Amiakli suv tarkibida 21% azot bo‘ladi. Uni saqlash, tashish va tuproqqa solish uchun oddiy tunukadan ishlangan idishlar xam yarayveradi. Azotli o‘g’itning bu xar ikkala turini chigit ekish oldidan va o’g‘zani o‘suv davrida solish mumkun. Ularni ishlatishni muxim sharti nam tuproqqa va qattiq o‘g’itlarga qaraganda chuqurroq ko‘mishdir. U tuproqqa yuza ko‘milsa yoki quruq tuproqqa tushsa samarasiz isrof bo‘ladi. Viloyatimiz tuproqlarida azotli o‘g‘itlarning xar qaysi turi o‘g‘zani o‘suv davrida berilganda tezda nitratli azot shakliga o‘tadi. Nitratli azot tuproq bilan birikib suv oqimi bilan birga erkin xarakatlanadi. Yozning issiq paytlarida nitratli azot tuproqning yuza qatlamida to‘planib, o‘simlik undan foydalana olmaydi. Kuzga borib yoo’ingarchilik boshlangan paytda u suv bilan yuvilib tuproqning pastki qatlamiga tushadi va sizot suvlariga qo‘shilib, bexuda yo‘qolib ketadi. Yaxob suvi berilganida xam xuddi shu axvol ro‘y beradi. Shuning uchun xam azotning yarmisi nitrat shaklida bo‘ladigan amiakli selitrani yerni kuzgi shudgorlash paytida solib bo‘lmaydi. Chigit ekish oldidan solish uchun azotli o‘g’itning amiakli va amidli turlari eng qulay xisoblanadi. Fosforli o‘g’itlar. Kukun, donador ammoniylashtirilgan supperfosfatlar kam oziq moddasia ega. Ularning tarkibidagi oson o‘zlashtiriladigan fosfor kislotasi odatda, 14-16% dan oshmaydi. Appatitdan olingan supperfosfatda esa 18-20% o‘zlashtiriladigan fosfor bo‘ladi. O‘zlashtiriladigan fosfor miqdorini ko‘paytirish va tashish ishlarini osonlashtirish maqsadida 30% dan ortiq fosfori bo‘lgan qo‘shaloq supperfosfat ishlab chiqariimoqda Supperfosfatni fizik xossalarini yaxshilash uchun donador qilinmoqda yoki ammoniylashtirilmoqda. Donador va ammoniylashtirilgan superfosfat neytral, oddiy supperfosfat esa nordon reaksiyaga ega. Turli xil supperfosfatlar samarasini taqqoslab ko‘rganimizda donador bilan ammoniylashtirilgan supperfosfat oddiy supperfosfatga qaraganda ancha samarali bo‘lib chiqdi. Supperfosfat suvsiz amiak bilan ammoniylashtirilganda o‘g’it faqat neytralashibgina qolmay, balki yakka kaltsiylidan qo‘sh kaltsiyli tuzga o‘tadi. Ayni bir paytda amiak bilan fosfor birikib ammofos xosil qiladi. Fosforli kislotaning qo‘sh kaltsiyli tuzi pretsipitat deb ataladigan o‘g’itning tarkibiy qismidur. Ammofos bilan pretsipitat kuchli konsetratsiyali fosforli o‘o’it xisoblanadi. Pretsipitat tarkibidagi o‘zlashtiriluvchi fosfor o‘g’it xisoblanadi. Kaliyli o‘o’itlar. Solikamsk koni bazasida ishlab chiqarilayotgan kaliy o‘g’itlari, asosan, xlorid tuzi shaklida yaratiladi. O‘rta Osiyoga yuqori konsentratsiyali kaliy tuzi va kaliy xlorid keltiriladi. Kaliyli o‘g’itlar xlorid tuzidan tashqari sulfat va azotning nordon kaliy tuzlaridan iborat bo‘ladi. Kaliy xloridi va kaliy sulfat tuzlari, tarkibida oziq moddalarning kam bo‘lishidan qatiy nazar ballastli, kaliy nitrati esa ballastsiz o‘g’it xisoblanadi. Bu tuzlar tarkibida azot bilan kaliy bo‘lganligi tufayli murrakab o‘g’itlar jumlasiga qo‘shiladi. Uning tarkibida 13% azot bo‘ladi. Ilmiy tekshirish muassasalarining kuztishlariga ko‘ra g‘o‘zaga ballastli va ballastsiz kaliy g‘o‘itlari berilganda ballastsizlarning afzalligi malum bo‘ldi. UzPITI tajribalarida kaliy xloridi vakaliy sulfati sinab ko‘rilganda esa sulfatli g‘o‘it samarali bo‘lib chiqdi. Maxsus tekshirishlarda malum bo‘lishicha, o’o‘za nixollari yuqori konsentratsiyadagi kaliy g‘o‘itlarini uncha yoqtirmaydi, aksincha bu paytda sulfat gruppadagi kaliy o‘o’itlardan foydalanishga moyil bo‘ladi. O’o‘zani bu xususiyatini kaliyli g‘o‘itlarni sho‘r tuproqli yerlarga solishda albatda xisobga olish kerak, aks xolda xlorli tuzlar nixollarga salbiy tasir ko‘rsatishi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL mumkun.Yuqorida ta‟kidlab o‘tilgan tavsiyalar asosida g‘o‘it solish me‟yoriga va g‘o‘it turlaridan o‘z vaqtida foydalanishga amal qilinishi g‘o‘zadan yuqori hosil olishni ta’minlaydi. Xyulosa G‘o‘za yetishtirishda yuqori hosil olish va sifatli tola ishlab chiqarish uchun uni to‘g‘ri o‘g‘itlash katta ahamiyatga ega. G‘o‘zaning vegetatsiya davrida zarur bo‘lgan oziq moddalarni o‘z vaqtida va me’yorida berish, uning o‘sishi, gullashi, mevaga kirishi va tolali mahsulot hosil qilishi uchun muhim hisoblanadi. Mineral o‘g‘itlar — azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar — g‘o‘zaning har bir rivojlanish bosqichida alohida rol o‘ynaydi. Azot vegetativ o‘sishni rag‘batlantiradi, fosfor ildiz tizimini rivojlantiradi va gullashni tezlashtiradi, kaliy esa tolalarning sifatini oshirib, hosildorlikni barqarorlashtiradi. O‘g‘itlash me’yorlari tuproq-tabiiy sharoitlar, g‘o‘za navlari, agrotexnik tadbirlar va hosildorlik rejasiga qarab belgilanadi. Shuningdek, mikroelementli o‘g‘itlardan ham oqilona foydalanish g‘o‘zaning kasalliklarga chidamliligini oshirish va hosil sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish ekologik muvozanatni saqlagan holda, iqtisodiy jihatdan ham foydali FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. M.T. To‘xtayev, T.T. Jo‘rayev, A.R. Haydarov. “O‘simlikshunoslik” – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti, 2015. 2. Q.X. Xojayev, B. Mamatqulov. “Agrokimyo” – Toshkent: “Mehnat”, 2014. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi agrotexnik ko‘rsatmalari – 2022 yil. 4. Paxtachilik fan va texnika yangiliklari jurnali, 2020–2024 yillar sonlari. 5. Karimov A., Akramov R. “G‘o‘za yetishtirishda agrokimyoviy tadbirlar” – Toshkent: 2018