scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK MUTAXASSISLARNING AXBOROT-KOMMUNIKATSION TAYYORGARLIGINI KOMPYUTERLI LOYIHALASH VOSITASIDA TAKOMILLASHTIRISH

S.S. Xudoyorov , R.K. Tashmatov

Abstract

Maqolada axborotlashgan jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim berish metodi bayon etilgan; bo‘lajak mutaxassislarni komp’yuterli loyihalashga tayyorlash bosqichlari asoslangan; pedagogik va texnologik jarayonlarni loyihalash texnologiyasini ishlab chiqishning bosqichlari taklif etilgan; taklif etilayotgan tizimning har bir elementi ikki yo‘nalishda, ya’ni o‘quv fani va metodika bo‘yicha axborot-kommunikatsion tayyorgarlikni amalga oshirilishi ko‘rilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL PhD, dotsent S.S. Xudoyorov (Olmaliq davlat texnika instituti), PhD, dotsent R.K. Tashmatov (Olmaliq davlat texnika instituti) BO’LAJAK MUTAXASSISLARNING AXBOROT-KOMMUNIKATSION TAYYORGARLIGINI KOMPYUTERLI LOYIHALASH VOSITASIDA TAKOMILLASHTIRISH Annotatsiya: Maqolada axborotlashgan jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim berish metodi bayon etilgan; bo‘lajak mutaxassislarni komp’yuterli loyihalashga tayyorlash bosqichlari asoslangan; pedagogik va texnologik jarayonlarni loyihalash texnologiyasini ishlab chiqishning bosqichlari taklif etilgan; taklif etilayotgan tizimning har bir elementi ikki yo‘nalishda, ya’ni o‘quv fani va metodika bo‘yicha axborot-kommunikatsion tayyorgarlikni amalga oshirilishi ko‘rilgan. Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsion tayyorgarlik, komp’yuterli loiihalash, ta’lim berish metodi, loyihalash elementlari, loyihalash texnologiyasi, axborot resurslari, axborotlashtirish vositalari. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННОЙ ПОДГОТОВЛЕННОСТИ БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ ПОСРЕДСТВОМ КОМПЬЮТЕРНОГО ПРОЕКТИРОВАНИЯ Аннотация: В статье изложен метод преподавания в информатизированном обществе по средством применения информационно-коммуникационных технологий обоснованы этапы, подготовки будущих специалистов компьютерному проектированию, предложены этапы разработки технологии проектирования педагогических и технологических процессов, рассмотрено осуществление информационно-коммуникационной подготовленности обучающихся по каждому элементу предлагаемой системе в двух направлениях - по учебному предмету и по методике. Ключевые слова: информационно-коммуникационная подготовленность, компьютерное проектирование, метод преподавания, элементы проектирования, технология проектирования, информационные ресурсы, средства информатизации. IMPROVING THE INFORMATION AND COMMUNICATION SKILLS OF FUTURE SPECIALISTS THROUGH COMPUTER DESIGN Abstract. The article presents a method of teaching in an information-based society through the use of information and communication technologies, substantiates the stages of training future specialists in computer design, proposes stages of developing technology for designing pedagogical and technological processes, and examines the implementation of information and communication preparedness of students for each element of the proposed system in two directions - by subject and by methodology. Key words: information and communication preparedness, computer design, teaching method, design elements, design technology; information resources, means of informatization. Kirish JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Jahon miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanib, ta’lim jarayonida keng qo‘llanilayotgan hozirgi sharoitda bo‘lajak mutaxassislarning axborot-kommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash vositasida tizimli va izchil takomillashtirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limni axborotlashtirishning asosiy maqsadi axborotkommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarning axborot-kommunikatsion tayyorgarligi, intellektual va ijodiy qobiliyati, fikrlash tarzi va faoliyatini global rivojlantirishdan iborat. Ushbu muammoni hal etish uchun ta’limning innovatsion axborot-didaktik shakllarini asoslash, texnologiya va axborotlashtirish vositalarini bir tizimga birlashtirish hamda kompyuterli loyihalash vositasida takomillashtirish modelining pedagogik, metodik hamda texnologik asoslarini ishlab chiqish hamda amalda joriy etish zarur. Metodologiya O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” [1] ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu bois oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni va pedagogik muammolarini qiyosiy taqqoslash, tanqidiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘qitish metodlarining optimal variantlarini tanlash asosida o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, xususan, kompyuterli loyihalashga o‘rgatish dolzarb pedagogik vazifalardan hisoblanadi. D.Bellning e’tirof etishicha, axborotlashgan jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim berish nafaqat tayyor, hamma tomondan tan olgan bilimlarni o‘zlashtirish vositasi bo‘lishini, balki shaxsning atrofidagi odamlar bilan axborot almashinuvini, uning hayotining har bir vaqtida va butun umri davomida sodir bo‘ladigan axborot almashinuvni, nafaqat bilimlarni o‘zlashtirishni, balki olingan axborotlar hisobiga ma’lumotlarni to‘plashni, ishlab chiqishni, saqlashni va uzatishni nazarda tutadi. D.Sh.Matrosning ta’kidlashicha, har qanday pedagogik texnologiya bu – axborot texnologiyasidir, chunki u axborotni talabaning muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi uchun uni qanday tartibda qayta ishlash va uzatish lozimligini tavsiflaydi. Ammo ta’limda kompyuterlardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi tufayli “ta’limda yangi axborot texnologiyasi” tushunchasidan foydalanish borasida bahs munozaralar paydo bo‘ldi. Bu hakda D.Sh.Matros quyidagilarni qayd etgan: ta’limda yangi axborot texnologiyasi haqida shu vaqtda gapirish mumkin, qachonki, agar: 1) u pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillarini (dastlabki loyihalash, takror ishlab chiqish, maqsadga muvofiqlik, butunlik); 2) u didaktikada avval nazariy yoki amaliy hal etish mumkin bo‘lmagan masalalarni hal etadi; 3) kompyuter ta’lim oluvchiga axborotni tayyorlash va uzatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bo‘lajak mutaxassislarni kompyuterli loyihalashga tayyorlash, axborot madaniyatini shakllantirishga o‘xshab, quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin: 1) axborot (kompyuter) savodxonligini o‘zlashtirish; 2) axborot qimmatli-ma’noli komponentga ega bo‘lish; 3) axborot refleksiyasiga qobillikning rivojlanishi; 4) axborot kompetensiyasining shakllanishi. Hozirgi zamon sharoitida kasbiy faoliyatda axborot resurslari, kompyuter dasturlari va ularning ta’minotlarisiz samarali natijalarga erishib bo‘lmaydi. Bo‘lajak mutaxassisning professional JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL qiyofasi, uning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, eng avvalo, kasbiy-pedagogik ta’lim tizimida shakllanadi. Loyihalash – ilm-fan va muhandislik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan loyiha yaratish, kelgusida nazarda tutilgan hodisa timsolini yaratish bo‘yicha faoliyatdir [2]. Bo‘lajak mutaxassisni kompyuterli loyihalash faoliyatiga tayyorlash uchun muammoli va topshiriqli yondashuvlar asosida yangi shakl – konseptni ishlab chiqish orqali pedagogik jarayonda o‘z loyihalarini yaratish va amalga oshirishning loyihalash usullarini egallashga ehtiyojning aksi sifatidagi motivatsiyani rivojlantirish asosida integratsiyalaydigan texnologiya takomillashtirilgan. Pedagogik va texnologik jarayonlarni loyihalash texnologiyasini ishlab chiqishni quyidagi bosqichlar asoslab berilgan: ta’limiy natijani ma’lum darajadagi kompetensiyalar shaklida aniqlashtirish; bo‘lajak mutaxassisning bilish faoliyatini talab qilinadigan kompetensiyalar tahlili asosida tanlangan umumpedagogik texnologiyalardan birining namunaviy elementi sifatida loyihalash; ta’limiy natijaning talab qilinadigan darajasini aks ettiradigan o‘quv materiali mazmunini saralash va uni tegishlicha talqin qilish; bo‘lajak mutaxassisning bilish faolligi darajasiga adekvat bo‘lgan ta’lim metodlarini tanlash; vaqt resurslari, talabaning tayyorligi, qiziqishi, ta’lim oluvchilar tomonidan materialni o‘rganish darajalari va ta’limning mumkin bo‘lgan individual yo‘nalishlarini maqbulini tanlash bilan bog‘liq cheklovlarni baholash [3]. Loyiha faoliyati «prognozlashtirish», «konstruksiyalash» va «loyihalash» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq. Loyihalash va prognozlashtirish umumiy maqsadlarga va natijaga erishish mo‘ljallariga ega. Biroq, loyihalash kuchliroq qat’iylikni va mas’uliyatni talab qiladi, chunki u bevosita amaliyotda qo‘llaniladigan natijaga erishish uchun amalga oshiriladi, aytish mumkinki, loyihalashda tadqiqot faoliyati prognozlashtirishning yangi manbalarini ehtimoliy aniqlash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi. Kompyuterli loyihalash – ilmiy bilimlarning anchayin keng sohasi bo‘lib, jumladan, kompyuterda ikki o‘lchamli, uch o‘lchamli, shuningdek, interaktiv va animatsion modellarni yaratishning uslublari, texnologiyalari va vositalarini qamrab oladi. Tadqiqot muammosi bo‘yicha olib borilgan ishlar jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning axborotkommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash asosida takomillashtirish tushunchasini tadqiqotimiz kontekstida qo‘llashning qanchalik o‘rinli ekanini bilish maqsadida biz bibliografik manbalarga murojaat qilib, aniqdandiki, kompyuterli loyihalash vositasida o‘qitish ta’lim berishning axborot texnologiyasi hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlarning pedagogik amaliyotida ushbu ta’lim axborot texnologiyasi uchun quyidagi atamalar qabul qilingan: ta’limni kompyuterda loyihalash, dasturlashtirish, kompyuter yordamida o‘rganish, kompyuter vositasida o‘qish, kompyuter asosida ta’lim berish, kompyuter yordamida baholash, kompyuter vositasidagi kommunikatsiyalar. Ushbu tasnif ancha shartlidir, chunki unda, ishning mohiyatiga ko‘ra, alohida ta’lim texnologiyalarining kesishuvi yuz beradi. Ularning har birini batafsil ko‘rib chiqib, bunga ishonch hosil qilish mumkin. Kompyuterda dasturlashtirilgan ta’lim – bu dasturlashtirilgan ta’lim mexanizmini tegishli kompyuter dasturlari yordamida amalga oshirishni ta’minlaydigan texnologiya. Kompyuterli loyihalash vositasida o‘rganish talabaning turli vositalar, shu jumladan, kompyuter yordamida yangi o‘quv materialini o‘rganish bo‘yicha mustaqil ishlashini nazarda tutadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Kompyuterli loyihalash vositasida o‘rganish bundan oldingi texnologiyadan farqli o‘laroq, agar unda turli-tuman texnologik vositalardan (jumladan, an’anaviy vositalar: darsliklar, audio, videoyozuvlar va sh.k.) foydalanish imkonini bersa, kompyuter vositasida o‘rganish texnologiyasida ta’lim oluvchilarning samarali mustaqil ishini ta’minlaydigan dasturiy vositalardan ko‘proq foydalanish ko‘zda tutiladi. Kompyuterli loyihalash vositasida ta’lim berish ta’lim oluvchiga bilimlarni uzatishning har qanday shaxslarini ko‘zda tutadi, mohiyatiga ko‘ra, u yuqorida tilga olib o‘tilgan texnologiyalar bilan tutashadi. Kompyuterli loyihalash vositasida o‘qitish va kompyuter yordamida baholash o‘qitishning mustaqil texnologiyasidan iborat bo‘lishi ham mumkin, biroq amaliyotda u boshqa texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi, chunki bilimlarni uzatish texnologiyalariga nisbatan qo‘yiladigan majburiy talablardan biri ularda bilimlarni o‘zlashtirish sifatini baholashning maxsus tizimi mavjud bo‘lishi talabidir [4]. Amaliy faoliyat tajribasi va ilmiy-pedagogik manbalar tahlili asosida olingan ma’lumotlarga tayanib, talabalarning elektron o‘quv-metodik majmua asosida o‘quv fani bo‘yicha tayyorgarligini oshirish, ularda kasbiy bilim va kompetensiyalarni kompyuterli loyihalash vositasida shakllantirish maqsadga muvofiq. Bunda talaba o‘rgatuvchi dastur va o‘qituvchining o‘zaro ta’sirlashishining mantiqiy tartiblangan tizimini kompyuterli loyihalash vositasida idrok qilishi yaxshi samara beradi. Bu tizimda talabalarda o‘quv faniga oid bilimlarni kompyuterli loyihalash vositasi bilan bir qatorda, umumkasbiy fanlarning tegishli mavzu va bo‘limlarini professional ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv faniga oid bilim, metodik ko‘nikma va malakalarni kompyuterli loyihalash vositasida shakllantirish va rivojlantirish ko‘zda tutildi. Shuningdek, tizim bo‘lajak mutaxassislarda axborot-kommunikatsion tayyorgarlik ko‘nikmalarini kompyuterli loyihalash vositasi yordamida shakllantirishni nazarda tutishi bilan bir qatorda, elektron o‘quv-metodik majmua asosida uni samarali amalga oshirishning tashkiliy-metodik shart-sharoitlarini ham o‘zida aks ettiradi. Natija va mulohazalar Taklif etilayotgan tizimning har bir elementi ikki yo‘nalishda, ya’ni o‘quv fani va metodika bo‘yicha axborot-kommunikatsion tayyorgarlikni amalga oshirish, ya’ni axborotkommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash vositasi nuqtai-nazaridan amalga oshirilishi ko‘rib o‘tiladi. Bo‘lajak mutaxassislarning axborot-kommunikatsion tayyorgarligini kompyuterli loyihalash vositasida takomillashtirishning maqsad va mazmunini joriy etishning muhim vositasi elektron o‘quv-metodik majmuaning o‘zidir. Bizning vaziyatimizda bu – “Kompyuterli loyihalash” fani bo‘yicha tayyorlangan elektron o‘quv-metodik majmuadir. Axborot-kommunikatsion tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar va pedagog olimlarning bo‘lajak mutaxassislarning fanga oid bilimi va kasbiy-metodik ko‘nikmalarining o‘zaro bog‘liqligi va ularning nisbati haqidagi tavsiyalari asosida biz shunday xulosaga keldik: elektron o‘quvmetodik majmua asosida o‘quv fanini o‘qitish jarayonini fanga oid bilimlar va metodik bilimlar integratsiyasini e’tiborga olgan holda loyihalash maqsadga muvofiq. Biz bo‘lajak mutaxassislarda o‘rgatilayotgan fan bo‘yicha bilim berish – predmet tayyorgarlik maqsadlarini, shuningdek, elektron o‘quv-metodik majmua asosida kasbiy-pedagogik vazifalarni hal qilish, ya’ni ko‘nikma va malakalarni kompyuterli loyihalash vositasida – metodik tayyorgarlik JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL maqsadlarini aniqladik. Mos ravishda, tayyorgarlik vazifalari ikki, ya’ni predmet va metodik bloklarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Dastlabki blok – laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlarining tuzilishi, ishlash tamoyillari, nosozliklarini bartaraf qilish usullari haqida bilimlarni kompyuterli loyihalash vositasida, bilimlarni amaliyotda ongli ravishda qo‘llashni ta’minlash, o‘quv-laboratoriya xonalari va laboratoriya jihozlarini ishlatishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni bartaraf etish, ularni yengishga yordam berishdan iborat. Ikkinchi blok o‘quv jarayonida elektron o‘quv-metodik majmuadan foydalanish ko‘nikmalarini; tyutorlik natijasida ta’lim jarayonida elektron o‘quv-metodik majmuadan foydalanish bo‘yicha metodik kompetensiyalarni kompyuterli loyihalash vositasida amalga oshirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Mazmunning metodik bloki kasbiy-pedagogik vaziyatlarni loyihalash usullari va elektron o‘quvmetodik majmua asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorlash, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini kompyuterli loyihalash vositasida samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan turli darajadagi integrativ topshiriqlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Integrativ topshiriqlar fanga oid bilimlar hamda metodik bilim va kompetensiyalarni integratsiyalashga asoslanadi. Murakkablikning uch darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) dars – mashg‘ulotning yetishmayotgan fragmentlarini topishga oid topshiriqlar (qisman izlanishli); 2) ijod elementlari bo‘lgan topshiriqlar (natijaviy, produktiv); 3) topshiriqlarni mustaqil bajarish (ijodiy). Topshiriqlarning murakkabligi mazmun, axborot manbai, bajariladigan ishlarning xarakteri bilan belgilanadi. Elektron o‘quv-metodik majmua asosida o‘qitish natijasi fan bo‘yicha bilimlar va kelgusidagi ta’limiy faoliyatda kasbiy-pedagogik masalalarni yechish ko‘nikmalari hisoblanadi. Modelning tizim hosil qiluvchi komponenti natijalovchi komponent sanaladi, chunki u amalga oshirilgan pedagogik jarayon maqsadi, ideal namunani gavdalantiradiki, unga erishish pedagogik faoliyatning tegishli shakl va metodlarini to‘g‘ri tanlashga ham bog‘liq. Xulosa Taklif qilinayotgan elektron o‘quv-metodik majmua asosida fan bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ya’ni ularda axborot-kommunikatsion tayyorgarlikni kompyuterli loyihalash vositasida takomillashtirish tizimidan ta’limni tashkil etishning real vositasi sifatida foydalaniladi, uning joriy qilinishi ta’lim oluvchilarning ham, o‘qituvchilarning ham mehnatini osonlashtiradi. Ta’kidlab o‘tish joizki, loyihalashtirilgan metodik tizim quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: reprezentativ, evristik, tashxis. Bizning fikrimizcha, bu talablarning barchasiga bo‘lajak mutaxassislarni o‘qitishda biz tomondan joriy etilgan model to‘la javob beradi. Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirish, ularda axborotkommunikatsion tayyorgarlikni kompyuterli loyihalash vositasida takomillashtirish modeli maxsus va kasbiy fanlarni o‘rganish jarayonida mutaxassislar kasb mahoratining ortishi uning predmet va metodik tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligini bildiradi. Uning asosida ta’lim berish nafaqat maxsus bilimlar, balki tegishli mavzu va bo‘limlarni zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘qitish bo‘yicha kasbiy-metodik kompetensiyalarni kompyuterli loyihalash vositasida takomillashtirish imkonini beradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 2. Xakimov J.O., Xudoyorov S.S. Professional ta’limda innovatsion jarayonlar mohiyati. Mug‘allim hәm үzliksiz bilimlendirio‘. Ilimiy-metodikalыq jurnal. №1/3, 2025. 154-158 bb. 3. Xakimov J.O., Xudoyorov S.S. Talabalar intellekt turlarining rivojlanishi va kompetensiyalarining shakllanganligi. Mug‘allim hәm үzliksiz bilimlendirio‘. Ilimiymetodikalыq jurnal. №1/3, 2025. 159-163 bb. 4. Ortiqov I.S. O’qitish texnologiyasini loyihalashtirish metodi. Kasb-Hunar ta’limi. №1, 2012. 2-5 b.