scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Ernazarova Laylo Abdusaitovna, Salohiddinova Lobar Aliboy qizi

Abstract

Mazkur maqolada ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati, ularning o‘quvchi faoliyatini faollashtirishdagi o‘rni hamda ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil etilgan. Interfaol metodlar orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, nutq madaniyati, ijodiy yondashuv va kommunikativ kompetensiyalar shakllanishi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada “Aqliy hujum”, “Insert”, “Klaster” kabi metodlarning ona tili darslarida qo‘llanish tajribalari keltirilib, o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi va innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashgan pedagogik jarayonning afzalliklari ko‘rsatib berilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ernazarova Laylo Abdusaitovna Samarqand davlat pedadogika instituti assistenti FarDU mustaqil izlanuvchisi Salohiddinova Lobar Aliboy qizi Samarqand davlat pedadogika instituti 2-bosqich talabasi ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Annotatsiya: Mazkur maqolada ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati, ularning o‘quvchi faoliyatini faollashtirishdagi o‘rni hamda ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil etilgan. Interfaol metodlar orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, nutq madaniyati, ijodiy yondashuv va kommunikativ kompetensiyalar shakllanishi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada “Aqliy hujum”, “Insert”, “Klaster” kabi metodlarning ona tili darslarida qo‘llanish tajribalari keltirilib, o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi va innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashgan pedagogik jarayonning afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: interfaol metod, innovatsion ta’lim, o‘quvchi faolligi, “Aqliy hujum”, “Insert”, “Klaster” metodlari, nutq madaniyati, mustaqil fikrlash, pedagogik texnologiya. Аннотация: В данной статье анализируется значимость использования интерактивных методов на уроках родного языка, их роль в активизации учебной деятельности учащихся, а также влияние на эффективность обучения. Научно обосновано формирование у учащихся самостоятельного мышления, культуры речи, творческого подхода и коммуникативных компетенций посредством интерактивных методов. Кроме того, в статье представлены примеры применения таких методов, как «Мозговой штурм» (Brainstorming), «Инсерт» (Insert) и «Кластер» (Cluster) на уроках родного языка, показаны изменения в деятельности учителя и преимущества педагогического процесса, интегрированного с инновационными подходами. Ключевые слова: интерактивный метод, инновационное образование, активность учащихся, методы «Мозговой штурм», «Инсерт», «Кластер», культура речи, самостоятельное мышление, педагогическая технология. Abstract: This article analyzes the significance of using interactive methods in native language classes, their role in activating student activities, and their impact on educational effectiveness. The formation of independent thinking, speech culture, creative approach, and communicative competencies in students through interactive methods is scientifically substantiated. Furthermore, the article provides experiences of applying methods such as "Brainstorming," "Insert," and "Cluster" in native language lessons, highlighting the changes in teacher activity and the advantages of the pedagogical process integrated with innovative approaches. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Keywords: interactive method, innovative education, student activity, "Brainstorming," "Insert," "Cluster" methods, speech culture, independent thinking, pedagogical technology. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuv asosiy tamoyil sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, fikrlash, muloqot qilish va o‘z fikrini ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Interfaol metodlar o‘quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. “Aqliy hujum” metodini ot so‘z turkumini o‘rganishda qo‘llash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:  1. Muammoni aniqlash (maqsadni belgilash)  Maqsad: Ot so'z turkumiga oid so'zlarni eslash, ajratish, tasniflash va ular haqidagi bilimlarni mustahkamlash.  "Ot so‘z turkumiga oid bo‘lgan so‘zlarni ayting." yoki "Maktabga (uyga, shaharga) tegishli bo‘lgan barcha otlarni sanang."  2. G'oyalarni to'plash. Bu bosqichda tanqid qilinmaydi va barcha g'oyalar (so'zlar) yozib boriladi. O'quvchilar navbatma-navbat (yoki bir vaqtning o‘zida) o‘z fikrlarini (otlarni) aytishadi. Masalan: kitob, daftar, qalam, o'quvchi, doska, o'qituvchi, sinf, Toshkent, daraxt, yaxshilik, Anvar, qish, ota ...  Bu bosqichda to'plangan so'zlar orasida boshqa so'z turkumiga (masalan, fe'l, sifat) oidlari ham bo'lishi mumkin.  3. G'oyalarni tahlil qilish va saralash. To'plangan barcha so‘zlar ro‘yxati birgalikda ko‘rib chiqiladi.  Ot so'z turkumini aniqlash: O'quvchilar yordamida har bir so'zning ot ekanligi (kim? nima? qayer? so'roqlariga javob berishi) aniqlanadi. Boshqa so'z turkumiga oid so'zlar ro'yxatdan chiqariladi yoki tegishli joyga yozib qo‘yiladi. Sifat so‘z turkumini INSERT texnologiyasi asosida o'rganish — bu o'quvchilarning yangi materialni o'qish jarayonida matn bilan bevosita va ongli muloqotini ta'minlaydigan samarali usuldir. Bu metod orqali o'quvchilar bilimlarni passiv qabul qilmasdan, balki ularni tushunish, solishtirish va tahlil qilish orqali o'zlashtiradi.  Sifat so'z turkumini INSERT texnologiyasi asosida o'rganishni sodda tarzda tashkil etishni ko'rib chiqamiz.   1. Sifat haqidagi matn (ma'lumot) tayyorlash. O‘rganiladigan mavzu ("Sifat so'z turkumi") bo'yicha qisqa va tushunarli matn tayyorlanadi.  "Sifat so'z turkumi narsa yoki buyumning belgisini bildiradi. Sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so'roqlariga javob bo'ladi. Ular odatda ot so'z turkumi bilan birga keladi va uni izohlaydi. Masalan: shirin olma, yashil daraxt, yaxshi odam. Sifatlarning darajalari (oddiy, qiyosiy, orttirma, ozaytirma) mavjud. Sifat gapda ko'pincha aniqlovchi vazifasida keladi." JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL  2. INSERT belgilarini kiritish INSERT belgilari V – bilaman, + – yangi, – bilmayman, ? – tushunmadim / savolim bor) 2. INSERT Jadvali bilan ishlash O‘quvchilarga quyidagi jadval tarqatiladi va mavzu haqida bilganlarini belgilar bilan ko‘rsatish aytiladi. Sifat so'z turkumini INSERT texnologiyasi asosida o'rganish — bu o'quvchilarning yangi materialni o'qish jarayonida matn bilan bevosita va ongli muloqotini ta'minlaydigan samarali usuldir. Bu metod orqali o'quvchilar bilimlarni passiv qabul qilmasdan, balki ularni tushunish, solishtirish va tahlil qilish orqali o'zlashtiradi. “Son” so‘z turkumini KLASTER (Cluster) usulida, boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llash. O‘quvchilar bilan suhbat: “Bir nechta olma bo‘lsa, ularni qanday sanaymiz?” “Sonlar nimani bildiradi?” Son — narsaning miqdorini, tartibini bildiradigan so‘z turkumidir. So‘roqlari: necha? nechanchi? KLASTER usuli (tarqatmalar tayyorlanadi). Matn beriladi va unda ifodalangan sonlarni ajratib, guruhiga tarmoq usulida yozish tipshirig‘i beriladi. Sinfda 25 ta o‘quvchi bor → miqdor son. Men ikkinchi qavatga chiqdim→ tartib son Maktabga tayyorgarlik Bugun ertalab uch sinfdosh maktabga ketish uchun tayyorgarlik ko'rishdi. Alisher, sumkasiga beshta daftar va ikkita qalam soldi. Zaynab, stol ustidagi o‘nta kitobdan o'ziga kerakli uchtasini tanladi. Kamol yarimta nonni qaqmoqqa botirib yeb, bir piyola choy ichdi. Ular soat sakkizdan yigirma daqiqa o'tganda uydan chiqishdi va maktabga o‘ninchi avtobusda yetib borishdi.  “Aqliy hujum” usuli o‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatsa, “Insert” metodida matn ustida mustaqil ishlash ko‘nikmasi shakllanadi, “Klaster” esa so‘z va tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yordam beradi. Shu tarzda tashkil etilgan darslar o‘quvchining mustaqil fikrlashini, tahlil qilish qobiliyatini, nutq madaniyatini rivojlantiradi. O‘qituvchi esa bunday darsda yo‘naltiruvchi va hamkor sifatida ishtirok etadi. Natijada o‘quvchi o‘rganadi, izlanadi, so‘zlaydi va fikrini himoya qiladi — bu esa haqiqiy ta’limiy muvaffaqiyatdir. Interfaol metodlardan samarali foydalanish ona tili darslarining mazmunini boyitadi, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini orttiradi hamda ularni faol, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1.S.Matchonov.,H.Bakiyeva.,X.Gulyamova.,Sh.Yo’losheva.,G.Xolboyeva “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”. Toshkent.: “Ishonchli Hamkor” 2021. 2. Sh.K.Shayakubov.,R.X.Ayupov.“Interfaol ta’lim usullari”. Toshkent.:“Tafakkur bo‘stoni”.2012. 3. O.M.Jaborova.,Z.A.Umarova.,L.G.Babaxodjayeva. ”Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi”.T.: “Malik print co”.2021. 4. O.Roziqulov., M.Mahmudov., B.Adizov., A.Hamroyev.”Ona tili didaktikasi”. T.: “Yangi asr avlodi”.2005. 5. Qosimova D. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi”. Toshkent.: Ilm-Ziyo. 2020. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darsliklari” – Toshkent: Sharq, 2023. 7. Shodiyev F. Ona tili. – Samarqand. SamDU nashri. 2019. 8. L.Ernazarova, M.Mirsanova. Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi. Elektron darslik. Samarqand, 2024.