MUZAFFARIDDIN IBN SOATIYNING "MAJMA' AL-BAHRAYN" ASARIDA FIQHIY HUKMLARNING YORITILISH USLUBI
Abstract
Imom Muzaffaruddin ibn Soatiyning shaxsiyati, u tug’ilib o’sgan oilaviy muhit hamda u ulg’aygan davrdagi ilm-fanga bo’lgan e’tibor, uning ustoz va shogirdlari ilmiy faoliyatini o’rganish va tahlil qilish orqali uni yaxshiroq tanib olish; Ibn Soatiy ta’lif qilgan asarlar va ularning hanafiy fiqhini o’rganishda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini bilib olish.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Abdushukurov Ahror Mahmud o’g’li Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo’nalishi magistri, Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi Usulul fiqh fani o‘qituvchisi MUZAFFARIDDIN IBN SOATIYNING “MAJMA’ AL-BAHRAYN” ASARIDA FIQHIY HUKMLARNING YORITILISH USLUBI Annotatsiya: Imom Muzaffaruddin ibn Soatiyning shaxsiyati, u tug’ilib o’sgan oilaviy muhit hamda u ulg’aygan davrdagi ilm-fanga bo’lgan e’tibor, uning ustoz va shogirdlari ilmiy faoliyatini o’rganish va tahlil qilish orqali uni yaxshiroq tanib olish; Ibn Soatiy ta’lif qilgan asarlar va ularning hanafiy fiqhini o’rganishda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini bilib olish. Kalit so’zlar: Muzaffariddin ibn Soatiy, bag’dodiy, hanafiy, Mustansiriyya madrasasi, hanafiy fiqhi, Majma’ al-bahrayn. Imom Quduriyning “Muxtasar” asari hamda Abu Hafs Nasafiyning “al-Xilafiyyat” manzumasi hanafiy fiqhining asosiy manbalari sifatida e’tirof etib kelinadi. Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, muallifning ushbu asari hanafiy mazhabida yuksak martabaga ega ikki olimning asaridan olingan muxtasar asardir. Imom Quduriy o‘zining “Muxtasar”ida mazhab ichidagi asosiy masalalarni bayon qilgan bo‘lsa, imom Nasafiy mazhab ichidagi va boshqa mazhab imomlarining hanafiy mazhabiga bo‘lgan ixtilofini bayon qilib bergan. Muzaffariddin ibn Soatiy asar muqaddimasida hamd-u sanodan so‘ng asarning mohiyati, uning nomlanish sababi hamda unda qo‘llanilgan uslub haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tgan. Muallif quyidagicha keltiradi: “Bu kitob uni yod oluvchilar uchun hajmi yengil, bu bobda yozilgan boshqa asarlardan darajasi yuqori bir asardir. Bu asar shayx Abulhusayn Quduriyning “al-Muxtasar”i hamda shayx Abu Hafs Nasafiyning manzumasini o‘z ichiga oladi. Bu ikki asar ulkan ikki dengiz bo‘lib, mening bu asarim ikki dengiz jamlanadigan yerdir. Bu ikki asar ikki yorqin yulduz bo‘lib, mening bu asarim bu ikki yorqin yulduz to‘qnashadigan yerdir. Bu ikki asarning biri dunyo hayotida musulmon insonning eng buyuk istagi bo‘lgan mazhab fiqhini o‘rganishga yo‘llasa, boshqasi mazhablar o‘rtasidagi ixtilofni bayon qilib beradi1” Ma’lumki, olimlar asar yozish mobaynida bir-biridan farqli uslublardan foydalanishadi. Muzaffariddin ibn Soatiy ham bu asarda o‘zidan oldin biror olim foydalanmagan o‘zgacha uslubdan foydalangan. U asarda fiqhiy masalalarni bayon qilishda quyidagi uslublardan foydalangan: 1. Bir fiqhiy masalada imom Abu Hanifa (vaf.150/767) aytgan gapga ikki shogirdi xilof qilgan bo‘lsa, imom Abu Hanifaning gapini ismiy jumla bilan keltirgan. Misol tariqasida Namoz kitobidagi namozda imomlikka o‘tish bobida: ةعمجلا و نيرهظلا ل َا ةعامجلا روضح زوجعلل و 1Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.59.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL “Yoshi keksa ayol kishi peshin, asr hamda juma namozidan boshqa namozlarda jamoatda hozir bo‘lishi mumkin” deya keltirgan. Bu imom Abu Hanifa nazdidadir. Ikki shogirdlarining nazdida esa, yoshi keksa ayol barcha namozlarda jamoatda hozir bo‘lishi mumkin. Biroq ismiy jumla mo‘tariza hol o‘rnida kelgan bo‘lsa, bu holda ixtilofga dalolat qilmaydi. Masalan, quduqlarni najosatdan poklash bobida: رطقت ريخلا ولدلا و اهرهط و “Imom Muhammad oxirgi chelakdan suv tomib turgan holida ham quduqni pok deya hukm qilgan” deya keltirgan. 2. Agar imom Abu Hanifa va ikki shogirdining gapi manfiy va musbatlik jihatidan taqsimlangan bo‘lsa, bu holatda ham ismiy jumlaning o‘zini keltirish bilan cheklangan. Masalan, Tahorat kitobining najosatlardan poklash bobida: ةظيلغ ثارولا ةساجن “Sigirlar axlatlarining najosati g‘alizadir (og‘ir najosatdir)” deya keltirgan. Demak ikki shogirdining nazdida ular g‘aliza najosat emas. Namoz kitobida sunnat va nafl namozlar bobida: ةعورشم ريغ ركشلا ةدجس و “Shukr sajdasi mashru’ (shar’iy hukm sifatida) qilinmagan” deya keltirgan. Bu ham imom Abu Hanifa nazdida. Ikki shogirdining nazdida shukr sajdasi mashru’ amal bo‘lib, uni qilgan odam savobga ega bo‘ladi2. 3. Agar imom Abu Hanifa va ikki shogirdining gapi manfiy va musbatlikda bir-biridan farq qilmasa, avval ismiy jumla bilan imom Abu Hanifaning gapini keltirib, so‘ng uning ortidan ikki shogirdining mazhabining isboti uchun ikkilik zamir (olmosh) bilan bir jumla keltiradi. Masalan, Savdo kitobida: ةمولعم تناك اذا زوجت :َاا و ةدسفم ةدايزلا و ةثلث ر رايخلا ةدم “Savdoda ixtiyor muddati uch kundir. Undan ziyodasi savdo aqdini buzadi. Ikkisi: “Agar ma’lum bo‘lsa, uch kundan ziyodasini ta’yin qilish joizdir” deyishgan” deya keltirgan3. Bu o‘rinda َاا fe’li ikkilik zamir bilan keltirilishi ikki shogirdning gapiga dalolat qiladi. 4. Imom Abu Yusufning gapi imom Abu Hanifa va imom Muhammadning gapiga xilof kelsa, uning gapiga dalolat qilishi uchun foili (bajaruvchisi) mustatir zamir (yashirin olmosh) bo‘lgan muzore (kelasi zamon) fe’li bilan keltiradi4. Masalan, Tahorat kitobida: راذعلا ءارو امع هطقسي و هجولا لسغ ءوضولا يف ضرتفي 2Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.143. 3Yuqoridagi manba, 272-bet. 4Bu Imom Nasafiyning “Manzuma”sidagi ikkinchi bobga mos keladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL “Tahoratda yuzni yuvish farz qilingan. U kokil va quloq o‘rtasidagi joyini yuzni yuvish farzidan soqit qiladi” deb keltirgan. Bu o‘rinda طقسي fe’li imom Abu Yusufning gapiga dalolat qiladi. 5. Agar imom Muhammadning gapi imom Abu Hanifa va imom Abu Yusufning gapiga xilof kelsa, u holda imom Muhammadning gapini foili mustatir zamir bo‘lgan moziy (o‘tgan zamon) fe’li bilan keltiradi. Masalan, Tahorat kitobida: ةرشابملا شحفب هعنمو “U er-xotin kiyimsiz holatda bir-biriga tegishi bilan tahoratning buzilishini man qildi” deb keltirgan. Bu o‘rinda عنم fe’li imom Muhammadning gapiga dalolat qiladi. Moziy va muzore siyg‘alariga cheklanish yoki ikkisi ortidan ikkilik zamir bilan fe’l keltirish borasidagi gap yuqoridagi kabidir. Ya’ni, musbat va manfiylikda imom Abu Yusuf bir tomonda, imom Abu Hanifa va imom Muhammad bir tomonda bo‘lib, matnda imom Abu Yusufning gapiga nisbatan muzore fe’lini ishlatishdan ikki imomning gapi ham tushuniladigan bo‘lsa, u holda ikki imomning gapini ikkilik zamir bilan keltirishga ehtiyoj yo‘q. Shuningdek, imom Muhammadning gapiga nisbatan moziy fe’lini ishlatishdan imom Abu Hanifa va imom Abu Yusufning gapi tushunilsa, u holda ham ikki imomning gapiga dalolat qilishi uchun ikkilik zamir bilan fe’l keltirishga ehtiyoj yo‘q. Agar ikki imomning gapi uchinchi imomning gapiga nisbatan moziy yoki muzore fe’lini ishlatishdan tushunilmasa, u holda ikki imomning gapiga ikkilik zamir bilan bir fe’lni keltirgan. Masalan, tahorat kitobida: راذعلا ءارو امع هطقسي و “U kokil va quloq o‘rtasidagi joyni yuzni yuvish hukmidan soqit qiladi” deya keltirgan. Bu imom Abu Yusufning gapidir. Bundan imom Abu Hanifa va imom Muhammad nazdida kokil va quloq o‘rtasidagi a’zo yuvish hukmidan soqit bo‘lmasligi tushuniladi. Namoz kitobida: هنابجوي و ناكرلا يف ليردعتلا ضرتفي و “U ruknlarni mo‘tadil holatda bajarishni farz qiladi. Ikkisi esa, uni vojib qilishadi” deya keltiradi. Bu o‘rinda ضرتفي fe’li imom Abu Yusufning fikriga dalolat qiladi. Ikkilik zamir bilan kelgan fe’l esa, ikki imomning gapiga dalolat qiladi. Moziy fe’lining o‘ziga cheklanishning misoli sifatida: ةرشابملا شحفب هعنمو “U erkak va ayolning tanasi bir-biriga yalang‘och holatda tegishi bilan tahoratni buzilishini man qildi” deya keltirgan. Bu o‘rinda moziy fe’lini keltirishi imom Muhammadning gapiga dalolat qiladi. Imom Muhammadning gapi ikki imomning gapiga musbat va manfiylikda xilof bo‘lganligi sababli uning gapini musbat holatda keltirishdan ikki imomning gapi manfiy ekanligi tushuniladi. Agar imom Muhammadning gapi ikki imomning gapiga musbat va manfiylikda xilof qilmasa, u holda uning gapini keltirishning o‘zi bilan ikki imomning gapi tushunilmaydi. Shu sababli uning gapidan so‘ng ikki imomning gapini ham ikkilik zamir bilan keltiradi. Masalan, Tahorat kitobi tahorat qilish uchun joiz va nojoiz bo‘lgan suvlar bobida: عابسلاب هاقحلأ و ليفلا نيع سجلن و
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL “Filni ayni najosat deb hukm qildi. Ikkisi esa, uni yirtqich hayvonlarning hukmiga qo‘shdi” deb keltiradi. سجن fe’lini moziy fe’li ko‘rinishida keltirishi imom Muhammadning gapiga dalolat qiladi. Uning ortidan اقحلأ fe’lini ikkilik zamir bilan keltirishi esa, imom Abu Hanifa va imom Abu Yusufning gapiga dalolat qiladi. 6. Agar imom Abu Yusuf imom Abu Hanifaga xilof qilsa, biroq bu borada imom Muhammad tomonidan xilof bo‘lmasa, bu holatda imom Abu Hanifaning gapiga ismiy jumla bilan, imom Abu Yusufning gapiga esa, muzore fe’li bilan ishora qiladi. Masalan, Namoz kitobi namoz asnosida tahoratning buzilishi bobida: هفلخي و بجاو وهف فرصناف هفاخ ولو “Agar namoz o‘quvchi o‘ziga betahoratlik yetdi, deb qo‘rqsa va yuzini qibladan bursa, so‘ngra betahoratlik yetsa, namozni yangidan boshlashi vojibdir. U esa, bunga xilof qiladi” deya keltiradi5. Bu o‘rinda ismiy jumla bilan kelgan avvalgi jumla imom Abu Hanifaning gapidir. Undan keyingi muzore fe’li bilan kelgan jumla esa, imom Abu Yusufning gapidir. Bu masalada imom Muhammadning xilofi yo‘q. 7. Agar imom Abu Hanifaning gapiga imom Muhammad xilof qilsayu, biroq imom Abu Yusufda bu borada xilof bo‘lmasa, imom Abu Hanifaning gapini ismiy jumla bilan keltirib, uning ortidan imom Muhammadning gapini moziy fe’li bilan keltiradi yoki uning gapini ل َ harfi yordamida inkor qilib keltiradi. Masalan, Namoz kitobi Bemor kishining namozi haqidagi bobda: تاولص سمخ تااوأ ىلع َ ةليل و موي تاعاس ىلع هنامز ةدايزب هموزل مدع يف رابتعَا و ةسداس تاوب “Qazoning lozim bo‘lmasligi borasida bexushlik zamoni bir kecha-kunduz vaqtning ustiga vaqt ziyoda bo‘lishi e’tiborga olinadi. Besh vaqtning ustiga oltinchi namoz vaqti ziyoda bo‘lishi emas” deya keltiradi6. Bu masalada imom Abu Hanifaning fikriga imom Muhammadning xilofi bor. Muallif imom Muhammadning xilofini ل َ inkor harfi bilan ifodalaydi. 8. Agar bir masalada imom Abu Yusufga imom Muhammad xilof qilsa, biroq bu masalada imom Abu Hanifaning xilofi bo‘lmasa, imom Abu Yusufning gapini muzore fe’li bilan ifodalaydi, imom Muhammadning gapini esa, moziy fe’li bilan keltiradi yoki imom Abu Yusufning gapini muzore fe’li bilan keltirib, imom Muhammadning gapini ل َ inkor harfi bilan keltiradi. Masalan, Namoz kitobining sunnat va nafl namozlar bobida: اهرخأ و تاولا يف اهتيناث ىلع ايضاا رهظلا ىلوأ مدقي و “U peshinning to‘rt rakat sunnatini vaqti chiqmasdan oldin qazo qilib o‘qigan vaqtda uni ikki rakat sunnatdan oldin o‘qiydi. U esa, to‘rt rakat sunnatni ikki rakat sunnatdan keyinga qo‘yadi” deya keltiradi7. Demak, bu o‘rinda مدقي “yuqaddimu” (muqaddam qiladi) fe’lini keltirish bilan imom Abu Yusufning gapiga, رخأ “axxaro” (kechiktirdi) fe’lini keltirish bilan esa, imom Muhammadning gapiga ishora qilgan. 9. Biror masala borasida uchta imomning ham gapi bo‘lsa, u holda uchtasining gapiga ishora qilishda bir necha usullardan foydalanadi. 5Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.139. 6Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.153. 7Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.143.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL a) Imom Abu Hanifaning gapiga ismiy jumla keltirib, ikki imomning gapiga esa, ikki fe’liy jumla (ya’ni, imom Abu Yusufning gapini muzore fe’li, imom Muhammadning gapini moziy fe’li) bilan keltiradi; b) yoki imom Abu Hanifaning gapini ismiy jumla bilan, imom Abu Yusufning gapini muzore fe’li bilan, imom Muhammadning gapini esa, َ harfi bilan keltiradi; c) yoki ketma-ket tartib bilan keltiradi. Ya’ni, imom Abu Hanifaning gapini ماملرل (lilimam), imom Abu Yusufning gapini فسوي يبل (li Abi Yusuf) va imom Muhammadning gapini دمحمل (li Muhammadin) lafzlari bilan keltiradi. 10. Biror masalada imom Abu Hanifa va imom Shofeiy (vaf.204/819) o‘rtasida ixtilof bo‘lsa, bu holda hanafiy mazhabi shofeiy mazhabidan manfiy va musbatlik jihatidan ajralib turishi uchun hanafiylarning gapiga mutakallim (Ⅰ shaxs) ko‘plikka ishlatiladigan muzore fe’li bilan keltiradi. Masalan, Tahorat kitobida: ةينلا بجون مل و “Biz tahoratda niyatni vojib qilmaymiz” deb keltiradi8. Muallif bu o‘rinda manfiy jumla bilan keltirayapti. Bundan imom Shofeiyning nazdida hukm musbat ekanligi ya’ni, tahoratda niyatning vojib ekanligi tushuniladi. Buning aksincha bo‘lgan holatiga esa: سأرلا ءامب نينذلا حسمن و “Biz bosh uchun olingan suv bilan ikki quloqqa mash tortamiz” deb keltiradi9. Muallif bu o‘rinda musbat muzore fe’lini keltirish bilan bu masala borasidagi hanafiylarning gapiga ishora qiladi. Bundan imom Shofeiy nazdida hukm manfiy ekanligi ya’ni, bosh uchun olingan suv bilan ikki quloqqa mash tortish mumkin emasligi va quloqqa mash tortish uchun yangidan suv olish lozimligi tushuniladi. 11.Biror masala borasida imom Zufar (vaf.158/774) hanafiy mazhabiga xilof qilgan bo‘lsa, yuqoridagi kabi mutakallim ko‘plikka nisbatan ishlatiladigan moziy fe’lini keltiradi. Masalan, Tahorat kitobining tahoratga yaroqli bo‘lgan va yaroqli bo‘lmagan suvlar haqidagi bobda: ارهاط هلمعتسم ناك نا اهب انمكح َ و “Agar suvdan foydalanuvchi pok bo‘lsa ham biz suvni poklovchi deb hukm qilmadik” deb keltiradi10. Bu yerda انمكح “hakamna” fe’lini َ harfi yordamida manfiy holatda keltirish bilan imom Abu Hanifaning gapiga ishora qiladi. Bundan imom Zufar nazdida hukm musbat, ya’ni, suvdan foydalangan odam najosatdan pok bo‘lsa, undan qolgan suv poklovchi ekanligi tushuniladi. 12.Biror masalada hanafiylar va molikiylar o‘rtasida xilof bo‘lsa, molikiylarning mazhabini bayon qilish uchun g‘oib (ⅠⅠⅠ shaxs) ko‘plik uchun ishlatiladigan moziy fe’lini keltiradi. Muallif bu uslubda ko‘plik bilan keltirishiga sabab matnda zikr qilingan hukm hanafiylar nazdida ekanligini va ular11 shu masalada hanafiylarga xilof qilishganligini bildirishdir. Bu o‘rinda ularning hanafiylarga xilofi matnning o‘zidan tushunilsa, ushbu jumlalarning o‘zi bilan cheklaniladi. Agar matnning o‘zidan ularning xilofi tushunilmasa, u holda yuqoridagi kabi uslubda manfiy holatda keltiradi. Masalan, Tahorat kitobida boshga mash tortish masalasini bayon qilish asnosida: لالاب َ عبرلاب ههردقنف سأرلا لك حسم اوضرفي مل و 8Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.71. 9Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.71. 10 Yuqoridagi manba, 77-bet. 11 Ya’ni, imom Shofeiy, imom Molik va imom Zufar.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL “Ular boshning hammasiga mash torishni farz qilishmagan. Biz boshga mash tortish miqdorini boshning to‘rtdan biri bilan belgilaymiz, undan ozi bilan emas” deya keltirib o‘tgan12. Bu masalada اوضرفي مل “lam yafrizu” (farz qilishmagan) fe’lini ko‘plik zamir bilan keltirish orqali imom Molikning xilofiga ishora qiladi. Bunda imom Molik nazdida tahoratda boshning hammasiga mash tortish farz ekanligi tushuniladi. لالاب َ عبرلاب ههردقنف da ham hanafiylar nazdida boshga mash tortishning farzi boshning to‘rtdan bir qismi ekanligi, undan ozi emasligi tushuniladi. Bu o‘rinda َ harfini keltirish bilan imom Shofeiyning xilofiga ishora qilmoqda. Chunki imom Shofeiy nazdida boshning uchta tola miqdoricha qismiga mash tortilsa ham farz soqit bo‘ladi. Jumlalardagi ushbu uslub xilofli masalalar borasidagi jumlalarning ko‘rinishlaridir. Muallif imom Nasafiyning “al-Xilafiyyat” manzumasidagi kabi xilofli masalalarni keltirib o‘tgach, masalalar ichida xilofli bo‘lmaganlarini ham keltirib o‘tgan. U bu masalalarni keltirishda ham bir nechta uslublardan foydalangan. Ular: 1. Shartiyya jumla13; 2. Manfiy jumla14; 3. Foili (bajaruvchisi) zohir ism bo‘lgan fe’l15; 4. Ma’lumligi sababli foili mustatir (yashirin) zamir bo‘lgan fe’l16; 5. Foili zohir ism yoki zamir bo‘lgan lozim (o‘timsiz) fe’l17; 6. Foili zikr qilinmagan fe’l18. Shuningdek, muallif arab tili va fiqhni yangidan o‘rganuvchilarga oson bo‘lishi uchun imomlarning gapini ifodalash uchun qo‘yilgan har bir jumlaga alohida bir harfni ramz (belgi) sifatida keltirgan. Masalan: 1. Imom Abu Hanifaning gapiga dalolat qiluvchi ismiy jumlaga “ح” harfini belgi sifatida qo‘ygan. Bu harf ةفينح وبأ so‘zidan olingan harfdir; 12 Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.69 13 Bunga misol sifatida ضقتنا مونب هتكسم تلاز وأ نونج وأ ءامغا هبلغ ول و “Agar unga behushlik yoki jinnilik g’olib kelsa yoki yonboshi uyqu sababli yerdan uzilsa, tahorati buziladi” deya keltirish mumkin. Bu o’rinda "اذا" , “نم” kabi shart vositalaridan foydalangan. 14 Bunga لمعتسمب عفري َ “Betahoratlik iste’mol qilingan suvga tahorat olish bilan ko’tarilmaydi” deya keltirish mumkin. Bu ikki jumlada ular yuqoridagi kabi holatlarni o’z ichiga olmasligi shart qilinadi. Agar bu ikkisi yuqoridagi kabi holatlarni o’z ichiga olsa, u holda masala ixtilofli masalaga aylanib qoladi. 15 Bunga misol sifatida اهرعش ليلختب ةأرملا يفتكت و “Ayol kishi g’usl qilganda sochlarini xilol qilishning o’zi bilan kifoyalanadi” deya keltirish mumkin. Bu jumlada foili zohir ism bo’lishi shart qilinadi. Chunki agar foili zamir bo’lsa, u holda imom Abu Yusuf va imom Muhammadning xilofiga o’xshab qoladi. 16 Masalan, اربكم عكري مث “So’ngra takbir aytgan holda ruku qiladi” deya keltirish mumkin. Bu o’rinda عكري fe’lidagi mustatir zamir qaytadigan o’rin ma’lum bo’lganligi sababli chigallik bo’lmaydi. 17 Ya’ni, maf’ulga ta’sir qilmaydigan fe’l bo’lishi shart qilinadi. Bunda foil zohir ism bo’lishi yoki ma’lumligi sababli mustatir zamir bo’lsa ham farqi bo’lmaydi. Chunki yuqoridagi kabi xilofli masalaga aylanishi uchun u muta’addiy (o’timli) fe’l bo’lishi lozim. Masalan: هرمأي ، همكحي ، هزيجي va hokozo. 18 Ya’ni, foli olib tashlanib, o’rniga undan boshqasi qo’yilgan fe’l bo’lishidir. Masalan: لسغ ءوضولا يف ضرتفهي هجولا “Tahoratda yuzni yuvish farz qilinadi”.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 2. Imom Abu Yusufning gapiga dalolat qiluvchi muzore fe’li bilan boshlanuvchi jumlaga “س” harfini belgi qilib qo‘ygan. Bu harf فسوي وبأ so‘zidan olingan; 3. Imom Muhammadning gapiga dalolat qiluvchi moziy fe’li bilan boshlangan fe’liy jumla yoki “َ” harfi yordamidagi manfiy jumlaga “م” harfini belgi qilib qo‘ygan. Bu دمحم kalimasidning avvalidagi harfdir; 4. Shuningdek, bu uchta imomning gapini ketma-ket tartib bilan bayon qilish asnosida ham shu kabi keltirgan. Masalan, Ro‘za kitobida e’tikofga doir masalalarni bayon qilish asnosida: (م) ةةعاس و (س) ههرثكأ و (ح) ةموي هلفن لاأ و “Nafl e’tikofning ozi bir kundir (imom Abu Hanifa nazdida), bir kunning aksar qismidir (imom Abu Yusuf nazdida) va bir muddat o‘tirishdir (imom Muhammad nazdida)”. 5. Imom Shofeiyning gapiga dalolat qilib turishi uchun “ع” harfini belgi qilib qo‘ygan. Bu harf يعفاشلا kalimasidagi harfidir; 6. Imom Zufarning gapiga dalolat qilishi uchun “ز” harfini belgi qilib qo‘ygan. Bu harf رفز kalimasidan olingan; 7. Imom Molikning gapiga dalolat qilishi uchun “ك” harfini belgi sifatida tanlagan. Bu belgi كلام kalimasidagi harflardan biridir. Shuningdek, bu uchta belgi bilan hanafiylarga xilof qilgan uchta imomning gapiga ishora qilib o‘tgan; 8. Imom Quduriyning “Muxtasar”i va Abu Hafs Umar Nasafiyning “al-Xilafiyyat” manzumasidagi masalalar ustiga ziyoda qilingan masala va qaydlarga dalolat qilishi uchun esa, “د” harfini belgi sifatida tanlagan. Bu belgi ةدايز kalimasidan olingan19. Xulosa qilib aytganda, muallif ixtiloflarni bayon qilish asnosida jami bo‘lib yettita harfdan belgi sifatida foydalangan. Ulardan avvalgi uchtasi ya’ni, ح , س , م harflari matnda zikr qilingan gaplarning egalari bo‘lgan uch imomga tegishlidir. Keyingi uchta harf ya’ni, ع , ز va م harfni mazhab imomlariga xilof qilgan uch imomning gapiga dalolat qilishi uchun keltirgan. Oxirgi harf ya’ni, د harfini ikki asarda kelgan masalalarga ziyoda qilingan qaydlar va masalalarga ishora qilish uchun keltirgan. Muallif asar muqaddimasining so‘ngida bu belgilarni qo‘yishdan ko‘zlangan foydalarni bayon qilib20: “Kotib ushbu belgilarni yozishi va ulardan birortasini tushirib qoldirmasligini istab, ulardan quyidagi foydalarni ko‘zlaganmiz: 1. ixtilofli masalalardan imkon qadar tezroq voqif bo‘lish; 2. mubtadiy21 talaba; 3. hamda arab tili grammatikasini puxta o‘zlashtirmagan talabaga yordam bo‘lishi; 4. bu ishimiz kotiblarning qo‘pol xatolaridan kitobni saqlash maqsadida fe’liy jumlalardan iborat yozuvda chigallik tug‘diruvchi lafzlar o‘rtasini ajratuvchi bo‘lishi; 5. o‘zimiz tomondan ziyoda qilingan qayd va masalalarning foydasini bildirishdir. Ba’zida bir masala e’robdagi mushtaraklik sababli o‘zidan oldingi masalaga hukmdagi xilofda sherik bo‘ladi22. 19 Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.67. 20 Yuqoridagi manba, 68-bet. 21 “Mubtadiy” atamasi o’zi o’qiyotgan fanning masalalarini tasvirlashga qodir bo’lmagan kishiga nisbatan ishlatiladi. 22 Ya’ni, ikkinchi masaladagi bir lafz atf sababli e’robda o’zidan oldingi masalaning lafziga sherik bo’ladi. Masalan: بيترتلا و ةينلا بجون مل و “Biz tahoratda niyat va tartibni vojib qilmadik”. Bu o’rinda بيترتلا lafzi atf harfi yordamida o’zidan oldingi ةينلا lafziga bog’lanadi va ikkisi hukmda sherik bo’ladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Bu Aziz va Vahhob Zotning yordamiga tayangan holda kirishmoqchi bo‘lgan ishimizdir. Alloh o‘zi Biluvchidir”23deya keltirib o‘tadi. Muallifning bu kabi yondoshuvida u yashagan davrdagi muhitning ham ta’siri mavjud. yuqorida bayon qilib o‘tganimizdek, muallif yashagan davr Bag‘dod voqeasidan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Mo‘g‘ullar tomonidan Bag‘dod kutubxonalaridagi kitoblarning barchasi yo‘q qilinganidan so‘ng olimlar oldida katta va mas’uliyatli vazifa turar edi. Ularning vazifasi o‘zlarida bor barcha ilmlarni kitob shakliga keltirib, talabalarga yetkazish edi. Shuning uchun ham ular bor e’tiborini mavjud asarlarga sharh va hoshiyalar yozish ishini to‘xtatib, ularni muxtasar holatga keltirish edi. Ibn Soatiy ham “Majma’al-bahrayn” asarida ixtiloflarni jumlalar yodamida ifodalash bilangina cheklanmasdan, ularga alohida belgilar ham keltirgan. Shuningdek, asarni hanafiy fiqhi borasidagi yozilgan asarlardan ajralib turuvchi farqlaridan yana biri muallif tomonidan asar so‘ngida “faroiz” (meros) ilmi borasidagi masalalarni bayon qilish uchun ham alohida bob ajratilganligidir. Kitobning umumiy hajmi Faroiz kitobi bilan qo‘shib hisoblanganda ellik bitta kitobni tashkil qiladi. Xulosa qilib aytganda, bu asarda keltirilgan masalalar muallif tomonidan saralangan va sahih rivoyatlar zaiflaridan ajratib olingan. Shuning uchun ham asar hanafiy fiqhida mo‘tabar matn kitoblarining biri, deya e’tirof etiladi. Ushbu tadqiqot ishi asnosida shu xulosa qilindiki, bu asar ham hozirgi kunda diniy ta’lim muassasalarida fiqh fani bo‘yicha asosiy o‘quv qo‘llanmalaridan biri sifatida joy olsa, arziydi. “Majma’ al-bahrayn” asarida hanafiy fiqhiga doir masalalarning yoritilishi ham o‘zgacha bir uslub bilan amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan olimlarimizning ta’lif sohasida qanchalik yuksak mahorat sohibi bo‘lganliklariga isbot bo‘la oladi. Muallif turli yo‘nalishlar bilan yozilgan ikki buyuk asarni bir kitob ichida mohirlik bilan jamlaganligi hamda undagi ixtiloflarni bayon qilib berish uchun alohida jumlalar va harflarni belgi sifatida keltirganligining o‘ziyoq uning ta’lif sohasidagi darajasini bizga namoyon qilib beradi. Shuningdek, u o‘zining qirq uch yillik qisqa umri mobaynida usul al-fiqh va fiqhga doir asarlarni yozish va shu bilan birga Mustansiriyya madrasasida mudarrislik va faqihlik vazifasini bajarishga erishganligi biz kabi ilm ahli uchun ilm yo‘lidagi rag‘batimizni oshirish va umrni ga’nimat bilib, bu yo‘lda faollik ko‘rsatishni talab qiladi. FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO’YXATI: Arab tilidagi manbalar 1. Ahmad ibn Muhammad Nasiriddin Naqib. Al-mazhab al-hanafiy. – Ar-riyod: Maktabat arrushd, 2001. – 935 b. 2. Muzaffariddin ibn Soatiy. Ilyos qoblon tahqiqi. Majma’ al-bahrayn. – Bayrut/Livan: Dar alkutub al-ilmiyya, 1426/2005. – 863 b. 3. Muzaffariddin ibn Soatiy. Sharhi majma’ al-bahrayn. Riyod/Saudiya Arabistoni: Dar al-afham, 2016. – J. Ⅰ. – 540 b. 4. Muzaffariddin ibn Soatiy. Nihayat al-vusul ila ilm al-usul. – Makkai mukarrama: Umm al-quro universiteti, 1418 h. – 814 b. Internet saytlari 23 Muzaffariddin ibn Soatiy. Majma’ al-bahrayn va multaqo an-nayyirayn / Ilyos Qoblon tahqiqi. – Bayrut/Livan: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1426/2005. – B.68.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1. www.alukah.net 2. www.wikipedia.org 3. www.waqfeya.com 4. www.noorbook.com