scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INFORMATIKA VA AT FANIDAN ELEKTRON AXBOROT-TA'LIM RESURSLARINI YARATISH BOSQICHLARI

Xazratqulova Iroda To'ra qizi

Abstract

Hozirgi davrda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda elektron axborot-ta’lim resurslaridan (EATR) foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda o‘quv materiallarini vizual va interaktiv tarzda taqdim etish imkonini yaratadi. Maqolada elektron ta’lim resurslarini yaratish bosqichlari, ularning tarkibiy qismlari va texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, elektron o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishning metodik asoslari, multimedia elementlarini integratsiya qilish, ovozli va grafik komponentlar orqali o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish yo‘llari tahlil qilingan. Virtual muhitda EATR yaratish uchun zarur bo‘lgan texnik va tashkiliy shart-sharoitlar, foydalanuvchi huquqlarini boshqarish hamda ma’lumotlar bazasini himoyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari elektron ta’lim resurslarining ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi muhim o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatadi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xazratqulova Iroda To’ra qizi Termiz shahar 7-sonli maktabning informatika o’qituvchisi INFORMATIKA VA AT FANIDAN ELEKTRON AXBOROT-TA’LIM RESURSLARINI YARATISH BOSQICHLARI Annotatsiya. Hozirgi davrda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda elektron axborot-ta’lim resurslaridan (EATR) foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda o‘quv materiallarini vizual va interaktiv tarzda taqdim etish imkonini yaratadi. Maqolada elektron ta’lim resurslarini yaratish bosqichlari, ularning tarkibiy qismlari va texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, elektron o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishning metodik asoslari, multimedia elementlarini integratsiya qilish, ovozli va grafik komponentlar orqali o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish yo‘llari tahlil qilingan. Virtual muhitda EATR yaratish uchun zarur bo‘lgan texnik va tashkiliy shart-sharoitlar, foydalanuvchi huquqlarini boshqarish hamda ma’lumotlar bazasini himoyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari elektron ta’lim resurslarining ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi muhim o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: elektron axborot-ta’lim resurslari, interaktiv o‘quv kursi, axborot texnologiyalari, gipermatn, vizualizatsiya, virtual muhit, pedagogik dasturiy vosita. Kirish. Bugungi kunga kelib raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim sohasida ham tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda elektron axborot-ta’lim resurslaridan (EATR) samarali foydalanish o‘quv jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga yo‘naltirish hamda o‘quv materiallarini vizual va interaktiv tarzda taqdim etish imkonini beradi. Elektron o‘quv resurslari an’anaviy darsliklardan farqli o‘laroq, foydalanuvchiga mavzularni tanlash, interaktiv mashqlarni bajarish, videodarslarni tomosha qilish va testlar orqali o‘z bilimini nazorat qilish imkoniyatini yaratadi.Shu bois, informatika va AT fanlari bo‘yicha elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish, ularning tuzilmasini to‘g‘ri shakllantirish hamda ularni ta’lim tizimiga joriy etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda elektron ta’lim resurslarini yaratishning bosqichlari, ularning tarkibiy qismlari hamda virtual muhitda ularni texnologik qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritiladi. Asosiy qism. Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, xususan, elektron darsliklar va elektron o‘quv qo‘llanmalardam foydalanish, o‘quvchilarning bilim olish sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Zamonaviy o‘quv adabiyotlarining yangi formatini, o‘quvchilarning bilim olish siifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Zamonaviy o‘quv adabiyotlarning yangi formatini, ya’ni elektron shakldagi o‘quv resurslarini ishlab chiqish, ushbu yo‘nalishdagi amaliy faoliaytning muhim tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda elektron o‘quv adabiyotlarini yaratishda oddiy algoritmik dasturlash tillaridan tortib, murakkab pedagogik dasturiy vositalargacha bo‘lgan keng texnologik imkoniyatlardan foydalanilmoqda. Internet texnologiyalari asosida, xususan, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ham zamonaviy o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish imkoni mavjud. Shu kungacha ushbu yo‘nalishda multimediyali o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL resurslari yaratilgan bo‘lib, ularning internetdagi interaktiv versiyalari www.edarslik.uz saytiga joylashtirilgan. Mazkur elektron o‘quv resurslari o‘z tarkibida quyidagi komponentlarni mujassamlashtirgan: ta’lim dasturi tavsifi, mavzular mazmunini tanlash imkoniyati, mashg’ulotlarni interaktiv shaklda taqdim etuvchi interfeys amaliy mashqla, grafik animatsiyalar, ovozli va matnli fayllar, shuningdek, bilimni nazorat qilishga mo‘ljallangan dasturlar. Ushbu elektron o‘quv qo‘llanmalarning afzalliklaridan biri shundaki, foydalanuvchi interfeysi orqali o‘quvchilar o‘zlarig akerakli dars mavzusini tanlash, mavzular o‘rtasida erkin harakatlanish, glossarydan foydalanish, videodarslarni tomosha qilish, kreossvord va mavzuga oid testlarni yechish orqali bilimlarini mustahkamlash va po‘z-o‘zini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa bunday imkoniyatlar bilan boshqa an’anaviy о‘quv qо‘llanmadan tubdan farq qiladi. Elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratishda faqatgina darsliklar mavvjud bo‘lishi yetarli emas. Ushbu resurslar gipermatnlar bilan boyitilishi, ilyustrativ materiallar bilan to‘ldirilishi va kompyuter ekranida estetik va jozibalai ko‘rinishda taqdim etiilishi zarur. Elekteon axborot-ta’lim resurslari o‘quvchilarga muhim tushunchalar, asosiy g’oyalar, misollar va ta’lim jarayonlarini samarali tushunish hamda yodda saqlabqolishda an’anaviy darsliklarga nisbatan yuqori samaradorlikni ta’minlashi lozim. Bunda axborot kompyuterli vositalar yordamida visual va interaktiv tarzda yetkazilishi ta’lim jarayonining sifatini oshiradi. Bunday resurslarni yaratiishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi: 1. Tegishli fan sohasiga oid ishonchli va dolzarb manbalarni tanlab olish; 2. Manbalardan foydalanish bo‘yicha huquqiy asoslarni (masalan, litsenziyalar yoki shartnomalarni) rasmiylashtirish; 3. Mavzular asosida mundarija va asosiy tushunchalar ro‘yhatini shakllantirish; 4. Matnli kontentni qayt aishlab chiqish , tizimlashtirish va yordamchi bo‘limlar (slaydlar, tasvirlar) ni ishlab chiqish; 5. Gipermatnli tarkibni elektron formatda yaratish; 6. Kompyuterli qo‘llav-quvvatlash modullarini ishlab chiqish; 7. Matn va grafik materiallarni multimedia obyektlariga aylantirish; 8. Ovozli effektlar va interaktiv harakatlarni yaratish va ularni tizimga integratsiya qilish; 9. Taqdim etilayotgan materiallarning visual holatini sifatli tasvirlashga e’tibor qaratish. Elektron axborot-ta’lim resurslarini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Birinchi bosqichda mavjud bosma yoki elektron manbalarni tanlash muhim hisoblanadi. Bunda tanlangan materiallar ilmiy asoslangan, o‘quv jarayoniga mos, huquiy jihatdan foydalanishda yaroqli bo‘lishi lozim. Ikkinchi bosqichda oldindan to‘plangan manbalar tahlil qilinadi va ular orasida narx va sifat munosibligi eng maqbul bo‘lganlari tanlab olinadi. Buresurslarning sifatini saqlagan holda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq variantlarini aniqlash imkonini beradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Uchinchi bosqichda esa elektron axborot-ta’lim resursining tuzilmasi shakllantiriladi. Bunda materiallar hajm jihatdan ixcham, lekin mazmunan to‘liq va fan asoslarini o‘zlashtirish uchun yetarli bo‘lgan kichik mavzularga bo‘linadi. Har bir bo‘lim o‘zida asosiy tushunchalarni mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. To‘rtinchi bosqichda tanlab olingan matn tuzilgan mundarija, indeks va bo‘limlar tizimiga muvofiq tarzda qayta ishlanadi. Mazkur jarayonda ortiqcha yoki mavzuga tegishli bo‘lmagan matnlar chiqarib tashlanadi, mavzular o‘rtasidagi mantiqiy bog’liqliklar aniqlanadi va gipermatn elementlari ishlab chiqish uchun tayyorlanadi. Beshinchi bosqichda ushbu gipermatnlar elektron formatda amalga oshiriladi. Shu tariqa o‘quv maqsadlariga mos foydalanishga yaroqli oddiy elektron nashr tayyorlanadi. Amaliyotda bunday mahsulotlar ko‘p hollarda “multimediali interaktiv elektron o‘quv kurslari” deb ataladi. Biroq, ular mazkur nomga to‘liq mos kelmasligi, ya’ni barcha funksional va interaktiv imkoniyatlarni to‘laqonli ta’minlamasligi mumkin. Olintinchi bosqichda esa elektron resursning kompyuterli qo‘llabquvvatlovchi komponentlari ishlab chiqiladi. Ya’ni matematik hisob-kitoblar yoki boshqa operatsiyalar komyuterga qanday yuklanishi va foydalanuvchiga qanday natija taqdim etilishi belgilanadi. Shu bosqichda interaktiv o‘quv kursining iintellektual yadrosi loyihalashtiriladi va foydalanuvchi ushbu yadro bilan qanday ishlashi bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi. Natijada ta’lim oluvchilar uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egeallashga xizmat qiluvchi, auditoriya mashg’ulotlarida qo‘llashga mos, hamda o‘qituvchilar uchun foydalanishga qulay bo‘lgan multimediyali interaktiv o‘quv kurslari yaratiladi. Bunday elektron axborot-ta’lim resurslari, ovozli va visual elementlar orqalii yanada takomillashtiriladi va o‘quv jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Yettinchi bosqichda o‘quv materialidagi alohida tushunchalar va asosiy fikrlarni yanada tushunarliroq qilib ifodalash maqsadida ularning bayon uslubi o‘zgartiriladi. Bu bosqichda an’anaviy matnli ifodalarni multimedia formatilariga moslashtirish uchun zarur matnlar tanlab olinadi. Sakkizinchi bosqichda esa o‘quv matnlarining haddan tashqari matnga to‘yinganligini bartaraf etish maqsadida ularni audio materiallar bilan uyg’unlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bu orqali ta’lim oluvchilarga axborotni eshitish orqali qabul qilish imkoniyati yaratiladi va bu usul, o‘z navbatida, materiallarni anglash va yodda saqlash jarayonini yengilashtiradi. To‘qqizinchi bosqichda tayyorlangan matnlar ovozli formatga aylantiriladi, ya’ni ular diktor orqali ovozga olinadi va so‘ngra kompyuyet tizimida audio fayllar ko‘rinishida qayta ishlanadi O‘ninchi bosqichda mavzularni ko‘rgazmali tarzda taqdim etish uchun vizualizatsiya ssenariylari ishlab chiqiladi. Bunda asoiy e’tibor ekran tasvirni ortiqcha matnlardan tozalash, materialning visual ravshanliigini oshirish hamda ta’lim oluvchilarda tinglab eslab qolish mexanizmlarini faollashtirishga qaratiladi. Bu emotsional va eshituv xotirasini faollashtirish orqali bilimni samarali egallashga xizmat qiladi. O‘n birinchi bosqichda esa oldindan yaratilgan vizualizatsiya ssenariylari amaliyotga tadbiq etiladi – rasmlar, diagrammalar, grafiklar , animatsiyalar va boshqa visual vositalar yordamida ta’lim mazmuni grafik shaklga keltiriladi. Shu tarzda elektron axborot-ta’lim resursini yaratish jarayyoni yakkunlanadi va uni amaliy foydalanishga tayyorlash bosqichi boshlanadi. Ta’kidlash joizki, multimediyaviy interaktiv elektron o‘quv kurslarini yakuniy foydalanishga tayyorlashda ularning tarkibiy qismlari va texnik yechimlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilishi JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL zarur bo‘lishi mumkin. Foydalanishga tayyorlash bosqichi quyidagi asosiy ishlarni o‘z ichiga oladi: 1. Yaratilgan resursni amaliy ta’lim jarayonida sinovdan o‘tkazish; 2. Undan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmani ishlab chiqish; 3. Metodik va didaktik ta’minotini tayyorlash; 4. intellektual mulk agentligi idorasiga rasmiy qayd uchun kerakli hujjatlar to‘plamini tayyorlash; 5. elektron axborot-ta’lim resurslarni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish. Virtual muhit vositalari ochiq elektron ta’lim resurslarini yaratish jarayonini texnologik jihatdan ta'minlash uchun virtual muhit tomonidan quyidagi vositalarning mavjudligi talab etiladi: 1) foydalanuvchilar tomonidan EATR yaratish jarayonini barcha bosqichlarda tezkor boshqarish uchun materiallarni muhokama qilish va baholash vositlari; 2) ma’lumotlarni tahlil qilish, vizualizatsiya qilish va qayta ishlash vositalari; 3) materiallarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun ichki vosita sifatida xizmat qiluvchi reytingli baholash tizimi; 4) ta’lim va ilmiy faoliyat uchun materialdan keng foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilish vositalari. Foydalanuvchining maqsadi zarur kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlovchi individual ta’lim yo‘nalishini yaratishdan iborat bo‘lib yani qaror integrallashgan baholash asosida qabul qilinadi; 5) foydalanuvchilar uchun kirish huquqlari cheklangan markazlashtirilgan materiallar obbori. 6) tizimga kirishni boshqarish yani tizim parollari ,xavfsizligi taminlanishi 7) virtual muhit materiallariga kirish huquqlarini boshqarish; 8) ma’lumotlar bazasini (MB) himoyalash va shifrlash. Axborot –tahlil tizimining (ATT) tarkibiy sxemasi 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlar ombori va veb-portal o‘rtasida ma’lumot almashinuvi amalga oshiriladi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xulosa qilib aytganda, elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish informatika va AT fanini o‘qitish jarayonini yangi bosqichga olib chiqadi. Ular o‘quvchilarning mustaqil ishlashini, interaktiv ishtirokini va bilimlarni samarali o‘zlashtirishini ta’minlaydi. Mazkur resurslarni ishlab chiqish bosqichlari — ishonchli manbalarni tanlashdan tortib, multimediyali interfeysni yaratish va uni sinovdan o‘tkazishgacha bo‘lgan murakkab jarayonni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, virtual muhitda EATR’ni qo‘llab-quvvatlovchi vositalar — ma’lumotlar bazasi, xavfsizlik tizimi va foydalanuvchi huquqlarini boshqarish modullari ham muhim ahamiyatga ega. Natijada, puxta ishlab chiqilgan elektron axborot-ta’lim resurslari ta’lim sifatini oshiruvchi, raqamli ta’lim muhitini kengaytiruvchi va o‘quvchi hamda o‘qituvchiga qulay sharoit yaratib beruvchi samarali pedagogik vosita sifatida xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli ta’lim tizimini rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5121-son qarori. — Toshkent, 2021-yil. 2. Karimov, A., & Jo‘rayev, N. (2022). Informatika va axborot texnologiyalari. Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 3. To‘xtayev, B. (2021). Elektron ta’lim texnologiyalari va ularni o‘quv jarayonida qo‘llash. Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti. 4. Matyokubov, S. (2023). “Axborot-ta’lim resurslarini yaratishda multimedia texnologiyalarining o‘rni.” Ta’lim texnologiyalari jurnali, №2, 45–52-betlar. 5. Xoliqov, U. (2020). Elektron o‘quv kurslarini ishlab chiqish metodikasi. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli ta’lim tizimini rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5121-son qarori. — Toshkent, 2021-yil. 7. Xazratqulova.I. Ta’lim jarayonida3d modellashtirish va dizayn texnologiyalarini qo’llash,