scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MARGARET ETVUDNING "OQSOCH ERTAGI" DISTOPIK ASARIDA BOLALIK VA IJTIMOIY TARBIYA MASALALARI

Begmatova, Sohiba

Abstract

This article analyzes issues of childhood and social upbringing in the context of the dystopian society described in Canadian writer Margaret Atwood's celebrated work, The Handmaid's Tale. The paper demonstrates how, in the religiously and ideologically controlled society of Gilead, childhood, motherhood, and the educational system are transformed into political mechanisms. The study sheds light on the influence of the educational model presented in the work on human freedom, the formation of gender roles, and the ideological control of individual consciousness.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 18 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us MARGARET ETVUDNING “OQSOCH ERTAGI” DISTOPIK ASARIDA BOLALIK VA IJTIMOIY TARBIYA MASALALARI Begmatova Sohiba Mustafoyevna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) E-mail: [email protected] +998901860184 Annotatsiya: Mazkur maqolada kanadalik yozuvchi Margaret Etvudning mashhur “Oqsoch ertagi” (The Handmaid’s Tale) asarida bolalik va ijtimoiy tarbiya masalalari distopik jamiyat kontekstida tahlil qilinadi. Asarda diniy-ideologik nazorat ostidagi Gilead jamiyatida bolalik, onalik va tarbiya tizimi siyosiy mexanizmga aylantirilganini kuzatish mumkin. Tadqiqot davomida asardagi tarbiya modelining inson erkinligiga, gender rollarining shakllanishiga va shaxs ongining mafkuraviy boshqarilishiga ta’siri yoritiladi. Kalit so‘zlar: Margaret Etvud, “Oqsoch ertagi” distopik romani, distopiya, ijtimoiy tarbiya, bolalik, gender, totalitarizm, nazorat, feminizm. Аннотация: В данной статье анализируются проблемы детства и социального воспитания в контексте антиутопического общества, описанного в знаменитом произведении канадской писательницы Маргарет Этвуд «Рассказ служанки». В работе показано, как в религиозно и идеологически контролируемом обществе Гилеада детство, материнство и система воспитания превращаются в политический механизм. Исследование проливает свет на влияние модели воспитания, представленной в произведении, на свободу человека, формирование гендерных ролей и идеологический контроль сознания личности. Ключевые слова: Маргарет Этвуд, «Рассказ служанки», антиутопия, социальное воспитание, детство, гендер, тоталитаризм, контроль, феминизм. Abstract: This article analyzes issues of childhood and social upbringing in the context of the dystopian society described in Canadian writer Margaret Atwood's celebrated work, The Handmaid's Tale. The paper demonstrates how, in the religiously and ideologically controlled society of Gilead, childhood, motherhood, and the educational system are transformed into political mechanisms. The study sheds light on the influence of the educational model presented in the work on human freedom, the formation of gender roles, and the ideological control of individual consciousness. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 19 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Keywords: Margaret Atwood, dystopian novel, The Handmaid’s Tale, dystopia, social education, childhood, gender, totalitarianism, control, feminism. XX asr oxiridan boshlab jahon adabiyotshunosligida feminizm, ijtimoiy tenglik, inson erkinligi va axloqiy nazorat masalalari markaziy o‘rinni egalladi. Shu jarayonda Margaret Etvud (1939 y.) o‘zining falsafiy, siyosiy va psixologik qatlamlarga boy asarlari bilan alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Uning ijodi inson ruhiyatining ijtimoiy va biologik shartlanganligini, shuningdek, jamiyat tomonidan nazorat qilinayotgan “insoniylik” konsepsiyasini tanqidiy yondashuvda tahlil etadi. Margaret Etvudning “Oqsoch ertagi” romani distopik adabiyotning eng ta’sirchan namunalaridan biri bo‘lib, unda inson hayotining barcha jabhalari — xususan, onalik, bolalik va tarbiya - siyosiy nazorat va mafkuraviy shakllantirish quroli sifatida ko‘rsatiladi. Asarda Gilead Respublikasi jamiyati o‘z fuqarolarini, ayniqsa ayollarni, “ma’naviy poklik” niqobi ostida to‘liq bo‘ysundirish tizimini yaratadi. Shu jarayonda bolalik tabiiy biologik bosqich emas, balki davlat tomonidan boshqariladigan ideologik konstruksiya sifatida namoyon bo‘ladi.Yozuvchining 1985-yilda chop etilgan “Oqsoch ertagi” (“The Handmaid’s Tale”) distopik romani bugungi kunda nafaqat feministik, balki sotsiologik va falsafiy distopiya sifatida ham o‘rganilmoqda. Asarda tasvirlangan Gilead Respublikasi - diniy aqidaparastlik asosida yaratilgan totalitar davlat bo‘lib, u inson hayotining barcha sohalarini, shu jumladan, bolalik va tarbiya tizimini ham to‘liq nazorat ostiga oladi. Tadqiqotda adabiy-tahliliy, sotsiologik va feministik yondashuvlar qo‘llanildi. Adabiy tahlil usuli orqali asardagi obrazlar tizimi, ramziy belgilar, bolalik va tarbiya bilan bog‘liq epizodlar tahlil qilindi. Feministik yondashuv orqali asarda ayollar va bolalarning ijtimoiy rolini belgilovchi patriarxal tuzum mexanizmlari o‘rganildi. Sotsiologik tahlil yordamida Gilead jamiyatining mafkuraviy va pedagogik nazorat tizimlari real ijtimoiy hodisalar bilan solishtirildi. Etvud bunday tartib orqali insoniy tuyg‘ular - ona muhabbati, mehr, erkinlik - siyosat vositasiga aylanganini ko‘rsatadi. Bu holatni asardan keltirilgan quyidagi iqtibos orqali anglash mumkin: “We are containers; it’s only the insides of our bodies that are important. The outside can become hard and wrinkled, for all they care, like the shell of a nut”. 1 (Atwood, The Handmaid’s Tale, Ch.17) Ushbu satrlar ayolning inson emas, balki “idish” - ya’ni tug‘ilish jarayonining jismoniy manbai sifatida 1 "Biz konteynerlarmiz; faqat tanamizning ichki qismi muhim. Tashqi qismi yong'oqning qobig'i kabi qattiq va ajin bosib yotipti”. (Tarjima maqola muallifiga tegishli) PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 20 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ko‘rilayotganini ochib beradi. Shu tarzda, Atwood jamiyatdagi gender tengsizligini va ayol tanasi ustidan o‘rnatilgan nazoratni fosh etadi. Asar bolalik va onalik o‘rtasidagi tabiiy bog‘liqlikning yo‘qolishini, insonning biologik funksiyaga keltirilishini ifodalaydi 2 . Asarda bolalar tarbiyasi hamda mafkuraviy nazorat muhim o‘rinni egallaydi. Etvud asarida onalik instinkti muqaddas his sifatida emas, balki siyosiy resurs sifatida talqin qilinadi. “Oqsochlar” (handmaids) faqat tug‘ish uchun mavjud bo‘lgan “biologik mashinalar” darajasiga tushirilgan. Ularning tug‘gan bolalari ularga emas, balki yuqori ijtimoiy tabaqaga mansub “Komandorlar” oilasiga tegishli bo‘ladi. Shu yo‘l bilan Gilead onalik va bolalik o‘rtasidagi tabiiy aloqani uzadi, uni mafkuraviy maqsad yo‘lida qurbon qiladi. Bu jarayon orqali Etvud ijtimoiy tizim insoniy tuyg‘ularni qanday qilib siyosiy vositaga aylantira olishini fosh etadi. Adibaning ushbu asarida tarbiya tizimi diniy va siyosiy nazorat vositasi sifatida tasvirlanadi. Bolalar diniy institutlar - “Red Center” kabi joylarda tarbiyalanadi. Bu markazlarda ayollarga va bolalarga qat’iy diniy qoida va axloqiy me’yorlar o‘rgatiladi. Tarbiya mazmuni “itoatkorlik” va “poklik” g‘oyalariga asoslanadi. Yozuvchi bu tizim orqali tarbiyaning insonni erkin shaxs emas, balki tizimga bo‘ysunuvchi mavjudot sifatida shakllantiruvchi mexanizmga aylanganini ko‘rsatadi: “Blessed are the meek, for they shall inherit the earth”. Bu so‘zlar Injildan olingan bo‘lsa-da, asarda ular manipulyativ maqsadda qo‘llanadi ya’ni bolalarni itoatkorlikka, ayollarni esa o‘z taqdiriga ko‘nishga majbur etadi. Shunday qilib, Gilead jamiyatidagi tarbiya insonni mafkuraviy itoatkorlik asosida shakllantiradi, bu esa mustaqil fikrlashning butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Margaret Etvud bolalik obrazidan erkinlik va insoniylikning so‘nggi ramzi sifatida foydalanadi 3 . Gileadda bolalar “davlat bolalari” ga aylangani uchun ular endi muhabbat va erkinlikda o‘sish imkoniyatidan mahrumdir. Shu orqali yozuvchi jamiyatdagi axloqiy inqirozni fosh etadi. Asarda ayollarning o‘z bolalaridan ajratilishi - bu nafaqat onalikning, balki insoniy qadriyatlarning yo‘qolishi ramzidir. Bola - tabiiy hayot, ona - tabiat, Gilead esa bu tabiiylikni nazorat ostiga olgan sun’iy tizimdir. Yozuvchi shuningdek, bolalikni yo‘qotish bilan birga jamiyat o‘z kelajagini ham yo‘qotayotganini ta’kidlaydi. Etvudning ushbu distopik asari aslida, insoniyatni mafkuraviy, diniy yoki siyosiy bosimlardan ogohlantirishga qaratilgan. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Margaret Etvudning “Oqsoch ertagi” distopik asari inson va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni, ayniqsa, bolalik 2 Howells, Coral Ann. “Margaret Atwood” (Palgrave Macmillan, 1996). 3 Potts, Donna. Contemporary Australian and Canadian Fiction: Writing in the Time of Globalisation. Rodopi, 2012. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 21 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us va tarbiya tizimining siyosiylashtirilishini chuqur badiiy tahlil etadi. Etvud uchun bolalik - bu insoniyatning eng sof va beg‘ubor, qolaversa eng tabiiy holatidir. Ammo Gileadda bu sof tuyg‘u ham mafkuraviy nazoratga aylangan. Yozuvchi ushbu orqali kitobxonni, agar tarbiya siyosiy va diniy bosimlar uchun xizmat qilsa, insoniyat o‘z insoniy mohiyatini yo‘qotishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Shunday qilib, Etvudning asari nafaqat feministik distopiya, balki tarbiya va erkinlik o‘rtasidagi falsafiy muvozanatni izlovchi ijtimoiy roman sifatida ham ahamiyatlidir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Atwood, Margaret. The Handmaid’s Tale. Toronto: McClelland and Stewart, 1985. 2. Howells, Coral Ann. Margaret Atwood. Palgrave Macmillan, 2005. 3. Baccolini, Raffaella. “Gender and Dystopia in Margaret Atwood’s Works.” Utopian Studies, 2003. 4. Hengen, Shannon. Margaret Atwood’s Power: Mirrors, Reflections, and Images in Selected Fiction and Poetry. Toronto: Second Story Press, 1993. 5. Potts, Donna. Contemporary Australian and Canadian Fiction: Writing in the Time of Globalisation. Rodopi, 2012. 6. Cooke, Nathalie. Margaret Atwood: A Critical Companion. Greenwood Press, 2004. 7. Staels, Hilde. “Margaret Atwood’s Dystopian Vision: The Handmaid’s Tale.” English Studies, 1995.