scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJTIMOIY TARMOQNING INSON HAYOTIGA TA'SIRI

Ismoilova Mulkijahon Ozodovna

Abstract

Hozirgi kunda yoshlarimizning kitob o‘qishga emas, balki ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Har kuni millionlab foydalanuvchilar turli tarmoqlarda soatlab vaqt o‘tkazmoqda.

Full text

27 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 IJTIMOIY TARMOQNING INSON HAYOTIGA TA’SIRI Ismoilova Mulkijahon Ozodovna Iqtisodiyot va pedagogika universiteti filologiya oʻzbek tili yo’nalishi 1-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17517064 Kirish Hozirgi kunda yoshlarimizning kitob o‘qishga emas, balki ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Har kuni millionlab foydalanuvchilar turli tarmoqlarda soatlab vaqt o‘tkazmoqda. Natijada ularning fikrlash doirasi torayib, diqqat va xotira susaymoqda, asab tizimi esa zo‘riqishga uchramoqda. Bu holatning yuzaga kelishiga, afsuski, ko‘p hollarda ota-onalarning farzandlarining internetdagi faoliyatiga befarqligi sabab bo‘lmoqda. Axborot asrida yashayotgan inson uchun internet zarur bo‘lsa-da, undan qanday foydalanish masalasi juda muhimdir. Asosiy qism Ijtimoiy tarmoqlar inson hayotiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy tomonlarini aytadigan bo‘lsak, hozirgi kunda turli onlayn o‘yinlar — masalan, Chickrun, Lucky Bounce va shunga o‘xshash pul tikiladigan o‘yinlar keng tarqalgan. Bunday o‘yinlar natijasida ko‘plab yoshlar katta miqdorda mablag‘ yo‘qotib, ruhiy tushkunlikka tushmoqda. Ba’zan esa bu holatlar insonning ruhiyatiga shunchalik salbiy ta’sir ko‘rsatadiki, ayrim yoshlar o‘z joniga qasd qilishgacha boradi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar, behayo kontentlar, boshqalarni aldagan sahifalar ham ko‘payib bormoqda. Yoshlar bunday zararli axborotlarni farqlay olmasa, ularning dunyoqarashi buziladi, milliy qadriyatlar va axloqiy me’yorlarga befarqlik kuchayadi. Bu esa jamiyatning ma’naviy tanazzuliga sabab bo‘lishi mumkin. 28 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomonlari ham mavjud. Agar inson undan to‘g‘ri, maqsadli va foydali yo‘nalishda foydalansa, u katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, internet orqali dars tayyorlash, ilmiy ma’lumotlar izlash, xorijiy tillarni o‘rganish, onlayn kurslarda qatnashish yoki ijodiy g‘oyalar topish mumkin. Ko‘plab yoshlar bugun ijtimoiy tarmoqlar yordamida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda, turli sohalarda muvaffaqiyatga erishmoqda. Demak, muammo ijtimoiy tarmoqlarda emas, balki bizning ulardan foydalanish madaniyatimizdadir. Xulosa Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlar — bu zamonaviy hayotning ajralmas qismi. Ammo undan qanday foydalanish har bir insonning ongiga, mas’uliyatiga va maqsadiga bog‘liq. Agar biz undan foydali maqsadlarda — bilim olish, tajriba orttirish, o‘z ustimizda ishlash uchun foydalansak, u bizni rivojlantiradi. Aksincha, vaqtni behuda o‘tkazish, zararli o‘yinlarga yoki mazmunsiz kontentga berilish esa hayotimizni izdan chiqaradi. Shuning uchun yoshlar ijtimoiy tarmoqlardan oqilona, maqsadli va foydali yo‘nalishda foydalanishlari, vaqtni qadrlashlari va internetni hayotga emas, hayotni internetga bag‘ishlamasliklari zarur.