scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQIL O'ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLAR IJTIMOIY HIMOYASI TARIXI

Otelbayev Diyorbek Baxadir ug'li

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, huquqiy asoslari belgilash, ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, nogironligi bo’lgan o’quvchilarni inklyuziv ta’lim jarayoniga tayyorlashning ustuvor yo’nalishlari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, nogiron bolalar bilan ishlashda psixologik tayyorgarlik, inklyuziv ta’limni joriy etishda o‘qituvchilarning pedagogik kompetensiyasi va jamiyatning ijtimoiy ma’daniyati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqolaning tahliliy natijalariga ko’ra nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga inklyuziv ta’lim berishning nazariy asoslariga ko’ra o’quvchining holatini baholash va ruhiy salomatligini nazorat qilish bo’yicha muhokamalar qilinadi.

Full text

40 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR IJTIMOIY HIMOYASI TARIXI Otelbayev Diyorbek Baxadir ug’li Millat umidi universiteti talabasi: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17517425 Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, huquqiy asoslari belgilash, ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, nogironligi bo’lgan o’quvchilarni inklyuziv ta’lim jarayoniga tayyorlashning ustuvor yo’nalishlari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, nogiron bolalar bilan ishlashda psixologik tayyorgarlik, inklyuziv ta’limni joriy etishda o‘qituvchilarning pedagogik kompetensiyasi va jamiyatning ijtimoiy ma’daniyati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqolaning tahliliy natijalariga ko’ra nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga inklyuziv ta’lim berishning nazariy asoslariga ko’ra o’quvchining holatini baholash va ruhiy salomatligini nazorat qilish bo’yicha muhokamalar qilinadi. Kalit so’zlar: Ijtimoiy himoya, inklyuziv ta’lim, psixologik yondashuvlar, pedagogik tadqiqotlar, xalqaro tajribalar, nogironligi mavjud o’quvchilar, ijtimoiy-huquqiy ma’lumotlar. HISTORY OF SOCIAL PROTECTION OF PERSONS WITH DISABILITIES IN INDEPENDENT UZBEKISTAN Abstract. This article analyzes the provision of social protection of persons with disabilities in the Republic of Uzbekistan during the years of independence, the establishment of legal foundations, existing problems in the education system and methods for their elimination. It also provides information on the priority areas of preparing students with disabilities for the inclusive education process. It also analyzes the inextricable link between psychological preparation in working with children with disabilities, the pedagogical competence of teachers in the implementation of inclusive education, and the social culture of society. According to the analytical results of the article, discussions are held on assessing the student's condition and monitoring his mental health according to the theoretical foundations of inclusive education for students with disabilities. Keywords: Social protection, inclusive education, psychological approaches, pedagogical research, international experiences, students with disabilities, socio-legal information. ИСТОРИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ ЛИЦ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ В НЕЗАВИСИМОМ УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация. В данной статье анализируется обеспечение социальной защиты лиц с ограниченными возможностями здоровья в Республике Узбекистан в годы независимости, становление правовых основ, существующие проблемы в системе образования и пути их устранения. Также дается информация о приоритетных направлениях подготовки учащихся с ограниченными возможностями здоровья к процессу инклюзивного образования. Анализируется неразрывная связь психологической подготовки в работе с детьми с ограниченными возможностями здоровья, педагогической компетентности педагогов в реализации инклюзивного образования и социальной культуры общества. 41 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 По результатам анализа статьи обсуждаются вопросы оценки состояния учащегося и мониторинга его психического здоровья согласно теоретическим основам инклюзивного образования учащихся с ограниченными возможностями здоровья. Ключевые слова: Социальная защита, инклюзивное образование, психологические подходы, педагогические исследования, международный опыт, студенты с ограниченными возможностями здоровья, социально-правовая информация. Kirish Mustaqilligimizning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining asosiy muhim yo‘nalishlaridan biri bo’lgan— inson manfaatlari, ijtimoiy adolat va fuqarolik tengligi tamoyillarini amalda qaror toptirish asosiy yo’nalishlardan biri bo’lgan. Bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi bo’lgan shaxslarning ijtimoiy himoyaga oid siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi davlat miqyosida ustuvor vazifa sifatida belgilab qo’yilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi bu nafaqat ularning moddiy ehtiyojlarini ta’minlash, balki ularni jamiyat hayotiga to‘liq jalb etish choralarini ko’rish, mehnatga layoqati bo’lgan taqdirda ishlashiga ko’mak berish, inklyuziv ta’lim dasturlari orqali bilimlarini oshirish, psixologik sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda teng imkoniyatlar yaratish tizimini o‘z ichiga oladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy himoya tizimi — bu ularning teng huquqli jamiyat a’zosi sifatida yashashini ta’minlovchi siyosiy, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlar tizimi bo’ladi. Nogironlik insonning jismoniy yoki ruhiy salohiyatidagi cheklanishni anglatadi, ammo u insonning ijtimoiy qadri yoki imkoniyatlarini belgilab bermaydi. Jamiyatdagi munosabat, stereotiplar va ijtimoiy muhit nogiron shaxslarning faolligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Shu bois ijtimoiy himoya faqat moddiy yordam emas, balki nogironligi bo’lgan shaxslarni psixologik qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’lim muhit yaratish, inklyuziv ta’limdagi ijtimoiy integratsiya jarayonlarini qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasida nogironligi bo’lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan mehnatga layoqatli har bir insonning bandligi ta’minlanadi. Uning munosib hayot kechirishi uchun yetarli miqdordagi ish haqi belgilanadi, ishchi uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratiladi, ishsizlikdan himoyalanish, sifatli ta’lim berish dasturlari, bepul tibbiy xizmat olish huquqlari amalga oshirilgan. Nogironlik uzoq tarixga ega bo‘lgani uchun ham qadim zamonlardan bu masala jamiyatning asosiy muammolaridan biri bo‘lib hisoblangan va uning tarixi miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik, nogironlikning oldini olish bo’yicha choralar, uni davolash masalalari har bir xalqning davr xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli davrlarda turlicha xarakter kasb etgan. Ushbu tadqiqotning asosiy natijalariga e’tibor beradigan bo’lsak, pedagogikaning ta’lim berish yo’nalishi, defektologiya, logoped, psixologiya sohasida ilmiy-amaliy faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqotchilar uchun, shuningdek, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni joriy etishda foydalanish mumkin bo‘lgan ilmiy asos ma’lumotlari sifatida xizmat qiladi. Inklyuziv ta’limning mazmuni shundan iboratki, nogironligi bo‘lgan bolalar alohida muassasalarda emas, balki sog‘lom tengdoshlari bilan birga o‘qiydilar, bu esa ularning ijtimoiylashuviga, o‘ziga ishonchini oshirishga va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tizim sog‘lom bolalar uchun ham insonparvarlik, mehr-oqibat, hamdardlik va bag‘rikenglik tuyg‘ularini rivojlantiradi degan fikrdaman. Pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilishimiz mumkinki, inklyuziv ta’lim bu shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zamonaviy samarali modelidir. 42 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bunda nogironligi bo’lgan o’quvchilar inklyuziv ta’lim jarayoni har bir o‘quvchining individual ehtiyojiga moslashtiriladi. O‘qituvchi pedagogik mahoratidan, psixologik salohiyatidan kelib chiqqan holda inklyuziv ta’limga oid o‘quv dasturlarini, pedagogik metod va o’quv vositalarni shunday tanlaydiki, har bir bola o‘z imkoniyat darajasida muvaffaqiyatga erishadi. Inklyuziv ta’limning muvaffaqiyati, avvalo, psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimiga bog‘liq bo’ladi. Nogironligi bo‘lgan bolalar ko‘pincha o‘zini jamiyatdan ajratilgan, yetarli qadr topmagan, o‘z tengdoshlari bilan muloqotda qiyinchilikka duch keluvchi shaxs sifatida his qilishi mumkin. Shu sababli psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, ijobiy muloqotni yo‘lga qo‘yish juda muhim hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim tizimining barcha yo‘nalishlari singari, maxsus inklyuziv ta’lim ham yangicha pedagogik tadqiqotlar va psixologik yondashuv asosida rivojlana boshladi. Inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, shaxsni har tomonlama ma’naviy-aqliy rivojlantirish, ijtimoiy himoyada adolat tamoyillarini amalga oshirish siyosati nogiron bolalar ta’limida ham o‘z aksini topdi. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, nogiron bolalar ta’limining evolyutsiyasi inklyuziyaga tomon yo‘naltirilgan. Avval nogiron bolalar maxsus internatlarda o‘qitilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular umumta’lim maktablarida, sog‘lom tengdoshlari bilan birga o‘qish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa ta’lim tizimining asosiy insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlanayotganini anglatadi. Shunday qilib, mustaqillikdan keyingi davrda nogiron bolalar ta’limi sohasida amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekistonni inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etayotgan davlatlar qatoriga kiritdi. Bu yo‘nalishdagi tajriba xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. So‘nggi yillarda Respublikamizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar inson huquqlariga asoslangan, har bir fuqaroning ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan. Shu jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim tizimiga to‘liq integratsiyasidan foydalanish dasturi, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu jarayonning markazida inklyuziv ta’lim jarayonlariga bog’liq bo’lgan holda ya’ni har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim olish huquqini ta’minlash asosiy maqsad sifatida turadi. Inklyuziv ta’lim faqat nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabga borishini ta’minlash emas, balki ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ma’naviy-aqliy dunyoqarashini shakllantirish, shaxs sifatida o‘zini anglashiga yordam berish, o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishiga yordam beruvchi tizim hisoblanadi. Pedagogik tadqiqotlarga asoslangan jarayonlarni inklyuzivlashtirish o‘qituvchilardan yangi metodik mahorat va psixologik salohiyatli tayyorgarlikni talab qiladi. O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi sifatida, balki ma’naviy dunyoqarashi hskllanishida tarbiya beruvchi, motivator, psixolog sifatida ham faoliyat yuritadi. U har bir bolaning o‘ziga xosligini, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kuchli tomonlarini aniqlab, shu asosda ta’lim strategiyasini belgilaydi. Inklyuziv ta’limda ijtimoiy integratsiya va ta’limga oid davlat siyosatining huquqiy-normativ asoslari muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Ta’lim jarayonida nogiron va sog‘lom bolalarning birgalikdagi o‘qishi ularning o‘zaro munosabatini, ijtimoiylashuv darajasini kuchaytiradi va jamoaga moslashuvini oshiradi. Bu esa keyinchalik jamiyatda diskriminatsiyani kamaytirish, tenglik va hurmat ma’daniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan, inklyuziv ta’limni nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy jarayon sifatida ham tahlil muhokama qilish mumkin. Zamonaviy ta’lim dasturlari nuqtayi nazaridan olib qaralganda, inklyuziv tizim o‘ziga xos moslashuvchanlikni talab etadi. Nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun ishlab chiqiladigan metodik ta’lim dasturlari umumiy ta’lim standartlariga asoslanadi, biroq ularning o‘zlashtirish sur’ati, uslubi va o‘quv yuklamasi farq qiladi. 43 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Ta’lim dasturlari, odatda, differensial yondashuv asosida tuziladi, ya’ni har bir o‘quvchining ehtiyojiga mos topshiriqlar, baholash mezonlari belgilanadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish inklyuziv ta’lim samaradorligini oshiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nogiron bolalarga bilim olishda katta yordam beradi. Inklyuziv ta’lim tizimida ota-onalarning roli ham nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ular farzandining ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi kerak bo’ladi, o‘qituvchilar bilan hamkorlikda individual rivojlanish rejasini ishlab chiqishi, farzandining ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashi kerak bo’ladi. Ota-onalar inklyuziv ta’limning mohiyatini chuqur anglab, o‘z farzandiga nisbatan ijobiy psixologik muhitni yaratishlari lozim. Shu bilan birga, jamiyatda nogiron bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish ham ota-onalarning faol ishtirokini talab qiladi. Bunday ta’lim dasturlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun o‘qituvchining roli beqiyosdir. Inklyuziv muhitda o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki psixolog, motivator, yordamchi, maslahatchi va hamkor sifatida faoliyat yuritadi. U o‘quvchilarning har birini individual tarzda o‘rganadi, ularning qiziqishlari, kuchli tomonlari va rivojlanishdagi qiyinchiliklarini tahlil qiladi, shunga mos ta’lim strategiyasini ishlab chiqadi. O‘qituvchining pedagogik mahorati, psixologik salohiyasi, o‘z kasbiy kompetensiyasini oshirishi, inklyuziv metodika va maxsus pedagogika bo‘yicha malakasini muntazam yangilab borishi zarur. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda asosiy e’tibor nogiron bolalarning bilim olishdagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratiladi. Ular uchun “individual ta’lim yo‘nalishlari” ishlab chiqiladi, ya’ni har bir o‘quvchining rivojlanish darajasi, tibbiy holati, psixologik xususiyatlari va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi asosida alohida reja tuziladi. Bu reja o‘qituvchi, ota-ona va psixolog hamkorligida ishlab chiqiladi. Bunday yondashuv nogiron o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish bilan birga, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini ham kuchaytirishga yordam beradi. Xulosa Xulosa qilib aytish mumkinki, nogironligi bo’lgan o’quvchilarga inklyuziv ta’lim jarayonlarida zamonaviy metodik usullardan foydalanish va ular bilan doimiy psixologik suhbatlarni tashkillashtirish orqali ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash mumkin bo’ladi. Hozirgi vaqtda Respublikamizda nogironligi bo’lgan shaxslar ijtimoiy himoyaga olingan bo’lib, ularga ta’lim olishda, mehnatga layoqatini oshirishda, ularning dunyoqarashini shakllantirishda asosiy ijtimoiy-huquqiy yo’nalishlar belgilab qo’yilgan. Bu jarayonlar esa har vaqtda davlat tomonidan nazorat qilinadi. Nogironligi bo’lgan shaxslarga hozirda oliy ta’lim muassasasiga kirishda, tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish, mehnat faoliyatini yaxshilash kabi sharoitlar yaratilgan. Bu esa avvalo yurtboshimizning ta’limga va tarbiyaga kuchli e’tiboridan darak beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322. 2. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 44 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 3. Turemuratova, A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Inter education & global study 3.4 (2025): 242-250. 4. Feruza, Teshaboyeva. "INKLYUZIV TA’LIMNING O’ZBEKISTONDAGI RIVOJLANISHI." QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI (2023): 546-548. 5. Shuxratovna, Abdullayeva Hilola. "NOGIRONLIGI BO ‘LGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY MUHITDAGI QIYINCHILIKLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO ‘LLARI." International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. 2025. 6. Sultonboyevna, Маdrahimova Muhayyo. "O ‘ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY YORDAM KO ‘RSATISH BO ‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR XUSUSIDA." World scientific research journal 40.2 (2025): 338-341. 7. Muzrobovich, Achilov Obid, and Cho'ponqulova Sitora Bozorovna. "O'ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA'LIMNING ME'YORIY-HUQUQIY BAZASINI TASHKIL QILISH." THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 2.20 (2024): 1-5. 8. Bakhromova, Guljamol. "INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDOSHUVLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR." Nordic_Press 3.0003 (2024). 9. Qodirova, F. U., and D. A. Pulatova. "Inklyuziv ta’lim: nazariya va metodika." Darslik. Chirchiq–2022 (2022). 10. Goipova, N. B. "Inklyuziv ta’lim." Gospital pedagogika: darslik. Namangan 252 (2024). 11. Dinara, Abdiraxmanova, and Turumbetova Zamira. "MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING XULQ ATVORIGA IJTIMOIY MUXITNING TASIRI." (2024).