ARAB VA O'ZBEK TILLARIDA KO'PLIK MASALASI
Abstract
Til - ijtimoiy hodisa. Til – aloqa shakli. Tilning rivojlanishida, lug’at boyliklarining ko’payishida, albatta, o’zlashma so’zlarning o’rni katta. Dunyo tillari jadvalida hech qanday til yo’qki, o’zlashma so’zlar mavjud bo’lmasa. Xususan, o’zbek tilining badiiy so’z qatlamini qamrab olgan aksariyat so’zlar bizga arab tilidan kirib kelgan. Tabiiyki, so’zlarning bir tildan boshqa tilga o’tish jarayonida ma’lum bir o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ushbu maqolada ana shu o’zgarishlar haqida so’z yuritiladi.
Full text
64 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 ARAB VA O’ZBEK TILLARIDA KO’PLIK MASALASI Toshbotirova Mubinaxon Qudratjon qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitet, O’zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi. [email protected] +998933014550 https://doi.org/10.5281/zenodo.17517530 Annotatsiya. Til - ijtimoiy hodisa. Til – aloqa shakli. Tilning rivojlanishida, lug’at boyliklarining ko’payishida, albatta, o’zlashma so’zlarning o’rni katta. Dunyo tillari jadvalida hech qanday til yo’qki, o’zlashma so’zlar mavjud bo’lmasa. Xususan, o’zbek tilining badiiy so’z qatlamini qamrab olgan aksariyat so’zlar bizga arab tilidan kirib kelgan. Tabiiyki, so’zlarning bir tildan boshqa tilga o’tish jarayonida ma’lum bir o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ushbu maqolada ana shu o’zgarishlar haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: badiiy so’zlar, o’zlashma so’zlar, arabcha so’zlar, so’zdagi o’zgarishlar, birlik va ko’plik ma’nosidagi so’zlar. Аннотация. Язык является социальным явлением и формой общения. Заимствованные слова выполняют большую роль в развитии языка и увеличения словарного запаса. Ни один язык в мире, не существует без заимствованных слов. В частности, большая часть слов, касающиеся художественной литературы в узбекском языке, пришла к нам из арабского языка. Естественно, при переходе слов с одного языка на другой происходят определенные изменения. Эта статья рассматривает эти изменения. Ключевые слова: множественное число, заимствованные слова, арабские слова, словосочетания, единственное слово. Abstract. Language is a social phenomenon. Language is a form of communication. In the increase of vocabulary, of course, the role of assimilated words is great. There is no language in the world languages table if there are no master words. In particular, most of the words that cover the artistic layer of the uzbek language came to us from the arabic language. Naturally, certain changes take place during the transition of words from one language to another. This article discusses these changes. Keywords: Art words, assimilation words, arabic words, word changes, words with singular and plural meanings. O’zbek tili juda boy va qadimiy tillar sirasiga kiradi. Ma’lumki, til biron bir qolipga solib bo’linmas, o’zgaruvchan ijtimoiy hodisadir. Tilning o’zgarishidagi eng katta omillardan biri esa tashqi muhit ta’siridir. Jamiyat rivojlangani sari til ham rivojlanaveradi (Xolmonova Z, 2007 15-18b). Tilning me’yorlashgan, umumiy, hamma uchun chunarli shakli adabiy tildir. Adabiy til har bir davlatning o’tmishini, hozirini va kelajagini belgilab beruvchi, jamiyatning ajralmas bo’lagi hisoblanib, ma’lum bir xalq vakilining shu tilda muloqot qilishi, rasmiy hujjatlarning shu tilda yuritilishi, ta’limning davlat tilida olib borilishi, ommaviy axborot vositalarining shu tilda faoliyat yuritishi kabi jihatlar bilan belgilanadi hamda davrlar o’tishi bilan mazkur til shu xalq vakillarining ehtiyojlaridan kelib chiqib muntazam yangilanib boradi (Toshbotirova S, 2019, 9-10 bet). O’zbek adabiy tilining katta qismini arab tilidan o’zlashgan so’zlar egallaydi. , "ﻣـــــﻌــﻠــﻢ muallim " "ﻗـــــﻠــﻢ qalam " , "ﻛـــــﺘــﺎب" kitob " , "ﺗـــــﻌــﻠــﯿــﻢ ta’lim uchun: Misol maktab"ﻣـــﺐﺘﻜ ", madrasa"ﻣـــﺪرﺳـــﺔ " , mudarris"ﻣـــﺪسر ", tarbiya"ﺗـــﺑﺮـــﺔﯿ " va hokazo
65 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 (Hasanov M, 2012, 5-6 bet). Arablar O’rta Osiyoga olib kelgan islom dinining muqaddas kitobi bo’lmish Qur’oni karim va hadislarning arab tilida ekanligi arab tilining xalq orasida tez tarqalishi va ommaviylashishiga asosiy sabablardan biridir. Shu bilan birga Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab va yana bir qancha buyuk ajdodlarimizning qo’l yozmalarida, qimmatbaho asarlarida arab tiliga mansub so’zlarning mavjudligi arabcha so’zlarining badiiy so’z qatlamiga kirib kelishiga asosiy sabablardan biri bo’lgan. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, arabcha so’zlar nafaqat badiiy uslubdagi so’zlarda, balki, ilmiy, rasmiy, publitsistik uslubidagi so’zlar orasida ham keng tarqalgan. Misol uchun: majlis"ﻣــﺠـــــﻠــﺲ" , rais"ارﺲﺋ " , kotib"ﺐﺗﺎﻛ" , jumhuriyyat"ﻮﮭﻤﺟرﺔﯾ " va hokazo. Adabiyotimizdagi aruz ilmi va she’riy san’at turlaridagi deyarli barcha atamalar arab tilidagi so’zlardan iborat. Masalan: Aruz ilmidagi “vasl” so’zi"وﺻـــــــﻞ" [vasola] “ulamoq, bog’lamoq” fe’lining o’zkalaridan, “maqtu” so’zi"ﻗــﻊﻄ " [qotoa’] “kesmoq” fe’lining o’zaklaridan hosil bo’lgan. Shu bilan bir qatorda, she’riy san’at atamalaridagi so’zlar: tazod"ﺿــــﺪ" [zidd] “zid, teskari, qarshi”, ta’did "ﻋــــﺪ" [a’dda] “sanamoq” fe’lining o’zaklaridan, tajnis"ﺟـــﻨﺲ " [jannasa] ya’ni “bir jinsli qilmoq, bir xil yangraydigan qilmoq” felining o’zaklaridan olingan (To’xtarov A, 2014, 250-370 bet). Shu qatorda yana bir qancha so’zlarni bunga misol qilib keltirish mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, bir tildan boshqa tilga o’zlashgan so’zlarda ayrim o’zgarishlar sodir bo’ladi. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, biz birlik sifatida ishlatadigan ba’zi so’zlar asli arab tilida ko’plik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Insonning fe’l-atvori, uning xarakterini ifodalovchi “axloq” "اﺧـــــــــــﻼق " [axlaq] so’zi aslida arab tilida “ﺧـــــﻠـﻖ ” [xulq] “xulq” so’zining ko’plik shakli hisoblanadi lekin, biz bu so’zga nisbatan birlik shaklidagi so’z deb qaraymiz yoki, karomatli shaxs ma’nosida qo’llanuvchi “avliyo” “واﻟـﺎﯿء” [avliyau] so’zi ham aslida arab tilidagi “وﻟـﻰ ” [valiyy] “valiy” so’zining ko’plik shakli hisoblanadi. Hamda, asosan rasmiy uslubda qo’llanuvchi “huquq” “ ﺣــــﻮﻘق" [huquq] so’zi ham arab tilidagi “ﺣــــﻖ” [haqq] “haq” so’zining ko’plik shaklidir. Yana bir misol, ma’lum bir belgilangan yer ma’nosidagi “hudud” “ﺣـــــــﺪدو ” so’zi arab tilidagi “ﺣـــــــﺪ” [hadd] ya’ni chegara so’zining ko’plik shakli hisoblanadi. Badiiy asarlarda uchraydigan “tujjor” "ﺗـــــﺠـــﺎر "[tujjar] va “kavokib”"ﻛـﻮاﻛـﺐ " [kavakib] so’zlarini ham ko’p kuzatganmiz. Bu so’zlar ham“ ﺗـﺟﺎـﺮ ” [tajir] ya’ni “savdogar”, “tojir” va “ﻛــــــــــــﻛﻮــــــــــــﺐ ” [kavkab] “yulduz” so’zlarining ko’paytmasidir. Holat ma’nosidagi “ahvol” “اﺣــــــﻮلا ” [ahval] so’zi esa “ﺣــــــﺎل ” [hal] “hol” so’zining ko’plik shakli bo’lishiga qaramay biz bu so’zni birlik ma’noni ifodalovchi so’z deb tushunamiz. Eng qiziq o’zgarishga misol qilib esa “axborot” so’zini keltirish mumkin chunki bu so’z "ﺧـــــﺒـــــــﺮ " [xobar] “xabar “so’zining ko’pligi"اﺧـﺎﺒر" [axbar] so’ziga yana bir to’g’ri muannas ko’plik yasovchi qo’shimcha “تا” qo’shilishi orqali yasalgan, natijada esa xabarlar so’zining yana bir qatra ko’plik shakli yuzaga kelgan. Xulosa qilib aytganda, har bir tilning boyishida o’zlashma so’zlar asosiy vazifani bajarganidek o’zbek adabiy tilining rivojlanishida ham, arab tilining o’rni katta. Arab tilining tilimizga o’zlashish jarayonida esa ayrim o’zgarishlar ro’y bergan. Bunga misol tariqasida esa yuqoridagi biz birlik ma’noda ishlatadigan so’zlar aslida arab tilida ko’plik ma’nolarni ifodalashini keltirish mumkin.
66 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent, 2007. 2. Toshbotirova S. O’zbek tilida arab tilidan o’zlashgan so’zlarning o’rni. Toshkent, 2019. 3. Hasavov M., Abzalova M., Arab tili darslari. Darslik.- Toshkent: Nihol, 2012. 4. To’xtarov A. Ana’iym ul-kabir arabcha-o’zbekcha lug’at.- Namangan: Namangan, 2014.