scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJET VA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG'LAR BO'YICHA DAROMADLAR VA XARAJATLAR SMETALARI HAMDA SHTATLAR JADVALINI TUZISH, TASDIQLASH VA TAQDIM ETISH TARTIBI

Tilovova Shahnoza Soibqiron qizi; Yuldashova Farangiz Taxirovna

Full text

281 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJET VA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR BO’YICHA DAROMADLAR VA XARAJATLAR SMETALARI HAMDA SHTATLAR JADVALINI TUZISH, TASDIQLASH VA TAQDIM ETISH TARTIBI Tilovova Shahnoza Soibqiron qizi Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi 7-BH-22 guruh talabasi Tel:+998912398949 E-mail:shahnozatilov[email protected] Yuldashova Farangiz Taxirovna Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi 7-BH-22 guruh talabasi Tel:+998938729599 E-mail:farangiztaxirov[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17520305 Annotatsiya: Ushbu tezisda xarajatlar smetasi, unga kiritiladigan xarajatlar turlari, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning taqsimlanishi, shtatlar jadvali, tuzilishi va tarkibi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar Kirish. Budjet tashkilotlari faoliyati davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va ijtimoiy sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy moliyaviy mexanizmlaridan biridir. Ularning moliyaviy resurslari asosan davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda budjetdan tashqari manbalar hisobiga shakllanadi. Shuning uchun daromad va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi bu tashkilotlar uchun eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Budjet tashkilotlarining moliyaviy rejasi sifatida smeta va shtatlar jadvali muhim hujjatlar sirasiga kiradi. Ular yordamida tashkilot o‘z faoliyatini moliyaviy jihatdan rejalashtiradi, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlaydi va davlat tomonidan ajratilgan resurslar ustidan nazoratni amalga oshiradi. Xarajatlar smetasi – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar daromadlari va xarajatlari bo‘yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi ta’minlanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetlarida hamda mahalliy budjetlarda turuvchi tashkilotlarni moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi. Budjet smetasi — bu budjet tashkilotining maʼlum bir moliya yili uchun moʻljallangan daromadlari va xarajatlarini belgilovchi asosiy moliyaviy hujjatdir. Smetada tashkilotning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha xarajatlar turlari aniq tasnif asosida keltiriladi. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat jadvallari soʻmda tuziladi. Xarajatlar smetasini tuzish boʻyicha ishlarni tashkil etish davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari, qoʻmitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va boʻlimlari oʻzlariga boʻysunuvchi tashkilotlarga budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va iqtisodiyot va moliya organining mazkur masala boʻyicha koʻrsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi. 1 Budjet smetasi quyidagi maqsadlarda tuziladi: ✓ Tashkilot faoliyatining moliyaviy asoslarini belgilash; 1 https://lex.uz/ru/docs/-2520442?ONDATE=28.12.2024 282 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ✓ Ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash; ✓ Budjet ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish; ✓ Xarajatlarning iqtisodiy tasnifini to‘g‘ri aks ettirish. ✓ Budjet smetasi davlat g‘aznachiligi orqali moliyalashtirishning asosiy hujjati sifatida xizmat qiladi. Budjetdan tashqari mablagʻlar — bu tashkilotning to‘lovli xizmatlar, xo‘jalik faoliyati, homiylik mablagʻlari, xalqaro grantlar, shuningdek, boshqa qonuniy manbalar hisobiga olingan tushumlaridir. Bu mablagʻlar hisobidan: ✓ qo‘shimcha moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ✓ xodimlarni rag‘batlantirish, ✓ ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilash, ✓ kapital taʼmirlash va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Budjetdan tashqari mablagʻlar bo‘yicha alohida smeta tuziladi. Unda mablagʻ manbalari, rejalashtirilgan daromadlar, xarajatlar yo‘nalishlari aniq ko‘rsatiladi. Bu smeta ham Moliya organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3 -sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (О‘zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sоnli qarоriga asоsan qayta tahrirlangan 2 ) muvоfiq byudjet tashkilоtlarini byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi belgilab berilgan. 3 Xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat budjeti mablag‘i bilan ta’minlanadi: I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); II. Ish haqiga qo‘shimchalar; III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq); IV. Boshqa xarajatlar. Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida budjet tashkilotlari budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini shakllantiradi. Moliya organlari tomonidan belgilangan budjet parametrlari hamda tegishli ko‘rsatmasi asosida budjet tashkilotlari bosh hisobchisi yoki iqtisodchisi tomonidan xarajatlar smetasi tuziladi. 4 Budjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tgunga qadar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi – tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda budjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi; Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari – qonunchilikda nazarda tutilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag‘lardir. Budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lari tashkil bo‘lish manbaalari quyidagilardan iborat: -Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; -Tibbiyot muaasasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; - Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli mablag‘lari; - To‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha mablag‘lar; - Boshqa budjetdan tashqari maxsus mablag‘lar. 2 Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilova “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar” 3 Ergasheva Sh. T., Turkmanоv A.S. “Budjet hisobi” darslik. Toshkent-2022 4 O'rolov Akmal Ismatullayevich “Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish asoslari” maqolasidan 283 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Yuqorida keltirilgan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha alohida-alohida daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi. Budjet tashkilotlarida smetalar quyidagi bosqichlarda tuziladi: 1. Dastlabki maʼlumotlarni yig‘ish – o‘tgan yillardagi smetalar, amaldagi narxlar, tariflar, lavozim maoshlari, xizmatlar xarajatlari hisobga olinadi. 2. Normativ-huquqiy hujjatlarga tayangan holda rejalashtirish – xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Budjet tashkilotlari xarajatlari tasnifi” bo‘yicha aniqlanadi. 3. Asoslovchi hujjatlar tayyorlanadi – xarajat moddalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ehtiyoj tahlillari, narxlar asoslari ilova qilinadi. 4. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlash uchun yuqori turuvchi organlarga taqdim etiladi. Smetani tuzishda quyidagi asosiy xarajat moddalari kiritiladi: ✓ ish haqi va unga teng to‘lovlar; ✓ ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; ✓ kommunal xizmatlar xarajatlari; ✓ ofis anjomlari, materiallar; ✓ kapital xarajatlar; ✓ xizmat safarlari, transport va aloqa xarajatlari. Tuzilgan smetalar avval yuqori turuvchi tashkilot yoki bosh muassasa tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng u tegishli moliya organi (viloyat, tuman moliya bo‘limi yoki Moliya vazirligi)ga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Tasdiqlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: ✓ Moliya organi tomonidan smetadagi xarajatlarning iqtisodiy tasnif va normativlarga muvofiqligi tekshiriladi; ✓ Zarurat bo‘lsa, tuzatishlar kiritiladi; ✓ Tasdiqlangan smeta Davlat g‘aznachiligiga taqdim etilib, moliyalashtirish shu asosda amalga oshiriladi. ✓ Smetaning har bir bo‘limi bo‘yicha mablagʻlar ajratilishi G‘aznachilik orqali qat’iy nazorat ostida olib boriladi. Shtatlar jadvali – bu budjet tashkiloti xodimlarining lavozimlari, ularning soni, toifalari va ish haqi miqdorini ko‘rsatuvchi rasmiy hujjatdir. Shtatlar jadvali smeta bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, undagi ish haqi fondi smetadagi tegishli xarajat moddasiga mos bo‘lishi shart. Shtatlar jadvali quyidagi tartibda tuziladi: ✓ Tashkilotning faoliyat hajmi va ish yuklamasiga qarab lavozimlar aniqlanadi; ✓ Har bir lavozim uchun belgilangan tarif razryadlari va stavkalar asosida ish haqi fondi hisoblanadi; ✓ Jadval yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishiladi va moliya organi tomonidan tasdiqlanadi. ✓ Tasdiqlangan shtatlar jadvali asosida tashkilotda kadrlar soni shakllantiriladi, xodimlar ishga qabul qilinadi va ularga ish haqi to‘lanadi. ✓ Tasdiqlangan budjet smetasi, budjetdan tashqari mablagʻlar smetasi hamda shtatlar jadvali quyidagi tashkilotlarga taqdim etiladi: ✓ Yuqori turuvchi boshqarma yoki idora (tarmoq bo‘yicha nazorat uchun); ✓ Davlat g‘aznachiligi (moliyalashtirish uchun); ✓ Moliya organlari (hisobot va monitoring uchun). Ushbu hujjatlar bo‘yicha o‘zgarishlar faqat tegishli organlar bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin. Barcha jarayonlar “Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 284 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ro’yxatdan o’tkazishda moliya organi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan shtat jadvallariga nisbatan ortiqcha shtat birliklarni qisqartirishi lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro’yxatdan o’tkazishni amalga oshirish lozim 5 Xulosa: Budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvalini to‘g‘ri tuzish, tasdiqlash va taqdim etish — bu moliyaviy intizom, shaffoflik va samaradorlikni ta’minlashning muhim garovidir. Smetaning to‘g‘ri rejalashtirilishi orqali tashkilot faoliyatida mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, davlat resurslarining tejab-tergab ishlatilishi hamda moliyaviy barqarorlikka erishish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, shtatlar jadvali orqali inson resurslari hisobini yuritish, xodimlar mehnatini adolatli baholash va ish haqi fondini oqilona taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Natijada budjet tashkilotlari faoliyati samarali, tartibli va shaffof moliyaviy boshqaruv asosida olib boriladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 2. 1-ilova “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar” 3. Ergasheva Sh. T., Turkmanоv A.S. “Budjet hisobi” darslik. Toshkent-2022 4. A.A.Ostonokulov, K.Sh.Ibragimov, A.S.Tursunov “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi” darslik 5. O'rolov Akmal Ismatullayevich “Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish asoslari” maqolasi 6. “O‘zarxiv” agentligi sayti 7. Lex.uz internet sayti 5 A.A.Ostonokulov, K.Sh.Ibragimov, A.S.Tursunov “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi” darslik