DAVLAT XARIDLARI VA UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Full text
293 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 DAVLAT XARIDLARI VA UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH Xolto‘rayev Abduraxmon Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi Email adress: abduraxmonxoltorayevgmail.com Telefon raqami:+998917116424 https://doi.org/10.5281/zenodo.17520417 Annotatsiya: Ushbu tezisda davlat xaridlari nima uchun mamlakatga kerak ekanligi va ularning iqtisodiyotda tutgan o‘rni haqida aytib etilgan va ushbu tizimni rivojlantirish haqida bir necha usllar keltirib o‘tilgan.Va bunga oid bir qancha statistik ma’lumotlar va qonun loyihalari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: xom-ashyo, buyum, uskunalar, qattiq, suyuq va gaz holatdagi predmetlar, elektr energiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Davlat xaridi deganda davlat tomonidan, davlat buyurtmachilarining tovarlar, ish, xizmatlar xarididir. Joriy davrdagi islohotlarning ustivor yo‘nalishlaridan bo‘lib davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalardan mablag‘ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishish xisoblanadi. Davlat xaridi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Bozordagi tovar, ish, xizmatlarga bo’lgan talab va taklifni muvozanatlashuvida davlat tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar alohida o’rin tutadi. Davlat xaridining predmeti bo’lib, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlarga - xom-ashyo, buyum, uskunalar, qattiq, suyuq va gaz holatdagi predmetlar, elektr energiyasi, shuningdek, tovarlarni etkazib berish bo’yicha xizmatlar qiymati (agar u tovarning bahosidan yuqori bo’lmasa) kiritiladi. Davlat xaridlarining subyektlari bo’lib davlat buyurtmachilari, xarid komissiyasi, ixtisoslashgan tashkilot, ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori. Davlat buyurtmachilari deganda quyidagilar tushuniladi: 1) budjet buyurtmachilari: -davlat organlari va muassasalari; -budjet tashkilotlari; -xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilar; -davlat maqsadli jamg‘armalari; -budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar; 2) korporativ buyurtmachilar: -davlat korxonalari; Davlat xaridlari oxirgi yillarda sezilarli darajada o‘sgan misol uchun: 2023-yil I choragi bo‘yicha jami 79 228 mlrd.so‘m miqdordagi davlat xaridlari amalga oshirilgan. 1 Unga ko‘ra; 1 https://www.imf.uz/ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti) ma’lumotlari asosida
294 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 1-rasm. Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 2 Sohani yanada rivojlantirish maqsadida qonunlar qabul qilingan ulardan eng asosiylari sifatida davlat xaridlari sohasini takomillashtirish maqsadida 2021 yil 22 aprelda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-684sonli “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilingan. Ushbu Qonunning amal qilishi: O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida va boshqa davlat dasturlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni ro‘yobga chiqarish chog‘ida amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; davlat buyurtmachilarining xo‘jalik faoliyatini yuritish chog‘ida amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga; agar donor mamlakatlarning, xalqaro tashkilotlarning, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan chet el kreditlarini va chet el grantlarini, texnik ko‘makni va boshqa tashqi beg‘araz ko‘makni taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari, texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasiga beriladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga. Bunda donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlar tomonidan, belgilangan tartib-taomillarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan chet el kreditlarini va chet el grantlarini, texnik ko‘makni va boshqa tashqi beg‘araz ko‘makni taqdim etish shartlarida belgilangan tartibtaomillardan qat’i nazar, davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborot maxsus axborot portalida e’lon qilinadi; agar moliyaviy, gumanitar yoki xayriya yordamini taqdim etish hamda boshqa beg‘araz, qaytarilmaydigan tarzda moliyalashtirish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo‘lsa, moliyaviy, gumanitar yoki xayriya yordami hisobidan hamda boshqa beg‘araz, qaytarilmaydigan tarzda moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda moliyaviy, gumanitar yoki xayriya ko‘makni hamda boshqa beg‘araz qaytarilmaydigan moliyalashtirishni taqdim etish shartlarida belgilangan tartib-taomillardan qat’i nazar, davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborot maxsus axborot portalida e’lon qilinadi. Davlat tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat xaridlari, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga, O‘zbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Korporativ buyurtmachi va strategik ahmiyatga ega ho’jalik jamiyatlari va korhonalar tomonidan belgilangan haridlarni amalga oshirish tizimi takomillashgan: - Ustavida davlat ulushi 50 foizdan ko’p bo’lgan 2 https://www.imf.uz/ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti) ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan
295 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 hamda davlat korhonalari va davlat ulushi 50 fizdan ko’p bo’lgan korhonalar ulushining yigindisi 50 foizdan ortiq bo’lgan jurist shahslar korporativ buyurtmachilar ro’yhatiga kiritildi. - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikda korporativ buyurtmachilar ro’yhatini mahsus axborot portalida yuritish belgilandi. - Tadbirkorlik subyektlariga imkoniyatlar, imkoniyatlar ochiqlik va holislikni ta’minlash maksadida strategist korxona ega ho’jalik jamiyatlari va korhonalarga ham Qonun talablari to’liq tatbiq etilish belgilandi. Davlat buyurtmachisi va ishtirokchilarning mas'uliyatini yuqori darajali quyidagilar belgilandi: 1. Moliya vazirligida o'qish tizimi orqali buyurtmachilarning xaridga masul hodimlarining kasbiy mahorati va malakasi oshirib boriladi. 2. Davlat xaridlari komissiyasining tarkibiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O’zinjiniring” korxonasi mazhburiy foydalanish talabi bekor qilinib, buyurtmachining korxonadan tashkil topishi belgilandi. Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora - tadbirlar ustuvor bo‘ladi. Davlat buyurtmachilari davlat xaridlarini amalga oshirish tartib taomillari to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashi kerak. Davlat xaridlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik: insofli raqobatni va qarorlar qabul qilish chog‘ida xolisona mezonlardan foydalanilishini; monitoring va nazorat o‘tkazishning, shu jumladan ichki monitoring va nazorat o‘tkazishning samarali tizimi yaratilishini; Qonun va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi hollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborotning ochiq manbalarida e’lon qilib borilishini; davlat xaridlari tartib-taomillari ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvi bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda uning shaxsiy manfaatdorligi bilan davlat xaridlari subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoxud yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatdir, shuningdek affillanganlikning mavjud bo‘lishi. Davlat buyurtmachisining, davlat xaridlari elektron tizimi operatorining, ixtisoslashgan tashkilotning, ekspert tashkilotining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek xarid komissiyasining a’zolari hamda ekspertlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lgan har qanday shaxsiy foydani bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas. Xulosa. Yuqorida keltirilgan ta’riflar va aytib o‘tiganlardan xulosa sifatida aytish mumkunki, davlat xaridi bu - davlatning funksiya va vazifalarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovar (ish va xizmatlar)ni davlat mablag‘lari va kreditlari hisobidan sotib olinish hisoblanadi. Davlat xaridining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati shundaki, davlat sektorining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi alohida rolidan kelib chiqib, uning uzluksiz va samarali faoliyati uchun zarur tovarlar, xizmatlar va ishlar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishini amalga oshiruvchi mexanizmdir. Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida davlat xaridlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga asosiy sabab, byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining salmoqli qismi davlat xaridlari tizimi orqali qayta taqsimlanishidir. Shu nuqtai nazardan, davlat xaridlarini tartibga solish orqali iqtisodiyotning qaysidir sektorini taraqqiy etishiga erishish, umuman olganda, iqtisodiyotni samarali tartibga solishda foydalanib kelinmoqda. Davlat xaridi tizimini oqilona tashkil etish, savdolar jarayonini takomillashtirish davlat xaridlarining yanada mukammal, ochiq va shaffof bo‘lishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Moliya: Davlat xaridlari. Darslik. “Lesson Press” MCHJ nashriyoti – Т.: 2024. 158 b. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni. 2021-yil 22-aprel. 3. “O’zbekiston Respublikasi davlat xaridlarini amalga oshirishning nazorat tizimi”. Charos Ro‘zimurodova, Ilmiy maqola. 4. https://www.imf.uz/ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti) ma’lumotlari asosida
296 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 5. https://www.imf.uz/ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti) ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan.