SOLIQ NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Full text
312 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 SOLIQ NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR Shodmonov Davron Do’stmurodovich Toshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi Tel: +998906709000 Elektron pochta: [email protected] ORCID ID: 0009-0009-9867-7020 https://doi.org/10.5281/zenodo.17520649 Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq nazoratining nazariy masalalari yoritilgan. Soliq nazoratini shakllari va turlari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijalari amaliyotdan olingan ma’lumotlar asosida keltirilgan. Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, soliq, soliq nazorati, soliq tekshiruvi, soliq auditi Аннотация: В данной статье рассмотрены теоретические вопросы налогового контроля в условиях цифровой экономики. Результаты проверок налогового контроля по формам и видам представлены на основе информации, полученной из практики. Ключевые слова: цифровизация, налог, налоговый контроль, налоговая проверка, налоговый аудит Аnnotation: This article discusses theoretical issues of tax audit in the digital economy. The results of tax control audits by form and type are presented on the basis of information obtained from practice. Key words: digitalization, tax, tax control, tax audit. KIRISH. Iqtisodiyotni raqamlashtirishning rivojlanishi sharoitida soliq nazoratini va umuman soliq tizimini o‘zgartirish zaruratga aylandi, chunki raqamlashtirish katta ma’lumotlar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Soliq nazoratini rivojlantirishning asosiy muammolaridan biri bu "katta ma’lumotlar" (Big Date) deb ataladigan texnologiyalarni joriy etishdir. Ushbu texnologiyalar (Big Date) tufayli soliq organlari uchun bir qator imkoniyatlar ochiladi: ular soliq to‘lovchi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi, soliq to‘lovchilarning noqonuniy faoliyatini va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlaydi. TADQIQOT METODLARI. Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, dasturlashtirish va raqamlashtirish modellari kabi metodlardan foydalanildi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq nazorati soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va taqqoslash qo‘shimcha soliqlar, jarimalar va penyalar shaklida budjetga qo‘shimcha to‘lovlarni undirish imkonini beruvchi hamda bu orqali soliq qonunchiligini buzilishini oldini olish yoki minimallashtirishni ta’minlaydigan turli raqamli axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va qo‘llashga asoslanadi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlari va umuman soliq tizimini rivojlantirish, jumladan, soliq nazorati bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, u hozirgi kunda nafaqat ilmiy munozaralar obyekti, balki jiddiy amaliy muammoga ham aylanib bormoqda. Amaliyot nuqtai nazaridan o‘rganilayotgan masala iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq xizmati faoliyatini birinchi bosqichda, raqamli iqtisodiyot sharoitida esa keyingi bosqichda aniq tashkil etish bilan bog‘liq muammolarni hal etish zarurligini tavsiflaydi. Raqamli makon juda keng ko‘lamli va subyektlarning soliqlarni to‘lamagan holda daromad olish imkoniyatlari shunchalik kengki, bunday imkoniyatlarning yaratilish va ulardan foydalanish tezligi ham juda tez o‘sib bormoqda. Natijada, davlatlarning barcha soliq xizmatlari va soliq nazorati tizimlari ham nazoratni kerakli darajada amalga oshira olmaydi. Bu esa soliq nazorati tizimini raqamlashtirishni talab qiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI Hozirgi vaqtda soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazoratini raqamlashtirish masalalari mamalakatimiz va xorijiy adabiyotlarda tez-tez ishlatiladigan tushuncha bo‘lib qolmoqda. Biroq, meyoriy huquqiy hujjatlarda ham, iqtisodiy adabiyotlarda ham yuqoridagi tushunchalar har xil talqin qilinmoqda.
313 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Bu borada Т.А.Ефремова quyidagi fikrlarni bildirgan, samarali soliq nazoratini tashkil etishning birinchi navbatdagi sharti esa soliq va buxgalteriya hisobotlarining elektron tarzda taqdim etishning zamonaviy ilg‘or axborot texnologik tizimga asoslangan soliq nazorati hisoblanadi 1 . I.Zhuravleva va S.Shamayevlarning fikricha, "Raqamli hukumat" tushunchasi turli davlatlar siyosatida tobora ko‘proq aks etmoqda. Shu bilan birga, ushbu konsepsiyaning rivojlanishi ko‘plab sohalarda, jumladan, soliq munosabatlari sohasida ham o‘z ifodasini topmoqda. Soliq organlari faoliyatini raqamlashtirish, bir tomondan, fuqarolar va tashkilotlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq va yig‘imlarni hisoblash jarayonini soddalashtirish, ularga qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar va amaldagi soliq imtiyozlari to‘g‘risida dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish imkonini bersa, boshqa tomondan, soliq organlariga ishlarning bir qismini avtomatlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradi 2 . K.A.Faizova o‘zining ilmiy ishlarida raqamlashtirish sharoitida soliq nazoratini o‘zgartirishning asosiy jihatlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilgan. Bugungi kunda soliq organlari faoliyatida soliq qonunchiligiga muvofiq soliq nazorati va ma’muriyatchiligini tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini beruvchi nazorat tadbirlarini amalga oshiruvchi yuqori sifatli dasturiy ta’minotdan foydalanilmoqda. Soliq nazoratini raqamli o‘zgartirishning huquqiy tartibga solishga ta’siri nuqtai nazaridan quyidagi o‘tish davri qoidalari qayd etilgan: soliq tartib-qoidalarini raqamli shaklda amalga oshirish soliq nazorati bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni bir xil shaklda amalga oshirishni nazarda tutadi; shuningdek, soliq nazorati jarayonidan korrupsion harakatlar va inson omilini istisno qilish. Raqamli voqelik sharoitida soliq nazoratini o‘zgartirish jarayonida davlat tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari alohida ta’kidlangan 3 . MUHOKAMA VA NATIJALAR Soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazoratini raqamlashtirishning natijalariga o‘tishdan oldin jahonda raqamli iqtisodiyot borasidagi ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz. Global raqamli iqtisodiyot 2028 yilga borib 16,5 trillion dollarga yetadi va global yalpi ichki mahsulotning 17 foizini egallaydi. Global raqamli iqtisodiyotning deyarli uchdan ikki qismi AQSH va Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Dunyo aholisining 4,2 foizi va global yalpi ichki mahsulotning 26 foiziga ega bo‘lgan AQSH global texnologiya xarajatlarining 42 foizini egallaydi. Elektron tijorat Xitoyda raqamli iqtisodiyotning eng katta ulushini egallaydi, chakana savdoning 39 foizi 2024 yilda onlayn xarid qilingan, bu 2028 yilga kelib 41 foizga yetadi 4 . Xitoyning raqamli iqtisodiyoti 2022-yilda 50,2 trillion yuanga yetib, dunyoda ikkinchi o‘rinni egallab, ichki yalpi ichki mahsulotning 41,5 foizini tashkil etadi. Accenture kompaniyasining Xitoy korxonalarining raqamli transformatsiya indeksi (2021) haqidagi hisoboti shuni ko‘rsatadiki, Xitoyning 2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan yillardagi korxonalarning raqamli transformatsiyasi indeksining o‘rtacha ko‘rsatkichlari mos ravishda 37, 45, 50 va 54 ni tashkil etadi, bu esa yildan yilga o‘sishning jadal rivojlanish tendensiyasidir 5 Raqamli rivojlanishning O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va ish o‘rinlari yaratilishidagi muhim rolini e’tirof etgan holda Hukumat strategik kun tartibiga raqamlashtirishni yuqori darajaga qo‘ydi. Oxirgi besh yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasini rivojlantirishga 2 milliard AQSH dollari miqdorida 1 Ефремова Т.А. (2017), Развитие налогового администрирования в России: теория, методология, практика. Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических наук. МГУ. Саранск. стр. 366. 2 Irina A. Zhuravleva, Semyon A. Shamaev. Smart Governance: Digitalization of Tax Control in the Russian Federation to Increase VAT Collection. Digital Transformation: What are the Smart Cities Today? 01 February 2024. Pages 127143. 3 Faizova Kristina Alexandrovna.Тransformation of tax control in the context of digitalization. “Евразийский юридический журнал”. № 4 (179) 2023. Pages 215-216. DOI 10.46320/2073-4506-2023-4-179-215-216. 4 Michael O’Grady.Digital Transformation Is A Cornerstone Of Innovation And Sustainable Growth. Jul 23 2024. https://www.forrester.com/blogs/the-global-digital-economy-will-reach-16-5-trillion-and-capture-17-of-global-gdp-by2028/. 5 Yanhui Xu, Fuhua Deng, Qianbin Feng.The effect of tax enforcement digitalization on corporate digital transformation: Evidence from China's listed companies. Economic Analysis and Policy.Available online 5 January 2025. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0313592625000062.
314 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 sarmoya kiritildi, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (700 million dollar). Hukumat 2020 yildan boshlab raqamlashtirish bo‘yicha ko‘plab qarorlar qabul qildi, jumladan, beshta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi (“Strategiya”) qabul qildi: (1) Raqamli infratuzilma; (2) elektron hukumat; (3) raqamli iqtisodiyot; (4) Raqamli texnologiyalar milliy bozori; va (5) IT-ta’lim. Raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotga (YAIM) qo‘shayotgan hissasi hamon past (2021-yil holatiga ko‘ra 1,9 foiz) 6 . Yuqoridagilar bevosita soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazoratini raqamlashtirishda alohida o‘rin tutadi. Mamlakatimizda soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish soliqlarni yanada samarali yig‘ish, qonunchilikka rioya etishni kuchaytirish va soliq organlari va soliq to‘lovchilar uchun ma’muriy yuklarni kamaytirishga olib keladi. Bundan tashqari, bugungi kunda soliq ma’muriyatchiligi doirasida soliqlar tuzilmasini optimallashtirish, ularni undirish, soliq hisobi va hisobotini yuritish mexanizmini takomillashtirish, soliq to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi, soliq to‘lovchilarning soliq qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qilish, soliq tushumlarini turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, natijalarni yig‘ish va tahlil qilish, soliqqa tortish jarayonining barcha ishtirokchilarining soliq munosabatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Hususan, tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, sohani raqamlashtirish-Elektron hisobvaraq-fakturalari bilan qamrov darajasi 100 foizga, hisobotlarni avtomatlashtirish 76 foizdan 86 foizga yetkazilganligi, “Tahlika-tahlil” AAT, “YE-ijara”, “Avtokameral”, Tax.gap, “Cashback” va “Soliq” mobil ilovasi va boshqa qator dasturiy mahsullarning ishga tushirilishi soliq tushumlarini ko‘payishiga olib keldi 7 . Tadbirkorlarning barqarorlik reytingida har bir tadbirkor o‘z o‘rni va bahosini real vaqtda bilib borishi mumkin bo‘ldi. Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 520,6 mingta tadbirkorlik subyekti baholangan. Bugun tadbirkorlikka yaratilgan qulay sharoitlar sabab, tadbirkorlar bilan hamkorligimiz yangi bosqichga ko‘tarildi. 31 ming tadbirkor barqarorlik reytingini yaxshilab, halol tadbirkorlar safini kengaytirmoqda. Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 4,5 baravarga ko‘payib, jami 7,5 mingdan oshdi. AAA reytingdagi tadbirkorlarning 1107 tasiga 1,9 trln. so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan 8 . XULOSA VA TAKLIFLAR Yuqorida keltirilgan katta hajmdagi amaliy ishlarni raqamlashtirishsiz amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Shuning soliq ma’murchiligi va soliq nazorati tizimiga yanada ko‘proq yangi texnologiyalarni jalb qilish natijasida tizimda korrupsiyani oldini olish mumkin. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ulushini oshirish maqsadida ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib, ularning ijobiy tomonlarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq. Soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazorati tizimga yangi raqamli texnologiyalarni jalb qilgan holda inson omili ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rish lozim. Intizomli soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish maqsadida soliq tekshiruvlaridan ozod qilish mezonlarini yanada ko‘proq amaliyotga joriy etish kerak. 6 The World Bank Uzbekistan Digital Inclusion Project (P179108) November 2, 2023.chromeextension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://documents1.worldbank.org/curated/en/0991106231 55540364/pdf/BOSIB0bffea70a055092ad0700f8cf4b156.pdf. 7 O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2023 yil yakunlari hisoboti.2024. 8 2025 yilda 224 trln. so‘m soliq tushumlarini ta’minlash vazifasi belgilandi. https://uza.uz/uz/posts/2025-yilda-224-trlnsom-soliq-tushumlarini-taminlash-vazifasi-belgilandi_675250. 08.01.2025.
315 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi. 2025. 2. Наталя Игуш.Переход на налоговый мониторинг в 2022 году. Порядок, преимущества и алтернатива. hттпс://правовест-аудит.ру/наши-статии-налоги-и-буhучет/налоговйй-мониторингстоит-ли-перекhодит-и-к-чему-готовится/.6.03.2025. 3. Мазурова Э. Для чего нужен налоговый мониторинг. hттпс://бухгалтер.уз/публиш/доc/техт177767_для_чего_нужен_налоговйй_мониторинг.6.03.2025. 4. Демин А. В., Молина А. Ю. Налоговый мониторинг: стоит или нет заключат соглашение по фактическим обстоятелствам? Журн. Сиб. федер. унта. Гуманитарные науки, 2024, 17(6), 1094–1102. ЭДН: СДМОРМ. 5. Налоговый мониторинг: интегратсия с информатсионной системой налогоплателщика.hттпс://хн-- 80аеcбяфнмегcфбдc8а8а7м.хн--п1аи/база-знаний/артиcлес/налоговйй-мониторинг-интегратсия-синформатсионной-системой-налогоплателшчика/. 6.03.2025.