INGLIZCHA OTLI FRAZEMALARNING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI
Abstract
Ushbu maqolada frazeologik birliklarning til tizimidagi o‘rni, ularning turlari, semantik va kognitiv xususiyatlari tahlil qilinadi. Ingliz tilidagi frazal fe’llar, idiomalar va kollokatsiyalar misolida frazeologik birliklarning ma’no hosil qiluvchi mexanizmlari izohlanadi. Ot turkumiga oid frazemalarning semantik tahlili orqali nominalizatsiya jarayoni ham yoritiladi. Maqolada, shuningdek, frazemalarning madaniy va figurativ xususiyatlari, ularning kognitiv asoslari hamda semantik tasnifi ko‘rib chiqiladi.
Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 632 INGLIZCHA OTLI FRAZEMALARNING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI Abduraxmonov Umbar [email protected] +998975340733 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Annotatsiya: Ushbu maqolada frazeologik birliklarning til tizimidagi o‘rni, ularning turlari, semantik va kognitiv xususiyatlari tahlil qilinadi. Ingliz tilidagi frazal fe’llar, idiomalar va kollokatsiyalar misolida frazeologik birliklarning ma’no hosil qiluvchi mexanizmlari izohlanadi. Ot turkumiga oid frazemalarning semantik tahlili orqali nominalizatsiya jarayoni ham yoritiladi. Maqolada, shuningdek, frazemalarning madaniy va figurativ xususiyatlari, ularning kognitiv asoslari hamda semantik tasnifi ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: frazeologik birlik, idiom, frazal fe’l, kollokatsiya, semantika, kognitiv lingvistika, madaniy kontekst. Аннотация: В данной статье рассматриваются фразеологические единицы как важная часть языковой системы, их семантические, когнитивные и культурные особенности. На примере английских фразовых глаголов, идиом и коллокаций анализируются механизмы формирования значения. Особое внимание уделяется номинализации фразовых глаголов и семантической классификации именных фразем. Подчеркивается роль фразеологизмов в отражении культурных и когнитивных аспектов языка. Ключевые слова: фразеологическая единица, идиома, фразовый глагол, коллокация, семантика, когнитивная лингвистика, культурный контекст. Annotation : This article explores phraseological units as a crucial component of the linguistic system, focusing on their semantic, cognitive, and cultural characteristics. Using examples from English phrasal verbs, idioms, and collocations, it analyzes how meaning is constructed within phraseological expressions. Special attention is given to the nominalization of phrasal verbs and the semantic classification of noun-based idioms. The study highlights the role of phraseological units in reflecting the cognitive and cultural dimensions of language. Keywords:phraseological unit, idiom, phrasal verb, collocation, semantics, cognitive linguistics, cultural context.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 633 Ingliz tilidagi frazeologik birliklar, odatda, frazal fe’llar, idiomalar va kollokatsiyalar sifatida tasniflanadi. Ushbu atamalar jumlada yagona ma’no birligi sifatida ishlaydigan so‘zlar guruhi sifatida ishlatiladi, lekin ularning tasnifi sintaktik va semantik xususiyatlariga qarab farqlanadi. Quyida ingliz tilidagi frazal birliklarning asosiy turlari haqida umumiy ma’lumot: – Frazal fe’llar bu fe’l bilan predlog yoki ravish (ba’zan ikkisi ham) birlashib, ko‘pincha alohida so‘zlarning ma’nosidan farq qiladigan yangi ma’no hosil qiladigan ifodalardir va ular ham o‘z navbatida uch turga bo‘linadi: a) Intransitiv frazal fe’llar: Fe’l obyektni talab qilmaydi. Wake up – uyg‘onmoq. Misol: I wake up early every day. (Men har kuni erta uyg‘onaman) Give up – taslim bo‘lish, umidni kesmoq. Misol: She gave up after the first attempt. (U birinchi urinishdan keyin taslim bo‘ldi) Bu kabi frazal fe’llar obyektni talab qilmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri predlog yoki qo‘shimchalar bilan ishlatiladi. b) Transitiv frazal fe’llar: Fe’l bevosita obyektni talab qiladi: Pick up – olib ketmoq, ko‘tarib olmoq Misol: I need to pick up some groceries. (Men oziq-ovqat sotib olishim kerak) Turn off – o‘chirmoq. Misol: Please turn off the lights when you leave. (Iltimos, chiqib ketganda chiroqlarni o‘chiring) Tilshunoslar, masalan, Maykl Lyuis (til o‘rganish sohasidagi taniqli olim): “frazal fe’llar non-native speakerlar uchun qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, chunki ularning ma’nolari idiomatik yoki kontekstga bog‘liq bo‘lishi mumkin” 1 , – deb ta’kidlaydi. Yana bir olim Jon Sinclair: “frazal fe’llar norasmiy kommunikatsiyada markaziy rol o‘ynaydi va ular suhbatlashish tabiatini aks ettiradi deb ta’kidlaydi. Ular gapirishda foydalanuvchilarga g‘oyalarni samarali va dinamik tarzda ifodalash uchun imkon beradi. Frazal fe’llar odatda kundalik suhbatda bir so‘zli ekvivalentlardan ko‘ra afzalroq bo‘ladi, chunki ular yanada ifodali va jonli” 2 . Idiomalar – bu so‘zlarning ma’nosi ularning alohida ma’nolaridan tushunib bo‘lmaydigan, figurativ ma’no shakllariga ega bo‘lgan so‘zlar guruhi. Quyida ularga bir qancha misollar keltiramiz: Burn the midnight oil – Tun bo‘yi ishlash 1 Michael L. The English Verb: An Exploration of Structure and Meaning. Language Teaching Publications Series. 1986. – P. 98-109. 2 John McHardy Sinclair. How to use Corpora in Language Teaching. John Benjamins Publishing. 2004.– P. 65-75.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 634 Misol: “She had to burn the midnight oil to finish the project” (U loyihani tugatish uchun tun bo‘yi ishlashiga to‘g‘ri keldi) A blessing in disguise – Yaxshi ko‘rinmagan yaxshilik Misol: “Losing the job was a blessing in disguise; I found a better one” (Ishdan ayrilish yomon bo‘lib ko‘ringan yaxshilik edi; yaxshiroq ish topdim) Hit the nail on the head – To‘g‘ri aytish Misol: “You hit the nail on the head with your comments” (Siz izohlaringiz bilan to‘g‘ri aytdingiz) Michael Lyuis til o‘rganishda kollokatsiyalarning ahamiyatini ta’kidlaydi va til o‘rganuvchilariga so‘zlarni alohida-alohida emas, balki til bo‘laklarini o‘rganishga urg‘u beradi. Uning fikriga ko‘ra: “kollokatsiyalar birgalikda tez-tez ishlatiladigan so‘z birikmalari – tilning tabiiy ishlatishiga muhim ahamiyatga ega” 3 . Masalan, ona tili so‘zlovchilari “make a decision” (qaror qabul qilish) yoki “strong coffee” (o‘tkir kofe) kabi iboralarni tez-tez ishlatadilar, chunki bu so‘z juftliklari tilda ko‘pincha birgalikda uchraydi. Lyuis bu umumiy kombinatsiyalarni tushunish va ishlatish tabiiy muloqot uchun zarur deb hisoblaydi. Yana bir olim Norbert Schmit til o‘rganuvchilarining kollokatsiyalarni o‘rganish orqali leksik va til ko‘nikmalarini oshirishiga e’tibor qaratgan. U kollokatsiyalarni kuchli leksik resursni yaratishning asosiy vositasi sifatida ko‘radi, chunki ular o‘rganuvchilarga nafaqat grammatik jihatdan to‘g‘ri, balki semantik jihatdan tabiiy so‘zlarni ishlatishga yordam beradi. Schmitning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki: “o‘rganuvchilar faqat so‘zlarning alohida ma’nolariga emas, balki so‘zlar qanday birgalikda ishlatilishiga ham e’tibor qaratishlari kerak” 4 . Uning fikriga ko‘ra, bu, samarali muloqot va tilni o‘zlashtirish uchun juda muhim. Frazeologik birliklar tabiiy tillarda juda kata qismni tashkil etishi bois, ularning barchasini bitta tadqiqiotda qamrab olish va mukammal baza shakillantirish imkonsiz ish. Ammo xorijda shu vaqtga qadar frazeologik birliklar ustida qilingan ishlar yetarlicha bo‘lib, katta bazaga ega bo‘lgan bir qancha platformalar ishga tushirilgan, masalan, Sket Engine dasturi. Sketch Engine – bu matnlarni tahlil qilish va korpuslarni yaratish uchun ishlatiladigan kuchli lingvistik vositadir. 3 Michael L. The English Verb: An Exploration of Structure and Meaning. Language Teaching. Publications Series. – 1986. – P. 98-109 4 Schmitt N. Vocabulary in language teaching. – New York: Cambridge University Press. 2000. – P. 101-105.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 635 Ot so‘z turkumidagi frazeologik birliklarning semantik tahlilida, ushbu birikmalarning ma’nosi qanday shakllanishi va tushunilishi haqida o‘rganamiz. Bunday birliklar ko‘pincha, frazeologik fe’llardan (fe’l + ko‘makchi qism, masalan, predlog yoki so‘z) hosil bo‘ladi va ularning ma’nosi odatda asl fe’lning ma’nosidan farq qiladi. Bunday birikmalarning ma’nosi odatda harakat yoki holatni emas, balki hodisa, narsa yoki tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi. Amerikalik olim Ronald Langakker frazal fe’llar va ularning nominalizatsiyasi (frazal ot shaklida o‘zgarishi)ni aqliy tuzilmalar nuqtayi nazaridan tushuntirishni taklif qilgan. Uning fikricha: “frazal fe’llar (va ularning otli shakllari) inson ongida abstrakt tushunchalar sifatida shakllanadi va ularni tushunish uchun, avvalo, tasavvuriy tuzilmalarni hisobga olish kerak” 5 . Langackerning fikriga ko‘ra, “pick up” frazal fe’li jismoniy narsani ko‘tarishni anglatadi, lekin uni otli shaklga aylantirganda (masalan, “pickup”) bu narsani ko‘tarish jarayoni yoki ko‘tarish xususiyatini ifodalaydi (masalan, “pickup 5 Ronald L. Concept, Image, and Symbol: The Cognitive Basis of Grammar. – New York, 1991. – P. 65-73.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 636 truck” – yuk mashinasi, bunda, “pickup” so‘zi yuk ko‘tarish bilan bog‘liq). Boshqa olimlar Noam Chomskiy va Maurice Gross frazal fe’llar va frazal otlar tuzilmasiga sintaktik yondashuvni qo‘llaydilar. Ular frazal fe’llarni fe’l + predlog qurilmalari sifatida ko‘rib chiqadilar va bu qurilmalar nominalizatsiya qilinib, frazal otlar hosil bo‘ladi. Ularning fikricha: “frazal fe’llar nominalizatsiya qilinganda, ular morfologik transformatsiyalarga uchraydi, lekin ular hali ham o‘zlarining fe’l + predlog qurilmalaridan sintaktik xususiyatlarni saqlab qoladilar” 6 . Masalan: “Breakdown” (fe’l “break down”dan olingan) ot so‘z turkumidagi frazeologik birlik bo‘lib, quyida kontekstga bog‘liq holda bir qancha manolarini ko‘rib chiqamiz. a) Mexanik nosozlik. Breakdown – bu mexanizm, transport vositasi yoki tizimning ishlamaganligi yoki nosozligi. Masalan, The car had a breakdown on the way to the airport, and we missed our flight. (Bizning mashinamiz aeroport yo‘lida buzilib qoldi va biz reysimizga kech qoldik). b) Hissiy yoki ruhan charchash. Breakdown — bu odamning emotsional yoki ruhiy holatining buzilishi, u bosim yoki stress bilan kurasha olmaydi. Masalan, After weeks of working overtime, she had a mental breakdown and needed to take a few days off. (Bir necha haftalik ortiqcha ishlagandan so‘ng, u ruhiy tushkunlikka tushdi va bir necha kun dam olishga majbur bo‘ldi) d) Qismlarga ajratib tushuntirish. Breakdown – bu murakkab mavzu yoki narsani oddiy qismlarga ajratib tahlil qilish. Masalan, The manager gave a breakdown of the sales figures during the meeting to explain where improvements were needed. (Yig‘ilishda menejer qaysi sohalarda yangilanish qilish kerakligini ko‘rsatish uchun savdo ko‘rsatakichlarini mayda qismlarigacha tushuntirdi). Bundan tashqari “breakdown” frazemasining jarayon yoki hodisaning amalga oshmasligi hamda qurilish inshootlarining buzilishi kabi ma’nolari ham mavjud. Frazeologik birliklarning yana bir turi bu idiomalar bo‘lib, unda so‘zlar o‘rtasidagi ma’no yuzaki talqinidan farq qiladi. Boshqa frazeologik ifodalarga o‘xshab, idiomalar figurativ ma’noni o‘z ichiga oladi, bu esa iboraning tarkibidagi so‘zlarning alohidaalohida ma’nolaridan ko‘ra boshqa ma’noni anglatadi. Bu idiomlar kundalik nutqda va 6 Noam Chomsky and Maurice Gross. From The Concept Of Transformation In Harris And Chomsky To The Lexique-Grammaire Of Maurice Gross. – Sankt peterburg, 2011. – P. 78–81.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 637 yozuvda, fikrlarni yanada ijodiy yoki qisqacha ifodalash uchun tez-tez qo‘llaniladi. Odatda, bunday iboralar quyidagicha tuzilishga ega bo‘ladi; – Noun + Preposition (Ot + Predlog). Masalan, a dead end – oxiri yo‘qligi. – Noun + Noun (Ot + Ot). Masalan, a double-edged sword – ikki tomonlama foyda va zarar. – Noun + Adjective (Ot + Sifat). Masalan, a golden opportunity – oltin imkoniyat. – Noun + Verb (Ot + Fe’l). Masalan, a takeoff – ko‘tarilish. – Noun + Adverb (Ot + Ravish). Masalan, a breakthrough – kata muvaffaqqiyat. Gibbs va Nunhig kabi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha: “otli idiomalar kompozitsion emas, chunki ular alohida so‘zlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosini emas, balki ko‘chma ma’noni o‘z ichiga oladi” 7 . Til o‘rganuvchilar uchun bu qiyin, chunki ular butun idiomani so‘zma-so‘z talqin qilishdan ko‘ra, uni qat’iy ifoda sifatida o‘rganishlari kerak. Odatda, otli idiomalar metaforik asosga ega, ya’ni so‘zlarning yuzaki ma’nosini emas, figurativ (ko‘chma) ma’nosini olib keladi. Masalan, “a bitter pill” (achchiq dori) idiomasi, achchiqlikni, odatda, noxush yoki qabul qilish qiyin bo‘lgan narsa yoki holatni anglatadi. Iboralarning yana bir muhim xususiyati, ularning o‘zgarmas tuzilmasidir. Bir marta shakllanganidan so‘ng, frazal ifodalarning tarkibiy qismlari odatda belgilangan tartibda qoladi va ularni o‘zgartirishni yoki almashtirishni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. Masalan, “a wild goose chase” (behuda izlanish) idiomasi ma’lum bir tartibda ishlatiladi va “a chase of wild goose” (yovvoyi o‘rdakni quvish) deb o‘zgartirilsa, bu grammatik jihatdan noto‘g‘ri bo‘ladi. Quyida bir qancha ingliz tilida ot so‘z turkumiga kiruvchi iboralarning yuzaki hamda ko‘chma ma’nosini ko‘rib chiqamiz. – A change of heart. Yuzaki ma’nosi: Yurakdagi o‘zgarish (emotsional yoki jismoniy holatni ifodalaydi). Ko‘chma ma’nosi: Biror narsaga yoki odamga bo‘lgan fikr yoki munosabatning o‘zgarishi. – A dark horse. Yuzaki ma’nosi: Qora rangdagi ot. 7 Raymond W.Gibbs. Cognitive Linguistic Studies of Language Cognition in Cultural Contexts. – Benjamins, 2024. – P. 67-71.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 638 Ko‘chma ma’nosi: Tanish bo‘lmagan yoki e’tibor bermagan odam yoki raqib, lekin kutilgan natijaga erishadigan yoki g‘alaba qozonadigan. – A chip off the old block. Yuzaki ma’nosi: Eski toshning kichik parchasi, kattasiga o‘xshash shaklda. Ko‘chma ma’nosi: Ota-onasiga juda o‘xshash bo‘lgan odam, ayniqsa tashqi ko‘rinish yoki xulq-atvor jihatidan. Gibbs ta’kidlaganidek: “odamlar frazeologik ifodalarni yuzaki va figurativ tarzda qayta ishlashadi. Otli brikmalarning tuzilishi miyada kognitiv qarama-qarshilik keltirib chiqarishi mumkin, chunki dastlabki shakliy talqin figural ma’no bilan ziddiyatga keladi. Vaqt o‘tishi bilan, iboraga bo‘lgan tanishlik miyada kognitiv yukni kamaytiradi, bu esa frazal birliklarni tezroq va avtomatik tarzda qo‘llash imkonini beradi” 8 . Frazemalarni o‘rganish tilshunoslikda juda muhim, chunki ular tilning tabiiy rivojlanishini, madaniyatni va odamlarning fikrlash usullarini aks ettiradi. Kovecses, Kassiari va Glukksberg kabi tadqiqotchilar idiomalar madaniy kontekstda chuqur singdirilganligini ta’kidlaydilar. “Iboralarining tuzilishi bevosita tarjima qilib boʻlmaydigan madaniy metafora va qadriyatlarni aks ettirishi mumkin” 9 . Idiomalarning madaniy nisbiyligi sotsiolingvistlar uchun qiziqish sohasi bo‘lib, ular ba’zi idiomalar ma’lum bir madaniy kontekstdan tashqari so‘zlovchilar uchun hech qanday ma’noga ega emasligini ta’kidlaydilar. Bu ma’noda, frazemalarni semantik tasniflash tilshunoslikning muhim tarmoqlaridan biridir, chunki u frazemalarning ichki ma’nolarini, ularning kontekstda qanday ishlatilishini va semantik jihatdan qanday toifalarga bo‘linishini o‘rganadi. Semantik tasniflash frazemalarni turli kategoriyalarga ajratishni, ularning ma’nosini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Bunday tasniflash tilshunoslarga frazemalarning ma’no strukturasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu jarayonda frazemalarning asl ma’nolari, ularning o‘zgaruvchan kontekstlari va ularning ko‘plab ma’nolarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Frazemalarni semantik tasniflashda ularning ishlatilish nuqtayi nazaridan farqlanishi kerak bo‘lgan bir nechta kategoriya mavjud, masalan, frazemalar figurativ yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’noda ishlatilishi mumkin. Semantik tasniflash frazemalarning tildagi o‘rnini va ularning kommunikativ funksiyasini aniq belgilashga imkon beradi. Misol uchun, ba’zi frazemalar ko‘proq emotsional ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatiladi, boshqalari esa ma’lum bir fikrni ifodalash uchun o‘ziga xos uslubda ishlatiladi. Frazemalarning semantik tasniflanishi bu yo‘nalishlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ham aniqlaydi, chunki 8 Raymond W.Gibbs. Cognitive Linguistic Studies of Language Cognition in Cultural Contexts. – Benjamins, 2024. – P. 95-110. 9 Kövecses Z. Metaphor in culture: Universality and variation. – Cambridge University Press, 2005.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 639 frazemalar nafaqat so‘zning ma’nosini, balki uning ijtimoiy kontekstdagi rolini ham o‘rganadi. Shu bois, frazemalarni semantik tasniflash tilshunoslikdagi muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u tilning boyligini, uning ijtimoiy va madaniy o‘zgaruvchanligini o‘zida aks ettiradi. Bu jarayon frazemalarning turli semantik kategoriyalarga bo‘linishini aniqlashda yordam beradi va tilni chuqurroq tushunishga imkon yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abduraxmonova N. Mashina tarjimasi: lingvistik asoslar. – T.: Akademnashr, 2012. – 160 b. 2. John McHardy Sinclair. How to use Corpora in Language Teaching. – John Benjamins Publishing, 2004. – 182 p. 3. Кунин А.В. Фразеoлoгия сoвременнoгo английскoгo языка. – М.: Междунарoдные Oтнoшения, 1972. – 288 c. 4. Schmitt, N. Vocabulary in language teaching. – New York: Cambridge University Press. 2000. – 148 p. 5. Ronald L. Concept, Image, and Symbol: The Cognitive Basis of Grammar. – New York, 1991. – P. 65-73. 6. Noam Chomsky and Maurice Gross. From The Concept Of Transformation In Harris And Chomsky To The Lexique-Grammaire Of Maurice Gross. – Sankt peterburg, 2011. – P. 78–81. 7. https://www.sketchengine.eu/