scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PORTRET CHIZGILARI VA UNING RIVOJLANISHI

Bozorova, Hamida Shukrilloyevna

Abstract

Ushbu maqolada portret chizgilari, devoriy rasmlar, chizgilar va ularning rivojlanishi haqida yetarli ma’lumotlar keltiriladi. Ma’lumotlar faktlarga asoslanib xulosalanadi.

Full text

“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 206 DOI: https://10.5281/zenodo.17522162 PORTRET CHIZGILARI VA UNING RIVOJLANISHI Bozorova Hamida Shukrilloyevna Buxoro viloyati, Kogon shahar 11 - maktab tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi ABSTRACT This article provides enough information about portrait drawings, poster pictures, drawings and their development. The data are summarized based on Fakt. Keywords: drawing, mural, portet, cartoon, gaze, poetic creativity, composition. ANNOTATSIYA Ushbu maqolada portret chizgilari, devoriy rasmlar, chizgilar va ularning rivojlanishi haqida yetarli ma’lumotlar keltiriladi. Ma’lumotlar faktlarga asoslanib xulosalanadi. Kalit so‘zlar: Chizma, devoriy asar, portet, chizgi, nigoh, poetik ijod, kompozitsiya. Ma’lumki, Portret sanʼati qadimda paydo boʻlgan. Qadimgi Misrda Portretning noyob namunalari (haykaltaroshlikda — Exnaton, Nefertiti va b. haykallar) yaratiladi. Yunonistonda shoir, faylasuf va davlat arboblarining umumlashma, ideallashtirilgan haykallari ishlandi (haykaltarosh Alopekli Demetriy, Lisipp va b.), ellinizm davrida dramatik obrazlar yaratishga intilish kuchaydi. Antik davr xaykaltaroshlik Portreti Qadimgi Rim sanʼatida yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, aniq shaxsga eʼtibor oshdi. Portretda shaxsning individual fazilatlarini aniq koʻrsatish, ruhiy kechinmalarini ochish jarayoni sezilarli oʻrin egalladi, haykal va “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 207 byustlar bilan bir katorda tanga va medallar, gemmalarga Portret, shuningdek, rangtasvir Portret ishlash keng tarqaldi. Uygʻonish davrida Portretning rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika turlari yuksak taraqqiy etdi. Faol, oʻz qadr-qimmatini biladigan qoʻrqmas, jasur inson qiyofasi bu davrning bosh qahramoniga aylandi. Borliqni ilmiy asosda oʻrganish va shu bilimlarni amaliyotda qoʻllashga intilishlar Portretning yangi tizimini yuzaga keltirdi. Endilikda tasvirlanuvchi noreal makon va muhitda emas, balki insonga yaqin boʻlgan tabiat qoʻynida aks ettirildi. O‘tmishda buyuk musavirlar kishi ko‘rganda tahsin o‘qiydigan devoriy rasm bezaklarni ko‘p ishlaganlar. Ulardan ma’lumlarini muborak nomlarini hurmat bilan eslaymiz. Shunday moniysifat zamondosh rassomlardan biri Chingiz Axmarovdir. Biz uning mo‘y qalamida jilo totgan nafis devoriy rasmlarini qayerda ko‘rmaylik maftub bo‘lamiz va qayta – qayta boqamiz. Chingiz Ahmarov ham zukko san’atshunos ham taniqli murabbiy edi. U ayni chog‘da O‘zbek milliy tasviriy san’atini yuksak pog‘onaga ko‘targan ulkan xizmatlari uchun ko‘plab davlat mukofatlariga sazovor bo‘lgan. Buyuk mussavirda yaqin sharq va o‘rta osiyo xalqlarining hayoti ijodiga bo‘lgan qiziqish, o‘sha kezlarda nish o‘rgan. 50-yillarda rassom Moskva, Kozon , Dnepropetrovsk, Kemerevo shaharlarida asosan mahobatli devoriy asarlar ustida ishladi. 1961-yildan boshlab Chingiz Axmarov yana O‘zbekistonda ijod qila boshladi. "A’lochi qiz", "Rahima", "Balerina", Rassom "Temurov portreti", "Mukarrama Turg‘unboyeva", "Zulfiya " kabi portretlari yaratdi. Ayniqsa shoira "Zulfiya portreti"da nozik chizgilar bilan gavda va qo‘lholati, liboslar o‘ziga xos go‘zal holatda ifodalagan. Shoirning samimiyligi, yoqimtoy nigohi chuqur poetik ijod sohibi ekanligi sezilibturadi. Chingiz Axmarov zamonaviy o‘zbek ayolini ziyo tarqatuvchi ma’naviyboyligini, ichki go‘zaligi ochib bergan. Chingiz Axmarov ko‘p yillar davomida Kamoliddin Behzod nomli Toshkent milliy rassomchilik va dizayn institutida kafedra mudiri, professor bo‘lib ishladi. Ko‘plab o‘zbek "monu-mental"chi rassomlarni yetishtirib chiqaradi va o‘ziga xos mahobatli kompozitsiya san’ati maktabini yaratdi. 1953yili Repin nomidagi Leningrad badiiy akademiyasi institutini Rahim Axmedov, Ne’mat Qo‘ziboyev, T.Oganesov, “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 208 M.Saidov, V.Zelikov, Muxina nomidagi oliy san’at bilim yurtini V.Jmakin , V.Sosedovlar (1954-1955). Vasiliy Surikov nomidagi Moskva rassomchilik institutini Yusuf Yelizarovlar tamomlab yangi kuch va ishtiyoq bilan san’at olamiga kirib kelishdi. Ijod bilan bir qatorda Pavel Benkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga saboq berishdi. Bu yerda dastlab O.Tatevosyan, V. Podgurskiy, M.Shchurovskiy, R.Ahmedov , A.Krivonos, N.Qo‘ziboyev, pedagogika institutida Yu.Yelizarov, M.Saidov, T.Oganesov, V. Yurovskiylar tasviriy san’at asoslaridan yoshlarga dars berishdi. Ayniqsa, Rahim Ahmedov tashabbus ko‘rsatib, ko‘p mehnat qildi. Shijoatli olov qalbli buinson keyinchalik butun umrini O‘zbekiston tasviriy san’at maktabini tashkil topib , rivojlanishiga bag‘ishladi. Samarali mehnati va ijodi uchun nufuzli davlat mukofotlari, orden, medallariga sazovor bo‘ldi. Rossiya Badiiy Akademiyasi Muxbir a’zosi, O‘zbekiston Badiiy Akdemiyasini Akademigi professor Rahim Ahmedov institutida ijod laboratoriyasini, tasviriy san’atbilimlarini ochdi, keyinchalik aspirantura tashkil qildi. Uning maqsadi yosh iqtidorli rassomlarni tarbiyalab o‘qitish va O‘zbekiston tasviriy san’atini rivojlantirishdan iborat edi. 1507—10 yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida boʻldi. Bu davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yil Hirot shahri safaviylar qoʻliga oʻtadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm oʻrgatishi uchun Behzodni oʻz saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi, 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni oʻz kutubxonasidagi kitobat axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarkoʻb, lojuvardshoʻy va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham Behzod katta obru va eʼtiborga ega boʻlgan. Tabrizda Behzod Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning maʼlumotiga koʻra, Behzod hayotining oxirida ona shaxri - Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri Koʻhi Muxtorning (hozirgi Afg‘oniston hududida) xushmanzara joyida joylashgan. Oʻrta Sharqda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yoʻnalishini belgilab bergan Behzod ijodi uning “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 209 zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. Behzod oʻzidan oldingi rassomlar anʼanalarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan boʻlib, ular oʻzaro uygʻun. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va taʼsirchan tasvirlangan. Saʼdiyning "Boʻston" asari qoʻlyozmasi (1478, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) rasmlari, Attorning "Mantiq-ut-tayr" asari qoʻlyozmasiga (1483, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida) 1487-yil chizilgan rasmlar, Navoiyning "Hamsa" qoʻlyozmasiga (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi Jon Reylands kutubxonasida) ishlangan 13 rasmning "Paygʻambar oʻz sahobalaribilan", "Xoja Abdulloh Ansoriy darvishlar bilan suhbatda", "Moniy Baxromga Diloromning rasmini koʻrsatmoqda" va boshqa miniatyuralar Behzodga nisbat beriladi. Saʼdiyning "Boʻston" asarining Misr nusxasi (1488, Qohiradagi Milliy kutubxonada) rasmlari (qoʻlyozmani xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan, naqshlarni Yoriy Muzahqib yaratgan) —12 rasmdan 6 tasida Behzodning imzosi bor: "Sulton Husayn saroyida ziyofat" (qoʻsh rasm), "Doro va otboqarlar", "Masjiddagi bahs", "Olimlar suhbati", "Zulayhoning Yusufga iltijosi" nomli rasmlar Behzod tomonidan yaratilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari qoʻlyozmasining (1467, AQSH, Baltimordagi Jon Xopkins universitetida) xattot Sherali koʻchirgan nusxasidagi 12 miniatyuraning 8tasi (15-asr 90-yillari) Behzod asaridir. Rasmlarda rasmiy qabul, jang lavhalari, qalʼa qamali bilan bir qatorda Samarqanddagi Bibixonim masjidi qurilishini tasvirlovchi qoʻshaloq rasm ham mavjud. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining xattot Sulton Muhammad Nur koʻchirgan nusxasiga (1528, Hirot, Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) Behzod rasmlar chizgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Umarov A., Chingiz Ahmarov, T., 1974; Chingiz Ahmarov: Albom, T., 1982.Abdulhay Umarov. 2. R. Xasanov. Maktabda tasviriy san’at o‘qitish mеtodikasi. -T.: “Fan”.2004 5. S.