scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLAR TADBIRKORLIGI: IQTISODIY SAMARADORLIK VA EKOLOGIK XAVSIZLIK UYG'UNLIGI

Raxmatullayeva Feruza Azimovna; Avazbekov Abdulfayz To'xtarali o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada yoshlar tadbirkorligining iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Unda yosh tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalari, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga joriy etishdagi faoliyati hamda ekologik barqaror ishlab chiqarish tizimlarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, maqolada ekologik xavfsizlikni saqlagan holda iqtisodiy foyda olishning zamonaviy mexanizmlari, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 53 YOSHLAR TADBIRKORLIGI: IQTISODIY SAMARADORLIK VA EKOLOGIK XAVSIZLIK UYG‘UNLIGI Raxmatullayeva Feruza Azimovna Qo‘qon universiteti Andijon filiali Iqtisodiyot va moliya kafedrasi v.b.dotsenti. E-mail: [email protected] Avazbekov Abdulfayz To‘xtarali o‘g‘li Qo‘qon Universiteti Andijon Filiali Iqtisodiyot 25_06. E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17522249 Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar tadbirkorligining iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Unda yosh tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalari, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga joriy etishdagi faoliyati hamda ekologik barqaror ishlab chiqarish tizimlarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, maqolada ekologik xavfsizlikni saqlagan holda iqtisodiy foyda olishning zamonaviy mexanizmlari, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: yoshlar tadbirkorligi, ekologik xavfsizlik, yashil biznes, iqtisodiy samaradorlik, yashil iqtisodiyot. YOUTH ENTREPRENEURSHIP: THE HARMONY OF ECONOMIC EFFICIENCY AND ECOLOGICAL SECURITY Abstract. This article analyzes the role of youth entrepreneurship in increasing economic efficiency and ensuring environmental security. It highlights the innovative ideas of young entrepreneurs, their activities in implementing the principles of the "green economy" in practice, and their role in forming environmentally sustainable production systems. The article also analyzes modern mechanisms for obtaining economic benefits while maintaining environmental security, opportunities and support programs created by the state. The results of the study show that it is possible to ensure a balance between economic growth and environmental sustainability through the development of youth entrepreneurship. Keywords: youth entrepreneurship, environmental security, green business, economic efficiency, green economy. МОЛОДЕЖНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО: ГАРМОНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ И ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ Аннотация. В статье анализируется роль молодежного предпринимательства в повышении экономической эффективности и обеспечении экологической безопасности. Освещены инновационные идеи молодых предпринимателей, их деятельность по внедрению принципов «зеленой экономики» на практике, а также их роль в формировании экологически устойчивых производственных систем. Анализируются современные механизмы получения экономической выгоды при сохранении экологической безопасности, возможности и программы поддержки, созданные государством. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 54 Результаты исследования показывают, что обеспечить баланс между экономическим ростом и экологической устойчивостью можно посредством развития молодежного предпринимательства. Ключевые слова: молодежное предпринимательство, экологическая безопасность, зеленый бизнес, экономическая эффективность, зеленая экономика. Kirish So‘nggi yillarda mustaqil O‘zbekistonimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishbu bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish, mahalliy va milliy iqtisodiyotning o‘sishiga hissa qo‘shish hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Yoshlarning iqtisodiy faoliyatda ishtirokini kengaytirish, ularga startaplarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsad qilinmoqda. Biroq, iqtisodiy samaradorlikni oshirish bilan bir qatorda, ekologik xavfsizlikni ta’minlash ham dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bugungi kunda har qanday iqtisodiy faoliyat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki innovatsion loyiha atrof-muhitga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda iqtisodiy manfaatdorlik va ekologik barqarorlik uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham yoshlarga ekologiyani buzmagan holda tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam va yo‘nalish ko‘rsatishimiz kerak. Tahlil va natijalar Yosh tadbirkorlarning ekologik xavfsizlikdagi o‘rni atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Ya’ni, tadbirkorlik faoliyati ekologiyaga zarar yetkazmasdan, atrof-muhitni himoya qilgan holda olib borilishi shart. Shu sababli yosh tadbirkorlar nafaqat iqtisodiy bilimlarni, balki ekologik savodxonlikni ham oshirishlari lozim. Bu esa jamoatga ijtimoiy va iqtisodiy zarar yetkazilish xavfini kamaytiradi. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi yoshlar orasida ommalashmoqda. U qayta tiklanuvchi energiya, chiqindisiz texnologiyalar, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Ekologik xavfsizlikni saqlagan holda iqtisodiy foyda olishning zamonaviy mexanizmlari deganda har qanday iqtisodiy rivojlanish ekologik xavf tug’diradi degan qarashlar keng ommalashayotgan bir davrda, iqtisodiy osishning ekologik jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holda amalga oshirilishi bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biridir. Ekologik barqarorlik nafaqat tabiatni mahofaza qiluvchilarning, balki butun insoniyatning oldidagi muhim vazifadir. Shu jumladan tadbirkorlik sektoridagi har bir mutahasis bu jarayonni hisobga olgan holda yengil sanoat, ishlab chiqarish, qurilish va bunyotkorlik masalalariga yondashsa davlatning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham ekologik manfaatdorligi oshishi, shubhasiz. O‘zbekiston hukumati yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator muhim institutsional va moliyaviy mexanizmlarni joriy qilgan. Jumladan: "Yoshlar daftari" tizimi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar uchun imtiyozli kreditlar va grantlar ajratilmoqda. Bu imkoniyat yoshlarning biznes boshlashiga katta yordam beradi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 55 "Yoshlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" orqali yangi biznes boshlayotgan yoshlar uchun boshlang‘ich kapital va konsalting xizmatlari taqdim etiladi. Bu nafaqat davlat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shadi, balki yosh tadbirkorlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. "Yoshlar-kelajagimiz" dasturi doirasida biznes g‘oyalarga moliyaviy yordam, o‘quv kurslari va startap loyihalar uchun grant tanlovlari tashkil etilmoqda. Ushbu dastur yoshlarning davlat uchun foydali bo‘lishini rag‘batlantiradi va biznes g‘oyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi. Ekologik yo‘nalishdagi startaplarni qo‘llabquvvatlash maqsadida "yashil texnologiyalar"ga investitsiyalarni rag‘batlantirish, soliq imtiyozlari va ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari joriy etilgan. Hududiy inkubatorlar va texnoparklar yosh tadbirkorlarga ish joylari, maslahatlar va texnik yordam ko‘rsatadi. Shu tariqa, yoshlarning vaqtini samarali rejalashtirish va bizneslarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. 1-jadval. O‘zbekiston viloyatlarida yoshlar tadbirkorligining iqtisodiy samaradorligi va ekologik xavfsizlik darajasi (2024-yil ma’lumotlari asosida) № Hudud (viloyat) Yoshlar tadbirkorlik subyektlari soni (mingta) O‘rtacha sof foyda (mln so‘m/yili ga) Foyda lilik daraja si (%) Ekologik xavfsizlik darajasi (1–5 ball) Ekologik yo‘nalish dagi loyihalar ulushi (%) Asosiy sohalar 1 Toshkent shahri 18,5 145 27,5 5 42 IT startaplar, xizmatlar, ekomarkazlar 2 Toshkent viloyati 12,4 110 25,0 4 35 Qayta ishlash, logistika, agrobiznes 3 Farg‘ona viloyati 10,1 95 23,8 4 33 To‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, ekoturizm 4 Andijon viloyati 9,8 90 22,0 4 30 Organik qishloq xo‘jaligi, xizmatlar 5 Namangan viloyati 8,9 87 21,5 3 28 Hunarmandchi lik, oziq-ovqat ishlab chiqarish 6 Samarqand viloyati 11,6 102 23,0 4 36 Eko-turizm, energiya tejovchi startaplar 7 Buxoro viloyati 9,3 92 22,7 4 34 Turizm, qayta tiklanuvchi energiya ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 56 8 Navoiy viloyati 6,5 85 20,5 3 26 Sanoat servis, chiqindi qayta ishlash 9 Qashqadaryo viloyati 7,8 88 21,0 3 27 Qishloq xo‘jaligi, kichik ishlab chiqarish 10 Surxondaryo viloyati 7,0 80 19,8 3 25 Agro-loyihalar, xizmat ko‘rsatish 11 Jizzax viloyati 6,9 82 20,0 3 24 Eko-qurilish, agrobiznes 12 Sirdaryo viloyati 5,5 76 19,5 3 22 Oziq-ovqat ishlab chiqarish, IT xizmatlar 13 Xorazm viloyati 8,0 89 21,2 4 29 Turizm, hunarmandchil ik 14 Qoraqalpog‘iston R. 6,2 78 19,0 3 23 Qayta tiklanuvchi energiya, agrobiznes Tahlillar shuni ko’rsatadiki, eng yuqori iqtisodiy samaradorlik Toshkent shahri (27,5%) va Toshkent viloyatida (25%) kuzatilgan, bu joylarda innovatsion startaplar va IT xizmatlari rivojlangan. Ekologik xavfsizlik darajasi eng yuqori Toshkent shahri, Buxoro va Samarqand viloyatlarida (4–5 ball), ekologik loyihalar ulushi respublika bo‘yicha o‘rtacha 30% atrofida, lekin poytaxt va markaziy viloyatlarda bu ko‘rsatkich 40% dan yuqori. Surxondaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo hududlarida iqtisodiy foydalilik nisbatan past (19–21%), bu ekologik innovatsiyalar kam qo‘llanilayotganidan dalolat beradi. Umuman olganda, ekologik xavfsizlik darajasi bilan foydalilik o‘rtasida bevosita ijobiy bog‘liqlik mavjud — ya’ni “yashil yondashuv” qo‘llangan hududlarda foyda barqarorroq. Yoshlar tadbirkorligida iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash quyidagi yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin: 1) Ekologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash: davlat grantlari va soliq imtiyozlari orqali “yashil” texnologiyalarni joriy etish rag‘batlantirilishi zarur; 2) Ta’lim va malaka oshirish: oliy ta’lim muassasalarida ekologik menejment va barqaror tadbirkorlik bo‘yicha kurslarni joriy etish lozim; 3) Hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish: yosh tadbirkorlar, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida ekologik loyiha hamkorligini kuchaytirish. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash nafaqat atrof-muhitni himoya qilish, balki iqtisodiy samaradorlikni uzoq muddatda mustahkamlash omilidir. Shu sababli, yosh tadbirkorlar o‘z biznes modelini “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida shakllantirishi maqsadga muvofiqdir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 57 Xulosa Yoshlar tadbirkorligi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim drayverlaridan biri bo‘lib, u nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratish, balki innovatsion va ekologik barqaror yechimlarni ishlab chiqish orqali jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlash yosh tadbirkorlarning faolligi va davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar orqali amalga oshadi. O‘zbekiston hukumati tomonidan joriy etilgan “Yoshlar – kelajagimiz”, “Yoshlar daftari” tizimi, “Yoshlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” kabi dasturlar yoshlarga nafaqat moddiy, balki bilim va tajriba jihatdan ham mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini yoshlar tadbirkorligi faoliyatiga tatbiq etish orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Yoshlar tadbirkorligi iqtisodiyotning eng faol va innovatsion segmenti hisoblanadi. Uni ekologik xavfsizlik bilan uyg‘unlashtirish esa nafaqat iqtisodiy foyda, balki ijtimoiy barqarorlikni ham ta’minlaydi. Tadqiqot asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish lozim; 2. Yoshlar tadbirkorligini “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi bilan integratsiya qilish O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasiga xizmat qiladi; 3. Ekologik mas’uliyatni oshirish orqali yoshlar jamiyatda yangi iqtisodiy madaniyatni shakllantiradi. Demak, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ekologik ongni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy rivojlanish va ekologik muvozanatga erishish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5044-son qarori, 2021-yil 13-aprel, “Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi, 2019-yil. 3. Porter, M. E., & van der Linde, C. (1995). Toward a new conception of the environmentcompetitiveness relationship. Journal of Economic Perspectives. 4. UNDP (2022). Youth Entrepreneurship and Green Growth. New York: United Nations. 5. Onabanjo, I. M., & Azeez, A. A. (2019). Green Entrepreneurship: Literature Review and Agenda for Future Research. International Journal of Entrepreneurial Knowledge, 7(2). ijek.org 6. Alzate, P., Mejía-Giraldo, J. F., Jurado, I., Hernandez, S., & Novozhenina, A. (2024). Research perspectives on youth social entrepreneurship: strategies, economy, and innovation. Journal of Innovation and Entrepreneurship, 13:49. SpringerOpen 7. Ortiqova, R. (2025). The Role of Uzbek Youth in Environmental Sustainability: Current Situation and Challenges. European International Journal of Philological Sciences, 5(06), 9–11. eipublication.com 8. Davlat statistika qo‘mitasi (2024). Yoshlar tadbirkorligi ko‘rsatkichlari to‘plami.