scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BMT NING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIDA MARKAZIY OSIYONING ROLI

Samida Abdumutalova Qamariddin qizi

Abstract

Ushbu maqola Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) da Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni va ahamiyati haqida. Kuzatishlar natijasida mintaqaning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi imkoniyatlari, muammolari va istiqbollari o’rganildi. Markaziy Osiyo davlatlarining BRM ga erishishdagi sa’y-harakatlari, xalqaro hamkorlik tajribalari va mintaqaviy integratsiya jarayonlari tahlil etildi. Maqolada Orol dengizi inqirozi, suv resurslari muammosi, iqtisodiy diversifikatsiya va ijtimoiy inklyuzivlik masalalari yoritildi.

Full text

Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 672 BMT NING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIDA MARKAZIY OSIYONING ROLI Samida Abdumutalova Qamariddin qizi O’zbekiston ISFT (International school of Technology and science) Üniversite öğrencisi E-mail: [email protected] +998931024606 Annotatsiya: Ushbu maqola Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) da Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni va ahamiyati haqida. Kuzatishlar natijasida mintaqaning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi imkoniyatlari, muammolari va istiqbollari o’rganildi. Markaziy Osiyo davlatlarining BRM ga erishishdagi sa’y-harakatlari, xalqaro hamkorlik tajribalari va mintaqaviy integratsiya jarayonlari tahlil etildi. Maqolada Orol dengizi inqirozi, suv resurslari muammosi, iqtisodiy diversifikatsiya va ijtimoiy inklyuzivlik masalalari yoritildi. Kalit so’zlar: Barqaror rivojlanish maqsadlari, Markaziy Osiyo, BMT, mintaqaviy hamkorlik, ekologik xavfsizlik, suv resurslari, iqtisodiy diversifikatsiya, Orol dengizi. Aннотация: В данной статье анализируется роль и значение культурной дипломатии в международных отношениях. В условиях современной глобализации концепция «мягкой силы» становится важным инструментом внешней политики государств. В статье рассматриваются механизмы дипломатического влияния через культуру, их эффективность, а также опыт Узбекистана в сфере культурной дипломатии. Кроме того, анализируется роль культурного обмена и национальных ценностей в укреплении имиджа страны на международной арене. Ключевые слова: Цели устойчивого развития, Центральная Азия, ООН, региональное сотрудничество, экологическая безопасность, водные ресурсы, экономическая диверсификация, Аральское море. Annotation: This article analyzes the role and significance of cultural diplomacy in international relations. In the context of modern globalization, the concept of “soft power” has become an important tool of states’ foreign policy. The article examines the mechanisms of diplomatic influence through culture, their effectiveness, and Uzbekistan’s experience in the field of cultural diplomacy. In addition, the role of Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 673 cultural exchange and national values in strengthening the country’s image on the international stage is analyzed. Annotation: Sustainable Development Goals, Central Asia, UN, regional cooperation, environmental security, water resources, economic diversification, Aral Sea. XXI asr xalqaro munosabatlarida global muammolarning o’sib borayotgani va ularning mintaqaviy o’lchovlardagi ko’rinishlari alohida e’tiborni talab etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda qabul qilingan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) jahon hamjamiyati oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi. 17 ta global maqsad va 169 ta ko’rsatkichdan iborat bo’lgan ushbu dastur 2030yilgacha global barqaror rivojlanishning yo’l xaritasini taqdim etadi. Markaziy Osiyo mintaqasi o’zining geografik joylashuvi, tabiiy resurslari, geosiyosiy ahamiyati va tarixiy-madaniy xususiyatlari bilan BRM ning amalga oshirilishida muhim rol o’ynaydi. Biroq, mintaqa bir qator murakkab muammolar bilan ham yuzmayuz turmoqda: Orol dengizi ekologik falokatining oqibatlari, suv resurslari bo’yicha davlatlararo muammolar, iqtisodiy diversifikatsiya zarurati, iqlimdagi o’zgarishlar ta’siri va ijtimoiy tengsizliklar. Taniqli amerikalik siyosatshunos Robert Keohane va Joseph Nye tomonidan ishlab chiqilgan “murakkab o’zaro bog’liqlik” (complex interdependence) nazariyasi mintaqaviy hamkorlikning zarurligi va global maqsadlarga erishishda davlatlararo aloqalarning muhimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Kennet Waltz ning neorealizm konsepsiyasi bo’yicha, mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan, ekologik tahdidlar, davlatlarning strategik manfaatlarini belgilaydi. Markaziy Osiyo mintaqasi jahonning eng muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy nuqtalaridan biri hisoblanadi. Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston kabi davlatlarni o’z ichiga olgan bu mintaqa Yevroosiyo materigining markazida joylashgan bo’lib, Xitoy, Rossiya, Eron, Afg’oniston va Janubiy Osiyo davlatlari bilan chegaradosh. Taniqli amerikalik geosiyosatshunos Zbigniew Brzezinski o’zining “The Grand Chessboard” (Buyuk shaxmat taxtasi) asarida Markaziy Osiyoni Yevroosiyo materigining “pivot zone” (muhim markazi) deb ta’riflagan va mintaqaning global kuch muvozanati uchun strategik ahamiyatini ta’kidlagan. Brzezinski ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoni nazorat qilish butun Yevroosiyo materigiga ta’sir o’tkazish imkonini beradi. Xalqaro munosabatlar nazariyotchisi Alexander Wendt konstruktivizm nuqtai Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 674 nazaridan Markaziy Osiyoning o’ziga xos madaniy va tarixiy identifikatsiyasi mintaqaviy hamkorlik va integratsiyaga katta ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydi. Mintaqada mavjud bo’lgan umumiy tarixiy meros, til va madaniy qiymatlar barqaror rivojlanishda muhim omil bo’la oladi. Markaziy Osiyo boy tabiiy resurslarga ega: neft, gaz, uran, qimmatbaho metallar, paxta va g’alla. BMT ning Ma’lumotlariga ko’ra, Qozog’iston jahonda eng yirik uran ishlab chiqaruvchi davlatdir, Turkmaniston tabiiy gaz zaxirlari bo’yicha dunyo bo’yicha 4o’rinda turadi. Ushbu resurslar barqaror rivojlanishning moliyaviy asosini yaratishi mumkin. Biroq, taniqli iqtisodchi Jeffrey Sachs “resource curse” (resurs la’nati) tushunchasini qo’llagan holda, tabiiy resurslarga haddan tashqari bog’liqlik iqtisodiy diversifikatsiya va barqaror o’sishga to’sqinlik qilishi mumkinligini ogohlantiradi. Shu sababli, BRM ning 8-maqsadi (munosib mehnat va iqtisodiy o’sish) va 9-maqsadi (sanoat, innovatsiya va infratuzilma) mintaqa uchun ayniqsa muhimdir. Xalqaro transport yo’llarining qayta tiklanishi, xususan, Xitoyning “Bir kamar, bir yo’l” tashabbusi Markaziy Osiyoga yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratmoqda. O’zbek iqtisodchisi va tahlilchi Eldor Tulyakov ta’kidlashicha, mintaqaning tranzit salohiyatidan to’liq foydalanish BRM ning 9-maqsadi (infratuzilmani rivojlantirish) amalga oshirilishiga katta hissa qo’shadi. Orol dengizi falokatini BMT “XX asrning eng yirik ekologik falokatlaridan biri” deb e’tirof etgan. Dengiz yuzasining 90% dan ortig’ini yo’qotishi mintaqada iqlimdagi o’zgarishlarga, biologik xilma-xillikning yo’qolishiga va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. BRM ning 6-maqsadi (toza suv va sanitariya), 13-maqsadi (iqlim o’zgarishiga qarshi kurash) va 15-maqsadi (quruqlikdagi hayot) Markaziy Osiyo uchun juda dolzarbdir. Garret Hardin ning “The Tragedy of the Commons” (Umumiy resursllar fojеаsi) konsepsiyasi Markaziy Osiyodagi transshegaraviy suv resurslaridan foydalanish muammosini tushuntirishda muhim ahamiyatga ega. Sirtqi suv resurslari bo’yicha davlatlararo kelishmovchiliklar mintaqaviy barqaror rivojlanishga to’sqinlik qilmoqda. Elinor Ostrom, Nobel mukofoti sovrindori, o’zining “Governing the Commons” asarida umumiy resurslarni boshqarishda mahalliy jamoalar va institutlar muhimligini ta’kidlagan. Markaziy Osiyoda suv resurslarini samarali boshqarish uchun mintaqaviy institutlarning kuchaytirilishi zarur. Markaziy Osiyo davlatlarining aksariyati to’liq xom ashyo eksportiga bog’liq bo’lib, iqtisodiy diversifikatsiya kam rivojlangan. BRM ning 8-maqsadiga (munosib mehnat Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 675 va iqtisodiy o’sish) erishish uchun iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangi ish o’rinlarini yaratish zarur. Daron Acemoglu va James Robinson “Why Nations Fail” asarida inklyuziv iqtisodiy institutlarning ahamiyatini ta’kidlaydilar. Markaziy Osiyoda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish, innovatsiyalarni rag’batlantirish va raqobat muhitini yaratish barqaror iqtisodiy o’sishning asosiy shartlaridir. BRM ning 1-maqsadi (qashshoqlikka barham berish), 3-maqsadi (sog’liq va farovonlik), 4-maqsadi (sifatli ta’lim) va 5-maqsadi (gender tengligini ta’minlash) Markaziy Osiyo davlatlari uchun ustuvor yo’nalishlardir. BMT ning ma’lumotlariga ko’ra, mintaqada hali ham ijtimoiy tengsizlik va ayrim guruhlarga nisbatan kamsitish muammolari mavjud. Amartya Sen ning “Development as Freedom” konsepsiyasi barqaror rivojlanishni shunchaki iqtisodiy o’sish sifatida emas, balki inson erkinliklari va imkoniyatlarini kengaytirish sifatida tushunishni talab qiladi. Markaziy Osiyoda ta’lim sifatini oshirish, sog’liqni saqlashni yaxshilash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish BRM ga erishishning muhim qismidir. Mintaqaviy integratsiya va hamkorlik Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi uchun kalit omil hisoblanadi. 2017-yilda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari konsultativ uchrashuvlari tizimi yaratildi, bu mintaqada yangi hamkorlik davri boshlanganini anglatadi. Robert Keohane ning institusional liberalizm nazariyasi davlatlararo hamkorlikda institutlarning muhim rolini ta’kidlaydi. Markaziy Osiyo Mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorligi (CAREC), Markaziy Osiyo milliy universiteti, Yashil texnologiyalar va investitsiya loyihalari markazi kabi tashkilotlar mintaqaviy institutlarning rivojlanishiga misol bo’la oladi. BMT, Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar Markaziy Osiyoda BRM ga erishishni qo’llab-quvvatlash uchun turli dasturlar amalga oshirmoqda. Joseph Nye ning “soft power” (yumshoq kuch) konsepsiyasi xalqaro hamkorlik va texnik yordamning mintaqa rivojlanishiga ijobiy ta’sirini tushuntirishga yordam beradi. BMT ning Markaziy Osiyo uchun maxsus dasturi (UN Special Programme for the Economies of Central Asia - SPECA) mintaqaviy barqaror rivojlanishni qo’llabquvvatlashda muhim rol o’ynamoqda. Shuningdek, BMT ning Barqaror Rivojlanishni Moliyalashtirish bo’yicha Addis-Abeba Harakati (Addis Ababa Action Agenda) mintaqada investitsiyalarni jalb qilishning muhimligini ta’kidlaydi. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 676 BRM ning 7-maqsadi (arzon va toza energiya), 9-maqsadi (sanoat va innovatsiya) va 12-maqsadi (mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish) yashil iqtisodiyotga o’tishni talab qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari qayta tiklanadigan energiya manbalarini (quyosh va shamol energiyasi) rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Klaus Schwab ning to’rtinchi sanoat inqilobi (Fourth Industrial Revolution) konsepsiyasi raqamli texnologiyalarning barqaror rivojlanishga hissasini ta’kidlaydi. Markaziy Osiyoda raqamlashtirishni tezlashtirish, elektron hukumat xizmatlarini rivojlantirish va raqamli savodxonlikni oshirish BRM ga erishishning muhim yo’llaridan biridir. BRM ning 16-maqsadi (tinchlik, adolat va kuchli institutlar) va 17-maqsadi (maqsadlarga erishish uchun hamkorlik) fuqarolik jamiyati va yoshlar ishtirokini ta’kidlaydi. Markaziy Osiyoda yoshlar aholining katta qismini tashkil etadi va ularning faol ishtiroki barqaror rivojlanishning kafolatlaridandir. Francis Fukuyama ning “The End of History and the Last Man” asarida demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati rivojlanishining barqaror taraqqiyotdagi roli ta’kidlanadi. Markaziy Osiyoda nodavlat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash, yoshlar tashkilotlarini rivojlantirish va fuqarolarning davlat qarorlarini qabul qilishda ishtirokini kuchaytirish muhimdir. Markaziy Osiyo mintaqasining BRM ga erishishdagi roli va ahamiyatini tahlil qilib, quyidagi xulosalarga keldim: Markaziy Osiyo o’zining strategik joylashuvi, boy tabiiy resurslari va katta aholisi bilan global barqaror rivojlanishda muhim rol o’ynashi mumkin. Biroq, mintaqaning salohiyatidan to’liq foydalanish uchun murakkab ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish zarur. Orol dengizi falokatining bartaraf etilishi va suv resurslaridan oqilona foydalanish mintaqaviy hamkorliksiz mumkin emas. Men, mintaqada yagona Suv resurslarini boshqarish institutini tashkil etishni taklif qilaman. Bu institut barcha Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirishi va suv resurslaridan adolatli foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishi kerak. Elinor Ostrom ning tajribasidan kelib chiqqan holda, mahalliy jamoalar va mintaqaviy institutlar o’rtasidagi hamkorlik muhim. iqtisodiy diversifikatsiya Markaziy Osiyo uchun hayotiy ahamiyatga ega. Jeffrey Sachs ning ogohlantirishi asosida, mintaqada xom ashyo eksportiga bog’liqlikni kamaytirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, sanoatni rivojlantirish va xizmatlar sohasini Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 677 kengaytirish zarur. Men, mintaqada birgalikda innovatsion klasterlar va texnologik parklarni yaratishni tavsiya qilaman. 1. Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish BRM ning asosiy shartlaridan biridir. Amartya Sen ning ta’kidlashicha, barqaror rivojlanish - bu inson imkoniyatlarini kengaytirish. Shu sababli, Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim sifatiga, ilm-fan va innovatsiyalarga investitsiya qilishlari kerak. Men, mintaqaviy universitetlar va tadqiqot markazlarini kuchaytirish, talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish tavsiya qilaman. 2. Yashil iqtisodiyot va raqamli transformatsiya Markaziy Osiyoning kelajagi uchun strategik yo’nalishdir. Klaus Schwab ning konsepsiyasi asosida, mintaqada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, sun’iy intellekt va “katta ma’lumotlar” texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish zarur. 3. Gender tengligi va yoshlar siyosati BRM ning muhim qismidir. Men, mintaqada ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy liftlar mexanizmlarini yaratishni taklif qilaman. 4. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy o’zaro bog’liqdir. Kenneth Waltz ning neorealizm nazariyasidan farqli o’laroq, Markaziy Osiyoda hamkorlikka asoslangan xavfsizlik arxitekturasini yaratish zarur. Bu yerda Robert Keohane va Joseph Nye ning murakkab o’zaro bog’liqlik nazariyasi ko’proq mos keladi. 5. Xalqaro hamjamiyat va donorlar bilan samarali hamkorlik BRM ga erishishning muhim omilidir. Biroq, ushbu hamkorlik o’zaro manfaatlar va mintaqaning o’z ustuvorliklari asosida qurilishi kerak. Joseph Nye ning “yumshoq kuch” konsepsiyasi Markaziy Osiyoning o’z identifikatsiyasi va qiymatlari asosida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishni talab qiladi. Markaziy Osiyo BMT ning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishda muhim hissa qo’shishi mumkin. Biroq, buning uchun mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, ekologik muammolarni hal etish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish zarur. Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlargina Markaziy Osiyoning barqaror va gullab-yashnagan kelajagini ta’minlay oladi. Xalqaro munosabatlar nazariyalari va taniqli siyosatshunoslarning tajribalari mintaqaning o’z Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 678 yo’lini topishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Brzezinski, Z. (1997). “The Grand Chessboard: American Primacy and Its Geostrategic Imperatives”. New York: Basic Books. 2. Keohane, R. O., & Nye, J. S. (2012). “Power and Interdependence” (4th ed.). Boston: Longman. 3. United Nations. (2015). “Transforming our world: the 2030 Agenda for Sustainable Development”. New York: United Nations. 4. Sachs, J. D. (2015). “The Age of Sustainable Development”. New York: Columbia University Press. 5. Ostrom, E. (1990). “Governing the Commons: The Evolution of Institutions for Collective Action”. Cambridge: Cambridge University Press. 6. Hardin, G. (1968). The Tragedy of the Commons. “Science”, 162(3859), 1243-1248. 7. Acemoglu, D., & Robinson, J. A. (2012). “Why Nations Fail: The Origins of Power, Prosperity, and Poverty”. New York: Crown Business. 8. Sen, A. (1999). “Development as Freedom”. Oxford: Oxford University Press. 9. Waltz, K. N. (2010). “Theory of International Politics”. Long Grove: Waveland Press. 10. Nye, J. S. (2004). “Soft Power: The Means to Success in World Politics”. New York: Public Affairs. 11. Schwab, K. (2017). “The Fourth Industrial Revolution”. New York: Crown Business. 12. Fukuyama, F. (2006). “The End of History and the Last Man”. New York: Free Press. 13. UNDP. (2022). “Human Development Report 2021/2022: Uncertain Times, Unsettled Lives: Shaping our Future in a Transforming World”. New York: United Nations Development Programme.