AKADEMIK ESHKAK ESHUVCHILARNING EGILUVCHANLIK SIFATINI MAXSUS MASHQLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Akademik eshkak eshish sport turi dunyo miqyosida murakkab turlardan biri hisoblanadi. Soʻngi yillarda xalqaro turnilarda sport natijalarining uzluksiz oʻsib borishi, raqobatni yanada rivojlantirishiga sabab boʻlmoqda. Shu boisdan ham akademik eshkak eshish sportining turlari xususan juft va toq eshkakli qayiqlarda jismoniy sifatlarni takomillashtirish bugungi olimlar va murabbiylarning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 218 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17522653 AKADEMIK ESHKAK ESHUVCHILARNING EGILUVCHANLIK SIFATINI MAXSUS MASHQLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH Azimov Zikirillo Nasrullo o‘g‘li O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univeriteti, PhD, dotsent Mirxalilova Dilnozaxon Ilxomjon qizi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univeriteti, magistranti Kirish. Akademik eshkak eshish sport turi dunyo miqyosida murakkab turlardan biri hisoblanadi. Soʻngi yillarda xalqaro turnilarda sport natijalarining uzluksiz oʻsib borishi, raqobatni yanada rivojlantirishiga sabab boʻlmoqda. Shu boisdan ham akademik eshkak eshish sportining turlari xususan juft va toq eshkakli qayiqlarda jismoniy sifatlarni takomillashtirish bugungi olimlar va murabbiylarning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maqsad. Tadqiqotimizning maqsadi juft va toq eshkakli qayiqlarning egiluvchanlik sifatini maxsus mashqlar orqali takomillashtirish. Musobaqa jarayonida egiluvchanlik ko‘rsatkichlari orqali jarohatlarni oldini olish va turli xil sharoitlarga mostlashish. Metodikalar. Tadqiqot ishida takroriy va aylanma usullardan foydalanildi. Tajribada 10-12 yoshli o‘quv mashg‘ulot guruhidagi 16 nafar sportchilar qatnashdi. Tajriba guruhida 8 nafar Nazorat guruhida esa 8 nafar sportchilar kuzatuv jarayoniga olindi. Tajriba guruhiga maxsus mashqlardan Kuper 6-minut hamda 2000m masofalari qo‘llanilindi. Natijalar tadqiqotdan oldin va tadqiqotdan so‘ng olindi. Natijalar. Tajriba guruhi va nazorat guruhiga tadqiqotdan oldin Kuper va 2000m testlari berildi va natijalari aniqlab olindi. Tadqiqot davomida tajriba guruhiga
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 219 egiluvchanlik sifatini takomillashtirish uchun 4 oy davomida maxsus mashqlar berildi. Nazorat guruhiga ega mashg‘ulot qanday o‘tkazilgan bo‘lsa shunday davom ettirildi. Tadqiqot yakunida Tajriba va Nazorat guruhlaridan yana test ko‘rsatkichlari olindi hamda ular tadqiqotdan oldingi natijalar bilan taqqoslandi. Natijalardan ko‘rish mumkinki Taqdiqot guruhi tajribadan oldin Kuper testida 6-minutda 1050m masofa bosib o‘tgan bo‘lsa tadqiqotdan so‘ng 1150m masofa ko‘rsatkichlarini qayd etdi. Natijalardan ko‘rish mumkinki natija 100m masofaga yaxshilangan. Tajriba va nazorat guruhi shug‘illanuvchilarining taqdiqotdan oldin va tadqiqot keyin suvda ko‘rsatgan maxsus test natijalari o‘zgarish farqlari. 1-jadval № Tadqiqotdan oldi Tadqiqot so‘ngida O‘zgargan farq Kuper 6minut (km) 2000m (minut) Kuper 6-minut (km) 2000m (minut) Kuper testi 2000m TG 1050m (1.05km) 9:21 1150m (1.15km) 8:57 100m (0.1km) 24soniya NG 1040m (1.04km) 9:26 1090m (1.09km) 9:12 50m (0.05km) 14soniya Shunday qilib 2000m testida ham Tajriba guruhi 9:21 minutda berilgan masofani bosib o‘tgan bo‘lsa, tadqiqotdan so‘ng 8:57 minutda ya’ni 24 soniya farq bilan ko‘rsatkichlarni yaxshilagan. Yuqorida ko‘rinib turibdiki Nazorat guruhining natijalari o‘zgargan bo‘lsada Tajriba guruhi kabi yuqori natijalar ko‘rsatilmagan. Quyidagi diogramma asosida o‘sish suratlarini ko‘rishingiz mumkin. (1-diogramma)
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 220 1-diogramma. Tajriba va Nazoat guruhlarining diogramma asosida tadqiqotdan oldi va tadqiqot so’ngida ko‘rsatgan natijalari. Xulosa. Tadqiqot soʻngida akademik eshkak eshish sportining juft va toq eshkakli qayiqlaridagi sportchilarda egiluvchanlik sifatini takomillashtirish, eshkak eshish fazalarida egiluvchanlikni talab etuvchi pozitsiyalarni saqlash toʻgʻri texnika va harakatlar amplitudasini toʻliq ochib berishga jarohatlarni oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa musobaqa faoliyatida egiluvchanlikni to‘liq namoyon etish, eshish fazalarida fokusni texnik-taktik harakatlarga qaratish masofani bir necha dolisekundlarda yaxshilangan xolda bosib o‘tishni taminlaydi. Mahg‘ulot davomida maxsus mashqlardan to‘g‘ri va takroriy bajarish egiluvchanlik sifatini takomilashtirishga yordam beradi. 1050 1040 920 926 1150 1090 857 912 100 50 240 140 0 200 400 600 800 1000 1200 1400 Kuper TG KuperNG 2000m TG 2000mNG Natija T.K T.O
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 221 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining 2015. 4 sentyabr “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” gi O‘RQ-394-son Qonuni. 2. Azimov Z. N. Research Of Training Loads On The Simulator “Concept-2” In The Preparation Of Youth In Academic Rowing //The American Journal of Applied sciences. – 2020. – Т. 2. – №. 11. – С. 104-109. 3. Абрамова, Т.Ф. Особенности пространственного положения туловища, таза и стопу высококвалифицированных спортсменов-мужчин различных видов спорта /Т.Ф. Абрамов, Т. М.Никитина, Н. И.Кочеткова, В. А. Красников // Вестник спортивнойнауки. - 2013. - №5. - С.58-65. 4. Абдуллаев А, Ханкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти. - Тошкент, ЎзДЖТИ. Дарслик, 2005. 219 б. 5. Бутин И. М., Викулов А. Д. Развитие физических способностей детей. – М.: Владос-Пресс, 2002. – 235 с. 6. Верхошанский Ю.В. Горизонты научной теории и методики спортивной тренировки //Теория и практика физической культуры. 1998. - ЛЪ 2. --С.21 -42.