Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 683 ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI TAHLIL QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Eshqorayev Javohir Zayniddin o`g`li Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi eshqorayevj[email protected]om Annotatsiya Mazkur maqolada jahon miqyosida boshqaruv hisobi tizimini shakllantirishning konseptual va metodologik asoslari keng yoritilgan. Tadqiqot davomida boshqaruv hisobining nazariy mazmuni, uning korxonalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli hamda ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Muallif tomonidan don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida boshqaruv hisobi tizimini samarali tashkil etish, javobgarlik markazlari faoliyatini yaxshilash, operatsion jarayonlarni byudjetlashtirish va zamonaviy xarajatlarni hisoblash usullarini joriy etish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada, shuningdek, boshqaruv hisobi tushunchasining turli mualliflar tomonidan berilgan talqinlari tahlil qilinib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan. Boshqaruv hisobi, boshqaruv tahlili va menejment o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib berilgan hamda “kontrolling” tizimining mohiyati, funksiyalari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, boshqaruv hisobi tizimini tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etish va unifikatsiyalash, ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlangan. Mazkur ilmiy ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda boshqaruv hisobi va tahlilini takomillashtirish orqali korxonalar faoliyatini samarali boshqarish, resurslardan oqilona foydalanish hamda boshqaruv qarorlarini ilmiy asosda qabul qilish mexanizmlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Kalit so‘zlar: boshqaruv hisobi, iqtisodiy tahlil, kontrolling, menejment, ishlab chiqarish xarajatlari, javobgarlik markazlari, byudjetlashtirish, iqtisodiy samaradorlik, boshqaruv qarorlari, don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari. Jahonda boshqaruv hisobi tizimini shakllantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganish va uning metodologik yo‘nalishlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar faol olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar natijasida boshqaruv qarorlarini
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 684 qabul qilish jarayonida boshqaruv hisobining samaradorligini oshirish, menejerlarni tezkor, ishonchli va aniq axborot bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator nazariy va amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan. Shunga qaramay, don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari misolida boshqaruv hisobini takomillashtirish, ishlab chiqarish xarajatlari tahlilining metodologik asoslarini chuqur ishlab chiqish masalalari hanuz to‘liq yechimini topmagan. Xususan, boshqaruvchi subyektlarda javobgarlik markazlarini samarali boshqarish, boshqaruv hisobi usullarini takomillashtirish, operatsion jarayonlarni byudjetlashtirish hamda xarajatlarni hisoblashning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish kabi yo‘nalishlarda hali ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. XX asrning ikkinchi yarmida G‘arb mamlakatlarida buxgalteriya hisobi moliyaviy va boshqaruv hisobi yo‘nalishlariga ajratildi. Natijada, bu ikki turdagi hisob o‘zaro farqlarga ega bo‘lgan, biroq bir-birini to‘ldiruvchi mustaqil yo‘nalishlar sifatida rasmiylashtirildi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari uchun buxgalteriya hisobi tizimini unifikatsiyalash bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, hisob tizimining nazariy asoslarini ishlab chiqishda turli tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarurati ham mavjud. Shu sababli, tarmoq standartlarini isloh qilish yoki buxgalteriya hisobini tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Biroq, buxgalteriya hisobi va audit sohalarida qabul qilinayotgan qonun va me’yoriy hujjatlar respublika miqyosida barcha xo‘jalik subyektlari uchun bir xil tartibda amal qiladi, bu esa unifikatsiyalashgan, biroq tarmoq xususiyatlarini qisman cheklovchi yondashuvni yuzaga keltirmoqda. Boshqaruv hisobi tushunchasining ilmiy adabiyotlardagi talqini Mualliflar Taʼriflar Ch.T.Xorngren “Boshqaruv hisobi – bu qandaydir obyektlarni boshqarish uchun zarur boʻluvchi axborotni identifikatsiyalash, oʻlchash, toʻplash, tizimlashtirish, tahlil etish, ajratish, inpretatsiyalash (sharxlash) va yetkazishdir. Uning sinonimi “ichki hisob” I.G.Kondratova boshqaruv hisobiga quyidagicha taʼrif bergan, “Boshqaruv hisobi – bu korxonaning rahbarlariga, mutaxassislariga boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ishlab chiqarishning oʻzgarib borayotgan sharoitlariga tezkor munosabat bildirish
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 685 uchun zarur boʻluvchi hisob. Uning materiallari tijorat siridan tashkil topishi mumkin” T.A.Karpova “Boshqaruv hisobi rejalashtirish, boshqaish va nazorat qilish maqsadlarida axborot yigʻish va unga ishlov berishni taʼminlaydi”. K.Druri “...korxonani boshqarish xarakteridagi, yaʼni choratadbirlarni qoʻllash, rejalashtirish, nazorat va tartibiga solish faoliyatlarni amalga oshirish uchun zaruriy boʻlgan maʼlumotlarni tayyorlash demakdir” A.A.Abdugʻaniyev “Boshqaruv hisobi - korxonaning ichki boshqaruvchilariga davr talablarini eʼtiborga olgan holda uni samarali boshqarishda, rejalashtirishida, tahlil va nazorat etishida hamda zaruriy chora-tadbirlarni belgilashida, ularni korxona faoliyatida qoʻllashida zarur boʻlgan aniq hisob maʼlumotlarini tezkor holda yetkazib beruvchi tizimdir” B.A.Xasanov “Boshqaruv hisobi - bu ichki xoʻjalik hisobining oʻtgan, hozirgi va kelgusi davr nuqtayi nazaridan korxona va uning tuzilmaviy boʻlinmalari xarajatlari va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi axborotni yaxlit holga keltirilgan taqdimidir” N.B.Abdusalomova Boshqaruv hisobi tizimi ichki nazorat maqsadlari va vazifalarining amalga oshirilishi orqali uning takomillashtirilishi boshqaruv kichik tizimlari (sotuv, taʼminot, narxni shakllantirish va h.k.)ning mantiqiy-tanqidiy tahlilini hamda tizimli-muammoli yondashuvini amalga oshirish imkonini beradi Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar korxonalarda boshqaruv hisobini samarali tashkil etishga yangicha yondashuv zarurligini ko‘rsatmoqda. Oziq-ovqat ta’minoti esa har doim keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy tarkibiy qismi sifatida e’tirof etiladi. Bugungi globallashuv sharoitida don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining faoliyatini tahlil etar ekanmiz, ularning samarali ishlashini ta’minlash, boshqaruvning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda boshqaruv hisobi tizimini izchil tashkil etish va moliyaviy
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 686 ko‘makni kuchaytirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda boshqaruv hisobi va tahlilini chuqur tadqiq etayotgan iqtisodchi olimlardan biri, professor B. Xasanovning fikricha, “Boshqaruv hisobini to‘g‘ri tashkil etish va o‘z vaqtida yuritish oqilona boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish, korxona faoliyatini rejalashtirish, tahlil va nazorat qilish imkonini beradi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi”. Shu bilan birga, u boshqaruv hisobi, boshqaruv tahlili va menejment o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ham asoslab bergan. Ilmiy tadqiqotlar davomida iqtisodchi olimlarning boshqaruv tahliliga oid qarashlari o‘rganilib, uning mohiyati quyidagi jihatlar orqali yoritilishi ma’lum bo‘ldi: iqtisodiy fanlar tizimida boshqaruv tahlilining tutgan o‘rni; boshqaruv tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘tkazilgan izlanishlar natijasida aniqlanishicha, “Boshqaruv tahlili — iqtisodiy tahlilning bir bo‘limi, boshqaruv hisobining ajralmas qismi bo‘lib, boshqaruv qarorlarini qabul qilishning asosi, korxonaning nafaqat hozirgi holatini, balki o‘tgan faoliyati hamda istiqbolini baholovchi ichki iqtisodiy tahlildir.” Bizning qarashimizga ko‘ra, kompleks boshqaruv tahlili — bu boshqaruv hisobining uzluksizligini ta’minlovchi tizim bo‘lib, unda operatsion, moliyaviy va investitsion boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash, natijalarni baholash va ularni yetkazib berish jarayonlari amalga oshiriladi. Shuningdek, boshqaruv tahlili boshqaruv hisobi va menejmentni o‘zaro bog‘lovchi asosiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqaruv hisobi, o‘z navbatida, boshqaruv tahlilining asosi bo‘lib, u korxonaning mavjud resurslaridan foydalanish darajasini hamda tashqi imkoniyatlarini tahlil qilish orqali boshqaruv qarorlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash va taqdim etishni ta’minlaydi. Zamonaviy boshqaruv hisobi Yevropa davlatlarida “kontrolling” atamasi bilan ifodalanadi va ayrim iqtisodiy manbalarda u boshqaruv, operativ, strategik hisob hamda ichki nazorat kabi turlarga ajratiladi. Ba’zi iqtisodchilar kontrollingni resurslardan samarali foydalanish jarayonini rejalashtirish va moliyaviy nazoratni amalga oshirish funksiyasi sifatida talqin etadi. Muallifning ta’kidlashicha, kontrolling tizimiga me’yorlashtirish (standartlashtirish) va prognozlashtirish elementlarini kiritish orqali ushbu funksiyani yanada to‘laqonli amalga oshirish mumkin. Shunday yondashuvdan kelib chiqib, kontrolling funksiyasi resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish jarayonlarini boshqarish bilan tavsiflanadi. Bizning fikrimizcha, bu holat shuni ko‘rsatadiki, ayrim mualliflar tomonidan keltirilgan tushunchalar bir-biridan aniq ajratilmagan, bu esa metodologik va amaliy jihatdan
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 687 qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Natijada, hisob, tahlil va nazorat jarayonlarida qabul qilinadigan qarorlarning bir-biriga aralashib ketishi korxona faoliyatini boshqarish tizimini murakkablashtiradi, bu esa o‘z navbatida boshqaruv samaradorligining pasayishiga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Eshqorayev Javohir Zayniddin o`g`li. (2025). QISHLOQ XO'JALIGI KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI. Journals journal of universal science research, 3(6), 242–246. https://doi.org/10.5281/zenodo.15757182 2. Xamidova S.Ya., Norboyev O. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda boshqaruv hisobining ahamiyati. // “Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning nazariy asoslari va ustuvor yoʻnalishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplami. 2016-yil 15-dekabr. – T.: TDIU, 2016. -308-310 betlar. 3. Xalqaro tajriba: ta’limni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYANING 156-160-betlari