scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TO'RTKO'L SHAHRINING TARIXIY SHAKLLANISH BOSQICHLARI VA O'LKASHUNOSLIKDAGI O'RNI

Allabergenova, Rushana O'rinboy qizi

Full text

“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 224 DOI: https://10.5281/zenodo.17523116 TO‘RTKO‘L SHAHRINING TARIXIY SHAKLLANISH BOSQICHLARI VA O‘LKASHUNOSLIKDAGI O‘RNI Allabergenova Rushana O‘rinboy qizi magistrant To‘rtko‘l tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 12sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Kalit so‘zlar: To‘rtko‘l, tarixiy-ulka tadqiqoti, Xorazm vohasi, arxiv manbalari, shahar madaniyati, mahalliy tarixshunoslik. KIRISH O‘zbekiston tarixining ajralmas qismi bo‘lgan Qoraqalpog‘iston o‘lkasining har bir qadimiy shahri o‘ziga xos tarixiy jarayonlarga, madaniy qatlamlarga va ijtimoiy taraqqiyot bosqichlariga ega. Ana shunday shaharlar sirasiga To‘rtko‘l shahri ham kiradi. Uning tarixini o‘rganish nafaqat mahalliy tarixshunoslik uchun, balki butun O‘zbekiston tarixiy-geografik taraqqiyotini to‘liq anglashda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. To‘rtko‘l tarixi orqali Markaziy Osiyoda urbanizatsiya jarayonining kechishi, suv resurslarining o‘zgarishi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning shakllanishi va mahalliy aholi hayot tarzining evolyutsiyasi haqida muhim xulosalar chiqarish mumkin. Shahar tarixi Xorazm vohasining umumiy taraqqiyot bosqichlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, qadimiy manbalar, arxiv hujjatlari, arxeologik topilmalar va xalq og‘zaki ijodi asosida yoritiladi. ASOSIY QISM To‘rtko‘l tarixining ilk bosqichlari haqida ma’lumotlar qadimiy yozma manbalarda uchraydi. Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajara-i-turk” asarida Xorazm vohasidagi qadimiy shaharlar, jumladan To‘rtko‘l atrofidagi hududlar tilga olinadi. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 225 XIX asrning 30-yillariga oid Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammadning “Dil-i-g‘aroib” asarida ham Amudaryo bo‘yidagi qadimiy maskanlar, suv tarmoqlari va aholining xo‘jalik faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Mahalliy tarixshunoslikda To‘rtko‘lning o‘rganilishi XX asrning o‘rtalarida, S.P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi faoliyati bilan yangi bosqichga ko‘tarildi. Keyinchalik S.K. Kamalov, R.Qosbergenov, A.Koshchanov kabi olimlar tomonidan To‘rtko‘l tarixining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish jarayonlari batafsil o‘rganilgan. Tarixiy manbalarda To‘rtko‘l XIX asr oxirida Petro-Aleksandrovsk nomi bilan tanilgan bo‘lib, Rossiya imperiyasi davrida Amudaryo bo‘limining ma’muriy markaziga aylangan. Bu davrda shahar ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlanib, savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Mustamlakachilik davrida barpo etilgan rus harbiy qal’asi, yangi binolar va infratuzilma To‘rtko‘lni Yevropa tipidagi shaharlar qatoriga olib kirdi. Sovet davrida esa To‘rtko‘l Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasining birinchi poytaxti sifatida alohida tarixiy ahamiyat kasb etdi. Bu davrda shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti jadal rivojlandi, yangi madaniy-ma’rifiy muassasalar barpo etildi. Shu bilan birga, Amudaryo o‘zani o‘zgarib, eski To‘rtko‘lning suv ostida qolishi natijasida yangi shahar joyi tanlandi. Bu jarayon mahalliy aholi hayot tarziga, madaniyatiga va shahar arxitekturasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. To‘rtko‘l tarixini o‘lkashunoslik asosida o‘rganishning muhim jihati shundaki, u nafaqat tarixiy voqealarni qayta tiklash, balki hududdagi madaniy merosni asrash, mahalliy xalq xotirasini ilmiy tahlil qilish imkonini beradi. Shahar haqidagi afsonalar — “to‘rt ko‘l”, “to‘rt qul”, “to‘rt burchakli uy” singari rivoyatlar — tarixiy haqiqatlar bilan uyg‘unlashgan holda xalqning tafakkuri, dunyoqarashi va tarixiy o‘zligini aks ettiradi. Arxiv manbalari, xususan, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar To‘rtko‘l tarixini chuqur o‘rganish imkonini beradi. Amudaryo bo‘limi boshlig‘ining 1878 yildagi hisobotlari, 1911 yildagi ocharchilikka oid ma’lumotlar, 1891 yilgi ro‘yxatlar va 1920-yillardagi sovet hukumatining qarorlari shahar hayotining turli bosqichlarini ilmiy asosda o‘rganish uchun asos bo‘lgan. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 226 XULOSA To‘rtko‘l shahrining tarixiy shakllanishi va o‘lkashunoslikdagi o‘rni Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qadimiy yozma manbalar, arxeologik topilmalar va arxiv hujjatlari asosida olib borilgan tahlillar shahar tarixining ko‘p qirrali ekanini ko‘rsatadi. To‘rtko‘lning tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish nafaqat mahalliy tarixshunoslikni, balki O‘zbekiston urbanistik madaniyatini ham yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. To‘rtko‘l shahrining tarixini o‘rganish orqali o‘tgan davr madaniyatini, ijtimoiy hayotni, xalq an’analari va qadriyatlarini ilmiy asosda anglash imkoniyati yaratiladi. Shu bois mazkur mavzu nafaqat tarixiy, balki ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Абулгазий. Шажара-и-турк (маъсул мухаррир ва сўз боши муаллифи Б.Ахмедов). – Ташкент, 1992. 2.Ахмедов Б. Историко-географическая литература о Средней Азии XVI-XVIII вв. – Ташкент, 1985. 3.Ата-Мирзаев О., Гентшке В., Муртазаева Р., Салиев А. Историкодемографические очерки урбанизации Узбекистана. – Ташкент: Изд-во «Университет», 2002. 4.Джумашев А., Нуржанов С., Уразова Л., Таджиева Р. Қарақалпақстан тарийхы (1991-2015 жыллар). – Нөкис: Илим, 2018.