scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING NUTQ MADANIYATINI

Boynazarova Nilufar Tilovmurot qizi

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida bo’lajak o’qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning usullari tahlil etilgan. Nutq madaniyati ta'lim jarayonining asosiy jihatlaridan biri sifatida o'qituvchining professional kompetensiyasini shakllantiradi. Zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchilarning nutq madaniyati o'quvchilar bilan samarali va ta'sirli muloqot o'rnatish, bilimlarni aniq va tushunarli tarzda etkazish, shuningdek, o’quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga yordam berishda muhim ahamiyatga ega.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 59 ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING NUTQ MADANIYATINI Boynazarova Nilufar Tilovmurot qizi Termiz davlat pedagogika institute Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi [email protected] +998991789735 Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida bo’lajak o’qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning usullari tahlil etilgan. Nutq madaniyati ta'lim jarayonining asosiy jihatlaridan biri sifatida o'qituvchining professional kompetensiyasini shakllantiradi. Zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchilarning nutq madaniyati o'quvchilar bilan samarali va ta'sirli muloqot o'rnatish, bilimlarni aniq va tushunarli tarzda etkazish, shuningdek, o’quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga yordam berishda muhim ahamiyatga ega. Kalit so’zlar: nutq madaniyati,ta’lim sifati, pedagog, rivojlanish, zamonaviy usullar. Abstract: This article analyzes the methods of improving the methodology of developing the speech culture of future teachers based on modern pedagogical approaches. Speech culture forms the teacher's professional competence as one of the main aspects of the educational process. In the modern education system, the speech culture of teachers is important in establishing effective and effective communication with students, conveying knowledge clearly and comprehensibly, as well as helping students' personal development. Key words: speech culture, quality of education, pedagogue, development, modern methods. Аннотация: В данной статье анализируются методы совершенствования методики развития речевой культуры будущих учителей на основе современных педагогических подходов. Культура речи формирует профессиональную компетентность учителя как один из основных аспектов образовательного процесса. В современной системе образования речевая культура учителей имеет важное значение для установления эффективного и результативного общения с учащимися, четкой и понятной передачи знаний, а также содействия личностному развитию учащихся. Ключевые слова: культура речи, качество образования, педагог, развитие, современные методы. O’qituvchilarning nutq madaniyati, pedagogik faoliyatda muvaffaqiyatning muhim omili sifatida ko'rib chiqiladi. Bu soha bo’yicha ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi - o'qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish, ta'lim jarayonida samarali muloqot o’rnatish va o’quvchilarga ta'sirli ta'lim berishni ta'minlashdir. Nutqiy kommunikativ layoqatning rivojlanishi bilan bog‘liq muammolar pedagogika va psilogiyaga oid asarlarda batafsil yoritilgan. Ular sirasiga G.S. Altshuller, V.I. Andreev, S.S. Goldektrixt, V.I. Zagvyazinskiy, V.A. Kan-Kalik, A.A. Kirsanov, M.I. Maxmutov, R.Safarova, X.Muxitdinova, Sh.Abduraimovalarning ishlarini ko‘rsatish mumkin. Nutq madaniyati muammolari taniqli tilshunoslar V.V. Vinogradov, B.N. Golovin, D.E. Rozental, G.O. Vinokur, N.Maxmuldov, X.Ne’matovlarning ishlarida batafsil ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 60 yoritilgan. Shaxslararo muloqot madaniyatini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy holatlar M.M. Baxtin, V.S. Bibler kabi olimlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan1 Tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchining nutqi ta'lim jarayonida samarali muloqot o’rnatishda muhim rol o'ynaydi. Nutq madaniyati nafaqat tilni to'g'ri ishlatishni, balki o'quvchilar bilan til orqali hissiy va intellektual aloqani o'rnatishni ham o'z ichiga oladi. Pedagogik nutqning samaradorligi o'qituvchining tilni ishlatish, muloqotda ishtirok etish va o’quvchilarni tinglash kabi ko'nikmalariga bog'liq. O’qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o'yinlar, debatlar va boshqa interaktiv metodlar qo’llaniladi. Bu metodlar o'qituvchilarning kommunikatsion ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bo‘lajak o‘qituvchi o‘z nutqini takomillashtirishi uchun ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga doimiy amal qilib borishi lozim: - o‘zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi; - o‘z-o‘zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilishi; - o‘zining nutqiy madaniyatini doimiy lozim Sodiqov H.bo‘lajak o‘qituvchi o‘z nutqini takomillashtirib borishi uchun amal qilishi bo’lgan jihatlar rivojlantirib borishi; - nutqiy muloqotnint barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini egallash uchun o‘ziga sharoit yaratishi. Zamonaviy pedagogika, shaxsga yo’naltirilgan ta'lim va interaktiv metodlar asosida bo’lajak o’qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ishlar ham mavjud. Tadqiqotchilar, pedagogik jarayonni interaktiv tarzda olib borish orqali, o'qituvchilarning nutq madaniyatini faollashtirishni ko’rib chiqadilar. Pedagogik texnologiyalar, internet resurslari va multimediya vositalari orqali o'qituvchilarga tilni yanada samara bilan ishlatish imkoniyatlari taqdim etiladi. Shuningdek, o'qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda guruh ishlari va rolli o'yinlar, muhokamalar orqali nutqni yaxshilashga yo’naltirilgan metodlar samarali natijalar ko'rsatadi. O'qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda psixologik va ijtimoiy omillarni hisobga olish muhimdir. Nutq madaniyati nafaqat tilning to'g'ri ishlatilishi, balki o'quvchilar bilan psixologik, emosional muloqot o'rnatishni ham o'z ichiga oladi. O'qituvchilarning shaxsiy xususiyatlari, psixologik tayyorgarlik va o'zaro munosabatlar ham nutq madaniyatining shakllanishiga ta'sir qiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilarning o'zini tutish, o'z fikrini aniq ifodalash va o'quvchilarni tinglash qobiliyatlari ularning pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalar va treninglar orqali o'qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqotlar ko'proq e'tibor qaratadi. O’qituvchilarga treninglar orqali nutqni to'g'ri ishlatish, o’quvchilarni tinglash va javob qaytarish kabi ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan metodlar taqdim etiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o'qituvchilarning treninglar va seminarlar orqali nutq madaniyatini oshirish ularga samarali pedagogik usullarni o'rgatadi va o'quvchilar bilan muloqotda bo'lishda ishonch hosil qilishlariga yordam beradi. Ilmiy asarlar tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, bo'lajak o'qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar, psixologik va ijtimoiy omillarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Nutq madaniyatini rivojlantirish o'qituvchilarga nafaqat tilni to'g'ri ishlatishni, balki o'quvchilar bilan samarali muloqot o'rnatishni va ta'lim jarayonini yanada samarali qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, treninglar, seminarlar va pedagogik texnologiyalar orqali o'qituvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini mustahkamlashning samaradorligi ko'rsatilgan. Bu metodikalarni takomillashtirish va o'qituvchilarning pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi. Quyida zamonaviy yondashuvlar asosida bo’lajak o’qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishga oid ba'zi ilmiy asarlar tahlil qilinadi. “O’zbek tilining izohli lug’ati”da. “ Nutq-fikrni so’z orqali ifodalash ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 61 qobiliyati mahorati”, - deb taqidlanishi bilan birga uning amaldagi, so’zlashuv jarayonidagi axamiyati va “Poetik nutq. Badiiy nutq. Og’zaki nutq. Jamoat nutqi oldida aytiladigan, o’qiladigan gap, vaz. Otashin nutq, xayajonli nutq. Notiqning nutqi. Nutq so’zlamoq. Nutqqa tayorlanmoq” kabi turlari korsatilgan. Xamdo’stlik mamlakatlari psixolog olimlari A.B. Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiylarning taqitlashicha: - “nutq-til vositasida inson faoliyatini o’zgartirishdagi, rivojlanishdagi muloqot shakli. Nutq shaxsiy faoliyatini nazorat qilish va boshqarish maqsadini axborot asosida amalga oshirish jarayoni. Psixologiyada nutq inson funktiyasi ruxiyatining oliy tizimi. Bu tafakkur, ong, xotira, xistuygular va boshqalar”. S. I. Ojegovning “ Словарь русского языка” lug’atida: 1. Nutq – bu gapirish qobiliyati. Nutqni o’zlashtirish. Nutq qiyinchiliklari. 1.Aniq ifodalangan nutq. San’at bilan chiroyli gapirish,nutq qilish. 2. Til mahoratining turli ko’rinishi. She’riy nutq,og’zaki nutq va yozma nutq. Gapirish nutqi. 3. Til jarangdorligi, musiqa nutqi, ko’p tilli nutq. 4. Gaplashish, suhbatlashish. Aqlli nutqni eshitish. 5. Ko’pchilik oldida so’zga chiqish. Notiq nutqi. Tabrik nutqi” O’zbekistonning faylasuf olimlaridan Y. Toirov, A. Choriyev, A. O’tamurodov, I. To’xtarov, J. Ramatovlarning ta’kidlashicha “ Nutqinson tomonidan ijtimoiytarixiy tajribani o’zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kimmunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy xarakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayoni. Nutq – axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish, aqliy toposhiriqlarni yechish faoliyatidan iborat. Agarda til aloqa vositasi bo’lsa, nutq esa aynan o’sha jarayonlarni amalga oshirishdir. Nutq rivojlanish davrlari: 1) 2 oydan 11 oygacha; 2) 11 oydan 19oygacha; 3) 19 oydan 3 yoshgacha”. Har qanday ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulot oldidan bir necha bor o‘z nutqingizni yozib olib tinglang va xatolaringizni tuzatishga harakat qiling, nutqingizni qaytarib mashq qiling. Nutqingizni rang-barang badiiy-adabiy so‘zlar bilan boyiting. O‘z taassurotlaringizni qo‘shgan holda boyitib, to‘ldirib boring. O‘qituvchi nutqining mukammalligi, tozaligi, ta’sirchanligi bilan o‘quvchilar e’tiborini jalb qiladi, ular qalbiga yo‘l topadi, hech qanday qiyinchiliksiz kasbiy pedagogik faoliyatida keladigan barcha ziddiyatlarni bartaraf etadi. Natijada o‘qituvchi pedagogik faoliyatda aslo toliqmaydi, asab tizimi doimo sog‘lom bo‘ladi Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni. – Toshkent: Prezident.uz, 2020. – 25 b. 2. G‘ulomov S. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 212 b. 3. To‘xtayeva M. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 185 b. 4. Qosimova K., Rasulova M. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol metodlar. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018. – 164 b. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Umumta’lim maktablarida ona tili fani bo‘yicha o‘quv dasturi. – Toshkent, 2022. – 48 b. 7. Мухтарова, Л. А. (2018). Развитие творческого мышления у школьников начальных классов. Гуманитарный трактат, (24), 9-10. 8. Kulmuminov, U., & Mukhtarova, L. (2023). POSSIBILITIES OF CREATIVE THINKING AND ITS MANIFESTATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Open Access Repository, ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 62 4(02), 81-84. 9. Lobar Mukhtarova, & Shahnoza Isakova. (2023). METHODOLOGY OF SPEECH DEVELOPMENT OF VISUALLY IMPAIRED STUDENTS. Academia Repository, 4(10), 360 371. Retrieved from 10. Mukhtarova Lobar Abdimannabovna, & Saidakhmatova Nafisa Soatmurod kizi. (2023). DEVELOPMENT OF READING UNDERSTANDING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Academia Science Repository, 4(04), 18–22. Retrieved from 11. Daminova Dilbar Melimurodovna, & Mukhtarova Lobar Abdimannabovna. (2023). PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF FORMING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS. Open Access Repository, 4(3), 971–976. 12. Erkin Babamuratov, Dzhuraeva Ulmashon, & Zhovliev Zhurabek. (2023). METHODS OF IDEOLOGICAL WORK FOR YOUTH WITH IDEOLOGICAL DEPRESSION. World Bulletin of Social Sciences, 27, 136-143. 13. Jorabek Jovliev. (2023). EDUCATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS IN THE SPIRIT OF NATIONAL AND GENERAL HUMAN VALUESTECHNOLOGY. Open Access Repository, 10(10), 51–55. 14. Erdanova Zamira Olimovna 2023/10/8 CONDITIONS OF USING AL-HAKIM AL TIRMIZI'S PEDAGOGICAL VIEWS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM Academia Repository 4, 15. Erdanova Zamira Olimovna 2023/10/8 THE CONTENT AND ESSENCE OF USING AL HAKIM AL-TIRMIZI'S PEDAGOGICAL VIEWS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM World Bulletin of Social Sciences 27, 18-22 16. Erdanova Zamira 2023/5/30 AL-HAKIM ATTERMIZIY QARASHLARIDAN OLIY TA`LIMDA FOYDALANISHNING AHAMIYATI Journal of Universal Science Research 1, 5, 1466-1471 17. Nilufar BOYNAZAROVA. (2023). NATURE AND HUMAN HARMONY IN PERSONAL MORAL DEVELOPMENT. World Bulletin of Social Sciences, 27, 6 9. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/3219 18. Social Nilufar Boynazarova. (2023). ISSUES OF ENVIRONMENTAL PROTECTION AND FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE OF PRIMARY CLASS STUDENTS. World Bulletin of Sciences, 27, 10-12. https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/3220 19. Retrieved from .Nilufar Boynazarova. (2023). FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN PRIMARY CLASS STUDENTS. Open Access Repository, 9(10), 99–102. Retrieved from https://oarepo.org/index.php/oa/article/view/3553 20. Boynazarova.N. (2023). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BUGUNGI KUNDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH. Interpretation and Researches, 2(1). извлечено от https://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/960