O'ZBEKISTONNING YEVROPA ITTIFOQI BILAN MUNOSABATLARI TARIXI
Abstract
Hozirgi kunda O‘zbekiston rivojlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Uning tarixiga nazar tashlasak, bugungi yutuqlarining asosiy sabablaridan biri — O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan turli yo‘nalishlarda iliq munosabatlarni yo‘lga qo‘ygani ekanini ko‘rish mumkin. Ushbu maqolada O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlilark yoritib beriladi.
Full text
80 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O’ZBEKISTONNING YEVROPA ITTIFOQI BILAN MUNOSABATLARI TARIXI Abdulbosit Abdugopporov Fayoziddin O’g’li Millat Umidi universiteti Biznes boshqaruvi fakulteti birinchi bosqich talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17523972 Annotatsiya. Hozirgi kunda O‘zbekiston rivojlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Uning tarixiga nazar tashlasak, bugungi yutuqlarining asosiy sabablaridan biri — O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan turli yo‘nalishlarda iliq munosabatlarni yo‘lga qo‘ygani ekanini ko‘rish mumkin. Ushbu maqolada O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlilark yoritib beriladi. Kalit so’zlar: Munosabatlar, Yevropa Ittifoqi, mamlakat, bitim, kelishuv, iqtisodiy, siyosiy, O’rtasidagi. HISTORY OF UZBEKISTAN'S RELATIONS WITH THE EUROPEAN UNION Annotation. Currently, Uzbekistan is one of the developing countries. If we look at its history, we can see that one of the main reasons for its current successes is that Uzbekistan has established warm relations with the European Union in various areas. This article will highlight the cooperation between Uzbekistan and the European Union in the political, economic, and cultural-humanitarian spheres. Keywords: Relations, European Union, country, agreement, agreement, economic, political, Between. ИСТОРИЯ ОТНОШЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА С ЕВРОПЕЙСКИМ СОЮЗОМ Аннотация. В настоящее время Узбекистан относится к числу развивающихся стран. Если обратиться к его истории, то можно увидеть, что одной из главных причин его нынешних успехов является установление теплых отношений с Европейским Союзом в различных областях. В данной статье будет рассмотрено сотрудничество Узбекистана с Европейским Союзом в политической, экономической и культурногуманитарной сферах. Ключевые слова: Отношения, Европейский Союз, страна, соглашение, экономическое, политическое, между. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan olib borgan siyosiy hamkorligi mamlakatlar o‘rtasida juda katta o‘rin tutadi. Bunday hamkorlik O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng yo‘lga qo‘yilgan. 1992-yil 15-aprel kuni tomonlar do‘stona va foydali hamkorlikni boshlash maqsadida O‘zaro anglashuv memorandumini imzolashgan. Oradan bir necha yil o‘tib, 1996yil iyun oyida Italiyaning Florensiya shahrida ular “Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim”ni imzolashgan. Bu bitim huquqiy kuchga ega bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlarning rasmiy asosini yaratgan. Shu kelishuv doirasida O‘zbekiston va YEI o‘rtasida 6 ta qo‘shma tashkilot tuzilgan. Ular turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi: Hamkorlik kengashi — eng yuqori darajadagi uchrashuvlar (odatda vazirlar yoki elchilar darajasida). Hamkorlik qo‘mitasi — kundalik ishlarni muhokama qiladigan qo‘mita. Parlament hamkorlik qo‘mitasi — O‘zbekiston va YEI parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtiradi.
81 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mita — savdo, biznes va sarmoya masalalari bilan shug‘ullanadi. Adliya, ichki ishlar va inson huquqlari bo‘yicha quyi qo‘mita — inson huquqlari va qonun ustuvorligi masalalariga e’tibor qaratadi. Taraqqiyot maqsadlarida hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mita — iqtisodiy rivojlanish loyihalari bilan shug‘ullanadi. 1995-yilda O‘zbekiston YEI bilan bevosita aloqa o‘rnatish uchun Bryusselda o‘z elchixonasini ochgan, 2011-yildan esa YEI Toshkentda o‘z vakolatxonasiga ega bo‘lgan. 2016-yildan keyingi davr O‘zbekiston uchun yangi bosqich bo‘ldi. Shu yildan boshlab mamlakat ochiq siyosat olib bora boshladi, ya’ni boshqa davlatlar bilan faolroq aloqalar o‘rnatishga kirishdi. Shu davrdan O‘zbekiston xalqaro iqtisodiyotga kirib bordi — ya’ni dunyo bozoriga, global savdo va diplomatiyaga yanada faol yondasha boshladi. Bu esa Yevropa bilan siyosiy hamkorlikning tezlashishiga va mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi.Ular o‘zaro onlayn uchrashuvlar, loyihalar va yordam dasturlari orqali hamkorlikni davom ettirgan. Qo‘shimcha qilib aytganda, bu davrda siyosiy maslahatlashuvlar ham o‘tkazib turilgan. 2019–2020-yillarda Yevropaning ko‘plab davlatlari — masalan, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya kabi mamlakatlar bilan rasmiy siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.a Shuningdek, O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi siyosiy hamkorlikni kuchaytirish uchun oliy darajadagi uchrashuvlar ham tashkil etilgan. 2017–2018-yillarda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili (bu YEI tashqi ishlar vaziri kabi shaxs) O‘zbekistonga ikki marta tashrif buyurgan. 2019-yilda esa Yevropa Kengashi Prezidenti (Yevropa davlatlarining eng yuqori rahbarlaridan biri) birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Shu tariqa Ozbkiston va YEI ortasidagi siyosiy hamkorlik aloqalari ancha rivojlangan va davomiy hamkorliklar bolishiga kata sabab bolgan. [1] Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida siyosiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi va iqtisodiy aloqalar ham rivojlana boshladi. O’zaro aloqalarning keying yillarida Yevropa ittifoqi MDH ga – ya’ni Mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlariga texnik yordam korsatish maqsadida bir tizimni taqdim qildi ya’ni TACISni (Technical Assistance to Commonwealth of Independent States) jumladan O’zbekiston ham bu dastur ishtirokchilaridan biriga aylangan edi. Bu loyiha asosan yangi mustaqillikga erishgan davlatlar uchun hamda YEI ortasidagi hamkorliklarni mustahkamlashga, hususan bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan edi. O’zbekiston ham bu islohotlarga ehtiyotkorlik ila yondashgan edi. 1996 – yilga kelib mamlakat iqtisodiyotida sezilarli o’zgarishlar yuzaga keldi, - bir payitda nafaqat davlat yalpi ichki maxsulotining 2 foizga pasayishi kuzatildi, balki davlat korxonalarining ham 80 foizi xususiylashtirildi. Shuningdek (XVF) xalqaro valyuta fondi O’zbekiston iqtisodiyotini qollab quvatlash maqsadida 258 million yevro miqdorida moliyavi mablag’ ajratdi. Bu qollab quvatlash mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga kata hissa qoshdi. [2] Yana bir misol sifatida aytish mumkinki, O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorliklarning rivojlanishiga Buyuk Britaniya bilan bo’lgan aloqalar muhim o’rin tutgan. 1993-yilda O’zbekiston davlati rahbari Islom Karimov Buyuk Britaniyaga bo’lgan tashrifi davomida ikki davlat o’rtasida bir qator muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi.
82 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Jumladan, sarmoyani o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi bitim, havo yo‘llarini ochish haqida kelishuv, hamda fuqarolarning erkin yurishi to‘g‘risidagi memorandum shular jumlasidandir. Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) O’zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni boshladi va oltin qazib olish loyihalarini tuzish uchun 150 million AQSH dollari miqdorida mablag’ ajratdi. Shu bilan birga, O’zbekistonning “Lonro” kompaniyasi bilan tuzgan bitimi O’zbekistonning oltin biznesida xalqaro hamkorlik qilishini yanada kuchaytirgan edi. O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tomonidan bo’layotgan bu kabi bitimlar nafaqat mamlakatning yanada mustahkam bo’lishiga katta hissa qo’shdi, balki mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kelishiga imkoniyat yaratdi. Yevropa Ittifoqining eng muhim hamkor davlatlaridan biri Germaniya, O’zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikda boshqalarga qaraganda ancha kuchli va faolroq ham edi. 2012-yilda O’zbekiston hamda Germaniya o’rtasidagi savdo hajmi juda ham yirik bo’lib, 497,1 million AQSH dollarini tashkil etgan va 2013-yilning birinchi 9 oyida esa savdo ko’rsatkichi 424,9 million dollarga yetgan. Bu shuni anglatadiki, ikki davlat o’rtasidagi savdo barqaror o’sib boravergan. Ikki davlat o’rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorliklar hajmi umumiy 313, 9 million-yevrodan oshgan edi. Germaniya va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar mamlakatimizga juda katta foyda olib kelgan. O’zbekiston Germaniyadan nafaqat tovarlar, balki texnologiya va sarmoyalar orqali ham katta yordam olgan. Shu o’rinda shuni aytib o’tish lozimki, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik qilishni boshlagan yangi O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishiga katta sabab bo’lgan. [3] 2013 – yildan boshlab YEIning O’zbekistondagi Delegatsiyasi va ‘’O’zbekkino’’ Milliy agentligi birgalikda ‘’ Yevropa kinofestivali’’ni tashkil eta boshlagan. Bu festival har yili Toshkentda o’tkazilib, O’zbekiston madaniy hayotining eng muhim voqealaridan biriga aylangan. Bu festivalga har yili besh mingga yaqin tomoshabinlar tashrif buyuradi va bu uning juda ham mashhur ekanligini yaqqol isbotlay oladi. Keyinchalik bunday festivallar O’zbekistonning boshqa hududlarida ham o’tkazila boshlagan, masalan 2017-yilda Toshkentdan tashqari Navoiy va Nukusda,2018-yilda Shahrisabz va Farg‘onada, 2019-yilda esa Urganch, Nukus va Jizzaxda festival tashkil etilgan. Festivallar faqatgina kino namoyish qilish bilan chegaralanib qolmagandi, balki Latviyalik hujjat film rejissiyori Daynis Klava yosh kino ijodkorlari uchun seminarlar ham o’tkazgan. Bu yoshlarga yevropa tajribasini o’rganishiga sabab bolgan edi. [4] O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bu madaniy va gumanitar sohadir. So‘nggi yillarda ikki tomon ta’lim, madaniyat va ilmiy almashinuv sohalarida bir qator samarali loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Misol uchun Toshkentda 2002 yildan beri Xalqaro Vestminister Universiteti faoliyat yuritadi hamda Kambrij universiteti bilan ham hamkorlikda yuqori texnalogiyalar bilan birga o’quv dargohi tashkil etilgan. Va albatta bu xolat Yevropa va O’zbekiston o’rtasidagi ta’lim va texnologiya yonalishida hamkorlik qilayotganini korsatad. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek YEI ning eng faol a’zolaridan biri Germaniya O’zbekiston bilan birga nafaqat iqtisodiy hamkorlikni boshlagan balki ta’limga yo’naltirilgan kelishuvlarni ham muhim vazifa sifatida olib borishgan. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Germaniyaga 1993, 1995 va 2001-yillarda rasmiy tashriflar qilgan, Germaniya Prezidenti Roman Gersog 1995-yilda, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder 2002-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
83 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 11 marotaba siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazilgan. Shuningdek, parlamentlar, huquq-tartibot va mudofaa vazirliklari o‘rtasida ham hamkorlik rivojlanib bormoqda. Ma’lumot sifatida shuni aytib o’tish joizki, O’zbekistonda Nemis tiliga va madaniyatiga qiziqish juda ham katta, chunki nemis tili jamiyatdagi eng ommabop tillardan biri hisoblanadi.[3] Qoshimcha ma’lumot sifatida shuni aytish mumkinki so‘nggi 25 yil ichida, O’zbekistonning Yevropa ittifoqi bilan bo’lgan samimiy a’loqalari tufayl, Mamlakatimiz 55 ta oliy ta’lim muassasasi va YEIga a’zo davlatlarning 71 ta universiteti ishtirokida “Tempus”dasturi doirasida 32 million yevrodan ortiq qiymatga ega 80 dan ziyod loyihalar tuzilishiga muvaffaq boldi. 2014 yildan boshlab esa “Erazmus+” ta’lim dasturi orqali oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va xalqaro tajribani oshirishga qaratilgan 40 dan ortiq loyiha bajarildi. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb 40 million yevroni tashkil etadi. Ularda O‘zbekistonning 70 ga yaqin universitetlari, 20 dan ortiq tashkilotlari hamda 120 ga yaqin Yevropa universitetlari faol qatnashmoqda. Bundan tashqari, Yevropada O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab ko‘rgazmalar ham tashkil etildi. Masalan, o‘tgan yil noyabr oyida Parijdagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan ikki yirik ko‘rgazma ochildi. Luvrda o‘tkazilgan ko‘rgazma asosan arxeologik topilmalarga bag‘ishlangan bo‘lsa, Arab dunyosi institutidagi ko‘rgazmada XIX–XX asrga oid to‘qimachilik, zargarlik buyumlari va gilamlar namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazma joriy yil iyun oyigacha davom etdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar turli yo‘nalishlarda shakllangan. Bu hamkorlik yangi O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda hozirgi kungacha rivojlanib kelishiga katta hissa qo‘shgan. Ya’ni, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan boshlangan hamkorlikdan so‘ng siyosiy va iqtisodiy jihatdan sezilarli darajada rivojlanishga erishgan. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bo‘lgan o‘zgarishlar va yaxshilanishlarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik muhim rol o‘ynagan. [5] Foydalanilgan manbaalar ro’yxati: 1. Mamatov Mamajon, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa do’ktori. O’zbekiston – Yevropa Ittifoqi: barqaror va istiqbolli hamkorlik, 2023. 2. https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--evropa-ittifoqi-barqaror-va-istiqbolli-hamkorlik 3. Komila Halmatova, O’zbekiston – Yevropa ittifoqi iqtisodiy munosabatlari boshlanishining dastlabli davri, 2024. 4. https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/33268 5. M. Abdullayev, O’zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalariga doir,2014. 6. https://www.ilmiyxabarnoma.uz/article/709245278182/pdf 7. Anon, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi, 2025. 8. https://www.eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan_uz?s=233 9. Kozimkhon Khujaev, Markaziy Osio - Yevropa Ittifoqi : taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik – EMBASSY OF UZBEKISTAN IN THE UNITRED STATES, 2023. 10. https://uzbekistan.org/uz/markaziy-osiyo-yevropa-ittifoqi-taraqqiyot-yolidagihamkorlik/2956/