scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJETINI SHAKLLANISHIDA BILVOSITA SOLIQLARNING FISKAL SAMARADORLIGI

Abdulxayeva Shaxnoza Muxammadievna

Full text

323 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJETINI SHAKLLANISHIDA BILVOSITA SOLIQLARNING FISKAL SAMARADORLIGI Abdulxayeva Shaxnoza Muxammadievna DTPI v.b. dotsenti Тел:+998902467655 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525437 Annotatsiya: Bilvosita soliqlar, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i, davlat uchun barqaror daromad manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetini shakllantirishdagi eng istiqbolli soliqlardan biri sifatida davlat xizmatlarini moliyalashtirishda katta ahamiyatga ega. Bilvosita soliqlarni hisoblash va ularni to‘lash soliq qonunchiligini buzilish holatlarini kamaytiradi. Bu borada bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ushbu maqolada uni bartaraf etish soliq tizimini yanada samarali va adolatli qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi Kalit so‘zlar: davlat byudjeti daromadlari, QQS, aksiz solig‘i, soliq nazorati, iqtisodiy barqarorlik, soliq boshqaruvi, davlat moliyasi, soliqlarni hisoblash usullari, soliq tizimi, soliq islohoti, soliq siyosati, soliq ma’murchiligi, soliq to‘lovchi, soliq imtiyozi. O‘zbekistonda bilvosita soliqlar joriy qilingandan boshlab shu kungacha budjet daromadlarining eng yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi hisoblanib, budjet tizimining barqaror shakllantiruvchi manbalaridan biri hisoblandi. Bilvosita soliqlar orqali yig‘iladigan mablag‘lar davlat budjetining barqarorligini ta’minlashda yuqori fiskal samaraga ega. 2024 yilda bilvosita soliqlar Davlat budjeti daromadlarning asosiy qismini tashkil qilib, umumiy daromadlar prognozining 41,3 foizini tashkil etadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar 74,0 trln so‘mni, aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar 22,7 trln so‘mni, yoki bojxona bojlari bo‘yicha tushumlar 14,8 trln so‘mni tashktl etadi. 2024 yilda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari taqchilligi 3,1 foiz miqdorida prognoz qilinayotgan bo‘lib, 2025–2026 yillarda taqchillik 1,8-2,2 foizgacha pasayishi prognoz qilingan. 1 Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni izchil davom ettirilishi, fiskal siyosatning yuritilishi orqali barqarorlikni ta’minlanishi hisobiga erishilmoqda. Davlat budjetini shakllantirishda soliq tushumlarining yuqori ulushi bilvosita soliqlar hisobidan to‘ldiriladi. To‘g‘ri soliqqa tortilmagan, qayd etilmagan daromadlar bilvosita soliqlarga tortiladi. Shunday qilib, bilvosita soliqlar shu kungacha budjet daromadlarining eng yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi hisobladi. Soliq tizimini isloh qilish uchun bir qator siyosatchilar bir qator maqsadlar belgilashni e’tirof qildilar. Bularning ichida eng muhimlari: nisbatan soddalik (simplicity), barqarorlik (stability), adolatlilik (fairness fairness), daromadlarni muvozanatli taqsimlash (adequate revenue) va iqtisodiy samaradorlik (economic efficiency), fiskal samaradorlik (fiscal efficiency) kabi tamoyillar asosidagi pirovard maqsadlar ilgari surilishini e’tirof etadilar (C. Alan Garner) 2 . Soddalilik soliq ma’murchiligini takomillashtirish maqsadida soliqlarni hisoblash va budjetga o‘tkazishdagi xarajatlarni kamaytirish orqali davlat moliyaviy faoliyatida iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shuningdek, soliq tizimining soddaliligi soliq to‘lovchilarning soliqlar to‘g‘risidagi bilimlarini, soliq madaniyatini oshirishga imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Buning natijasida soliq to‘lovchilar soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va o‘z vaqtida soliqlarni to‘lash soliq qonunchiligini buzilish holatlarini kamayishiga zamin yaratadi. Bilvosita soliqlarning undilishining asosiy maqsadi va funksiyasi fiskal funksiya hisoblanadi. Fiskal samaradorlik soliq yukining budjetga bilvosita soliqlar tushumlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni izchil davom ettirilishi, fiskal siyosatning yuritilishi orqali barqarorlikni ta’minlanishi hisobiga erishilmoqda. 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi “O‘zbekiston – 2030” 2030 yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard AQSh dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish, kelgusi 7 yilda asosiy 1 Budjetnoma 2024-2026 yil. Toshkent 2023 yil. 2 C. Alan Garner Consumption Taxes: Macroeconomic Effects and Policy Issues 324 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 kapitalga 250 mlrd AQSh dollardan ortiq investitsiyalarni o‘zlashtirish va unda 110 mlrd AQSh dollardan ortiq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, 2030 yilga borib yillik eksport hajmini esa 45 mlrd AQSh dollarga yetkazish, Davlat qarzini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oshirmaslik vazifasini ta’minlash maqsad qilingan. Prognozlarga ko‘ra 2023-2024 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,6-5,8 foiz doirasida, 2025-2026 yillarda mos ravishda 6,2 va 6,4 foizgacha o‘sishi ko‘zga tutilgan. 3 Quyidagi 1-jadvalda iqtisodiy o‘sishdan kelib chiqib 2025-2026 yillarda Davlat budjeti daromadlari prognozi va mo‘ljallari keltirilgan. Soliq turlari bo‘yicha Davlat budjeti daromadlari prognozi va mo‘ljallari, trln so‘m 4 Soliq turlari 2023 yil 2024 yil prognoz 2025 yil mo‘ljal 2026 yil mo‘ljal Bevosita soliqlar 73,3 85,6 102,8 120,4 Bilvosita soliqlar 85,9 111,6 144,0 163,4 Resurs soliqlari 28,3 31,8 35,7 39,9 Boshqa daromadlar 41,6 41,6 48,5 55,3 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, davlat budjeti daromadlari 2023 yil 85,9 trln so‘mni, 2024 yil prognozi 111,6 trln so‘mni tashkil qilib, 2025 yilda 144,0 trln so‘mdan 2026 yilda 163,4 trln so‘mga oshishi mo‘ljallangan bo‘lib eng yuqori qismi bilvosita soliqlarga to‘g‘ri keladi.. Quyidagi 2.2-jadvalda bilvosita soliq turlari bo‘yicha 2020-2025 yillar mobaynida soliq to‘lovchilar sonini tahlil qilishimiz mumkin. 2-jadval Respublika bo‘yicha 2018-2024 yillarda bilvosita soliq turlari bo‘yicha to‘lovchilar soni (nafar) 5 . Ko‘rsatkichlar 2020 202 1 2 022 2 023 2024 Respublikada jami bilvosita soliq tulovchilar soni 11932 9 148 130 1 4990 1 69039 188088 shu jumladan QQS to‘lovchilari soni 115 57 2 143 701 1 45410 1 64449 183488 Aksiz solig‘i to‘lov-chilari soni 3 757 4 4 29 4 580 4 590 4600 2-jadval tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, respublikada jami bilvosita soliq to‘lovchilar soni 2018 yilga nisbatan 2024 yilda soliq to‘lovchilar soni qariyb 4,5 baravar oshgan. Bilvosita soliq to‘lovchilarning aksariyat qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini tashkil etib, 2018 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni keskin oshgan. Bunday o‘zgarishga sabab 2017 yil 18 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 6 gi PF-5116 sonli farmoni binoan soliq ma’murchiligi tizimida eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifa etib belgilanganligidir. 3 https://api.mf.uz/media/document_files/budjetnoma_2024-2026_u7oVHcU.pdf 4 O‘zbekiston Respublikasi moliya va iqtisodiyot vazirligi Budjetnoma 2024-2026 yil ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 5 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va www.stat.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 6 https://lex.uz/docs/3271159 325 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar soni 2023 yilda 164,4 mingtani tashkil etib sezilarli 11,6 foizga, jami 183,5 mingta ko‘paygan. Umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, hozirgi vaqtda bilvosita soliqlar, ayniqsa QQS ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega. Qo‘shilgan qiymat solig‘i davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning ishonchli va barqaror bazasi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun elektron hisobvaraq-faktura mexanizmini joriy etish; soliq to‘lovchilari uchun zamonaviy soliqqa tortish qoidalarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599son Qonuni bilan tasdiqlangan. 2. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi 2013 yil 26 dekabrdagi O‘RQ 360 son Qonuni bilan tasdiqlangan. 3. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son Qonuni. 4. https://www.interfax.ru/world/813644 5. https://api.mf.uz/media/document_files/budjetnoma_2024-2026.