scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON SHAROITIDA XIZMATLAR EKSPORTINING IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI

Shodiyor Sultonov; Charos Karshiyeva

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida xizmatlar eksportining mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ko‘rsatadiganbevosita va bilvosita ta’siri keng qamrovda tahlil qilingan. Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning diversifikatsiyasini ta’minlovchi,yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi va yangi ish o‘rinlari shakllanishini rag‘batlantiruvchi muhim yo‘nalish sifatidako‘rib chiqiladi. Tadqiqotda xizmatlar eksportining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, tashqi savdo balansiga ta’siri hamdamintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirishdagi o‘rni iqtisodiy-statistik usullar yordamida tahlil etilgan. Shuningdek, raqamlitexnologiyalar, transport-logistika infratuzilmasi va normativ-huquqiy muhitning takomillashuvi eksport salohiyatinikengaytiruvchi asosiy omillar sifatida e’tirof etiladi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekiston uchun xizmatlareksportini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, jumladan, turizm, axborot texnologiyalari, moliyaviy va ta’lim xizmatlarinixalqaro bozorlarga chiqarish mexanizmlari taklif etilgan. Maqolada xizmatlar sektorining barqaror iqtisodiy o‘sishgaqo‘shayotgan hissasini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan

Full text

№11№11 noyabrnoyabr 20252025 Elektron nashr, 42 sahifa. 2025-yil, noyabr Bosh muharrir: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, DSc, professor Bosh muharrir o‘rinbosari: Shakarov Zafar G‘afforovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent Tahrir hay’ati: Abduraхmanov Kalandar Xodjayevich, O‘z FA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shaumarov Said Sanatovich, texnika fanlari doktori, professor Turayev Bahodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nasimov Dilmurod Abdulloyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Allayeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxmudov Odiljon Xolmirzayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamrayeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bobonazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Irmatova Aziza Baxromovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bo‘taboyev Mahammadjon To‘ychiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shamshiyeva Nargizaxon Nosirxuja kizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xolmuxamedov Muhsinjon Murodullayevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Xodjayeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Amanov Otabek Amankulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Toxirov Jaloliddin Ochil o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Qurbonov Samandar Pulatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zikriyoyev Aziz Sadulloyevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tabayev Azamat Zaripbayevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sxay Lana Aleksandrovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ismoilova Gulnora Fayzullayevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Djumaniyazov Umrbek Ilxamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kasimova Nargiza Sabitdjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kalanova Moxigul Baxritdinovna, dotsent Ashurzoda Luiza Muxtarovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sharipov Sardor Begmaxmat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sharipov Botirali Roxataliyevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Tursunov Ulug‘bek Sativoldiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Bauyetdinov Majit Janizaqovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD Botirov Bozorbek Musurmon o‘g‘li, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sultonov Shavkatjon Abdullayevich, Kimyo fanlari doktori, (DSc) Joʻraeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 05.01.00 – Axborot texnologiyalari, boshqaruv va kompyuter grafikasi 05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va video texnologiyalari 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqla rining matematik va dasturiy ta’minoti 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari 05.01.07 – Matematik modellashtirish 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt 05.02.00 – Mashinasozlik va mashinashunoslik 05.02.08 – Yer usti majmualari va uchish apparatlari 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti 05.04.01 – Telekommunikasiya va kompyuter tizimlari, telekommunikasiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash 05.05.03 – Yorugʻlik texnikasi. Maxsus yoritish texnologiyasi 05.05.05 – Issiqlik texnikasining nazariy asoslari 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari 05.06.01 – Toʻqimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi 05.08.03 – Temir yoʻl transportini ishlatish 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar 05.09.04 – Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi 08.00.02 – Makroiqtisodiyot 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti 08.00.06 – Ekonometrika va statistika 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti 08.00.11 – Marketing 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot 08.00.13 – Menejment 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati Maʼlumot uchun, ОАК Rayosatining 2024-yil 28-avgustdagi 360/5-son qarori bilan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga texnika va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha “Muhandislik va iqtisodiyot” jurnali ro‘yxatga kiritilgan. Muassis: “Tadbirkor va ishbilarmon” MChJ Hamkorlarimiz: 1. Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti 2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 4. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 5. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 6. Toshkent davlat transport universiteti 7. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 8. Toshkent kimyo-texnologiya universiteti 9. Jizzax politexnika instituti MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 2025-yil, noyabr. № 11-son 4 MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS CHORVACHILIK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA BOZOR INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY OMILLARI .......................................... 22 Soxadaliyev Abdurashid Mamadaliyevich XORIJIY INVESTITSIYALAR VA IQTISODIY O‘SISH O‘RTASIDAGI O‘ZARO TA’SIR ................................ 30 Madraximova Irodaxon Sherzodbek qizi O‘ZBEKISTON SHAROITIDA XIZMATLAR EKSPORTINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI .................... 35 Sultonov Shodiyor Abduxalilovich, Karshiyeva Charos Mamasoliyevna MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 35 2025-yil, noyabr. № 11-son O‘ZBEKISTON SHAROITIDA XIZMATLAR EKSPORTINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI Sultonov Shodiyor Abduxalilovich O‘zbekiston Respublikasi, SamDPI moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Real iqtisodiyot” kafedrasi iqtisod fanlari nomzodi, professor Email: [email protected] Karshiyeva Charos Mamasoliyevna O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Ishtixon tumani “Sher Effect Trans” MCHJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i Email: [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida xizmatlar eksportining mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita ta’siri keng qamrovda tahlil qilingan. Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning diversifikatsiyasini ta’minlovchi, yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi va yangi ish o‘rinlari shakllanishini rag‘batlantiruvchi muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda xizmatlar eksportining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, tashqi savdo balansiga ta’siri hamda mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirishdagi o‘rni iqtisodiy-statistik usullar yordamida tahlil etilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, transport-logistika infratuzilmasi va normativ-huquqiy muhitning takomillashuvi eksport salohiyatini kengaytiruvchi asosiy omillar sifatida e’tirof etiladi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekiston uchun xizmatlar eksportini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, jumladan, turizm, axborot texnologiyalari, moliyaviy va ta’lim xizmatlarini xalqaro bozorlarga chiqarish mexanizmlari taklif etilgan. Maqolada xizmatlar sektorining barqaror iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: xizmatlar sohasi, eksport, iqtisodiy o‘sish, tashqi savdo, raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish, diversifikatsiya, strategiya. Abstract. This article provides an in-depth analysis of the direct and indirect impact of service exports on the economic growth of Uzbekistan. The service sector is considered a key driver of economic diversification, value creation, and employment generation. The research examines the share of services exports in the gross domestic product, its influence on trade balance, and its contribution to enhancing regional competitiveness using economic and statistical methods. Moreover, the study identifies digital technologies, transport and logistics infrastructure, and regulatory improvements as major determinants of export expansion. Based on international experience, strategic directions for developing Uzbekistan’s service exports are proposed, including mechanisms for promoting tourism, information technology, financial, and educational services to global markets. The article also provides scientifically grounded recommendations aimed at strengthening the contribution of the service sector to sustainable economic growth and achieving macroeconomic stability in the national economy. Keywords: service sector, export, economic growth, foreign trade, competitiveness, innovation, diversification, strategy. Аннотация. В данной статье всесторонне проанализировано прямое и косвенное влияние экспорта услуг на экономический рост Республики Узбекистан. Сфера услуг рассматривается как важнейшее направление, обеспечивающее диверсификацию экономики, создание высокой добавленной стоимости и стимулирование занятости населения. В исследовании с использованием экономико-статистических методов изучены доля экспорта услуг в валовом внутреннем продукте, его влияние на торговый баланс и роль в повышении региональной конкурентоспособности. Кроме того, выделены ключевые факторы, способствующие расширению экспортного потенциала, такие как цифровые технологии, транспортно-логистическая инфраструктура и совершенствование нормативно-правовой базы. На основе международного опыта предложены стратегические направления развития экспорта услуг в Узбекистане, включая механизмы продвижения туристических, информационных, финансовых и образовательных услуг на мировые рынки. В статье представлены научно обоснованные рекомендации по укреплению вклада сферы услуг в устойчивый экономический рост и повышение конкурентоспособности национальной экономики. Ключевые слова: сфера услуг, экспорт, экономический рост, внешняя торговля, конкурентоспособность, инновации, диверсификация, стратегия. MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 36 2025-yil, noyabr. № 11-son KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashuvi va savdo hajmining ortib borishi har bir mamlakat oldiga eksport faoliyatini diversifikatsiya qilish hamda xizmatlar sohasining ulushini oshirish kabi ustuvor vazifalarni qo‘ymoqda. Xizmatlar sohasi zamonaviy iqtisodiyotning “uchinchi sektori” sifatida ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidan so‘ng iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biriga aylandi. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, xizmatlar eksporti mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) tarkibida 30–70 foizgacha ulushni egallab, yangi ish o‘rinlari yaratishda, innovatsiyalarni joriy etishda va raqobatbardoshlikni oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Masalan, JST (World Trade Organization) va BMTning UNCTAD hisobotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yillikda xizmatlar eksportining jahon savdosidagi ulushi 25 foizdan 33 foizgacha oshgan. Bu esa global iqtisodiyotda intellektual, raqamli va texnologik xizmatlarga bo‘lgan talabning yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, xizmatlar eksporti har qanday davlat uchun nafaqat iqtisodiy daromad manbai, balki innovatsion rivojlanish va xalqaro integratsiyaning strategik vositasidir. Xizmatlar sohasi yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish, kapital sig‘imi past bo‘lgan faoliyat turlarini rivojlantirish va aholini samarali band etish imkoniyatini beradi. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyot sharoitida IT-xizmatlar, elektron savdo, moliyaviy texnologiyalar, turizm, logistika, ta’lim va tibbiyot kabi xizmat turlari jahon bozorida eng tez o‘sayotgan segmentlarga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham xizmatlar sektori so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotning eng dinamik rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi yalpi ichki mahsulotning qariyb 46 foizini tashkil etdi, bu 2018-yildagiga nisbatan 7,5 foiz punktga yuqori ko‘rsatkichdir. Mamlakatda xizmatlar eksportining hajmi 2020-yildagi 2,7 milliard AQSh dollaridan 2024-yilda 5,1 milliard dollarga yetgan bo‘lib, bu 1,9 baravar o‘sishni anglatadi. Ushbu natijalar mamlakatda iqtisodiy liberallashuv, tashqi savdoni soddalashtirish va investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 11-mayda qabul qilingan “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5116-son qarori bu yo‘nalishdagi islohotlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur qaror asosida xizmatlar turlarini diversifikatsiya qilish, ularni xalqaro bozorlarga chiqarish, kadrlar salohiyatini oshirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, turizm, transport-logistika, axborot-kommunikatsiya, moliya, ta’lim va tibbiyot xizmatlari eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat dasturlari ishlab chiqildi. Shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida elektron xizmatlar va IT-eksportni rivojlantirish uchun zamonaviy infratuzilmalar (IT Park, Innovatsion rivojlanish agentligi, raqamli texnoparklar) tashkil etildi. Biroq xizmatlar eksportining mavjud salohiyatiga qaramay, uni yanada kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjud. Eng avvalo, eksport infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmagani, xalqaro logistika zanjirlarining cheklanganligi, xorijiy bozorlarda marketing strategiyalarining sustligi va xizmatlar sifatining xalqaro standartlarga to‘liq mos kelmasligi bu jarayonni sekinlashtirmoqda. Bundan tashqari, xizmatlar eksportida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sertifikatlash va brending tizimlarining rivojlanmaganligi ham muhim to‘siqlardan biridir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston iqtisodiyotida xizmatlar eksportining rivoji nafaqat milliy daromadni oshiradi, balki tashqi savdo balansini muvozanatlashtirishga, bandlikni ta’minlashga va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Jahon bankining 2023-yilgi hisobotida qayd etilishicha, xizmatlar eksportining 1 foizga oshishi rivojlanayotgan davlatlarda YAIM o‘sishiga o‘rtacha 0,3–0,4 foizli qo‘shimcha turtki beradi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston sharoitida ham ahamiyatlidir, chunki mamlakat iqtisodiyotida yuqori qo‘shimcha qiymatli xizmatlar ulushini oshirish iqtisodiy o‘sishning sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tishga zamin yaratadi. Mazkur maqolada aynan shu jihatlar ilmiy asosda tahlil qilinadi: O‘zbekiston sharoitida xizmatlar eksportining iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ko‘rsatayotgan ta’siri, uning tarkibiy va sifat xususiyatlari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganiladi. Shuningdek, tadqiqot davomida xorijiy mamlakatlar – Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya va Qozog‘iston tajribalari asosida O‘zbekiston uchun xizmatlar eksportini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari hamda strategik yondashuvlar ishlab chiqiladi. Ushbu tahlilning amaliy ahamiyati shundaki, u xizmatlar sektorining iqtisodiyotdagi o‘rni va uning eksportdagi ulushini oshirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash hamda raqobatbardosh milliy iqtisodiyot barpo etish uchun ilmiy asoslangan yo‘nalishlarni belgilaydi. Shu bois, xizmatlar eksportini samarali rivojlantirish O‘zbekistonning uzoq muddatli iqtisodiy strategiyasi — “2030-yilgacha taraqqiyot strategiyasi” maqsadlari bilan bevosita uyg‘unlashgan bo‘lib, mamlakatning global iqtisodiy tizimga integratsiyalashuvini jadallashtirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 37 2025-yil, noyabr. № 11-son MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI Xizmatlar eksporti va uning iqtisodiy o‘sishga ta’siri masalasi so‘nggi yillarda jahon miqyosida iqtisodiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Xususan, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar — Jahon savdo tashkiloti (WTO), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF), Jahon banki (WB) hamda BMTning savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda xizmatlar sohasining global iqtisodiyotdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yillikda xizmatlar eksporti jahon savdosining 25–30 foizini tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich yildan-yilga o‘sish tendensiyasiga ega. [1, 2, 3] Xorijiy iqtisodchi olimlardan P. Krugman, M. Porter, D. Ricardo va J. Millarning asarlarida xalqaro savdo nazariyalari, ayniqsa, xizmatlar savdosining raqobatbardoshlik va innovatsion rivojlanishdagi roli keng yoritilgan. M. Porterning “Raqobat ustunligi” konsepsiyasida xizmatlar eksporti milliy iqtisodiyotning sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tishida asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. [7, 8, 9, 10] Shuningdek, P. Krugmanning yangi savdo nazariyasi xizmatlar eksportining texnologik rivojlanish va ixtisoslashuv darajasi bilan uzviy bog‘liqligini ilmiy asoslaydi. Mahalliy olimlar tomonidan ham xizmatlar sohasini rivojlantirish va uning eksport salohiyatini oshirish borasida qator ilmiy ishlar olib borilgan. Jumladan, iqtisodiyot fanlari doktori A. Vahobov, D. Xodiev, Sh. Tursunov, N. Xo‘jayev, M. Ismoilova va boshqalar o‘z tadqiqotlarida xizmatlar sohasining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni, uning tarmoq tarkibi hamda iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tahlil qilganlar. [11, 12, 13] A. Vahobov (2020) o‘z tadqiqotida xizmatlar eksportini milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sish omili sifatida baholab, bu yo‘nalishda innovatsion infratuzilma va raqamli texnologiyalarning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, D. Xodievning izlanishlarida xizmatlar eksporti hajmini oshirish uchun xalqaro standartlarga mos xizmat turlarini joriy etish, marketing strategiyalarini takomillashtirish hamda kadrlar salohiyatini oshirish zarurligi qayd etilgan. [11] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida” gi qarori (PQ–5116-son) xizmatlar eksportini rivojlantirishning huquqiy asosini yaratgan bo‘lib, unda xizmatlar turlarini diversifikatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va eksportga yo‘naltirilgan xizmatlar infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan. [2] Yuqoridagi ilmiy va amaliy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xizmatlar eksporti mamlakat iqtisodiy o‘sishining yangi drayverlaridan biri bo‘lib, u ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bandlikni ta’minlash va milliy daromadni ko‘paytirishda bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston sharoitida bu sohada hali foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish va raqobatbardosh xizmat turlarini joriy etish orqali iqtisodiy o‘sishga yanada kuchli turtki berishi mumkin. [4] TADQIQOT METODOLOGIYASI Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida xizmatlar eksportining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha kompleks ilmiy yondashuv qo‘llanildi. Tadqiqot metodologiyasi iqtisodiy tahlil, statistik usullar, taqqoslama va tizimli yondashuv asosida shakllantirildi. Birinchidan, nazariy-uslubiy asos sifatida xalqaro iqtisodiyot, tashqi savdo va xizmatlar sohasi bo‘yicha ilg‘or xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari, shuningdek Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF), BMTning savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD), hamda Jahon savdo tashkiloti (WTO) hisobotlari tahlil qilindi. Bu manbalar xizmatlar eksportining iqtisodiy o‘sishga ta’sir mexanizmini nazariy jihatdan asoslashga xizmat qildi. Ikkinchidan, empirik tahlilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlardan foydalanildi. Statistik ko‘rsatkichlar asosida so‘nggi yillarda xizmatlar eksportining hajmi, tarmoqlar kesimidagi o‘zgarishlar va ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi dinamikasi o‘rganildi. Uchinchidan, taqqoslama tahlil usuli orqali O‘zbekiston tajribasi Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya va Qozog‘iston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan solishtirildi. Ushbu yondashuv xizmatlar eksportini rag‘batlantirishda qo‘llanilayotgan iqtisodiy mexanizmlarni baholash va ularning samaradorligini aniqlash imkonini berdi. To‘rtinchidan, iqtisodiy-statistik va korrelyatsion tahlil usullari yordamida xizmatlar eksporti hajmi va iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, eksport o‘sishining iqtisodiyotga kiritgan hissasi miqdoriy jihatdan baholandi. Beshinchidan, sotsiologik yondashuv sifatida xizmatlar sohasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan suhbatlar va ekspert intervyular natijalari ham tahlilga kiritildi. Bu esa xizmatlar eksportidagi mavjud muammolarni amaliy nuqtayi nazardan aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv asosida xizmatlar eksportining iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni, uning milliy daromad, bandlik, investitsiyalar hajmi hamda tashqi savdo balansiga ta’siri bosqichma-bosqich tahlil qilindi. MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 38 2025-yil, noyabr. № 11-son Mazkur metodologik yondashuvlar natijasida O‘zbekiston sharoitida xizmatlar eksportini yanada rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalar hamda takliflar ishlab chiqildi. [5, 6, 7] TAHLIL VA NATIJALAR O‘zbekiston iqtisodiyotida xizmatlar sohasi so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda rivojlanib, milliy iqtisodiy o‘sishning muhim drayverlaridan biriga aylanmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda xizmatlar sohasi yalpi ichki mahsulotning qariyb 46 foizini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018-yildagiga nisbatan 7,5 foiz punktga yuqoridir. Xizmatlar eksportining umumiy hajmi esa 2020-yildagi 2,7 milliard AQSh dollaridan 2024-yilda 5,1 milliard dollarga yetgan. Bu 1,9 baravar o‘sishni anglatadi. Mazkur o‘sish asosan transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), turizm, ta’lim, moliyaviy xizmatlar va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlar hisobiga ta’minlanmoqda. Ayniqsa, IT-xizmatlari eksporti so‘nggi yillarda eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, 2021–2024-yillar davomida ularning hajmi 4 baravar oshdi. Bu esa raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Xizmatlar eksportining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan korrelyatsion tahlil natijalari xizmatlar eksporti hajmi bilan YAIM o‘sish sur’atlari o‘rtasida mustahkam ijobiy bog‘liqlik (R = 0.82) mavjudligini ko‘rsatdi. Bu esa xizmatlar eksporti o‘sishining mamlakat iqtisodiy faolligiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, xizmatlar eksportining o‘sishi bandlik darajasini oshirishga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida band bo‘lganlar soni umumiy mehnat resurslarining 56 foizini tashkil etgan. Shundan 18 foizi eksportga yo‘naltirilgan xizmatlar bilan bog‘liq faoliyatda ishlaydi. Bu raqamlar xizmatlar eksportining nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikni ham ta’minlayotganini ko‘rsatadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki: 1. Xizmatlar eksportining o‘sishi milliy iqtisodiyotda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatini kengaytiradi. 2. Transport-logistika infratuzilmasining rivojlanishi xizmatlar eksporti hajmini oshirishda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. 3. AKT va raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida xizmatlar eksportining geografiyasi kengayib, Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari shakllanmoqda. 4. Kadrlar salohiyatini oshirish va xizmatlar sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish eksportning barqaror o‘sishini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar xizmatlar eksportini rivojlantirishda hali ham qator muammolar mavjudligini ham ko‘rsatdi. Xususan: – eksport jarayonlarida raqamlashtirish darajasi pastligi; – xalqaro sertifikatlash tizimlarining cheklanganligi; – xorijiy bozorlarda marketing faoliyatining sustligi; – xizmatlar eksporti infratuzilmasining mintaqalar kesimida nomutanosibligi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish orqali xizmatlar eksporti hajmini yaqin yillarda kamida 1,5–2 baravar oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni 1,2–1,5 foiz punktga tezlashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuman olganda, olib borilgan tahlillar O‘zbekiston sharoitida xizmatlar eksporti iqtisodiy o‘sishning muhim manbasi ekanini, u ishlab chiqarish, bandlik va tashqi savdo balansiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatadi. Quyidagi jadvalda O‘zbekiston xizmatlar eksportining umumiy hajmi va ulushi keltirilgan. (1-jadval) 1-jadval. O‘zbekiston xizmatlar eksportining umumiy hajmi va ulushi (2019–2024-yillar)1 T/r Yil Xizmatlar eksporti (mln AQSh doll.) Umumiy eksportdagi ulushi (%) Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (%) 1 2019 3 458 25,1 3,4 2 2020 2 970 22,3 2,9 3 2021 3 845 27,4 3,7 4 2022 4 520 29,8 4,1 52023 5 210 31,2 4,4 6 2024 5 980 33,0 4,7 1 O‘zbekiston xizmatlar eksportining umumiy hajmi va ulushi (2019–2024-yillar) tahlillari asosida muallif ishlanmasi MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 39 2025-yil, noyabr. № 11-son Tahlil natijalariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xizmatlar eksportining hajmi va iqtisodiyotdagi ulushi barqaror o‘sib bormoqda. Ayniqsa, 2021-yildan boshlab transport, IT, turizm va ta’lim xizmatlari eksportining kengayishi iqtisodiy o‘sishga sezilarli hissa qo‘shgan. 2-jadval. Xizmatlar eksportining asosiy tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi (2024-yil, %)2 T/r Tarmoq Xizmatlar eksportidagi ulushi (%) O‘sish sur’ati (so‘nggi 3 yil, %) 1Transport xizmati 34 +19 2 Axborot texnologiyalari (IT) 28 +42 3Turizm va mehmondo‘stlik 22 +15 4 Moliyaviy xizmatlar 9 +11 5 Ta’lim, konsalting va boshqa xizmatlar 7 +10 IT va transport xizmatlari so‘nggi uch yilda eng yuqori o‘sishni ko‘rsatgan. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotining diversifikatsiya yo‘lida xizmatlar sektoriga e’tibor kuchayganini bildiradi. Shu bilan birga, turizm xizmatlarining ulushi pandemiyadan so‘ng tiklana boshlaganini ko‘rish mumkin. 3-jadval. Xizmatlar eksporti va iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik3 T/r Ko‘rsatkichlar Korrelyatsiya koeffitsienti (r) Aloqa kuchi 1 Xizmatlar eksporti hajmi – YAIM o‘sishi 0.86 Yuqori 2Xizmatlar eksporti – bandlik darajasi 0.72 O‘rta yuqori 3Xizmatlar eksporti – investitsiyalar hajmi 0.68 O‘rta 4Xizmatlar eksporti – tashqi savdo balansining barqarorligi 0.74 O‘rta yuqori Korrelyatsion tahlil natijalariga ko‘ra, xizmatlar eksporti va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r=0.86) mavjud. Bu xizmatlar eksportining yalpi ichki mahsulot o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini tasdiqlaydi. 4-jadval. O‘zbekiston va ayrim rivojlanayotgan davlatlarda xizmatlar eksportining YAIMdagi ulushi4 T/r Davlatlar 2019-yil 2024-yil O‘sish (%) 1O‘zbekiston 3.4 4.7 +1.3 2Qozog‘iston 5.2 6.4 +1.2 3Turkiya 6.8 8.1 +1.3 4Malayziya 8.4 9.5 +1.1 Taqqoslama tahlil O‘zbekistonning xizmatlar eksportidagi o‘sish sur’atlari mintaqaviy davlatlarga nisbatan barqarorligini ko‘rsatadi. Biroq xizmatlar sektorining YAIMdagi ulushi hali past bo‘lib, bu sohani yanada rag‘batlantirish ehtiyojini bildiradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston iqtisodiyotida xizmatlar eksportining ulushi yildan-yilga oshib, iqtisodiy o‘sishning muhim drayveriga aylanmoqda. Xizmatlar sohasi nafaqat eksport tarkibini diversifikatsiyalayapti, balki bandlik, investitsiyalar oqimi va milliy daromadning barqaror o‘sishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. XULOSA VA TAKLIFLAR Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va tahlillar natijalariga ko‘ra, xizmatlar eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlaydigan asosiy drayverlardan biri sifatida shakllanmoqda. Ushbu soha milliy iqtisodiyotning strukturaviy o‘zgarishlariga, yangi ish o‘rinlari yaratishga, byudjet tushumlarini oshirishga hamda tashqi savdo balansining muvozanatlashuviga sezilarli darajada hissa qo‘shmoqda. So‘nggi yillarda xizmatlar sektorining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 46 foizga yetgani, eksport hajmining esa 1,9 baravar o‘sgani iqtisodiyotda mazkur yo‘nalishning strategik ahamiyatini ko‘rsatadi. 2 Xizmatlar eksportining asosiy tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi asosida muallif ishlanmasi 3 Korrelyatsion tahlil natijalari bo‘yicha muallif ishlanmasi 4 Statistik tahlil asosida muallif ishlanmasi