scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TADBIRKORLIK SUBEKTLARI BUXGALTERIYA BALANSI (MOLIYAVIY HOLATI) VA UNING TAHLILI

Allanzarova Zuhra Aliyor qizi

Full text

351 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TADBIRKORLIK SUBEKTLARI BUXGALTERIYA BALANSI (MOLIYAVIY HOLATI) VA UNING TAHLILI Allanzarova Zuhra Aliyor qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi talabasi Tel: +998 (95)- 275-14-30 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525661 Annotatsiya: Ushbu tezisda buxgalteriya balansi tahlili iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda asosiy vosita sifatida ko‘rib chiqilgan. Balans tahlilining nazariy asoslari, tahlil usullari va uning amaliyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, maqola davomida buxgalteriya balansi orqali korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar keltiriladi Kalit so‘zlar: Buxgalteriya balansi, tahlil, iqtisodiy faoliyat, moliyaviy hisobot, tahlil usullari, iqtisodiyot, korxona moliyaviy holati. Аннотация: В статье анализ бухгалтерского баланса рассматривается как основной инструмент оценки эффективности экономической деятельности. Проанализированы теоретические основы балансового анализа, методы анализа и его практическое значение. Также в ходе статьи приводятся предложения по улучшению финансового состояния предприятия через бухгалтерский баланс. Ключевые слова: бухгалтерский баланс, анализ, экономическая деятельность, финансовая отчетность, методы анализа, экономика, финансовое состояние предприятия. Abstarct: In the article, the analysis of the balance sheet is considered the main tool for assessing the effectiveness of economic activity. The theoretical foundations of balance sheet analysis, methods of analysis, and its practical significance are analyzed. The article also provides suggestions for improving the financial condition of the enterprise through the accounting balance sheet. Key words: balance sheet, analysis, economic activity, financial reporting, analysis methods, economy, financial condition of the enterprise. Kirish Buxgalteriya balansi – bu korxonaning moliyaviy holatini ko‘rsatuvchi asosiy moliyaviy hisobot hujjatlaridan biri bo‘lib, uning tahlili korxonaning faoliyat samaradorligini aniqlash va moliyaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim vosita hisoblanadi. Har bir iqtisodiy subyektning moliyaviy faoliyati uning balansida aks ettirilgan aktivlar, majburiyatlar va kapital tarkibi bilan aniqlanadi. Bu ma’lumotlar asosida korxonaning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, likvidligi va boshqa ko‘rsatkichlari baholanadi. Zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda korxonalar uchun raqobatbardoshlikni ta’minlashda samarali moliyaviy boshqaruv tizimini yaratish muhim o‘rin tutadi. Bu jarayonda buxgalteriya balansi tahlili alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning yordamida korxonaning moliyaviy faoliyatidagi kuchli va zaif tomonlar aniqlanadi, strategik rejalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, balans tahlili nafaqat korxona rahbariyati, balki investorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ham zarur axborotni taqdim etadi. Buxgalteriya balansi tahlilini amalga oshirish uchun ko‘plab usullar qo‘llaniladi. Ular qatoriga gorizontal va vertikal tahlil, ko‘rsatkichlar tahlili, nisbiy koeffitsiyentlar hisoblash kabi usullar kiradi. Ushbu usullar yordamida korxonaning moliyaviy barqarorligi, likvidlik darajasi va foyda olish salohiyati baholanadi. Ayniqsa, O‘zbekistondagi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar sharoitida bu jarayonlar yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. 1 Maqola O‘zbekiston sharoitida buxgalteriya balansini tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritish maqsadida yozilgan. Unda buxgalteriya balansining mohiyati, uning iqtisodiy ahamiyati va tahlil qilishning asosiy tamoyillari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqolada buxgalteriya balansi asosida korxona faoliyatini samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Mazkur tadqiqot iqtisodiyot sohasida tahsil olayotgan talabalar, iqtisodchilar va moliyaviy boshqaruv sohasidagi mutaxassislar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega. Chunki buxgalteriya balansi va uning tahlili moliyaviy 1 Karimov M. Buxgalteriya balansi va uning tahlili. Toshkent: Iqtisodiyot va moliya, 2019. 352 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 boshqaruv tizimining markaziy elementlaridan biri bo‘lib, unda qabul qilinadigan qarorlar iqtisodiy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqotda buxgalteriya balansini tahlil qilish usullari o‘rganildi va amaliyotda qo‘llash uchun mos metodologiyalar tanlandi. Ushbu bo‘limda tahlil uchun ishlatilgan ma’lumotlar bazasi va tadqiqot metodlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Materiallar sifatida O‘zbekistondagi yirik va o‘rta korxonalarning buxgalteriya hisobotlari, davlat statistikasi, shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga mos ravishda tayyorlangan hisobotlar ishlatildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi asosiy usullar qo‘llanildi: Gorizontal tahlil – buxgalteriya balansining o‘zgarishini vaqt mobaynida tahlil qilish usuli bo‘lib, bunda ma’lum bir davr davomida korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Ushbu usul yordamida korxonaning moliyaviy barqarorligi va o‘sish dinamikasini baholash imkoniyati yaratiladi. Vertikal tahlil – balansdagi har bir elementning umumiy balansdagi ulushini aniqlashga qaratilgan usul. Bu usul orqali korxonaning aktivlari, majburiyatlari va kapitalining tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Asosiy qism Buxgalteriya balansi tahlili korxonaning moliyaviy barqarorligini baholashda asosiy vosita bo‘lib, uning yordamida iqtisodiy faoliyat samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Ushbu qismda balans tahlilining nazariy asoslari va amaliy ahamiyati chuqur yoritiladi. Buxgalteriya balansi – bu korxonaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi asosiy hujjat bo‘lib, unda aktivlar, majburiyatlar va kapitalning o‘zaro muvozanati aks ettiriladi. 2 Bu balans moliyaviy hisobotlarning markaziy elementi sifatida, korxonaning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va boshqarish uchun muhim manba hisoblanadi. Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda, ayniqsa, aktivlarning samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarni optimal boshqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Balans tahlili iqtisodiy subyektlarning samaradorligini baholashda ko‘plab afzalliklarga ega. Birinchidan, u korxonaning moliyaviy holati to‘g‘risida aniq tasavvur beradi va moliyaviy qarorlarni qabul qilishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, balans tahlili orqali korxonada mavjud resurslarning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va foydalilikni oshirish yo‘llarini topish mumkin. Aktiv (lotincha, activus –faol, taʼsirchan, ishchan) – 1) buxgalteriya balansining chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va boshqalar) aks ettiradi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, nakd pul, qimmatbaho qogʻozlar va boshqalar). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin boʻlgan, bozori chaqqon aktiv (veksellar, qimmatbaho qogʻozlar, oltin, naqd pul va boshqalar) likvid aktiv deyiladi. 3 Majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshirish, ishni bajarish va hokazo)ga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa qarzdordan oʻzining Majburiyatini bajarishni talab qilish huquqiga ega. Kapital (lotincha: capitalis – bosh, asosiy), sarmoya – keng ma'noda – o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega boʻlgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi koʻpaytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy kapital). 1-jadval Balans ikki asosiy qismdan iborat 4 : 2 www.lex.uz 3 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 4 Gulyamov S. S. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlil. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2021. 353 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Aktivlar (korxona egaligidagi mablag‘lar) Majburiyatlar va kapital (korxonaning mablag‘ manbalari) 1. Uzoq muddatli aktivlar 1. Uzoq muddatli majburiyatlar 2. Qisqa muddatli aktivlar 2. Qisqa muddatli majburiyatlar 3. O‘z mablag‘lari (ustav kapitali, foyda va boshqalar) Ushbu jadval korxonaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi buxgalteriya balansi tuzilmasini ifodalaydi. Balans korxona egaligidagi barcha mablag‘lar (aktivlar) va ularning moliyalashtirish manbalari (majburiyatlar hamda o‘z mablag‘lari) o‘rtasidagi muvozanatni ko‘rsatadi. Aktivlar (korxona egaligidagi mablag‘lar) Aktivlar — bu korxona tasarrufidagi barcha iqtisodiy resurslar bo‘lib, ular yordamida daromad olinadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: Uzoq muddatli aktivlar – bu bir yildan ortiq vaqt davomida foydalaniladigan aktivlardir. Bular korxonaning ishlab chiqarish jarayonida doimiy ishtirok etadi. Masalan: bino va inshootlar, uskunalar, transport vositalari, yer maydonlari, kompyuter dasturlari yoki patentlar kabi nomoddiy aktivlar. Ular korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilaydi. Qisqa muddatli aktivlar – qisqa muddatda (odatda 12 oy ichida) naqd pulga aylantiriladigan mablag‘lardir. Bunga naqd pul, bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot va xom ashyo zaxiralari kiradi. Bu aktivlar korxonaning joriy faoliyatini moliyalashtirish va aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Majburiyatlar va kapital (mablag‘ manbalari) Bu qism aktivlarning qayerdan moliyalashtirilganini, ya’ni mablag‘lar manbalarini ko‘rsatadi. U uchta asosiy bo‘limdan iborat: Uzoq muddatli majburiyatlar – bir yildan ortiq muddatda qaytariladigan qarzlar va majburiyatlar. Masalan: uzoq muddatli bank kreditlari, obligatsiyalar, lizing to‘lovlari. Ular korxonaning uzoq muddatli investitsiyalarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Qisqa muddatli majburiyatlar – 1 yil ichida to‘lanadigan qarzlar bo‘lib, ular qisqa muddatli kreditlar, kreditorlik qarzlari, soliqlar va ish haqi bo‘yicha majburiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bular korxonaning joriy faoliyatidagi majburiyatlarini aks ettiradi. O‘z mablag‘lari (kapital) – korxona egalari tomonidan kiritilgan mablag‘lar va korxonaning o‘z faoliyati natijasida to‘plangan foydadan iborat. Ustav kapitali, qo‘shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda – bular korxonaning mustaqil moliyaviy asosini tashkil etadi. Buxgalteriya balansining asosiy tenglamasi: Aktivlar = Majburiyatlar + Kapital Bu tenglama doimo muvozanatda bo‘lishi kerak, shuning uchun ham bu hujjat “balans” deb ataladi. Buxgalteriya balansining amaliy tahlilida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi: birinchidan, aktivlarning o‘zgarishi va ularning tarkibiy tuzilishi. Ushbu tahlil orqali korxonada resurslarni qay darajada samarali boshqarilayotgani aniqlanadi. Ikkinchidan, majburiyatlar va kapitalning dinamikasi tahlil qilinadi. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini saqlash imkoniyatlarini baholash imkonini beradi. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda moliyaviy hisobotlarning aniqligi va ishonchliligi muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston sharoitida buxgalteriya balansini tahlil qilishda xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga mos keluvchi yondashuvlardan foydalanish zarur. Bu korxonalarning global bozor bilan integratsiyasini kuchaytiradi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshiradi. 2-jadval 354 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan balans hisoboti va bizning mamlakatimizda qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilmasidagi asosiy farqlar Xalqaro ta'limotda O'zbekistonda I. Uzoq muddatli aktivlar bo'yicha 1.Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar 2. Uzoq muddatli debitorli qarzlar 3. Kechiktirilgan xarajatlar 4. Nomoddiy aktivlar 5.Ko'chmas mulk, bino va jixozlar 1.Asosiy vositalar 2.Nomoddiy aktivlar 3.O’rnatilmagan jihozlar 4.Kapital quyilmalar 5.Moliyaviy investitsiyalar 6.Uzoq muddatli debitorli qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlar II. Joriy aktivlar bo'yicha 1.Pul mablag’lari 2.Qisqa muddatli investitsiyalar 3.Olingan schotlar 4.TMZ 5.Kelgusi davr xarajatlari 6.Muddati kechiktirilgan xarajatlar 1.TMZ 2. Kelgusi davr xarajatlari 3. Muddati kechiktirilgan xarajatlar 4.Debitorli qarzlar 5. Pul mablag’lari 6. Qisqa muddatli investitsiyalar III. Majburiyatlar bo'yicha 1.Qisqa muddatli majburiyatlar 2.Uzoq muddatli majburiyatlar 1. Uzoq muddatli majburiyatlar 2. Qisqa muddatli majburiyatlar IV. Xususiy kapital bo'yicha 1.Aksionerli kapitali 2.Qo’shilgan kapital 3.Taqsimlamagan foyda 1.Ustav kapitali 2. Qo’shilgan kapital 3.Rezerv kapitali 4. Taqsimlamagan foyda 5.Maqsadli tushumlar 6.Kelgusi xarajatlar va to’lovlar uchun rezervlar5 Ushbu jadvalda xalqaro va O‘zbekiston buxgalteriya balanslari o‘rtasidagi asosiy farqlar ko‘rsatilgan. Umuman olganda, xalqaro balans soddaroq va likvidlik tamoyiliga, ya’ni aktivlarning pulga aylanish tezligiga asoslanadi, O‘zbekiston balansida esa tuzilma batafsilroq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlariga moslashtirilgan. Uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha xalqaro tizimda faqat asosiy turlar – investitsiyalar, debitorlik qarzlari, nomoddiy aktivlar va bino-inshootlar ko‘rsatiladi. O‘zbekistonda esa bu bo‘lim kengroq: o‘rnatilmagan jihozlar, kapital qo‘yilmalar va moliyaviy investitsiyalar alohida keltiriladi. Joriy aktivlar bo‘yicha xalqaro tizimda tartib likvidlikka qarab, ya’ni pul mablag‘laridan boshlab joylashtiriladi. O‘zbekistonda esa avval zaxiralar (TMZ), keyin pul mablag‘lari beriladi. Majburiyatlar bo‘yicha farq shundaki, xalqaro balansda qisqa muddatli majburiyatlar birinchi, O‘zbekistonda esa uzoq muddatli majburiyatlar avval keltiriladi. Kapital tarkibida ham farq bor: xalqaro tizimda uchta asosiy qism – aksionerlik kapitali, qo‘shilgan kapital va taqsimlanmagan foyda; O‘zbekistonda esa bundan tashqari rezerv kapitali, maqsadli tushumlar va kelgusi xarajatlar uchun rezervlar ham mavjud. Xulosa qilib aytganda, xalqaro balans soddaligi va tahlil qilish qulayligi bilan ajralib turadi, O‘zbekiston balans esa batafsilligi va hisobning to‘liqligi bilan farq qiladi. Balans tahlilining samarali usullari qatoriga moliyaviy koeffitsiyentlar asosida tahlil qilish kiradi. Bu usulda balansdagi turli ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi nisbatlarni hisoblash orqali korxonaning moliyaviy 5 "Экономика и социум" №5(120) 2024 www.iupr.ru 355 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 barqarorligi, likvidligi va foydalilik darajasi aniqlanadi. Ushbu usul orqali korxonaning iqtisodiy imkoniyatlari va mavjud risklar haqida aniq ma’lumot olish mumkin. Bundan tashqari, balans tahlili natijalari moliyaviy boshqaruvning strategik qarorlarini qabul qilishda asosiy omil hisoblanadi. Ayniqsa, korxonalarning investitsiya salohiyatini baholashda buxgalteriya balansining ahamiyati beqiyosdir. Balans asosida korxonadagi resurslarni samarali taqsimlash va ular bilan bog‘liq risklarni minimallashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Mazkur maqola davomida olib borilgan tahlillar natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish va iqtisodiy samaradorligini ta’minlash bo‘yicha muhim xulosalar va takliflar beriladi. Balans tahlili orqali iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va boshqarish korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulos Mazkur a maqolada buxgalteriya balansini tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilib, uning korxonaning moliyaviy faoliyatidagi ahamiyati batafsil yoritildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, buxgalteriya balansi korxonaning moliyaviy holatini har tomonlama baholash va iqtisodiy faoliyatni samarali boshqarish uchun asosiy manba hisoblanadi. Ushbu tahlillar yordamida korxonada resurslardan foydalanish samaradorligi va moliyaviy barqarorlikni oshirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish mumkin. Birinchidan, gorizontal va vertikal tahlil usullari korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasini va tarkibiy tuzilmasini o‘rganish uchun samarali vosita sifatida foydalaniladi. Ushbu usullar yordamida korxonalarning aktivlari va majburiyatlari o‘zgarishlarini baholash, likvidlik va barqarorlik darajasini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Ikkinchidan, moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili orqali korxonaning likvidlik, moliyaviy barqarorlik va foydalilik darajasini aniqlash natijasida moliyaviy boshqaruvda strategik qarorlar qabul qilish uchun zarur asos shakllantiriladi. Bu usul orqali korxonadagi moliyaviy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash mumkin. Uchinchidan, buxgalteriya balansining amaliy tahlili korxonalar uchun investitsiya salohiyatini oshirish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi. Bu esa korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga mos tahlil usullarini qo‘llash korxonalarning global bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Mazkur tadqiqot natijalari korxonalar faoliyatini moliyaviy tahlil qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan tavsiyalarni shakllantiradi. Shu bilan birga, buxgalteriya balansi tahlili korxonalar uchun nafaqat moliyaviy holatni yaxshilash, balki umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Kelgusida korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va buxgalteriya hisobotlarini avtomatlashtirish jarayonlari yanada kengroq o‘rganilishi lozim. Shuningdek, xalqaro tajribadan foydalanib, moliyaviy boshqaruvning innovatsion usullarini ishlab chiqish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Gulyamov S. S. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlil. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2021. 2. Karimov M. Buxgalteriya balansi va uning tahlili. Toshkent: Iqtisodiyot va moliya, 2019. 3. Исакулова, Н. (2023). Educational project and its essence. in Library, 4(4), 6-15. 4. www.lex.uz