scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SA'DIY SHEROZIYNING GULISTON ASARINING SHARQ ADABIYOTIDA TUTGAN OʻRNI

Azimova Marhabat Nizom qizi

Abstract

Ushbu tezis gʻazal janrining ustozi sifatida ulugʻlangan adib shoir olim va buyuk mutafakkir ajdodimiz Sa'diy Sheroziyning fors-tojik adabiyotida muhim oʻrin tutgan "Guliston" asarining sharq adabiyotida tutgan mavqeyi va undagi hikoyatlar tahlili

Full text

Noyabr, 2025-Yil 9 SAʼDIY SHEROZIYNING GULISTON ASARINING SHARQ ADABIYOTIDA TUTGAN OʻRNI Azimova Marhabat Nizom qizi Buxoro davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1oʻtak 24 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17525884 Annotatsiya. Ushbu tezis gʻazal janrining ustozi sifatida ulugʻlangan adib shoir olim va buyuk mutafakkir ajdodimiz Saʼdiy Sheroziyning fors-tojik adabiyotida muhim oʻrin tutgan "Guliston" asarining sharq adabiyotida tutgan mavqeyi va undagi hikoyatlar tahlili Kalit soʻzlar: klassik adabiyot, Guliston, Boʻston, fors-tojik, klassik poeziyasi, axloqiy fazilatlar, hikoyatlar. Аннотация. Данная дипломная работа представляет собой анализ положения «Гюлистана» в литературе Востока и рассказов в ней, занимающих важное место в персидско-таджикской литературе нашего предка Саади Ширази, который почитался как учитель жанра газели. Ключевые слова: классическая литература, Гулистан, Бостон, персидскотаджикская, классическая поэзия, нравственные качества, рассказы. Absract. This thesis is an analysis of the position of the work "Guliston" in oriental literature, which holds an important place in Persian-Tajik literature, by our ancestor Sa'di Shirazi, a writer, poet, scholar and great thinker, who is revered as the master of the ghazal genre, and the stories in it. Keywords: classical literature, Gulistan, Bostan, Persian-Tajik, classical poetry, moral virtues, stories. Sharq klassik adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1184—1292) Oʻrta va Yaqin Sharq oʻlkalarida Shayx Sa’diy nomi bilan mashhur. Uning ajoyib asarlari oʻzbeklar orasida ham keng tarqalgan. «Guliston» va «Boʻston» kabi axloqiy kitoblari eski oʻzbek maktablarida darslik sifatida oʻqitilar edi Fors-tojik adabiyoti tarixida Sa’diyning mavqei juda baland. U birinchi boʻlib gʻazal formasini mustaqil janr darajasiga koʻtardi. Uning «Kulliyot»iga 4 devon (gazallar toʻplami) kiritilgan. «Kulliyot»ga kiritilgan badiiy asarlar ichida eng mashhurlari 1257 yilda yozilgan «Boʻston» va 1258 yilda yozilgan «Guliston» asarlaridir. «Guliston» oʻziga xos didaktik hikoyalar va she’riy aforizmlar toʻplamidir. Kitob 8 bobdan iborat. Fors-tojik prozasining klassik namunasi boʻlmish bu asar soddalik, original goʻzallik, voqelikni toʻgʻri yoritish bilan kitobxonni maftun etadi. Jahongashta shoir oʻz hayotida koʻrgan, bilgan voqealarni bayon etib, ulardan axloqiy xulosalar chiqaradi. Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda dunyo-dunyo ma’no boʻlgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin fondiga kirgan. Sa’diy oʻz zamonining yetuk pedagogi, dono, insondoʻst, murabbiy shoiri, chuqur psixolog olimi boʻlgan.Bu ulugʻ donishmandning keng va rango-rang ijodida biz yorqin misralar bilan bir qatorda u yashagan davrning qora tamgʻasi tushgan dogʻlarni ham koʻramiz. Sa’diy koʻp sayohat qilib, hayot tajribasi orttirgan bilim-don. U dovdirab, yoʻl topolmay qolgan kishilarni sargardonlikdan qutqarish, ularga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib berishni oʻzining burchi hisoblaydi. U bir she’rida: Noyabr, 2025-Yil 10 Chu koʻrding koʻr kishi yoʻlinda chohdir, Indamay oʻtirsang katta gunohdir, — der ekan, boshqalarga ham shu burchni uqtiradi. Sa’diy nazarida inson faqat oʻzi uchun emas, boshqalar taqdiri uchun ham, butun bashariyat taqdiri uchun ham javobgar. Insonning koʻzini ochishga, unga yashamoq yoʻllarini oʻrgatishga umrini bagʻishlagan Sa’diy hayotda insonni pok, irodali, kuchli va magʻrur koʻrishni istaydi Sa`diy Sheroziy umrining 20 yildan ko`prog`i sayohatda o`tgan. Bu sayohatlari davomida ko`rganbilganlarini umumlashtirib, sayqallab “Bo`ston"hamda “Guliston” asarlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan. Asarda insoniyatning axloqiy fazilatlari, do`stlik, sabr-toqat, adolat va xushmuomalalik kabi mavzular muhokama qilinadi. Asarda o`z qobiliyatlari va imkoniyatlari haqida ko`plab qo`rquv va shubhalar bilan yashab, xavfsiz bo`lsa ham talvasaga tushib behudaga shov-shuv solib boshqalarning ham tinchligini buzgan inson obrazi “Daryo ko`rmagan qul” hikoyatida yoritib berilgan. Ushbu hikoyada qul daryoni ko`rmagani uchun uning haqiqiy kuchi va imkoniyatlarini anglay olmaydi, bu esa qulning bilim vatajribasining cheklanganligini anglatadi. Sa`diy bu hikoya orqali o`quvchilarni o`z qo`rquvlarini yengib, hayotni to`liq kashf etishga chaqiradi. Bundan tashqari asarda yovuzlikka qarshi turish va o`z axloqiy qadriyatlarini himoya qilish mavzulari yoritilgan hikoya ham mavjud. “Yovuz bahor va toza kishi” hikoyasi aynan shu mavzuda bo`lib, unda yovuz bahor inson ustiga qanchadan qancha yomonliklar va yovuzliklar qilsa ham toza kishi o`z ahdida sodiq turib, yozuvlikka qarshi kurashadi. Guliston“ning ko`p hikoyatlarida lo`nda qilib ko`rsatib berilgan. “Guliston” asari ko`plab boshqa sharq adabiy asarlariga ilhom manbayi bo`lib xizmat qilgan. Masalan, Abdurahmon Jomiyning “Salomon va Abdurahmon”, Nizomiy Ganjaviyning qissalari, Kaykovusning “Qobusnoma” va she`riyat sultoni bo`lgan Alisher Navoiyning “Mahbub ulqulb” asarlari ham aynan“Guliston’ asarining ta`sirida yozilgan bo`lib, ularda asar mazmuniga yaqin bo`lgan hikoyalar uchraydi.Shundan ham bilib olishimiz mumkinkiushbu asar sharq adabiyotining eng nodir asari bo`lishi bilan bir qatorda, yana ko`plab shunga o`xshash noyob va mashhurasarlarning yozilishiga turtki bo`lgan desak mubolag`a bo`lmaydi. Ushbu asarningahamiyati bugungi kunda ham saqlanib qolmoqda, chunki uning g`oyalari va badiiy mazmuni zamonaviy hayotda ham juda muhimdir. Sa’diy Sheroziy “Guliston”da o‘ziga xos ixcham, latif va hikmatli uslub yaratgan. U hayotiy misollar, qisqa hikoyatlar orqali chuqur ma’noni ifodalagan. Asardagi she’riy parchalar nasriy matnga uyg‘unlashib, o‘quvchiga estetik zavq bag‘ishlaydi.Bu asar faqat Sharq xalqlari uchun emas, balki butun insoniyat uchun ibrat manbai hisoblanadi. Uning ko‘plab tillarga tarjima qilinishi va butun dunyo kutubxonalarida ehtirom bilan saqlanishi buning isbotidir. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari — bu Sharq adabiyotining durdonasi, ma’naviyat va hikmat xazinasi, insonni ezgulikka, odobga, ilmga va haqiqatga chorlovchi bitmas-tuganmas manba. Uning ta’siri asrlar osha davom etib, Sharq adabiy maktablari va ma’naviy tafakkurida o‘chmas iz qoldirgan. Noyabr, 2025-Yil 11 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQI NAMUNA-O’RNAK VOSITASI SIFATIDA. Scientific Impulse, 1(4), 1288-1292. 2. Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 146-152. 3. Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7). 4. Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134. 5. Sharipova, M. B. (2021). Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, (7). 6. Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 168-168. 7. Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA. Scientific Impulse, 1(4), 1426-1430. 8. Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress, 2(7), 1139-1144. 9. Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6 (51)), 58-60. 10. Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 11. Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI. Scientific progress, 2(7), 1102-1108.