scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PUL OQIMLARI TO'G'RISIDAGI HISOBOTNING XO'JALIK FAOLIYATIDAGI AXAMIYATI VA TUZISH TARTIBI

Ismoilov Shapaxat Sodiqovich

Full text

373 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOTNING XO’JALIK FAOLIYATIDAGI AXAMIYATI VA TUZISH TARTIBI Ismoilov Shapaxat Sodiqovich Termiz davlat universiteti «Moliya» kafedrasi katta o’qituvchisi Tel.+998975326402 E-mail:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525914 Annotatsiya: Maqolada tashkilotning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimlari hajmi, “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot”ni tuzishda korxona standart jadval ko’rinishidagi ko’rsatkichlarning shaklini ishlab chiqish va hisobot ko’rsatkichlarini shakllantirishning tartibiga aloxida e’tibor qaratilgan. Tayanch so’zlar: aktiv passiv muomalalar, asosiy faoliyat, operatsion faoliyat, moliyaviy faoliyat, investitsion faoliyat, pul mablag’lari, pul mablag’lari ekvivalenti, pul oqimlari, buxgalteriya hisobi, bulgalteriya hisobining xalqaro standartlari, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, moliyaviy hisobot. Annotatsiya: V stat’ye rasmatrivayet’sya voprosi sostavleniya i razrabotki standartnoy tablitse pokazateley“Otchet’ dvijeniya o denejnix sredstv i osoboye vnimaniye udaleno texnichekiye aspekta pokazateley otchetov. The summary: In this article described question of composing and doing standard tables devoting to “Cash flow statement” and carefully paid attention to the technical aspects of indications of statement. Klyucheviye slova: operatsii aktiv-passiv, osnovnoy deyatel’nost’, operatsionnoy deyatel’nost’, finansovoy deyatel’nost’, buxgalterskiy uchet, mejdunarodniye standarti buxgalterskogo ucheta, otchet’ dvijeniya o denejnix sredstv, finansoviy otchetnost’, denejniye ekvivalentiy. Key words: active and passive operations, main activity, operation activity, financial activity, accounting, balance equity, international accounting standards, cash flow statement, financial statement, internal cycle, financial management. Moliyaviy hisobotning Xalqaro standartlarida korxona moliyaviy cholatining hakiqiy o’zgarishini tavsiflaydigan ma’lumotlarni yoritish nazarda tutiladi. Bunda hisobot tuzishda pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini tashkil etuvchi moddalar o’rtasidagi harakat bilan bog’lik pul oqimlari hisobot ko’rsatkichlariga kiritilmasligi lozim, degan talab ko’yiladi. Bunday toifadagi sof pul oqimlari korxona pul muomalalarini nazorat qilish va tartibga solishning aniq ob’yektini ko’rsatadi. Bunda korxonaning moliyaviy ahvoliga tashqi ta’sir ko’rsatmaydigan, ichki aylanmalar ko’rsatiladi. Moliyaviy nazoratni amalga oshirishda pul mablag’lari oqimini aks ettirish va yoritish muhim ahamiyatga ega. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda schyotlar o’rtasidagi o’zaro pul mablag’lari aylanmalarini ochib berish pulning "bekor aylanishi"ni baholashga imkon beradi. Bular valyuta mablag’larini konvertatsiyalash, korxonaning joriy va maxsus schyotlaridagi pul mablag’lari qoldiqlarini saqlab turish, kassaga hisob-kito6 schyotidan pul olinishi va kassadan pul mablag’larini xisob-kitob schyotiga topshirish va boshqalar. Ular kapitalning qo’shimcha o’sishiga ta’sir ko’rsatmaydigan bo’lib ko’rinishi mumkin, haqiqatda kurs tafovutlarini, depozit stavkalar bo’yicha foizlar hisoblash va hokazolar hisobiga ko’rsatib o’tilgan aktiv-passiv muomalalar xususiy kapitalning o’zgarishiga olib keladi. SHu jihatlari bilan pul oqimlari to’g’risidagi hisobot moliyaviy nazorat va moliyaviy menejment sohasiga to’g’ri keladi. Hisobot pul mablag’larining balansdagi qoldiq summalarinigina emas, pul massasi aylanmalarining summalari bilan o’zaro bog’lashga, korxona pul aylanmalarining tavsifini va manbalarining muhim jihatlarini hamda ushbu aylanmalarning korxona moliyaviy ahvoliga ta’sirini ochib berish, pul kapitali aylanishining samaradorligini tavsiflash imkonini beradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning muhim tarkibiy qismlaridan biri mulkdorlar va uchinchi shaxslar tomonidan pul mablag’larining xo’jalik aylanmasiga jalb qilinishi va undan chiqarilishi to’g’risidagi axborotlar hisoblanadi. 374 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Operatsion faoliyat bilan bog’liq pul oqimlari tushumi va sarflanishi to’g’risidagi axborotlar pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning eng muhim elementi hisoblanadi. Qoidaga ko’ra, moliyaviy va investitsion faoliyat oborotlariga tegishli bo’lmagan, pul kapitali xarakatlanishining barcha moddalari korxonaning odatdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq joriy pul hisob-kitoblari katoriga kiradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning ikkinchi elementi, investitsion faoliyat bilan bog’liq pul aylanmalaridir. Faoliyatning ushbu turi korxona mablag’larining uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarga, qimmatli kog’ozlarga va kelgusida barqaror daromadlar olishni ta’minlaydigan hukuklarga yondosh bo’lib, shuning uchun kapital aktivlar toifasiga tegishli bo’ladi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda korxona standart jadval ko’rinishidagi ko’rsatkichlarning belgilangan shaklini ishlab chiqishi va bosh daftardagi, hamda "kassa", "hisob kitob schyoti", "valyuta schyoti", "bankdagi maxsus schyotlar" va boshqa pul mablag’lari schyotlarining hisob registrlarida aks ettirilgan ko’rsatkichlar bog’liqligidan foydalanishi mumkin. Agar korxona ma’muriyati moliyaviy axborotlarni to’liq aks ettirishga harakat qilayotgan bo’lsa, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot konsepsiyasini ishlab chiqishi zarur. Bu kuyidagi sabablardan kelib chiqishi mumkin: - pul kapitalining harakati pul ekvivalentlarini qo’shgan holda o’rganiladi; - pul oqimlari to’g’risidagi hisobot axborotdan foydalanuvchilarning talablarini qondirishga yo’naltirilgan; - majburiy to’lovlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar va shunga o’xshashlar bo’yicha pullik majburiyatlarga rioya qilinishi munosabati bilan pul aylanmalari to’g’risidagi axborotlarni ochib berish muhim ahamiyatga egaligi; - rahbariyat hisobotda tijorat tashkilot ichki pul aylanmalarining shaffofligiga erishishadi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy va investitsion faoliyatlari to’g’risidagi axborotlarning pul aylanmalarini balanslashtirishning to’g’ri uslubi ham, egri usuli ham deyarli bir xil. Ushbu vaziyat ta’siri ostida pul oqimlarini balanslashtirishning turli tartiblari bo’yicha tayyorlangan hisobotlarning mazmuni sezilarli darajada yaqinlashadi. Qoidaga ko’ra, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning ko’rsatkichlari buxgalteriya balansi yoki hisob registrlarida ham keltiriladi. Lekin hisob universal bo’lishi uchun ma’lumotlarni buxgalteriya schyotlarining nomlari bo’yicha emas, balki muomalalarning xususiyatlariga ko’ra guruhlash lozim Xalq xo’jaligida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, xususan, pul oqimlarini boshqarish uslublarini buxgalteriya xisobining milliy va xalkaro standartlari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Moliyaviy resurslarning faoliyat turlari bo’yicha harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun buxgalteriya hisoboti tarkibida «Pul oqimlari to’g’risida hisobot» mo’ljallangan. Ushbu hisobot shakli amaliyot uchun nisbatan yangi bo’lib, hozirgi vaqtda uni to’ldirish ko’p hollarda faqat 5110-«Bankdagi hisob-kitob» schyotining ma’lumotlari bo’yicha amalga oshirilmoqda. Ko’pgina xo’jalik yurituvchi sub’yektlarida «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ning mohiyati, tayinlanishi, axborot imkoniyatlari va to’ldirish uslublariga e’tibor berilmaydi. SHuning uchun tavsiyanomaning ushbu bo’limida mazkur hisobotni tuzishning xalkaro va milliy xususiyatlari va boshqaruvni axborot bilan ta’minlashdagi ahamiyati bayon qilinadi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot - buxgalteriya hisobotining asosiy shakllaridan biri bo’lib, korxona pul mablag’larining kirimi va chiqimi to’g’risidagi axborotlarni umumlashtiradi. U buxgalteriya hisobining yadrosini tashkil etuvchi - "Buxgalteriya balansi" (1-shakl) va "Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot" (2shakl) ma’lumotlarini sezilarli darajada to’ldiradi. Ma’lumki, "Buxgalteriya balansi" (1-shakl) korxonaning ma’lum sanadagi moliyaviy ahvolini aks ettiradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot esa buxgalteriya hisoboti komponentlaridan biri bo’lib, pul mablag’larining hisobot davri boshidan to oxirigacha bo’lgan oraliqdagi o’zgarishlarini tavsiflaydi. "Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot" korxonaning hisobot davridagi moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini aks ettiradi. Bu faoliyat pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda tavsiflanadigan, pul mablag’lari holatiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Pul oqimlari to’g’risidagi axborotlar shunisi bilan 375 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ahamiyatliki, ular korxonalarning pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini jalb qilish hamda ishlatish layoqatini baholash uchun moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga asos yaratib beradi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IAS) va Qo’shma shtatlar buxgalterlik hisobining umum qabul qilingan prinsiplari (US GAAP)ga muvofik, pul mablag’lari korxona tasarrufidagi naqd pullar hamda talab qilinganda olinadigan qo’yilmalardan iborat. 9-sonli «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» nomli BHMS ga muvofik pul ekvivalentlari ma’lum pul summalariga tez va oson almashtiriladigan, hamda qiymatidagi o’zgarib turishi tufayli biroz xatarli bo’lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar. Demak, pul ekvivalentlari - bu yuqori likvidli, qisqa muddatli moliyaviy ko’yilmalar bo’lib, muayyan summaga oson konvertatsiya qilinadi hamda ularga qiymat o’zgarish riski deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Bularga xazina majburiyatlari, muddatli depozitlar, depozit sertifikatlar va shunga o’xshashlarni kiritish mumkin. «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ni tuzishda pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari yig’iladi va umumiy summa bilan hisobga olinadi. Moliyaviy qo’yilmalarni pul ekvivalentlari shaklida sotib olish va sotish boshqarish jarayonining bir qismi hisoblanadi. Korxona pul mablag’larini investitsiyalarga o’tkazish va qaytarib o’tkazish, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirilmaydi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda hisobot davrining oxiriga aks ettirilgan pul mablag’lari va ular ekvivalentlarining qoldig’i, balansdagi hisobot davri oxiriga aks ettirilgan pul mablag’lari va ular ekvivalentlarining qoldig’iga teng bo’lishi lozim. Pul ekvivalentlari sifatida hisobga olinadigan pozitsiyalar, shu tarzda, balansda qisqa muddatli moliyaviy ko’yilmalar yoki bozor qimmatli qog’ozlaridan ajratib ko’rsatilishi lozim. Qimmatli qog’ozlarni xarid qilish va sotish muomalalari natijasida pul mablag’lari kirimi va chiqimi sodir bo’lib ular ham pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda faqat pul mablag’lari to’g’risidagi schyotlar: 5000-«Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar», 5100-«Hisoblashish schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar», 5200- «CHet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar», 5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar», 5600-«Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar» va 5700«Yo’ldagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar ma’lumotlaridan foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq pul ekvivalentlarini aniqlash uchun korxona 5610-«Pul ekvivalentlari»(turlari bo’yicha) schyoti, 5700-«Yo’ldagi pul mablag’lari (jo’natmalari)» schyoti va 5800-«qiska muddatli moliyaviy ko’yilmalar» (dastlabki so’ndirilish muddati uch oydan oshmaydigan moliyaviy qo’yilmalar qismi)da aks ettiriladigan ma’lumotlardan foydalaniladi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ishchi schyotlar rejasida yukori likvidli moliyaviy ko’yilmalarni (qoplash muddati uch oygacha bo’lgan) aks ettiradigan analitik pozitsiyalarni ajratish zarur. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda pul mablag’larining kirimi va chiqimi asosan uchta tasnifiy toifaga bo’lingan: operatsion faoliyat, investitsion faoliyat va moliyaviy faoliyat. Pul oqimlarini ushbu toifalar bo’yicha guruhlash korxona faoliyatidagi uchta asosiy yo’nalishdan har birining pul mablag’lariga ta’sirini aks ettirishga imkon beradi. Uchala toifaning pul mablag’lariga birgalikdagi (uyg’unlashgan) ta’siri pul mablag’larining boshlangich va oxirgi qoldig’ini solishtirib tekshiradigan davrdagi sof o’zgarishini ko’rsatadi. Investitsion faoliyat pul oqimlariga kiritilmagan uzoq muddatli buxo’jalik yurituvchi sub’yektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’yektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga tegishli bo’lmagan boshqa xo’jalik faoliyati. Qoidaga ko’ra korxonaning operatsion faoliyati mahsulot, ish va xizmatlarni sotishga yo’naltiriladi. Operatsion faoliyatdan olinadigan pul mablag’larining xarakati korxonaning investatsion va moliyaviy faoliyatiga kirmaydigan barcha operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va 6oshqa uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish va sotish investitsion faoliyatping asosiy komponentlari hisoblanadi. Tegishli pul tushumlari va chiqimlari "Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot"ning "investitsion faoliyat" bo’limida aks ettiriladi. Investitsion faoliyat bilan bogliq pul 376 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 mablag’lari harakati kelgusida foyda keltiradigan va pul mablag’lari harakatini vujudga keltiradigan resurslarga nisbatan qaratilgan. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish maqsadida 9-BHMSga muvofiq moliyaviy faoliyat - bu xo’jalik yurituvchi sub’yektning faoliyati natijasida xususiy kapital va qarz mablag’lari miqdorlari va tarkibida o’zgarish qilishi mumkin bo’lgan faoliyat. Demak, moliyaviy faoliyat natijasida korxona xususiy kapitali va majburiyatlarining hajmi hamda tarkibida o’zgarishlar sodir bo’lar ekan. Bunday faoliyat bilan bog’liq vujudga keladigan pul mablag’lari harakati «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ning «moliyaviy faoliyat» bo’limida aks ettiriladi. Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq pul mablag’lari harakati to’g’risidagi axborotlar pul mablag’larining kelgusidagi hajmini bashorat qilishga imkon beradi. SHunday qilib, moliyaviy hisobot xalkaro standartlari (MHXS) va milliy standartlar bo’yicha moliyaviy faoliyatni ta’riflashdagi asosiy farq MHXS ga muvofik moliyaviy faoliyat qisqa muddatli investitsiyalar kabi uzoq muddatlilarni ham o’z ichiga oladi. Ayni paytda milliy standartlar moliyaviy faoliyatga faqat qisqa muddatli investitsiyalarni kiritadi. Bayon qilinganlar munosabati bilan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni MHXS asosida tuzishda moliyaviy faoliyatning tegishli ta’rifidan foydalanish maqsadga muvofiq. Buxgalteriya hisobi kassa usuli bo’yicha yuritilganida daromadlar pul mablag’lari olingan paytda, xarajatlar esa to’langan paytda hisobga olinadi. Bunday tartib asosan korxonaning asosiy faoliyatidan olingan pul mablag’lari harakatiga e’tiborni qaratish zarur bo’lganida juda qulay hisoblanadi. Haqiqatda korxona asosiy faoliyatidan olingan pul mablag’lari harakatining sof natijasi uning kassa usuli bo’yicha hisoblangan foydasiga teng bo’ladi. Asosiy faoliyatdan olingan pul mablag’lari harakatining sof shatijasini hisob-kitob qilish uchun hisobkitob bazasini hisoblash usulidan kassa usuliga o’zgartirish talab qilinadi. Hisob - kitob qilishning to’g’ri usuli operatsion faoliyat pul kirimlari va to’lovlarining asosiy toifalarini hisobga oladi va mohiyatiga ko’ra, kassa usuli asosida tuzilgan, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga o’xshaydi. Hisobkitob qilishning to’g’ri usulini qo’llashda pul mablag’lari summalarini har xil toifalari bo’yicha, yoki bo’lmasa hisoblab qo’yish usuli asosida hisob-kitob qilingan daromadlar va xarajatlarni, kassa usuli asosida hisob-kitob qilingan, tegishli summalarga qayta hisoblab o’tkazish yo’li bilan aniqlash mumkin. Ko’pchilik korxonalarda juda katta miqdordagi pul muomalalari amalga oshirilib, bu operatsion faoliyatdan olingan pul mablag’larini aniqlash uchun ularni tahlil qilish va turkumlashni judayam qiyinlashtirib yuboradi. Hisobga olib qo’yish prinsipi bo’yicha hisobda aks ettirilgan summalarni asos sifatida qabul qilish eng samaraliroq uslubi hisoblanadi Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri), O’RQ №404son, 2016 yil 13 aprel’, “Xalq so’zi” gazetasining 2016 yil 14 apreldagi 73 (6508)- soni. 2. O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari” to’plami, T.: O’zBAMA,- 2008 y. 3. Tulaxodjayeva M.M. Finansovaya otchetnost’ v sootvetstvii s MSFO. WWW/norma uz. 4. Eshonqulov A.Q. Korxonalarda pul oqimlari to’g’risida hisobotni takomillashtirish. JURNAL OF MARKETING, BUZINES OF MANAGAMENT (JMBM).