ASOSIY VOSITALARNING BOSHLANG'ICH QIYMATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Full text
377 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ASOSIY VOSITALARNING BOSHLANG‘ICH QIYMATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI Ismoilov Asliddin Abdusalom O‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi tel:+998906444888 E-mail:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17525931 Annotatsiya: Ushbu maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakllantirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanishi korxona moliyaviy barqarorligi, amortizatsiya summalari va foyda miqdoriga bevosita ta’sir etishi o‘rganilib, ilmiy takliflar berildi. Kalit soʻz. Asosiy vositalar, boshlang‘ich qiymat, baholash, BHMS, amortizatsiya, buxgalteriya hisobi, soliq hisobi, tahlil, xalqaro standartlar, moliyaviy hisobot. Abstract. This article scientifically analyzes the issues of forming the initial value of fixed assets in the activities of business entities in a market economy. It is studied that the correct valuation of fixed assets directly affects the financial stability of the enterprise, depreciation amounts and the amount of profit. Key word. Fixed assets, initial cost, valuation, BHMS, depreciation, accounting, tax accounting, analysis, international standards, financial reporting. Аннотация. В данной статье научно проанализированы вопросы формирования первоначальной стоимости основных средств в деятельности хозяйствующих субъектов в условиях рыночной экономики. Установлено, что правильная оценка основных средств напрямую влияет на финансовую устойчивость предприятия, размеры амортизационных отчислений и размер прибыли. Ключевое слово. Основные средства, первоначальная стоимость, оценка, BHMS, амортизация, бухгалтерский учет, налоговый учет, анализ, международные стандарты, финансовая отчетность. Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarning samarali faoliyat yuritishi, ularning ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishiga bog‘liq. Bu resurslar ichida asosiy vositalar muhim o‘rin tutadi, chunki ular ishlab chiqarish jarayonining moddiy-texnik bazasini tashkil etadi. Asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanishi, boshlang‘ich qiymatini aniqlash buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda asosiy vositalarni hisobga olish, ularning qiymatini qayta baholash va modernizatsiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi. Jumladan, 5-sonli “Asosiy vositalar” buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) va 2024-yil 9-avgustdagi 3546-sonli farmon asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini aniqlash, qayta baholash hamda ularni hisobdan chiqarish tartibini takomillashtirdi. 1 Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini to‘g‘ri belgilash korxonaning moliyaviy barqarorligini, amortizatsiya qiymati va foyda miqdorini bevosita ta’sir qiladi. Buxgalteriya hisobida xatoliklar esa moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini pasaytiradi, soliq majburiyatlarini noto‘g‘ri aniqlashga olib keladi. Shu bois ushbu mavzuni ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi Iqtisodchi va erkin tatqiqotchi olimlar tomonida asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini aniqlash, boshlang‘ich qiymatni shakllantirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish jarayoni bilan bog‘iq bir qancha izlanishlar va ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Misol uchun, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Popov A.Yu asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakillantirish haqida ilmiy maqolasida quydagicha fikir bildirgan, “zamonaviy sharoitda yangi buxgalteriya hisob va hisobot qoidalariga o‘tishda, asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini aniqlash masalasi alohida dolzarblikka ega, chunki uning aniqligi korxona moliyaviy 1 https://lex.uz/uz/docs/7058293
378 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 hisobotlarining ishonchliligiga hamda aktivlar boshqaruvining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi”. 2 Marquette University accounting fakulteti tadqiqotchisiJodi L. Gissel asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha shunday deydi “boshlang‘ich qiymatni belgilash jarayonida faqat aktivni sotib olish uchun to‘langan pul summasi yetarli bo‘lmasligi, balki aktivni o‘sha holatga — foydalanishga tayyor holatga — olib kelish uchun zarur bo‘lgan boshqa xarajatlarni ham hisobga olinishi zarurligini ta’kidlaydi. 3 E. Mamasoliyev asosiy vositalar bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganib o‘zining tadqiqot maqolalarida asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati haqida shunday deydi, “Boshlang‘ich qiymat – to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymatidir. 4 Yuqoridagi tatqiqotchilarni fikrini o‘rganish orqali asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, uni xarid qilishdan boshlab to‘liq ishchi holatga kelgunga qadar bo‘lgan barcha xarajatlar yig‘indisi natijasida shakllanishini bilib oldik. Agar korxona asosiy vositani o‘zida qurganda ,qurilish jarayoni bilan bo‘lgan barcha xarajatlar (xom-ashyo va material,ish haqqi,soliq va yig‘imlar, eskirish xarajatlari va boshqa xarajatlar) hisobga olgan holda uning tannarxi orqali boshlang‘ich qiymatni aniqlaydi. Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqot ishimizni o‘rganishda analiz, sintez ,deduksia, induksia usullaridan foydalandik. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakillantirishda xisobga olinadigan xarajatlar ,ularning turlari tahlil qilinib, mavjud muamolarga takliflar berildi. Tahlil va natijalar Korxonalar asosiy vositalarni bir nechta yo‘llar bilan korxona balansiga kirim qiladi. Bular asosiy vositani sotib olish, qurish, tekinga hadiya sifatida olish, korxonaga tegishli aktivlarga ayriboshlash orqali bo‘lishi mumkin. Korxona asosiy vositani o‘zi qurganda uni qurishga ketgan xarajatlar orqali shakllangan tannarxga boshlang‘ich qiymat sifatida qaraydi. Tekinga hadiya sifatida olganda uning boshlang‘ich qiymati real bozor bahosini topish orqali aniqlanadi. Sotib olinganda, shartnoma bo‘yicha kelishilgan summa va asosiy vositani tashish, ornatishga qilingan harajatlarni hisobga olish orqali aniqlanadi. Korxonalar asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatini shakillantirish davomida bir qancha muamolarga yuz kelishi mumkin. Bu asosiy vositani sotib olish, yetkazib berish, o‘rnatish. ishga tayyorlash, ishlab chiqarishga tayyorlash jarayonlarida yuzaga keladigan xarajatlar bilan bog‘liq. Aynan shu jarayonlar bilan bog‘liq xarajatlarni to‘g‘ri shakllantirmaslik asosiy vositaning real boshlang‘ich qiymatini kamaytirib yuboradi, natijada korxona ortiqcha sarf xarajatga yo‘l qo‘yadi. Noto‘g‘ri shakillantirilgan boshlang‘ich qiymat orqali korxona balansiga kirim qilingan asosiy vositaga, hisoblangan eskirish summalarida ham hatoliklar yuzaga keladi. Tahlil qilish jarayonida 5-son BHMS “asosiy vositalar”, standartida va soliq qonunchiligida normalar o‘rganildi .Natijada asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatini shakillantirish bilan bog‘liq bir qancha muammolar aniqlandi. -baholashdagi noaniqliklar, ayrimasosiy vositalar qiymati bozordagi haqiqiy narxdan farq qiladi, bu esa balans qiymatini noto‘g‘ri aks ettirishga olib keladi. -amartizatsiya siyosatining nomuvofiqligi, korxona asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatini shakillantirishda yo‘l qo‘yganligi sababli,solishtirma tahlil va moliyaviy natijalarda farq paydo bo‘ladi. XULOSA VA TAKLIFLAR 2 Первоначальная оценка основных средств в бухгалтерском учёте: ближайшие перспективы (Журнал «Крымский научный вестник», №3(9), 2016). 3 A Case of Fixed Asset Accounting: Initial and Subsequent Measurement, “Journal of Accounting Education”, Vol. 37 (Dec 2016): 61-66. 4 Mamasoliyev, E.D. (2024). Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning vazifalari. InLibrary.uz. https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/download/30160/30924
379 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakillantirish bo‘yicha qilingan tahlillar orqali quydagicha hulosalarga kelish mumkin. Amalda buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha BHMS qo‘llanishga qaramasdan, korxonalar asosiy vositani boshlang‘ich qiymatni shakllantirish jarayonini to‘g‘ri va yagona metodi asosida tashkil etishda muammo bor. Bular jumlasiga baholashda nomuvofiqlik, hisob siyosatidagi farqlar, amartizatsiya usullarini turlicha qo‘llanishi va bozor baholarining muvofiqligi yetarli darajada bo‘lmasligi. Xulosa qilib aytganda, asosiy vositani boshlang‘ich qiymatini shakllantirishdan asosiy maqsadaktivning real qiymatini aniqlash, u orqali korxonaning moliyaviy holatini ifodalash, hisobotlar aniqligi va to‘g‘riligini ta’minlashdan iborat. O‘rganilgan manbalar va mavjud muammolarni hisobga olib asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini shakillantirish bo‘yicha quydagicha takliflarni berishimiz mumkin. -normativ huquqiy baza hisoblangan BHMSni xalqaro standartlarga moslashtirish. -baholash metodini joriy qilish, boshlang‘ich qiymatni shakillantirishda xarajatlar, transport, montaj, bojxona to‘lovlari va boshqa xarajatlarni standartlashtirish kerak. -amalyotda raqamli texnalogiyalarni qo‘llash, asosiy vositani hisobga olish jarayonida, boshlang‘ich qiymatni aniqlashda elektron reyestrlar va dasturlarni joriy qilish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahrir), 13.04.2016y № 404. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Standarti (5-Sonli Bhms) “Asosiy Vositalar”Ni Tasdiqlash Haqida 3. [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Tomonidan 2024-Yil 9-Avgust Roʻyxatdan Oʻtkazildi, Roʻyxat Raqami 3546. 4. Muxametov.A.B, Abduvohidov.A.A, Matkulieva.S.I, Matrasulov.B.E, Turayeva.G.G - “Buxgalteriya hisobi”, 2023-y 462b. 5. Tabayev.A.Z, Mamatkulov.M.SH “Buxgalteriya hisobi” O‘quv qo‘llanmaToshkent 2022-y, 126b. 6. Mamasoliyev, E.D. (2024). “Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning vazifalari” to‘g‘risidagi maqolasi. 7. www.lex.uz. 8. https://new.openinfo.uz 9. bhms.uz 10. www.ziyonet.uz 11. buxgalter.uz.