GURUH ISHIDA EKZISTENSIAL-GUMANISTIK YONDASHUVLAR VA TRENINGLARDA MA'NAVIY MAS'ULIYAT
Abstract
Ushbu tadqiqotda ta’limda zamonaviy yondashuvlarga asoslangan holda ekzistensial-gumanistik ta’limga oid tadqiqotlar va psixologik treninglarda guruhlardan iborat jamoaning ma’naviy yetukligini oshirish haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Shuningdek, talabalar guruhiga treninglarni tashkil qilish orqali zamonaviy pedagogik metodlarni tashkil qilishning ahamiyati va bosqichlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Full text
Noyabr, 2025-Yil 19 GURUH ISHIDA EKZISTENSIAL-GUMANISTIK YONDASHUVLAR VA TRENINGLARDA MA’NAVIY MAS’ULIYAT Turemuratova Aziza Begibaevna Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti: [email protected] Nurjanova Maxfuza Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Shodiyorova Fazilat Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17526028 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda ta’limda zamonaviy yondashuvlarga asoslangan holda ekzistensial-gumanistik ta’limga oid tadqiqotlar va psixologik treninglarda guruhlardan iborat jamoaning ma’naviy yetukligini oshirish haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Shuningdek, talabalar guruhiga treninglarni tashkil qilish orqali zamonaviy pedagogik metodlarni tashkil qilishning ahamiyati va bosqichlari haqida ma’lumotlar beriladi. Kalit so’zlar: Ta’lim, pedagogik tadqiqotlar, psixologik yondashuvlar, ta’lim metodlari, kolloborativ ta’lim, psixologik trening, ma’naviyat. Kirish Har qanday jamiyatning kelajagi, taraqqiyot yo‘nalishi va ijtimoiy barqarorligi avvalo uning yoshlari bilan belgilanadi. Yosh avlodning ongli, vatanparvar, axloqan barkamol va ijtimoiy mas’uliyatga ega bo‘lib shakllanishi esa, o‘z navbatida, jamiyatning ma’naviy-siyosiy muhitiga, milliy g‘oyaviy asoslariga va mavjud tarbiyaviy tizimning puxtaligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yuksak ma’naviyat egasi bo‘lgan jamiyat hech qachon tanazzulga uchramaydi. Zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy muhitda yoshlar nafaqat axborot oqimi, balki turli yot g‘oyalar, madaniy bosim va iste’molchi dunyoqarashdan ham ta’sirlanmoqda. Ana shunday sharoitda ularni ijtimoiy inqirozlarga qarshi tura oladigan, mustaqil fikrlovchi, o‘z madaniy ildizlariga tayanadigan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa, o‘z-o‘zidan, milliy g‘oya bilan uzviy aloqador bo‘lgan tarbiya falsafasini ilgari surishni taqozo etadi. Milliy g‘oya — bu xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy dunyosi, orzu-intilishlari va hayotiy ideallarining jamlanmasidir. U shaxsning o‘zlikni anglashidan tortib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishigacha bo‘lgan jarayonni boshqaradigan ichki g‘oyaviy kuchdir. Ayniqsa, yosh avlod ongida bu g‘oya shunchaki tushuncha emas, balki ruhiy-mafkuraviy immunitet, ijtimoiy mas’uliyat, estetik idrok, axloqiy mezon sifatida faol ishlaydi. Shuning uchun ham, milliy g‘oyaning falsafiy mohiyatini anglamasdan, yoshlarni komil inson sifatida tarbiyalash to‘liq bo‘lishi mumkin emas. Yoshlarning zamonaviy tafakkurini shakllantirishda milliy g‘oyaning roli — bu ularning qadriyatlar asosida fikrlashi, qaror qabul qilishda axloqiy mezonlarga tayanishi, o‘zligini anglashi va shaxsiy rivojlanishida mas’uliyatli yondashuv egallashi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday yondashuv esa milliy g‘oyaning faqat nazariy emas, balki amaliy tarbiyaviy kuchga aylanishini ta’minlaydi. Zamonaviy jamiyatda inson shaxsining rivojlanishi, uning ma’naviy barkamollikka intilishi va ijtimoiy faolligini ta’minlash masalalari psixologiya va pedagogika fanlarining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Shaxsni chuqur o‘rganish, uning ichki dunyosini anglash va hayotdagi ma’nosini
Noyabr, 2025-Yil 20 topish g‘oyalari ayniqsa ekzistensial va gumanistik yondashuvlarda o‘z ifodasini topadi. Mazkur yo‘nalishlar insonning o‘zligini anglash, mas’uliyatni his qilish, maqsad sari harakat qilish hamda boshqalar bilan samimiy muloqotda bo‘lishini asosiy qadriyat sifatida ko‘rsatadi. Bugungi kunda psixologik treninglar, guruhiy mashg‘ulotlar va shaxsiy rivojlanish dasturlari insonning o‘z hayotidagi ma’noni anglashiga, ma’naviy mas’uliyatini his etishiga, ijtimoiy va ruhiy barqarorlikni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu bois, ekzistensial-gumanistik yondashuvlar nafaqat individual terapiyada, balki guruh ishlarida ham muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada guruh ishida ekzistensial-gumanistik yondashuvlarning nazariy asoslari, ularning treninglarda ma’naviy mas’uliyatni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Guruh ishlari — bu bir necha shaxsning maqsadli faoliyat doirasida o‘zaro muloqotga kirishish, tajriba almashish va o‘zini anglash jarayonidir. Guruhiy mashg‘ulotlar psixologiyada trening, muhokama, psixodrama, konsalting shaklida amalga oshiriladi. Guruhda inson boshqalar orqali o‘zini ko‘radi, o‘z his-tuyg‘ularini anglaydi va shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ekzistensial-gumanistik yondashuvda guruh — bu insonning o‘zini erkin ifoda etish, hayotiy tajribasini baham ko‘rish, ichki muammolarni anglash va ularni hal qilish imkoniyatidir. Guruh jarayonida inson o‘z “Men”ini chuqurroq tushunadi, boshqalarning tajribasiga empatik munosabatda bo‘lishni o‘rganadi va shu orqali ma’naviy mas’uliyat hissi kuchayadi. Pedagogik jihatdan esa guruh ishlari shaxsning ijtimoiylashuvini, jamoaviy qaror qabul qilish, hamkorlik, murosa va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Guruh treninglarida o‘qituvchi yoki fasilitator nazoratchi emas, balki yo‘l ko‘rsatuvchi, yordamchi rolida bo‘ladi. Bu esa shaxsiy o‘sish uchun qulay psixologik muhit yaratadi. Ma’naviy mas’uliyat — bu insonning o‘z e’tiqodi, qadriyati va vijdoni asosida to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘z xattiharakatlari uchun javobgarlikni his etish qobiliyatidir. Bu tushuncha nafaqat diniy yoki axloqiy, balki psixologik kategoriya sifatida ham muhimdir. Ekzistensial yondashuvda ma’naviy mas’uliyat inson erkinligining tabiiy oqibati sifatida talqin qilinadi. Franklga ko‘ra, inson erkindir, ammo bu erkinlik cheklanmagan emas — u mas’uliyat bilan birga keladi. Inson o‘z hayotining ma’nosini topish uchun tanlov qiladi va bu tanlov uchun javob beradi. Ekzistensial-gumanistik yondashuv insonning hayotdagi o‘rnini, maqsadini va mas’uliyatini anglashga yo‘naltirilgan zamonaviy psixologik konsepsiyadir. Guruh ishlarida bu yondashuvlar shaxsiy o‘sish, ichki uyg‘unlik va ma’naviy yetuklikni shakllantirishga xizmat qiladi. Treninglarda inson o‘z hayotiga nisbatan mas’uliyatni his etadi, boshqalarni tushunishga o‘rganadi va jamiyatda faol, ongli shaxs sifatida shakllanadi. Demak, ekzistensial-gumanistik yondashuvlar asosida tashkil etilgan guruh treninglari — bu insonning o‘zini anglash, ma’naviy mas’uliyatni rivojlantirish va ijtimoiy hayotda muvozanatni saqlashning eng samarali yo‘llaridan biridir. Ta’limda ko‘p vektorli yondashuvlarga asoslangan yangi tizim yaratishda hamkorlikda o‘qitish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini oshirish, psixologik treninglar orqali bilimlarini mustahkamlash orqali ta’lim samaradorligini yanada oshiramiz. Ushbu tadqiqot orqali biz guruhlar va jamoaviy ta'limning eng samarali usulini ko'rib chiqdik. Bu o‘quvchilarning egallagan bilimlarini eslab qolish qobiliyatini oshiradi, erkin fikrlash, mulohaza yuritish, qaror qabul qilishga yordam beradi, degan fikrni ilgari surdik. Ushbu o‘rganish davomida biz talabalar bilan psixologik trening orqali suhbatlar o‘tkazdik va talabalarning fikrlarini tingladik. Psixologik tadqiqotlarda ta'limda ko'p
Noyabr, 2025-Yil 21 vektorli psixologik treninglar faol va hamkorlikda o'rganish bo'yicha tadqiqotlarning qisqacha nazariy sharhini taqdim etadi. Ushbu o'quv shakllarining ta'riflari berilgan. Faol va hamkorlikda o'qitish shakllarining asosiy xususiyatlari sanab o'tilgan. Hamkorlik bilan o'qitishda qo'llaniladigan o'quv faoliyati turlari sanab o'tilgan: munozara, tengdoshlar bilan o'rganish, muammolarni hal qilish, birgalikda yozish, o'yinlar. Birgalikda o'qitish samaradorligining mumkin bo'lgan sabablari ko'rsatilgan: ijtimoiy-psixologik omillar va kognitiv ishtirokning yuqori darajasini ta'minlash qobiliyatini oshiradi. Ushbu tadqiqotlarga asoslangan holda talabalarning kolloborativ ko’nikmalarini oshirish bo’yicha zamonaviy pedagogik metodlarga asoslangan tadqiqotlarni amalda qo’llash va psixologik treninglarni tashkillashtirish bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Psixologik trening mashg'ulotlarida ishlatiladigan turli xil psixologik mashqlar, o’qituvchilarning o’qitish texnikalar va pedagogik metodlarni tashkil qilishda psixologlar texnikalarning xilmaxilligiga qaramay, bir nechta asosiy psixologik trening usullarida uslubiy muammolarni ajratib ko'rsatish mumkin. Ularning ko’pchiligi kolloborativ ta’lim (ya’ni talabalar guruh bo’lib kolloborativ ta’lim jarayonida) an'anaviy ravishda guruhli bahs va vaziyatli rolli muzokaralarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar – psixologik treningning uslubiy muammolarini bartaraf etuvchi nazariyotchilari va psixolog amaliyotchilari, shaxslararo sezgirlikni o'rgatish orqali o'zini psixofiziologik boshqarishga asoslangan metodlar, shu jumladan jamaoviy holda kolloborativ ta’limda talabalarning idrok etishga qaratilgan sezgirlikni oshirish kabi mashg’ulotlarni treningning asosiy usullari qatoriga qo'shishni taklif qilishadi. Shuningdek, psixologik trening ishlarida meditative metodlar va ogohlantiruvchi (o'z-o'zini gipnoz qilishni o'rgatish uchun) metodlardan foydalanish pedagog-psixologlarga tavsiya etiladi. Psixologik treninglarni tashkil etish asosan tayyorgarlikda guruhdagi munozara - bu har qanday munozarali masalani birgalikda (kolloborativ) muhokama qilish, bu to'g'ridan-to'g'ri muloqot jarayonida guruh a'zolarining fikrlari, pozitsiyalari va munosabatlarini aniqlashtirishga (ehtimol o'zgarishga, muloxaza qilish, erkin fikrlarni yuritish) imkon beradi. Ta’lim tizimida kolloborativ ko’nikmalarni oshiruvchi psixologik treningdan foydalanish talabalarning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi degan fikrlarni ilgari suramiz. Ta’limda ko‘p vektorli yondashuvlarga asoslangan yangi tizim yaratishda hamkorlikda o‘qitish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, hamkorlik ko‘nikmalarini oshirish, psixologik treninglar orqali bilimlarini mustahkamlash orqali ta’lim samaradorligini yanada oshiramiz. Ushbu tadqiqot orqali biz guruh va jamoaviy ta'limning eng samarali usulini ko'rib chiqdik. Bu o‘quvchilarning olgan bilimlarini eslab qolish qobiliyatini oshiradi, erkin fikrlash, fikr yuritish, qaror qabul qilishga yordam beradi, degan fikrni ilgari surdik. Ushbu o‘rganish davomida talabalar bilan psixologik treninglar orqali suhbatlar o‘tkazdik va ularning fikrlarini tingladik. Unga asosan oliy ta’limda ko’p vektorlarga asoslangan holda psixologik treninglar va pedagogik metodlar orqali talabalarning kolloborativ ko’nikmalarini oshirish bo’yicha zamonaviy metodlarni qo’llash bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Xulosa Zamonaviy ta’lim institutlarini yaratish bosqichlari orqali ta’limning innovatsion g’oyalar, zamonaviy psixologik treninglar orqali uyg’unlashishi orqali samarali ta’lim dasturiga erishishimiz mumkin. Talabalarning kolloborativ ko’nikmalarini oshirish orqali, dunyoqarashini shakllantirish, ma’naviyatli-ma’rifatli yosh avlod sifatida tarbiyalashimiz, mustaqil fikr bildirish
Noyabr, 2025-Yil 22 qobiliyatlarini oshirishimiz, erkin qaror qabul qilish ko’nikmalarini oshirishimiz va komil insonlar qilib tarbiyalashimizga sharoitlar yaratadi desak yanglishmaymiz. Treningda guruh muhokamasidan ishtirokchilarga psixologik treninglarda kelib chiqqan muammoni har xil nuqtai nazardan qarash imkoniyatini berish uchun ham foydalanishi mumkin (bu o'zaro rahbarlik va guruhning boshqa a'zolaridan yangi ma'lumotni qabul qilishga qarshilikni kamaytiradigan o'zaro pozitsiyalarni aniqlaydi) va individual tahlil orqali guruhni aks ettirishning psixologik uslubiy mummoni bartaraf etish usuli sifatida amalga oshiriladi. Natijada ushbu tajriba guruhning birligini kuchaytiradi va shu bilan birga ishtirokchilarni o'zining olamini namoyon qilishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322. 2. Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2025. – Т. 6. – №. 02. – С. 30-33. 3. Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 26-33. 4. Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of Pedagogics. – 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268. 5. Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. – №. 4. – С. 242-250. 6. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 7. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova Shayra Sabirovna. "PEDAGOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62. 8. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 178-182. 9. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna. "PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING
Noyabr, 2025-Yil 23 STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187. 10. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102. 11. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157. 12. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Ayimbaeva Aynura Rustamovna. "PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 88-92. 13. Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал академических исследований 3.7 (2023): 225-229. 14. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova Raxila Genjemuratovna. "THE MAIN ESSENCE OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES IN MODERN EDUCATION." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46. 15. Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 252-261.