scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJODKORNING RAMZ QOʻLLASH MAHORATI

Sadoqat Ergashova

Abstract

Mazkur maqolada iste’dodli shoir Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan ramzlar badiiyati hamda ijodkorning ramz qo‘llash mahorati haqida so‘z boradi. Maqola mavzusi ilmiy-nazariy fikrlar bilan asoslangan holda misollar vositasida ochib berilgan.

Full text

585 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 IJODKORNING RAMZ QOʻLLASH MAHORATI Sadoqat Ergashova Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.17526083 Annotatsiya. Mazkur maqolada iste’dodli shoir Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan ramzlar badiiyati hamda ijodkorning ramz qo‘llash mahorati haqida so‘z boradi. Maqola mavzusi ilmiy-nazariy fikrlar bilan asoslangan holda misollar vositasida ochib berilgan. Kalit so‘zlar: ramz, ijodkor mahorati, ko‘chma ma’nodagi so‘zlar, obraz, ramziylik. THE ARTIST'S SKILL IN USING SYMBOLS Abstract. This article discusses the art of symbols used in the work of the talented poet Eshqobil Shukur and the artist's skill in using symbols. The topic of the article is explained using examples based on scientific and theoretical ideas. Keywords: symbol, artist's skill, figurative words, image, symbolism. МАСТЕРСТВО ХУДОЖНИКА В ИСПОЛЬЗОВАНИИ СИМВОЛОВ Аннотация. В данной статье рассказывается об искусстве рифмы, используемой в творчестве талантливого поэта Эшкабила Шукура, и мастерстве художника в использовании символов. Тема статьи поясняется с помощью примеров, основанных на научных и теоретических представлениях. Ключевые слова: символ, творческое мастерство, образные слова, образ, символика. Haqiqiy she’rni ramzlarsiz tasavvur etish qiyin. Ijodkor ifoda etmoqchi bo‘lgan fikrni ramzlar asosida ko‘chma ma’nodagi so‘zlar yordamida ochib beradi. O‘z o‘rnida topib qo‘llangan ramzlar asarning faqat bezagi hisoblanmaydi. Ular orqali soʻzlarning ortiqcha “isrof” idan saqlanadi, “rаmz оbrаzning mоhiyаtini оydinlаshtirаdi, shаklаn yоrqinlаshtirаdi, mаzmunаn сhuqurlаshtirаdi, hissiy tа’sirсhаnligini kuсhаytirаdi” 1 . Ramziylikda so‘zni anglash va his qilish bilan bir qatorda ko‘zda tutilgan ishorani anglash ham muhimdir. Avvalo, ramz oʻzi nima? Uning she’r tarkibidagi vazifasi nimalardan iborat? Adabiyotshunos Toʻra Boboyev “Adabiyotshunoslik asoslari” darsligida ramzga quyidagicha taʻrif beradi: “Ramz (arab. زمر — imo-ishorat) — tasvir obʼektining mohiyatini maʼlum bir nuqtayi nazardan shartli ifodalovchi soʻz yoxud predmet. Ramzlar xalqaro atamashunoslikda simvol (yunon. symbolon — shartli belgi) deb yuritiladi” 2 . “Bunda soʼz oʼz maʼnosidan koʼchadi va muayyan narsa yoki hodisaning majoziy, ramziy yoxud istioraviy timsoliga aylanadi. Ulkan shoir A. Oripovning “Toʼti” sheʼridagi bulbul va toʼti obrazlari fikrimizning tasdigʼidir. Sheʼrdagi bulbul - ona tilining ramziy ifodasi”. 3 Demak, ramzlar ma’lum bir matnda ijodkorning koʻzlagan maqsadini toʻliq ochib berish uchun xizmat qiladigan, oʻz va koʻchma ma’noga ega boʻlgan badiiy tafakkur mevasidir. Ta’kidlash joizki, koʻchimning allegoriya deb ataluvchi turi ham mavjud. Baʻzi manbalarda majoz deb ham yuritiladi. “Badiiy adabiyotda soʻz-allegoriyalar koʻproq anʻanaviy 1 Жуматова Н. Ҳозирги ўзбек шеъриятида ранг билан боғлиқ рамзий образлар: Филол. фан. ном…. дисс. – Тошкент, 2000. – Б. 10 2 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Олий ўқув юртларининг филология факультетлари талабалари (бакалавр босқичи) учун дарслик. Масъул муҳаррир С.Мамажонов. 2-нашр, қайта ишланган ва тўлдирилган. – Т.: “Ўзбекистон”, 2001. – Б. 337. (www.ziyouz.com kutubxonasi). 3 Б.Саримсоқов. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент: "Bookmany print", 2022. 37 б. 586 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 tarzda qoʻllanadi”. 4 Demak, uni an’anaviy ramz turidan farqlashimiz kerak, ular oʻrtasida aniq chegara qoʻyilmas ekan turli bahslar kelib chiqishi tabiiy. Masalan, umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 7-sinflari uchun moʻljallangan adabiyot darsligida 5 va adabiyotshunos T. Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” darsligida 6 simvol yaʻni ramzning bir koʻrinishi sifatida izohlanadi. Biz bu fikrlarga qoʻshilmagan holda aytishimiz mumkinki, ramzni hosil qilgan soʻzlar oʻz va koʻchma ma’nosini saqlagan boʻladi. Ularni faqat kontekstda boshqa soʻzlar bilan yondosh holda koʻchma ma’noda uchratishimiz mumkin. Badiiy nutqdan tashqarida oʻz maʻnosini ifodalashga xizmat qiladi. “Adabiyotshunoslik lug‘ati” da ramz “ko‘chim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi; obrazlilik turi deb ta’riflanadi 7 . Haqiqatdan ham ramz majoz (allegoriya)ga yaqin hodisa hisoblanib, ba’zida har ikkisi bir xil degan qarashlar mavjud. Lekin ta’kidlab o‘tganimizdek, ramz matnda ham o‘z ma’noda ham ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi mumkin. Allegoriyada esa turgʻunlik ustuvor. Masalan, “boʻri” – vahshiylik, “eshak” – farosatsizlik, “bedana” – qoʻnimsizlik, “buqalamun” – beqarorlik, “musicha” – ojizlik, “chayon” – zararkunandalik tarzida… 8 . Adabiyot tarixidan to hozirgacha yaratilayotgan asarlar tadqiqi jarayonida koʻrishimiz mumkinki, ba’zi ramzlar asarlararo “koʻchib yuradi”. Bu hodisani turgʻunlik bilan adashtirmaslik joiz. Masalan, gul obrazi. Mumtoz adabiyotdan tortib bugungi kundagi modern she’riyatda ham ramz sifatida uchratamiz. Ammo ayni bir ma’noga ixtisoslashmagani uchun allegoriya bo‘la olmaydi. Ta’kidlaganimizdek, allegoriyalarda ma’noviy turg‘unlik mavjud. Ramzdan asosiy farqi ham shunda. Masalan: Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli, Voqif o‘l, holimni aytur chog‘da maxmur o‘lmasun. 9 Navoiyning “O‘lmasun” radifli g‘azalidan olingan ushbu baytda an’anaviy gul ramzini ko‘rishimiz mumkin. Bu yerda gul yor mashuqa ramziy ma’nosini ifodalamoqda. Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan ramzlarni shartli ravishda ikkiga tasnif qilish mumkin: 1. An’anaviy ramzlar 2. Individual ramzlar Individual ramzlar deyilganda oldin adabiyotda mavjud bo‘lmagan, va eng asosiysi ijodkor mahorati, o‘ziga xos badiiy tafakkurini ko‘rsatib berish uchun xizmat qiluvchi, ma’lum ijodkor tomonidan “kashf etilgan” ramz tushuniladi. Dastlab, shoirning 4 banddan iborat, to‘rtlik shaklda yozilgan “Ko‘nglimni..” she’ri tahlilini ko‘rib o‘tamiz. Birinchi band: Ko‘nglimni toshga yordim, 4 Quronov, Dilmurod. Adabiyot nazariyasi asoslari / D.Quronov. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 287 b 5 Yoʻldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yoʻldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua. Qayta ishlangan 4-nashri – T.: “Sharq”, 2017. – B. 309. 6 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Олий ўқув юртларининг филология факультетлари талабалари (бакалавр босқичи) учун дарслик. Масъул муҳаррир С.Мамажонов. 2-нашр, қайта ишланган ва тўлдирилган. – Т.: “Ўзбекистон”, 2001. – Б. 339. (www.ziyouz.com kutubxonasi). 7 Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.: Aкадемнашр, 2010. – Б. 244. 8 Quronov, Dilmurod. Adabiyot nazariyasi asoslari / D.Quronov. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 287 b 9 https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/alisher-navoiy-olmasun-alisher-navoiy-gazallariga-sharhlar.html 587 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Toshlar sindi-ya chil-chil. Suv ichgali ko‘zimga Qushlar qo‘ndiya bir-bir. 10 To‘rtlikdagi ko‘ngil-shoir iztirob-u dardlari, tosh-bu yerda og‘irlik ma’nosiga ishora bor, ya’ni og‘ir tabiatli inson ramzi. Ko‘rinadiki har ikkisi ham an’anaviy ramz. Lekin oxirgi misrada lirik qahramonning “ko‘zlariga suv ichgali qo‘ngan” qushlar-individual ramz hisoblanib, o‘zgalar holatidan qatiy nazar o‘z manfaatlarini ustun ko‘ruvchi insonlar ramzidir. Ular uchun shoirning iztirobli ko‘z yoshlarining ahamiyati yo‘q, chanqog‘ini qondirsa bo‘lgani. Bu kabi go‘zal ramz shoirning o‘ziga xos badiiy tafakkur sohibi ekanligidan darak beradi. Shoirning yana bir she’ri “Tinchlik xususida nutq” da tog‘ ramziy obrazini mahorat bilan qo‘llaydi. Bilamizki, tog‘-salobat, sabr-matonat, ulug‘vorlik ma’nolarida azaldan mavjud. Demak, tog‘ ramzi pir-u ustozlar, suyanchiq insonlar, ota-ona ma’nosida qo‘llanilsa, ayni muddaodir. She’rning beshinchi bandida yuqoridagi ma’nolar ustuvorligining guvohi bo‘lamiz: Yomg‘irlar shig‘alab yog‘ar bag‘rimga, Tog‘larim yuzidan o‘par samolar. Qachonlar xomtalash bo‘lgan yerimda, Keza boshlaydilar ulug‘ siymolar. 11 Eshqobil Shukurning “Zo‘raki qahqaha” she’rida ham individul ramzni ko‘rishimiz mumkin: Gullar, nega kulmaysiz, Yozing g‘amgin ko‘ngilni, Arilar topib kelar, Qochib qolgan qotilni… 12 Ushbu to‘rtlikdagi ari ramziy obrazi –kuyunchak insonlar obrazini yaratishda mohirlik bilan qo‘llanilgan. Arilar chumolilar kabi tinib-tinchimaydigan mehnatkash jonzotlardir. Guvohi bo‘lganimizdek she’rda qo‘llangan ohoriy ramzlar silsilasi shoir iste’dodining darajasi va o‘ziga xos individullik xususiyatini belgilab berishga xizmat qilgan. Ijodkor so‘z odami. Quruvchi o‘z mahoratini shakllar yordamida ko‘rsatib beradi, so‘z odamlari iste’dodi esa yaratgan badiiy ramzlari va she’rning boshqa unsurlari vositasida ko‘rinadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Олий ўқув юртларининг филология факультетлари талабалари (бакалавр босқичи) учун дарслик. Масъул муҳаррир С.Мамажонов. 2-нашр, қайта ишланган ва тўлдирилган. – Т.: “Ўзбекистон”, 2001. – Б. 337. (www.ziyouz.com kutubxonasi). 2. Б.Саримсоқов. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент: "Bookmany print", 2022. 37 б. 3. Quronov, Dilmurod. Adabiyot nazariyasi asoslari / D.Quronov. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 287 b 10 Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 9. 11 Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 39. 12 Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 49. 588 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 4. Yoʻldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yoʻldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua. Qayta ishlangan 4-nashri – T.: “Sharq”, 2017. – B. 309. 5. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.: Aкадемнашр, 2010. – Б. 244. 6. https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/alisher-navoiy-olmasun-alisher-navoiygazallariga-sharhlar.html 7. Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 9.