ESHQOBIL SHUKURNING STILIZATSIYA XARAKTERIDAGI SHE'RLARI TAHLILI
Abstract
Mazkur tezisda iste’dodli shoir Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan stilizatsiya xarakteridagi she’rlari tahlili haqida so‘z boradi. Maqola mavzusi ilmiy-nazariy fikrlar bilan asoslangan holda misollar vositasida ochib berilgan.
Full text
2025 SEPTEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 171 ESHQOBIL SHUKURNING STILIZATSIYA XARAKTERIDAGI SHE’RLARI TAHLILI Sadoqat Ergashova Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.17526237 Annotatsiya. Mazkur tezisda iste’dodli shoir Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan stilizatsiya xarakteridagi she’rlari tahlili haqida so‘z boradi. Maqola mavzusi ilmiy-nazariy fikrlar bilan asoslangan holda misollar vositasida ochib berilgan. Kalit so‘zlar: stilizatsiya xarakteridagi she’rlar, ijodkor mahorati, folklorizmlar, obraz, xalqona uslub. Stilizatsiyaviy folklorizmlarda ayni takror emas, balki xalqona uslub, xalqona pafos ustuvorlik qiladi. Bu kabi usulda yaratilgan asarlar xalqona shaklni yodga solishi bilan xarakterlanadi. Stilizatsion folklorizmlar ijodkor mahoratini, uning xalq ijodi bilimdoni ekanligini belgilovchi muhim vosita desak yanglishmagan bo‘lamiz. Ijodkor xalq og‘zaki ijodiga mansub janr, motiv, ohang yoki obrazni o‘z usulida, yangicha ko‘rinishda qayta yaratar ekan u nafaqat yozma adabiyot rivojiga balki, og‘zaki adabiyot umrboqiyligiga ham o‘z hissasini qo‘shgan hisoblanadi. Demak, xalq og‘zaki ijodiga mansub asar syujeti, mazmuni, shakli, ohangi aynan saqlanib, yangicha usulda, shaklda yaratilgan asarlar stilizatsion folklorizmlarni vujudga keltiradi. L.Sharipova stilizatsion folklorizmlar folklor janrlari (doston, ertak, afsona, rivoyat, qo‘shik, yig‘i, yo‘qlov, alla kabilar)ning asosiy motivlari va badiiy shaklini ifoda uslubini hamda ularga aloqador yuksak g‘oyaviy motivlarni, an’anaviy epik obrazlarni, ko‘tarinki ritmni ijodiy o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi, deya ta’kidlaydi va stilizatsion folklorizmlarni shu asosda to‘rt turga bo‘ladi: 1. Janr stilizatsiyasi. 2. Motiv stilizatsiyasi. 3. Obraz stilizatsiyasi. 4. Ritm stilizatsiyasi 1 . Folklor janrlarini oʻzlashtirib, ularni yozma adabiyotga olib kirish janr stilizatsiyasi hisoblanadi. Folklor janrlarini aynan oʻzlashtirish imkoniyatiga ega emas, negaki, ikki adabiyot ham oʻziga xos qonun-qoidalarga ega. Janr oʻzlashuvi ikki tomonlamadir. Dastlab yozma adabiyot folklordan janr oʻzlashtirgan boʻlsa, keyinchalik ogʻzaki adabiyot ham yozma adabiyot janrlaridan foydalangan. Yozma adabiyotimizda dastlab doston, maqol, topishmoq, yoʻqlov, yigʻi, keyinchalik yoryor, alla kabi folklor janrlari stilizatsiya qilingan. XX asrning 70-80-yillari oʻzbek sheʼriyatida, xususan, Shoir Eshqobil Shukur ijodida ham ana shu anʼananing davomini koʻramiz. Shoirning “Mengim momoning yoʻqlovi” 2 nomli sheʼrida motam marosimiga aloqador yigʻi va yoʻqlov xarakteri namoyon boʻladi. Surgunga ketgan yaqinlari izidan Sibirga borgan momo oʻsha yurtlarda joni-omonatini topshirayotib, oʻz-oʻziga yoʻqlov aytadi. Voqelik sitilizatsiyasi yuzaga kelgan. Quyida sheʼrdan parcha keltiramiz: Goʻrim oʻz yuragimda, Yurakda bordir Vatan. Qishloqdan bichib kelgan 1 Шарипова Л.Ф. XX асрнинг 70–80-йиллари ўзбек шеъриятида фольклоризмлар: Филол. фанлари номз. дисс. ‒ Тошкент, 2008. ‒ Б.88. 2 Эшқобил Шукур. Яшил қушлар. –Т., Ёзувчи, 1995. –Б. 37.
2025 SEPTEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 172 Koʻylagim boʻlsin kafan. Voy, Mengim-a, shoʻr Mengim. Uvv!..Uv!!! Shoir onasidan eshitgan “Kelin salom” qoʻshigʻini eshitib, uning quyidagi parchasi orqali qadim qoʻshiqlarimiz ruhini “Xalq ohangida” 3 nomli sheʼri orqali xalqimizga qaytaradi, demakki, stilizatsiya qiladi: “Oybulutning orasidan oyday kelinlar obkeldik, Kunbulutning orasidan kunday kelinlar obkeldik”. Qoʻshiqdan qolgan shugina parcha shoir qalb prizmasidan oʻtib, quyidagi sheʼrga aylandi: “Oybulutning orasidan oyday kelinlar kelar, Kunbulutning orasidan kunday kelinlar kelar Taram-taram sochlar mana boylar koʻngilni, Qalam-qalam qoshlar yana naylar koʻngilni....” Shoirnig yana bir “Qadimiy qoʻshiq” 4 nomli sheʼri ham folklor materiallari asosida dunyoga kelgan. Adabiy suhbatlarning birida Esqobol Shukur ushbu sheʼrning yaratilishi xususida soʻz ochib, “Xalq tilida saqlanib qolgan yolgʻiz bir satr, uning “Mening manglay sochimni tong shamoli qayirdi” satrigina qolgan” . – deb xotirlagan edi. Shoir bu qoʻshiqning ruhini jonlantirib, betakror she’r yaratgan. Sheʼrga lirik qahramon tongga yuzlangan chogʻ “manglay sochini tong shamoli qayirgan”i holati bilan kirib keladi. Bu obrazli ifoda, qoʻshiq xalq tomonidan yaratilgan, ammo ular yoʻqolib ketishi mumkin edi. Ushbu qoʻshiqlarni hech kim aytmasa, bilmasa bu qoʻshiqlar oʻz-oʻzidan odamlar xotirasidan koʻtariladi. Shoirni shu holatlar tashvishga soladi, bunday qoʻshiqlarni endilikda saqlab qolishning yagona yoʻli ularni topish va qayta ishlash kerak deb hisolaydi. Mening manglay sochimni Tong shamoli qayirdi, Ayta qolgin, shamoljon, Jon shamoli qayerda? Tong shamoliga murojaat etayotgan lirik qahramon “Jon shamoli qayerda?” deydi. Qiziq, tong shamoli quyoshning chiqishi bilan bogʻliq, jon shamoli-chi? U inson ruhiga aloqador emasmi? Sahar-cahar yuragim Shudring kechib sayrda, Ayting endi saharlar, Dil sahari qayerda? Ijodkor lirik qahramonning tongda goʻyo yurak yalangʻochlab shudring kechganidan sevinadi. Saharlardan “dil sahari” –oydin tuygʻular tongi qayerda deb soʻraydi. Umuman olganda, Eshqobil Shukur folklorizmning turli shakllaridan unumli foydalangan holda sheʼrlarining ta’sir doirasi, teran mazmun, samimiylik, jozibadorlik, poetik 3 Эшқобил Шукур. Яшил қушлар. –Т., Ёзувчи, 1995. –Б. 92. 4 Эшқобил Шукур. Яшил қушлар. –Т., Ёзувчи, 1995. –Б. 292.
2025 SEPTEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 173 ohangini oshiradi. Shu bilan birga xalq urf-odatlari, unutilayotgan an’analarni ham yozma adabiyotga mohirlik bilan ko‘chiradi. REFERENCES 1. Шарипова Л.Ф. XX асрнинг 70–80-йиллари ўзбек шеъриятида фольклоризмлар: Филол. фанлари номз. дисс. ‒ Тошкент, 2008. ‒ Б.88. 2. Эшқобил Шукур. Яшил қушлар. –Т., Ёзувчи, 1995. 3. Азим, Усмон. Сайланма: Шеърлар.—.:«Шарқ» нашрибт — матбаа концерни, 1995. – Б 193. 4. Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. 5. https://oz.sputniknews.uz/20230607/ozbek-toyi-nikoh-va-undan-keyingi-urf-odatlarnibilasizmi-35679224.html 6. Haydarov Z.U. «NOMODDIY MADANIY MEROS» fanidan MAʻRUZALAR MATNI. Namangan-2014. 110-bet