SHOIR SHE'RIYATIDA FOLKLOR AN'ANALARI
Abstract
Mazkur tezisda iste’dodli shoir Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan folklorizmlar badiiyati hamda ularning turlari haqida so‘z boradi. Maqola mavzusi ilmiy-nazariy fikrlar bilan asoslangan holda misollar vositasida ochib berilgan.
Full text
2025 SEPTEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 177 SHOIR SHEʼRIYATIDA FOLKLOR ANʼANALARI Sadoqat Ergashova Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.17526333 Annotatsiya. Mazkur tezisda iste’dodli shoir Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan folklorizmlar badiiyati hamda ularning turlari haqida so‘z boradi. Maqola mavzusi ilmiy-nazariy fikrlar bilan asoslangan holda misollar vositasida ochib berilgan. Kalit so‘zlar: folklor anʼanalari, ijodkor mahorati, folklorizmlar, obraz, milliy qadriyatlar. FOLKLORE TRADITIONS IN THE POET'S POETRY Abstract. This article discusses the art of folklorisms used in the work of the talented poet Eshqobil Shukur and their types. The topic of the article is explained using examples, based on scientific and theoretical ideas. Keywords: folklore traditions, creative skill, folklorisms, image, national values. ФОЛЬКЛОРНЫЕ ТРАДИЦИИ В ПОЭЗИИ ПОЭТА Аннотация. В данной статье рассказывается об искусстве фольклоризма и его видах, используемых в творчестве талантливого поэта Эшкабиля Шукура. Тема статьи поясняется с помощью примеров, основанных на научных и теоретических представлениях. Ключевые слова: фольклорные традиции, творческие способности, фольклоризмы, образ, национальные ценности. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar va xalq anʼanalarining tiklanishi, folklor asarlariga ilmiy qiziqishning ortishi tufayli adabiyotshunosligimizda folklor taʼsiri boʻlgan asarlarga xos xususiyatlarni tekshirishga intilish kuchaydi. XX asrning 70-80-yillari oʻzbek sheʼriyatida folklorizmlardan badiiy matnni qurishda, uning ritmini shakllantirishda, gʻoyaviyligini oshirishda, xalqchilligi va taʼsirchanligini kuchaytirishda eng muhim vosita sifatida keng foydalanganligi koʻzga yorqin tashlanib turadi. 1 Davr sheʼriyatida folklor va yozma adabiyot munosabatlari kengayib, folklorizmning koʻlami va koʻrinishlari boshqa davrlardagidan koʻra boyroq tus olgan. Aniqrogʻi, shu davr oʻzbek sheʼriyatining badiiy-tadrijiy takomilida xalq ogʻzaki ijodi alohida ahamiyat kasb etib, uning folklordan oʻziga xos ijodiy foydalanish mezonlari shakllangan. Bu mezonlar necha asrlar davomida badiiy anʼanaga aylanib ulgurgan folklor va yozma adabiyotning oʻzaro ijodiy aloqalariga xos estetik qonuniyatlarga baʼzan hamohang kelishi, baʼzan esa yangi, ayni damda betakrorligi bilan eʼtiborni tortadi. XX asrning 80-yillarida oʻzbek adabiyotshunosligida folklorizmni nazariy asoslash boshlandi. Adabiyotshunos B.Sarimsoqov rus adabiyotshunosi P.S.Vixodsev tasnifiga tayangan holda oʻzbek adabiyoti xususiyatlaridan kelib chiqib, folklorizmlarning dastlabki tasniflarini yaratdi. Ungacha O.Sobirov va U.Normatovlarning “folklor taʼsiri” muammosini guruhlashtirgan 1 Шарипова Л. ХХ асрнинг70-80-йиллари ўзбек шеъриятида фолкьклоризмлар. Автореферат. Т., 2008.
2025 SEPTEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 178 edilar 2 . Shundan soʻng folklorizmning u yoki bu koʻrinishi haqidagi ilmiy izlanishlar yuz koʻrsata boshladi. Avvalo, “folklor anʼanalari” deganda, odatda, xalq ogʻzaki ijodiga xos ifoda uslubi, badiiy shakllar va tasvir vositalari, epik motiv va obrazlar, marosim hamda urf odatlarga xos tushuncha va qarashlarning faqat folklor asarlarida saqlanib qolishi, ularni poetik ifodalashning davom ettirilishi anglashilinishini unutmasligimiz kerak. Folklor taʼsirida yozma adabiyot namunasiga folklor anʼanasiga xos hodisalarning badiiy mahorat bilan singdirilishidan, qayta talqin etilishidan esa folklorizmlar yuzaga keladi. Folklorizmning bu tarzda qoʻllanishi esa uning yozma adabiyot hosilasi ekanligini bildiradi. Shuning uchun u yozma badiiy ijodning tarkibiy qismi hisoblanadi. Negaki, folklorizmda folklor materiali yozma adabiyot qonuniyatlariga muvofiq individual ijodkorning badiiy mahorati, hissiy kechinmalari, qarashlari hisobiga yanada boyitiladi. Eng muhimi, uning koʻmagida realistik ifoda bilan romantik talqin oʻzaro birlashib ketadi. Bu esa, xususan, sheʼriyatda oʻziga xos joziba hosil qiladi. “Xalq ijodiyoti sanʼatkorlarga ilhom, kuch-quvvat va mahorat bagʼishlaydi. Xalq ijodidan bahramand boʼlmagan birorta buyuk sanʼatkorni tasavvur etib boʼlmaydi. Soʼz sanʼatkorlarining folklor asarlaridan ijodiy foydalanishi yozma adabiyotning taraqqiysiga, shu bilan birga, xalq asarlarining saqlanib qolishi va yangicha umr koʼrishiga xizmat qiladi” 3 . Adabiyotshunoslikdan ma’lumki, yozma adabiyotga maqol, matal, iboralarning ko‘chirilishi - oddiy folklorizmlar hisoblanadi. Oddiy folklorizmlar she‘riyat poetikasida asosiy o‘rin egallaydi. Oddiy folklorizmlarni shartli ravishda ikki turga ajratish o‘rinlidir. “Ya‘ni xalq maqol va matal, obrazli xalqona badiiy ifodalar (idioma va boshqalar)ning aynan o‘zidek ishlatilishi asl oddiy folklorizmlar bo‘lsa, ularning ijodkor tomonidan qaytadan o‘zgartirishlarga uchrab, yangilanishi - qayta ishlangan oddiy folklorizmlarni tashkil etadi” 4 . Iste’dodli shoir Eshqobil Shukur ijodida oddiy folklorizmning har ikki turi faol uchraydi. Masalan, “Ruhning parvozi” she’rida “oy borib, omon qayt” frazealogik birligi “Qarining o‘limi haqidagi xabardan so‘ng” she’ridagi qariya tilidan aytilgan “imonini bersin” o‘rta yosh inson tilidan aytilgan “yoshin yashab, oshin oshadi” birikmalari, “Ot aylanib…” misralari bilan boshlanuvchi she’rida “Ot aylanib qozig‘ini topganda” maqolining aynan qo‘llanilishi, “Orol” she’ridagi sabr-toqati tugadi ma’nosini bildiruvchi “ko‘kayi kesildi” va “Norboy aka marsiyasi”dagi eng yaxshi narsalarni tanlab kiygan, tanlab olgan ma’nosida xalq orasida mashhur bo‘lgan “sarinjini saylamoq” frazalari asl oddiy folklorizmlarning betakror na’munasi sifatida shoirning folklorizmlarni qo‘llash mahoratini ko‘rsatgan. Eshqobil Shukur ijodida qayta ishlangan oddiy folklorizmlar ham salmoqli o‘rin egallagan bo‘lib, shoir she’rlarining g‘oyaviy jihatini va badiiyatini, poetik maqsadini ochib berish uchun qo‘llangan. 2 Саримсоқов Б. Фольклоризмлар типологиясига доир// Ўзбек тили ва адабиёти.-1980.-№4. –Б. 37-45. Собиров О. Фольлор анъаналар ҳақида мулоҳазала// Ўзбек тили ва адабиёти.-1968.-№6. –Б. 24-27; Норматов У. Насримиз анъаналари. –Тошкент:Адабиёт ва санъат, 1968. –Б. 216. 3 Маллаев Н. Алишер Навоий ва халқ ижодиёти. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. - Б. 6. 4 Mamayusupova S. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida folklorizmning o’rni. Аvtoreferat. Jizzax, 2024. 15-bet.
2025 SEPTEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 179 Jumladan, Xalqimizda “Tushingni suvga ayt” degan naql bor. Eshqobil Shukur bu naqlni “Ko‘nglimni…” 5 misrasi bilan boshlanuvchi she’rida “Tushimni suvga aytdim” shaklida qo‘llaydi: …Tushimni suvga aytdim. Suvlar yondi-ya lov-lov. Cho‘g‘ tergali tilimga Qishlar qo‘ndiya birrov… O'z o'rnini bilish ma’nosida qo‘llanadigan “hadini bilmoq” iborasi ham shakliy o‘zgarishga uchragan holda “Xudbinlik” 6 she’rida 2-shaxsga qaratilgan buyruq shaklida “haddingni bil” tarzida ishlatilgan: …Deysiz: “Haddingni bil, har so‘z xavflidir”, - Faqat shu sizdagi bor bunyodkorlik… Shoirning yana bir “Bedil” 7 she’rida “oyog‘i yerdan uzilgan” iborasi “oyog‘im yerdan uzilgan” shakliga o‘zgargan bo‘lib, qayta ishlangan oddiy folklorizmning na’munasidir: Ko‘p bo‘ldi oyog‘im yerdan uzilgan… Bir quloch yuqori yuraman sizdan Qushday yalangoyoq, oy kabi yayov… Ko‘rinadiki, ta’nalardan charchagan lirik qahramon ruhiyati kinoyaviy tarzda ochib berilgan. Turmush tarzimizda “Yaxshilik qil suvga sol, baliq bilur. Baliq bilmasa Xoliq bilur” maqoliga ko‘p bora duch kelganmiz. Eshqobil Shukurning “Abduxoliqning jaydari falsafiasi” 8 she’rida ushbu maqol qayta ishlangan ko‘rinishda qo‘llangan: Bilsa baliq, deding, bilmasa, xoliq, Har kasga dil berding, ey Abduxoliq. Himmatingni ko‘rib, tentak dedilar, Mehringdan suv ichib, kaltak urdilar. She’rdan anglashiladiki, shoir yuqoridagi maqoldan ifodalangan holda barchadan yordamini ayamaydigan lirik qahramon Abduxoliqning ruhiyati va xarakterini ochib bergan. Folklorizmlarning biz yuqorida ko‘rib o‘tgan oddiy turi bilan bir qatorda murakkab turi ham mavjud bo‘lib, B.Sarimsoqov uni tabiati va vazifasiga qarab: a) analitik folklorizm; b) sintezlashgan folklorizm; v) stilizatsiya xarakteridagi folklorizmlar tarzida uch guruhga bo‘ladi 9 . Fikrimizcha, ushbu bo‘linish asosli hisoblanib, murakkab folklorizm mohiyatini yanada to‘laroq ochib berishga xizmat qiladi. 5 Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 9. 6 Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 25. 7 Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 212. 8 Эшқобил Шукур. Яшил қушлар. –Т., Ёзувчи, 1995. –Б. 295. 9 Саримсоқов Б. Фольклоризмлар типологияси масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Тошкент, 1980. – 4-сон. ‒ Б. 42-44
2025 SEPTEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 180 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Шарипова Л. ХХ асрнинг70-80-йиллари ўзбек шеъриятида фолкьклоризмлар. Автореферат. Т., 2008. 2. Саримсоқов Б. Фольклоризмлар типологиясига доир// Ўзбек тили ва адабиёти.-1980.- №4. 3. Собиров О. Фольлор анъаналар ҳақида мулоҳазала// Ўзбек тили ва адабиёти.-1968.- №6. 4. Норматов У. Насримиз анъаналари. –Тошкент:Адабиёт ва санъат, 1968. 5. Маллаев Н. Алишер Навоий ва халқ ижодиёти. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. 6. Mamayusupova S. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida folklorizmning o’rni. Аvtoreferat. Jizzax, 2024. 7. Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002.