scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN INVESTITSION LOYIHALARNI KENGAYTIRISH YO'LLARI

Pardayev Ulug'bek

Full text

395 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN INVESTITSION LOYIHALARNI KENGAYTIRISH YO‘LLARI Pardayev Ulug’bek Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Bank ishi va Auditi yo’nalishi 4-bosqich -2022 guruh talabasi Email adress: pard[email protected] Tel raqam:+998907460398 https://doi.org/10.5281/zenodo.17526400 Annotatsiya: Ushbu tezisda tijorat banklarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda samaradorligini oshirish yo`llarining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan.Bundan tashqari banklarni faoliyatiga doir bo‘lgan bir qancha statistic raqamlar ham keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: investitsiya, samaradorlik, o`sish sur`atlari, risk, risk-menejment,moliya bozori,kredit,diversifikatsiya. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizida mamlaktimizda xorijiy kapital oqimi va investitsiyalarni jalb qilishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda, bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalda foydalanilib kelinmoqda. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o`sish sur`atlari investitsiya muhitiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiylarni jalb qilishning kolami, yo`nalishlari va samaradorligi, bevosita investitsiya muhitiga bog`liqdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablag‘larini faol jalb etish bo‘yicha izchil choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur chora-tadbirlar doirasida «iqtisodiy jihatdan asoslantirilgan investitsiya loyihalarini ularning moliyalashtirish manbalari aniq belgilangan holda samarali amalga oshirilishini ta’minlaydigan, shuningdek, ularni amalga oshirish bo‘yicha mablag‘larning nooqilona sarflanishini istisno etadigan, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning sifat jihatdan yangi tartibi joriy etildi».[1] Yaqin o‘rta muddatli istiqbolda korxonalarni modernizatsiyalash bo‘yicha kutilayotgan ehtiyojlar hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, aytish mumkinki, yaqin yillarda bank tizimi jami kredit portfelida investitsion kreditlarning yanada o‘sishini kutish mumkin. Bu esa, tijorat banklarining investitsion loyihalarni moliyalashda bank risklarini boshqarish zaruratini yuzaga keltiradi va dolzarbligini oshiradi. Alohida ta’kidlash o‘rinliki, investitsion loyihalarni moliyalashtirish bankning yuqori riskli faoliyati hisoblanib, bu turdagi risklarni boshqarish murakkab va ko‘p pog‘onali jarayon hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, investitsion loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklari riskni boshqarish maqsadida risk-menejment jarayoniga ko‘maklashuvchi o‘ziga xos modellarni shakllantirishlari muhim ahamiyat kasb etadi.“Bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga, tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab chiqishi kerak” [2]. Bugungi kunda mamlakatimizda bank tizimida katta islohotlar o‘tkazib kelinayapti va ushbu jarayonlardan kelib chiqib bank sohasida ham keng siljishlar ro‘y berayapti. Quyidagi jadvalda ayrim statistic raqamlar keltirib o‘tilgan. 1-jadval [3] Tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha ulushi Ko‘rsatkichlar nomi 01.10.2024 y. 01.10.2025 y. O‘zgarishi , foizda mlrd. so‘m ulushi , foizda mlrd . so‘m ulushi, foizda 396 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Jami kreditlar 515 641 100% 582 211 100% 13% Sanoat 147 892 29% 146 268 25% -1% Qishloq xo‘jaligi 52 042 10% 59 381 10% 14% Qurilish sohasi 12 959 3% 17 183 3% 33% Savdo va umumiy xizmat 34 637 7% 40 930 7% 18% Transport va kommunikatsiya 34 508 7% 32 529 6% -6% Moddiy va texnik ta’minotni rivojlantirish 3 682 0,7% 4 460 0,8% 21% Uy-joy kommunal xizmati 2 338 0,5% 1 838 0,3% -21% Jismoniy shaxslar 169 715 33% 208 642 36% 23% Boshqa sohalar 57 869 11% 70 980 12% 23% Ushbu malumotlar shuni ko‘rsatadiki 2025 yil sanoatni kreditlash 2024yilga qaraganda 1 % foizga kamaygan hamda 146268 tani tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin. Jismoniy shaxslar va Boshqa sohalarni kreditlsh esa bir xil, ya’ni 23 % dan o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etgan, bus hu davrdagi Moddiy va texnik ta’minotni kreditlashga qaraganda 2 % ga baland edi.Ammo Transport va komunikatsiya va Uy – joy komunal xizmati salmog‘i kamayib mos ravishda 6 va 21 % kamayishni ko‘rsatgan. Qurilish sohasini kreditlash esa eng baland ko‘rsatkich qayd etib 33% ga o‘sgan. Ushbu raqamlar shundan dalolatki banklar tomonidan ajratiladigan kreditlarning tarmoqlari ham kundan kunga kengayib bormoqda. Bu banklarga bir qancha ustunliklar beradi.Masalan, kredit risklarini diversifikatsiya qilish, risk ehtimolligini kamaytirish, foyda hajmini oshirish, ortiqcha ish o‘rinlarini yaratish kabilarni o‘z ichiga oladi. Moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish faqat bozor asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga qaramligini kamaytirish, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali bank infratuzilma faoliyatini tashkil etish va avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish. Kredit portfelining sifati investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmining o'rtacha o'sishini ta'minlashga bog'liq. Xulosa.Moliyalashtirishni rivojlantirish uchun juda samarali vosita investitsiya loyihalari sindikatlashtirilgan kreditlash mexanizmi va loyihani moliyalashtirish hisoblanadi. Uning ahamiyati shundan iboratki, katta miqdordagi kreditlar to'planadi va bunda bir nechta banklar ishtirok etadilar. Respublika banklariga xorijiy tajribani qo‘llash orqali investitsiya loyihalari moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, - O'zbekistonda investitsiya risklarini aniqlashda xorijiy tajribani qo‘llash va aniqlangan risklarni minimallashtirish yechimlarini izlash kerak bo`ladi; -investitsiya loyihasi samaradorligining pasayishiga ta'sir qiluvchi barcha mumkin omillarni aniqlash; - agar loyiha tashabbuskori tomonidan biznes-reja va texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlariga rioya qilmaslik holatlari aniqlangan bo‘lsa, investitsiya loyihasining keyingi moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligini tahlil qilish; -yirik turdagi korxonalar uchun yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish; - moliyalashtirishni ochishdan oldin ekologik va ijtimoiy xavflarni bo`yicha baholashni o'tkazish kerak bo`ladi 397 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 hamda xavflar aniqlanganda ularni bartaraf etish yoki minimallashtirish bo'yicha tuzatish choralari rejasini ishlab chiqish lozim; -qarz oluvchining moliyaviy holatini dastlabki baholash uchun javobgar bo'lgan bankning ayrim biznes jarayonlarini maksimal darajada avtomatlashtirish; -moliyalashtirish tizimini rivojlantirish. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash kerakki, yirik korxonalarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish banklar tafsilotlaridagi muhim omillardan biri bo'lib, uning barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyundagi “Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3796sonli qarori. 2. Миркин Я. М. Рынок ценных бумаг: учеб. пособие. М., 2002. –с. 56 -57 3. Шарп У. и др. Инвестиции. Пер. с англ. – М.ИНФРА-М, 2001.– С. 9-10. 4. G'ozibekov. D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: "Moliya" nashriyoti, 2003 yil. 5. Беренц В., Хавранек П.,. Руководство по оценке эффективности инвестиций, пер.с англ. А.П. Белых, М.: - Инфра-М, 1995. – С. 60-80. 7.Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. Управление проектами: Справочное пособие. – М.: Высшая школа .2001. - 875 c. 6. https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/2948302.