scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA ICHKI NAZORATNI TAKOMILLASHTIRISH MA'SALALARI

Tadjiev Erkin Muxitdinovich

Full text

418 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 PROFESSIONAL TAʼLIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA ICHKI NAZORATNI TAKOMILLASHTIRISH MAʼSALALARI Tadjiev Erkin Muxitdinovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va bank ishi” kafedrasi o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17526749 Annotatsiya: Ushbu moqolada professional taʼlim muassasalarida raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi yunalishi misolida buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni takomillashtirish taxlil qilinadi. Talabalarga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish, buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni takomillashtirish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotda professiyanal taʼlim muassasalarida buxgalteriya hisobi va ichki nazoratni tashkil etishni takomillashtirish masalalari bayon qidingan. Kalit so‘zlar: Buxgalteriya xisobi tizimi, ichki nazorat tizimi, professional taʼlim, auditorlik tashkilotlarining ichki standartlar, sentetik xisob, analitik xisob, audit muximlik, auditorlik riski. Аннотация: В данной статье анализируется совершенствование бухгалтерского учета и внутреннего контроля на примере магистратуры цифровой обработки информации в профессиональных образовательных организациях. Студентов обучат цифровым технологиям, способам совершенствования бухгалтерского учета и внутреннего контроля. В исследовании рассмотрены вопросы совершенствования организации бухгалтерского учета и внутреннего контроля в профессиональных образовательных учреждениях. Ключевые слова: Система бухгалтерского учета, система внутреннего контроля, профессиональное образование, внутренние стандарты аудиторских организаций, синтетический учет, аналитический учет, значимость аудита, аудиторский риск. Abstract: This article analyzes the improvement of accounting and internal control in vocational educational institutions using the example of the master's degree in digital information processing. It discusses ways to teach students digital technologies, improve accounting and internal control. The study addresses the issues of improving the organization of accounting and internal control in vocational educational institutions. Ke vords: Accounting system, internal control system, professional education, internal standards of audit organizations, synthetic account, analytical account, audit importance, audit risk. Kirish: Respublikamizda professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar olinib bormoqda, bu borada auditorlik foaliyatini aloxida eʼtirof etishimiz mumkin, moliyaviy nazoratning zamonaviy shakli bo‘lgan - auditorlik xizmatining rivojlanishiga eʼtibor kuchaydi. Bu borada katta ishlar amalga oshirilganligi, audit sohasida yaratilgan meʼyoriy-huquqiy asos, milliy audit bozorimizdagi mavjud auditorlik firmalarimiz va ular faoliyat yuritaʼyotgan auditorlar salohiyatida ko‘rishimiz mumkin. 1 Professional taʼlim tizimi jamiyatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatadigan soxa bo‘lib taʼlim olish jarayonida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikma va malakalarni xam shakllantirish zaruratini olib bormoqda.Avvalo “buxgalteriya hisobi tizimi”, “ichki nazorat tizimi” kabi tushunchalarga meʼyoriy huquqiy hujjatlar nuqtai nazaridan izoh berib o‘tsak. O‘zbekiston Respublikasining 12 sonli “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash” nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida yuqoridagi tushunchalarga quyidagicha taʼrif berilgan: Buxgalteriya hisobi tizimi - xo‘jalik yurituvchi subyektning vazifalari va yozuvlarining yig‘indisi bo‘lib, ular orqali moliyaviy hisobotda xo‘jalik operatsiyalari va boshqa voqealar natijalarini identifikatsiyalash, to‘plash, tahlil qilish, hisoblash, tasniflash, umumlashtirish va aks ettirish maqsadida buxgalteriya hisobini yuritish usuli sifatida xo‘jalik operatsiyalari natijalarini qayta ishlash; 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr https://lex.uz/docs/5793251 419 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Ichki nazorat tizimi - xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini taʼminlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to‘liqligi va o‘z vaqtida ishonchli moliyaviy maʼlumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig‘indisi” Har qanday holatda ham auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya xo‘jaligi faoliyatini tekshirishdan oldin korxonada buxgalteriya hisobi qanday tashkil etilganligini va hozirda qanday yuritilayotganligini o‘rganishi lozim. Ichki nazorat tizimi faoliyatini o‘rganib uni baholash esa auditorga tekshiruv jarayonida unga tayanish mumkin yoki yo‘qligi haqida qaror qabul qilishida yordam beradi. Bular esa o‘z navbatida auditning muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan risk va muhimlik chegaralarini aniqlashda auditorga qo‘l keladi. Ichki nazorat tizimi va risk chegaralarini aniqlashning nazariyasi auditorlik tekshiruvining asosiy muammoli hududlaridan bo‘lib, g‘arbda 1980 yillarning oxiri 1990 yillarning boshiga kelib bu tushunchalar keng qo‘llanila boshlandi. Korxonada yuritilayotgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini ishonarli aks ettirayotganini aniqlash uchun auditor quyidagilarga ahamiyat beradi: hisob hujjatlarining aylanish rejajadvali, buxgalteriya xizmati xodimlarining vazifasi va masʼuliyatlari chegarasining belgilanishi, korxonada amalga oshiriladigan odatiy va bir martalik muomalalarni aks ettirishda “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2016 yil www.iqtisodiyot.uz 3 foydalaniladigan schetlar hamda ularning o‘zaro bog‘lanishi bayoni va boshqalar. 12-sonli auditning milliy standartida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganish hamda baholash auditorlik tashkilotining ish hujjatlarida albatta aks ettirilishi lozimligi aytilgan va bunda quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi: a) Maxsus ishlab chiqilgan test amallaridan; b) Rahbariyat xodimlari va buxgalteriya ishchilarining fikrlarini aniqlash maqsadida namunaviy savollar ro‘yxatidan; v) Tekshiruv varaqlari va maxsus blankalardan; g) Eʼtirozlar ro‘yxati, bayonnoma yoki dalolatnomalardan. Guvohi bo‘lganimizdek, yuqoridagi hujjatlardan foydalanish havola tusiga ega bo‘lib, auditorlik tashkiloti mazkur va boshqa auditorlik faoliyatining milliy standartlari talablari asosida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganishning va baholashning tartibini hamda uslubini mustaqil ishlab chiqadi, shuningdek baholash va o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, auditorlik tekshiruvidagi muhimlik va risk darajasini aniqlaydi. Taʼkidlaganimizdek, ichki nazorat tizimini o‘rganish va baholash usuli auditor nuqtai nazaridan kelib chiqib belgilanadi. Bunda tekshirilayotgan mijozning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Yuqoridagi tizimlarning hajmi va murakkablik darajasi ularni o‘rganish hamda baholash metodiga, shu bilan birga tekshiriladigan hujjatlar hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qiladi. Tekshirilayotgan korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1) Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi bilan umumiy tanishish; 2) Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini oldindan taxminiy baholash; 3) Taxminiy baholangan buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tasdiqlash. Biz yuqorida aytib o‘tgan milliy standartda taʼkidlanganidek, rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutuvchi barcha auditorlik tekshiruvlari jarayonida auditorlar tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi tizimini tekshirishlari shart va bunda rejalashtirilayotgan auditorlik amallarining mohiyati, hajmi va vaqtinchalik xarajatlarini aniqlashga asos bo‘ladigan nazorat vositalarini o‘rganishlari va baholashlari lozim. Shunday ekan, ushbu tizimlarni tez fursatda ishonchli va aniq baholash usullarini va yondashuvlarini ishlab chiqib amaliyotda tatbiq qilish pirovardida ular orasidan samaralilarini tanlab joriy etish auditorlik tekshiruvlari jarayonlarining jadallashuviga imkon yaratadi. Muammo: Bugungi kunda raqamli texnologiyalar va axborat tizimlarining tez suratlarda rivojlanishi taʼlim tizimida yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarning samarali intigratsiyasi va o‘quvchilarning amaliyotdagi faoliyatini oshirish uchun mavjud pedagogik metotlar va amaliyot jarayonlarida ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 420 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Asosiy muammo shundan iboratki, professional taʼlim muassasalarida o‘quvchilarning amaliyotga tayyorlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni o‘rgatish hali to‘liq tizimli ravishda tashkil etilmagan. O‘quvchilar amaliyot jarayonida raqamlivositalarni samarali qo‘llashi uchun taʼlim muassasalarida yetarli infratuzilma mavjud yemas. Shuningdek, amaliyot rahbarlarining zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatishga tayyorgarligi va malakasi har xil darajada bo‘lganligisababli o‘z navbatida o‘quvchilarning amaliyotdagi faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, taʼlim jarayonida pedagogik yondashuvlarning to‘g‘ri tashkil yetilmasligi, o‘quvchilarning individual yehtiyojlarini inobatga olmaslik va amaliyotga yo‘naltirishning notekisligi ham muammo bo‘lib qolmoqda. Мухокама: O‘quvchilarning amaliyotga yo‘naltirilishining pedagogik xususiyatlarini tahlil qilgan holda, taʼlim tizimida mavjud bo‘lgan baʼzi muammolarni va ularni hal yetish yo‘llarini ko‘rib chiqish kerak. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, amaliyot jarayonini samarali tashkil yetish va o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda baʼzi asosiy qiyinchiliklar mavjud: 1. Raqamli axborotlarni qayta ishlash sohasida taʼlim muassasalarining resurslari yetarli yemas. Ko‘plab taʼlim muassasalarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishga mo‘ljallangan yetarlicha infratuzilma yo‘q. Amaliyot jarayonida o‘quvchilarga axborotlarni qayta ishlashning ilg‘or metodlarini o‘rgatish uchun texnologik vositalar va dasturiy taʼminotlar zarur bo‘ladi. Agar taʼlim muassasalarida bunday vositalar mavjud bo‘lmasa, o‘quvchilarning amaliyotdagi faoliyat samarasi past bo‘lishi tabiiy. 2. Amaliyot rahbarlarning raqamli texnologiyalarni o‘rgatishga bo‘lgan tayyorgarligi ham muhim muammo hisoblanadi. Bugungi kunda ko‘plab amaliyot rahbarlari raqamli vositalarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik yondashuvlar va texnologiyalarga yega yemaslar. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha malakasini oshirish zarurati mavjud. Amaliyot rahbarlariga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish va amaliyot jarayonini samarali tashkil yetish maqsadida o‘quv-uslubiy seminarlar tashkil yetilishi kerak. 3.O‘quvchilarning amaliyotdagi muvaffaqiyatlari ko‘pincha ularning kasbiy faoliyatga tayyorlanish darajasi bilan bog‘liq. O‘quvchilarning raqamli texnologiyalarni o‘rganishdagi muvaffaqiyatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qituvchilarning pedagogik yondashuvlariga va amaliyotga yo‘naltirish usullariga bog‘liq yekanligini tadqiqot natijalari ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarning individual yehtiyojlarini inobatga olgan holda, ularning amaliyotga yo‘naltirishida differensiyallashgan yondashuvlar zarurdir. Xulosa. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning amaliyotga yo‘naltirilishida taʼlim jarayonini yanada samarali tashkil yetish uchun bir qator muhim omillar mavjud. Birinchi navbatda, raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilish o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Bu jarayon o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham o‘rgatadi, ularni zamonaviy raqamli vositalar bilan ishlashga tayyorlaydi. O‘quvchilarning amaliyotga yo‘naltirilishida innovatsion pedagogik metodlarni qo‘llash, masalan, flipped-classroom, loyihaga asoslangan taʼlim va simulyatsiyalar yordamida amaliyotga yo‘naltirish samarali natijalar beradi. Bu metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirib, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Amaliyot samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarning individual yehtiyojlarini inobatga olib, pedagogik yondashuvlarni moslashtirish zarur. Differensiyallashgan yondashuv o‘quvchilarning muvaffaqiyatini oshirishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining qarori (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr https://lex.uz/docs/5793261 421 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr https://lex.uz/docs/5793251` 3. Sh.E. Amirxanov (2012) Razvitiye vnutrennogo finansovogo kontrolya v byudjetnыx uchrejdeniyat (na primere byudjetnыx uchrejdeniy v sfere vыsshego professionalnogo obrazovaniya) avtoreferat dissertatsii soiskaniye uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk, Maxachkala – 2012, str.-22. 4. A.A.Ostonaqulov “Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisoboti metodologiyasini takomillashtirish” monografiya. T: VNESHINVESTPROM nashriyoti, 2021, 208 bet. 5. A.K.Ibragimov, B.B.Sugirbayev (2010) Byudjet nazorati va auditi. O‘quv qo‘llanma. infoCOM.uz MCHJ. T.: 2010, 192 b. 6. S.U.Mehmonov (2018) Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish. Iqt.fan.dok. (DSc) ilm.dar.olish uchun yozil. dis.avtoref.-T.:2018. –B36. 7. Z.U.Xamidova (2021) Byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari faoliyatini samarali tashkil qilish masalalari: Monografiya – T.: 2021, - 183 b.