scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI TASHKIL ETISH YO'NALISHLARI

Tadjiev Erkin Muxitdinovich

Full text

422 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI TASHKIL ETISH YO‘NALISHLARI Tadjiev Erkin Muxitdinovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Moliya va bank ishi” kafedrasi o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17526757 Annotatsiya: Mazkur maqolada professional ta’lim tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning zarurligi nazariy jihatdan asoslangan. Buxgalteriya hisobi kalkulyatsiyasi va xarajatlar hisobining metodologik muammolari tadqiq etilgan. Davlat tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirish uslubiyoti va buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etilgan. Kalit so‘zlar: Byudjet, smeta, xarajatlar, kalkulyatsiya, moliyaviy hisobot, daromadlar va xarajatlar, byudjet nazorati. Аннотация: В статье теоретически обоснована необходимость организация и ведения бухгалтерского учета с учетом специфических особенностей деятельности профессиональных образовательных организация. Изучены методологические проблемы бухгалтерских расчетов и учета затрат. Предложены направления совершенствования учетной политики и методологии бухгалтерского учета в государственных организация. Ключевые слова: Бюджет, смета, затраты, расчет, финансовая отчетность, доходы и расходы, контроль бюджета. Abstract: In this article, the need to organize and maintain accounting based on the specific characteristics of the activities of professional educational organizations is theoretically based. Methodological problems of accounting calculations and cost accounting are studied. Directions for improving accounting policy and accounting methodology in state organizations are proposed. Keyvords: Budget, estimate, costs, calculation, financial reporting, income and expenses, budget control. Kirish: Jahon amaliyotida professional ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazoratni takomillashtirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Professional ta’lim muassasalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli va manzilli sarflanishi bevosita ularning hisobini samarali tashkil etish hamda moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlarining shaffofligi bilan bog‘liq. Shu sababdan ham, jahonning aksariyat mamlakatlarida byudjet ijrosi hisobi va hisobotini davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablari asosida rivojlantirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, davlat tibbiyot muassasalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini yuritishning uslubiy jihatlari, mablag‘lardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanish yuzasidan axborotlarning aniqligi, davlat tibbiyot muassasalarida mablag‘lardan maqsadli foydalanishda ichki nazorat tizimining rolini kuchaytirish, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha qator muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Mablag‘lar sarfiga oid hisob va hisobotlarning axborot imkoniyatini kengaytirish hamda ishonliligini ta’minlash, moliyaviy nazorat tizimini yaxshilash bilan bog‘liq hal etilishi zarur bo‘lgan jihatlar mavjud. 1 Ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobini tashkil qiish va uning moliyaviy hisobotlarini shakllantirish borasida respublikamiz hamda xorijlik iqtisodchi olimlar o‘zlarining ilmiy asarlarida bu tushunchalarga batafsil ta’riflar berilganini ko‘rish mumkin. Bunda qo‘yidagi fikrlarni aytib o‘tish mumkin “byudjet tashkilotlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisobotining nazariy va uslubiy asoslarini tadqiq etgan. Tadqiqot ishini o‘rganganimizda olim me’yoriy hujjatlardan kelib chiqqan holda kerakli o‘rinlarda ta’lim muassasalari tushunchalaridan foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin”. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr https://lex.uz/docs/5793251 423 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tashkil etish masalalariga alohida ahamiyat berilgan bo‘lib, bunda davlat sektorida tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra sub’ektlarning ikki turga: byudjet tashkiloti va muassasalar ajratilishini, ya’ni ijtimoiy-madaniy vazifalarni tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman byudjetdan moliyaviy jihatdan ta’minlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanishi ko‘rsatilgan”. “Davlat tibbiyot tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditini takomillashtirish masalalari ilmiy tadqiq qilingan. Tadqiqotchi Byudjet kodeksining tegishli moddalariga muvofiq tibbiyot tashkiloti tushunchasi orqali mavzuning dolzarbligini ochib berishga hamda tibbiyot tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobini takomillashtirish yo‘llarini ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilgan”. Hozirgi vaqtda davlat byudjetining jami xarajatlariga nisbatan sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablag‘larning umumiy ulushi 12 foizni tashkil qilib, bu mablag‘lar sarfi hududlar joylashgan davlat tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirilishi hisobiga amalga oshiriladi. Bu mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishini ta’minlash hamda ular bo‘yicha tegishli axborotlarni shakllantirilishi muassasalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Har bir ta’lim tashkilotiga byudjetdan mablag‘ ajratish moliya organlari tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, Ta’lim tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ularning faoliyat yo‘nalishi yoki ixtisoslashuvi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - byudjet tasnifi asosida buxgalteriya hisobini tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi; -daromadlar va xarajatlar smetalarining ijrosi nazorat qilinishi; - byudjet ijrosini g‘aznachilik tizimiga o‘tishi; - kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi; - Ta’lim tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlari va ixtisoslashuvi bo‘yicha buxgalteriya hisobining xususiyatlari. Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari hisob vazifalarini, xususan tasdiqlangan smetalarni to‘g‘ri ijrosini ta’minlash, byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish, byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish, muassasaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ularning ichki iqtisodiy zaxiralarini aniqlashni taqazo qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, boshqarish va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda buxgalteriya hisobi muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot tashkilotlarida barcha hisob ob’ektlari pul o‘chlov birligida hisobi yuritilib, moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. Bu buxgalteriya hisobi ob’ektlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi, lekin tibbiyot tashkilotlari faoliyatini samarali boshqarish va tasarruf etishda ma’lumotlarning to‘liq bo‘lishi ta’minlamaydi. Shu boisdan, ta’lim tashkilotlarida samarali boshqaruv yuzasidan qaror qabul qilish maqsadida boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish muhim sanaladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Professional ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashda ta’lim sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, o’quvchilar bilimini oshirish asosiy komponentlardan bir sifatida yangi yaratilayotgan o’quv adabiyotlar ta’minlanishi hisoblanadi. Bu borada, o’quvchilarning zamonaviy texnologiyalar asosida bilimlarini oshirishga xizmat qiladigan yangi adabiyotlarni, ta’lim kontentlarini yaratish, ta’lim muassasalarini metodik ta’minotini mustahkamlash borasida quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirish lozim bo’ladi. professional ta’lim muassasalarining o’quvchilariga 2030yilgacha o’quv adabiyotlar bilan ta’minlash dasturi asosida yangi o’quv adabiyotlar bosqichmabosqich ta’minlash; oliy ta’lim muassasalari tomonidan professional ta’lim muassasalariga o’quvmetodik materiallari va elektron resurslar bilan ta’minlashni kuchaytirish; professional ta’lim muassasalarining xorijiy til fani o’qituvchilarini bepul o’quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash; o’quvchilarni adabiyotlar, o’qitish materiallari to’plamlaridan elektron foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida mobil ilova yaratish; xalqaro moliya instituti homiyligida, badiiy adabiyotlar, turli ixtisoslik va yo’nalishlardagi adabiyotlar bilan ta’minlab borish. XULOSA Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, professional ta’lim muassasalarda va buxgalteriya hisobini tashkel etishda yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Professional ta’lim tizimi uchun yangi adabiyotlarni yaratilishida uning zamonaviyligi, eski 424 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 adabiyotlardan farqlanishi, xorijiy adabiyotlarga mosligi, zamonaviy texnologiyalar asosida yangilab borilishiga hamda o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish imkoniyati yuqoriligiga alohida e’tibor berilishi lozim. Professional ta’lim muassasalariga va buxgalteriya hisobini tashkel etishda qo’yiladigan yagona talab sifatli va bilimli kadrlarni yetishtirib berish bo’lib, bu holatda o’quvchilarni sifatli o’quv adabiyotlari bilan ta’minlab borish oldimizdagi asosiy muhim vazifalardan biri bo’lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori, Toshkent shahri, 2021 yil 24 dekabr https://lex.uz/docs/5793251` 2. Ostonokulov A.A (2021). Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va hisoboti metodologiyasini takomillashtirish Dis. avtoref. iqt.fan.d-ri (DSc). –T. 2021. –72 b. 3. Ibragimov K.Sh (2018). Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni takomillashtirish (Oliy ta’lim muassasalari misolida). i.f.n. (PhD) diss. avtoreferati. – T. 2018. –54 b. 4. Qurbonov Sh.M (2022). Davlat tibbiyot tashkilotlarida byudjetdan 5. tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditni takomillashtirish. i.f.f.d. (PhD). 6. avtoreferati. – T. 2022. –58 b.