XO'JALIK YURUTUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR SAQLANISHI VA SARFLANISHI AUDITI
Full text
432 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 XO’JALIK YURUTUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR SAQLANISHI VA SARFLANISHI AUDITI Ulug’bek Abdimajidov Mamatqul o’g’li Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti "Buxgalteriya hisobi va auditi" ta’lim yoʻnalishi 4 bosqich talabasi Tel: +998 (94) 945 24 00 E-mail: [email protected]om https://doi.org/10.5281/zenodo.17526816 Annotatsiya: Ushbu tezisda tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) saqlanishi va sarflanishi auditi jarayoni, ularning buxgalteriya hisobi, ombor nazorati, inventarizatsiya ishlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Tovar-moddiy zaxiralar, audit, inventarizatsiya, ombor, saqlash, sarflanish, ichki nazorat, buxgalteriya hisobi, moliyaviy intizom, zaxira. Kirish. Ishlab chiqarish jarayonida tovar-moddiy zaxiralarini saqlanish hamda sarflanishi korxonani ishlab chiqarish jarayoni hamda uning xarajatlar qismini kamaytirishga sabab bo’ladi.Tadqiqotning asosiy maqsadi – korxonalarda TMZning to‘g‘ri hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishini nazorat qilish orqali moliyaviy intizomni ta’minlash korxonlarda dolzarb qismiga aylanmoqda . Tovar-moddiy zaxiralar har qanday korxona ishlab chiqarish faoliyatining asosi hisoblanadi. Ularning to‘g‘ri hisobga olinishi, saqlanishi va oqilona sarflanishi korxonaning moliyaviy barqarorligi va foydalilik darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli zahiralar auditi korxonaning moliyaviy holatini baholashda muhim o‘rin tutadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar resurslardan oqilona foydalanishlari zarur.Tovar-moddiy zahiralarni saqlashda va sarflashda aniqlik, tartib va nazoratning kuchli bo‘lishi – moliyaviy intizomning kafolatidir. Audit bu jarayonlarni nazorat qilish va tahlil qilish orqali ishonchlilikni ta’minlaydi. Ingliz xorijiy olimi J. Shraybfeder “Zaxiraning samarali boshqarilishi iste’molchilar talablarini qondirishga va sof foydani maksimallashtirishga xizmat qiladi 1 ”deb takidlab o’tgan. Maxalliy olimimiz Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi.”Iqtisod va moliya darsligida TMZ ga shunday tarif bergan: Tovar-moddiy zaxiralarga tashkilotga tegishli bo‘lgan va xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar kiritiladi”, degan xulosaga kelgan 2 . Umuman olganda yuqoridagi fikirlarga ko’ra TMZ xususiy va tijorat korxonalari uchun to‘liq mos keladi, chunki ularning maqsadi — foyda olish. Biroq budjet tashkilotlari (masalan, maktab, shifoxona, davlat idoralari) foyda olishni maqsad qilmagan, balki byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ko‘zlaydi. Shu sababli Shraybfederning fikrini bevosita budjet tashkilotlariga qo‘llash to‘liq mos emas, ammo “samaradorlik” va “talabni qondirish” jihatidan qisman mos deb baholash mumkin. J. Shraybfederning ilmiy g‘oyasi O‘zbekistonning tijorat sektoriga mos tushadi, ammo budjet tashkilotlariga to‘liq tatbiq etilmaydi. Xaydarov M.T.ning ta’rifi esa O‘zbekistonning milliy buxgalteriya standartlari va amaliyotiga to‘liq mos keladi. Shu sababli, mahalliy sharoitda aynan Xaydarovning yondashuvi ilmiy va amaliy jihatdan asosliroq hisoblanadi. Tovar-moddiy zaxiralar saqlanishi auditi. Omborlarning texnik holati, xavfsizlik sharoitlari va joylashtirish tartibi o‘rganiladi. TMZni saqlashda harorat, namlik va xavfsizlik me’yorlariga rioya qilinishi tekshiriladi. Saqlash vaqtida yo‘qotishlar, buzilishlar yoki kamomadlar mavjudligi aniqlanadi. Zaxiralarni sarflanish auditi. Ishlab chiqarishga berilgan TMZ me’yor asosida sarflanganligini tekshirish, sarf hujjatlari (talon, limit, buyurtma, dalolatnoma) asosida xarajatlarni asoslash va normadan ortiqcha sarflar sabablari tahlil qilinadi. 1 Shraybfeder Dj. Samarali zahiralarni boshqarish: ingliz tilidan tarjima. 2-nashr. – M.: “Alpina Biznes Buks”, 2006. – S. Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi. //Iqtisod va moliya. 2015. 8-son. – B. 61.
433 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Audit jarayoni bosqichlari: Tayyorgarlik bosqichi – hisob siyosatini o‘rganish va ichki nazorat tizimini baholash; Asosiy bosqich – hujjatlarni tahlil qilish, inventarizatsiya o‘tkazish va omborlardagi haqiqiy miqdorni aniqlash; Yakuniy bosqich – aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tahliliy hisobot tayyorlash va tavsiyalar berish. Xulosa. Tovar-moddiy zahiralar auditi korxona moliyaviy intizomini mustahkamlash, resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash va moliyaviy hisobotlarda ishonchlilikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Audit natijalari asosida berilgan tavsiyalar korxonaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Buxgalteriya hisobi 1-qism: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. b. 299 bet. 2. Shraybfeder Dj. Samarali zahiralarni boshqarish: ingliz tilidan tarjima. 2-nashr. – M.: “Alpina Biznes Buks”, 2006. – S. 15. 3. Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi. //Iqtisod va moliya. 2015. 8-son. – B. 61.