MATERIALLARNI BAHOLASHNING BUXGALTERIYADAGI AHAMIYATI
Full text
436 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 MATERIALLARNI BAHOLASHNING BUXGALTERIYADAGI AHAMIYATI Safarov Alisher Ibrohim o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi tel:+998 (90)-026-01-01 E-mail: [email protected] Yo‘ldosheva Rayhona Yusuf qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi talabasi tel:+998 (94)-567-41-10 Email: rayhonyuldasheva071[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17526845 Annotatsiya: Mazkur maqolada materiallarni baholash usullari va ularning buxgalteriya hisobidagi o‘rni keng yoritilgan. Korxonalarda materiallar harakatining to‘g‘ri aks ettirilishi, moliyaviy natijalarining haqqoniylik ko‘rsatilishi uchun baholashning turli usullaridan foydalaniladi. Har bir usulning o‘ziga xos jihatlari, ustunlik va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, amaliy misollar asosida baholash natijalarining moliyaviy hisob-kitoblarga ta`siri o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Materiallar, baholash, FIFO, LIFO, o‘rtacha to‘g‘irlangan narx, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, zaxiralar, qiymat, narx. Аннотация: В данной статье освещаются методы оценки материалов и их роль в бухгалтерском учёте. Для правильного отражения движения материалов на предприятиях и достоверного представления финансовых результатов используются различные методы оценки, такие как FIFO, LIFO и средневзвешенная стоимость. В статье проанализированы преимущества и недостатки каждого метода, а также на практических примерах рассмотрено их влияние на финансовую отчётность. Ключевые слова: материалы, оценка, FIFO, LIFO, средневзвешенная стоимость, бухгалтерский учёт, финансовая отчётность, запасы, стоимость, цена. Abstarct: This article discusses methods of material valuation and their role in accounting. To accurately reflect the movement of materials in enterprises and to present truthful financial results, various valuation methods such as FIFO, LIFO, and the weighted average cost are used. The article analyzes the advantages and disadvantages of each method and examines their impact on financial reporting through practical examples. Key words: materials, valuation, FIFO, LIFO, weighted average cost, accounting, financial reporting, inventory, value, price. KIRISH Buxgalteriya hisobi har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun muhim rol o‘ynaydi. Uning asosiy vazifalaridan biri-moliyaviy holat va xo‘jalik jarayonlarini haqqoniy, aniq va ishonchli tarzda aks ettirishdir. Ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan materiallar bu jarayonning ajralmas qismidir. Materiallarni hisobga olish va baholash korxonaning foydasini rentabelligini va umumiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular materiallar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, materiallar bir ishlab chiqarish jarayonida o‘zining qiymatini to‘la ravishda mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Xom – ashyo, asosiy va yordmachi materiallar, yoqilg‘i, extiyot qismlar korxona aylanma mablag‘larni tashkil qiladi. Aylanma mablag‘larining korxona uchun umumiy miqdori yuqori tashkilotlar, ya`ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo‘yicha normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishda belgilangan normativga rioya qilinishi muhim ahamiyatga ega. Xo‘jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, xujjatsizlikka qarshi kurash, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib
437 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 borish masalalariga alohida e`tibor beriladi. Jumladan, moddiy va mehnat resurslarini to‘g‘ri, tejamli sarflash xalq xo‘jaligini yanada rivojlantirishda, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omildir. Metodologiya: Ushbu tadqiqot ishimizni yoritishda nazariy tahlil, statistik tahlil, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi. Materiallarni baholashning buxgalteriya hisobi va moliyaviy natijalarga ta’sirini chuqur va kompleks o‘rganish asosida baholash usullari tahlil qilindi. Bu yondashuv asosida aniq ilmiy xulosalar chiqarilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqotga oid adabiyotlar sharhi: Materiallarni baholash buxgalteriya hisobining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanishlar soni ortib bormoqda. Baholash usullarining moliyaviy hisobotga, soliq hisobiga, va boshqaruv qarorlariga ta’siri masalalari xalqaro va mahalliy olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Xalqaro adabiyotlar: Xalqaro buxgalteriya hisobidagi yondashuvlar ko‘pincha MHXS (Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari) doirasida ko‘rib chiqiladi. MHXS 2-sonli standarti — “Zaxiralar”— materiallar, tayyor mahsulotlar va boshqa zaxiralarning baholanishi va hisobga olinishi bo‘yicha asosiy hujjat hisoblanadi. Bu standartda materiallarni baholashda FIFO, AVECO va realizatsiya bo‘yicha sof qiymat usullari ko‘rsatib o‘tiladi. LIFO esa ushbu standartlar doirasida tan olinmaydi. 1. Satoshi Kumagai “Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli” nomli maqolasida shunday deydi: “Zaxira (inventar) ham xarajat, ham aktiv (boylik) jihatiga ega. Ko‘plab kompaniyalar zaxira miqdorini kamaytirishda uning xarajat tomonini hisobga olishgan… Boshqa tomondan esa, zaxira — bu savdo va qiymatni yaratuvchi, shu orqali pul oqimini oshiruvchi zarur boshqaruv resursidir. Zaxiraning haddan tashqari kamaytirilishi esa kompaniya faoliyatining samaradorligini pasaytiradi.” 1 2. Kiho Kamiya va Masaaki Ohba (2018) bular ham Tovar moddiy zaxiralar bo`yicha “Foydalilikni (rentabellikni) hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli.” nomli maqolasida shunday deydilar: “Ushbu tadqiqot nafaqat xarajat, balki aktiv qiymati nuqtayi nazaridan ham zaxirani baholash uchun, talabdagi o‘zgarishlar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda, modelni taklif etadi.” “Zaxira jarayonning alohida faoliyati sifatida qaraladi va uning qiymati yakuniy mahsulot narxi, sotilish ehtimoli, resurs yo‘qotishlari hamda amalga oshmagan foydaning noaniqligini inobatga olgan holda baholanadi.” Ya’ni, bu olimlar zaxirani baholashda faqat xarajat jihatiga e’tibor bermaslik, balki uni aktiv sifatida ham ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, yuqori bo‘lmagan (sotilish ehtimoli past) tayyor mahsulotdan ko‘ra yarim tayyor mahsulot zaxirasi iqtisodiy jihatdan ustun bo‘lishi mumkinligini aniqlashgan. 2 Mahalliy adabiyotlar Mahalliy olimlardan X. Hasanov maqolalarida Tovar moddiy zaxiralarni baholash bo’yicha shunday degan: “Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar tannarx hamda realizatsiya qilishning sof qiymatlari asosida baholanadi. Tannarxga boshqa qo‘shimcha xarajatlar kiradi: ular tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish, qayta ishlash hamda joriy holatiga keltirish uchun ketgan xarajatlar. U shuningdek budjet tashkilotlari kontekstida “inventarizatsiya o‘tkazish natijasida aniqlangan ortiqcha yoki hisobda aks etmagan tovar-moddiy zaxiralarni baholash ularning aniqlangan sanadagi joriy qiymatidan kelib chiqib belgilanadi” deb ta’kidlaydi. 3 Muhokama va natijalar Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi. Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar joriy hisobda-o‘rtacha sotib olinishi bahosi, rejasi, reja tannarxi bo‘yicha va boshqa baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o‘rtacha sotib olinish bahosi yoki reja tannarxi o‘rtasidagi farq ularning guruhlari bo‘yicha alohida analitik schyotlarda 1 Satoshi Kumagai “Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli” nomli maqolasi “Yaponiya SanoatBoshqaruv Assotsiatsiyasi Jurnali”.2018-y. 221–231 b. 2 Kiho Kamiya va Masaaki Ohba (2018) “Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli” nomli maqolasi “Yaponiya Sanoat Boshqaruvi Assotsiatsiyasi Jurnali”2018-y. 221-231 b. 3 X.Hasanov “Tovar moddiy zaxiralar” bo`yicha “Tadqiqotlar jahon ilmiy-metodik jurnali” jurnali 2023-y.65-67 b.
438 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 hisobga olinadi. Amaliyotda kompyuterlarning keng qo‘llanishi material zahiralari har bir turning haqiqiy tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Materiallar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida asosiy resurslardan biri hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish tannarxini shakllantirishda, hisob-kitob yuritishda va korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, materiallarni baholash masalasi buxgalteriya hisobida alohida ahamiyatga ega. Turli baholash usullari orqali korxona o‘zining aniq va ishonchli moliyaviy ma`lumotlariga ega bo‘ladi. 4 Materiallarni sintetik schyotida ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobi joriy bahoda, ya`ni sotib olinishi(tayyorlash) reja tannarxi, yoki o‘rtacha sotib olinishi bahosi bo‘yicha hisobga olinadi. Bunday hollarda, o‘rtadagi farq “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida aks ettiriladi. 4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo’yicha boj to’lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to’lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari, xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar. 5 Materiallarni baholashning asosiy maqsadi — ularning qiymatini to‘g‘ri aniqlab, buxgalteriya hisobida haqqoniy aks ettirishdir. Bu baholash orqali korxona o‘zining ishlab chiqarish tannarxini aniq hisoblaydi, daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farqni belgilaydi hamda moliyaviy hisobotlarda ishonchli ma’lumotlarni taqdim etadi. Shuningdek, bu jarayon soliqqa tortish, audit va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ham katta ahamiyatga ega. Materiallarni baholashda turli usullar qo‘llaniladi. Ularning har biri korxonaning hisob siyosatiga mos ravishda tanlanadi. Asosiy usullar quyidagilardan iborat: FIFO (First In, First Out) – birinchi kirgan material birinchi chiqadi. Bu usul inflyatsiya sharoitida foydali, chunki eng eski (arzonroq) narxdagi material birinchi chiqariladi. LIFO (Last In, First Out) – oxirgi kirgan material birinchi chiqadi. Bu usul inflyatsiya davrida ko‘proq xarajat ko‘rsatadi va foyda kamayadi. AVECO usuli – mavjud barcha materiallarning umumiy qiymati va miqdoriga qarab o‘rtacha baho aniqlanadi. Bu usul oddiy va doimiy narxlarda foydali. Misol:Korxonada oy mobaynida quyidagi materiallar partiyasi sotib olingan: 6 Sotib olingan sana Miqdori (dona) Narxi (so‘m) Qiymati (m.so‘m) 15.03.2025 1000 600 600 20.03.2025 1700 800 1360 25.03.2025 1500 900 1350 Jami 4200 2300 3310 Хo’jalikda oy mobaynida 2800 m.so’mlik material sarflandi va omborda 1400 m.so’mlik material qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda hisoblab chiqamiz. O’rtacha tortilgan (AVECO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar birligining qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlarning o’rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Хo’jalik yurituvchi subyektdagi vaziyatga qarab o’rtachasi davr oxirida yoki har bir qo’shimcha qabul qilingani bo’yicha hisoblab topiladi. AVECO usulida materiallarni baholash tartibi 7 4 “Tovar moddiy zaxiralarni baholash tartibi” Yo’ldoshev Suxrob Rustam o’g’li maqolasi. 5 4-BXMS.Tovar moddiy zahiralarini baholash. 6 Zavalishina I. Yangicha buxgalteriya hisobi. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2004. B. 268-272. 7 Zavalishina I. Yangicha buxgalteriya hisobi. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2004.
439 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 1-jadval. Material sarfi Miqdori (dona) Narxi ( so‘m) Qiymati (m.so‘m) 1-partiya 1000 600 600 2-partiya 1700 800 1360 3-partiya 100 900 900 Jami sarflangan material 2800 788.8 2207 Ombordagi qoldiq 1400 788.8 1103 AVECO usuliga ko‘ra, materiallar o‘rtacha narx — 788.8 so‘m asosida baholandi. Jami 2800 dona material sarflanib, ularning umumiy qiymati 2 207 000 so‘mni tashkil etdi.Omborda 1400 dona material qoldi, ularning qiymati ham shu narx bo‘yicha 1 103 000 so‘m deb baholandi.Bu usul narxlar o‘zgarishini tekislaydi va xarajatlarni barqaror ko‘rsatadi.Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo’llash tavsiya qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVECO usullarini qo’llash ma’qul.Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4-BHMSning 17 –bandiga muvofiq FIFO usulini qo’llashni tavsiya qilinadi. Bu usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar-material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir. 8 FIFO usulida materiallarni baholash tartibi 2-jadval. Material sarfi Miqdori (dona) Narxi ( so‘m) Qiymati (m.so‘m) 1-partiya 1300 900 900 2-partiya 2000 1100 1660 3-partiya 400 1200 1200 Jami sarflangan material 3700 3200 3760 Ombordagi qoldiq 1700 1500 1560 FIFO tartibida birinchi kirgan material birinchi chiqariladi, shu asosda 1va 2partiya to‘liq. 3-partiya esa faqat 100 dona sarflangan. Qolgan 1700 dona (3-partiyadan) omborda. Materiallar FIFO usulida to‘g‘ri baholangan - sarflangan qiymat 3760 ming so‘m, ombordagi qoldiq esa 1560 ming so‘m.Хalqaro andazalar tomonidan ТMZni hisobga olish va baholashda LIFO usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan tovar – material zaxiralar (ТMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar – material zaxiralari birinchi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir. LIFO usulida materiallarni baholash tartibi 9 3-jadval. Material sarfi Miqdori (dona) Narxi (so‘m) Qiymati (m.so‘m) 1-partiya 1500 900 1350 2-partiya 1300 800 1040 3-partiya - - - Jami sarflangan material 2800 2390 Ombordagi qoldiq 400 800 320 8 O`zbekiston Respublikasi BHMS 4-sonli “Tovar-moddiy zaxiralar” 9 Zavalishina I. Yangicha buxgalteriya hisobi. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2004.
440 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 LIFO usuliga ko`ra, oxirgi kirgan birinchi sarflanadi. 1va 2partiyalar to‘liq sarflangan 1300 dona (2partiya) + 1500 dona (1-partiya) = 2800 dona, 2390 ming so‘m, omborda faqat 3-partiyadan 400 dona qolgan 400 dona (3-partiya), 800 so‘mdan = 320 ming so‘m. LIFO bo‘yicha oxirgi kelganlar (2va 1-partiya) birinchi sarflandi. Qoldiq faqat 3-partiyadan Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallarni ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob siyosatida o’z aksini topmog’i lozim.Materiallarning to‘g‘ri baholanishi korxonaning umumiy moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Agar materiallar noto‘g‘ri baholansa, bu ishlab chiqarish tannarxining noto‘g‘ri hisoblanishiga, foyda yoki zarar noto‘g‘ri ko‘rsatilishiga olib keladi. Shuning uchun, buxgalterlar materiallarning harakatini hisobga olib, baholash usulini to‘g‘ri tanlashi zarur. Bu esa nafaqat ichki hisobotlar, balki soliq organlari va investorlar uchun ham ishonchli axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa: Materiallarni baholash buxgalteriya hisobining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. U material resurslarining haqiqatga yaqin qiymatlarda aks ettirilishini ta’minlaydi. To‘g‘ri tanlangan baholash usuli nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini aniq belgilash, balki foyda va zarar ko‘rsatkichlarini ishonchli hisoblash imkonini beradi. Korxona faoliyatining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishiga bog‘liq bo‘lib, bunda materiallarni baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, bu jarayonga professional va mas’uliyat bilan yondashish lozim.Materiallarni baholash usullarining to‘g‘ri tanlanishi korxonaning moliyaviy barqarorligi, hisobotning haqqoniyligi va soliq strategiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har bir usulning afzallik va kamchiliklari hisobga olingan holda, korxona o‘ziga mos usulni tanlashi lozim. Takliflar: 1. Kichik va o‘rta korxonalar uchun o‘rtacha narx usuli maqbul. 2. Hisobotlarda aniqlik talab qilinadigan hollarda FIFO afzal. 3. Baholash usullarini tanlashda soliqqa tortish tizimi ham hisobga olinishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston respublikasiningh 2016-yil 13-apreldagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risidasgi” qonuni O’RQ - 404 sonli. 2. O`zbekiston Respublikasi BHMS 4-sonli “Tovar-moddiy zaxiralar” 3. Abduvaxidov F.T., Qo'ziyev I.N., Dadabayev Sh.X. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - Т.: TDIU, 2019. – 403. 4. Zavalishina I. Yangicha buxgalteriya hisobi. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2004. 5. Tovar moddiy zaxiralarini baholash tartibi” Yo`ldosheva Suxrob Rustam o’g’li maqolasi “Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences” jurnali 6. Satoshi Kumagai “Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli” nomli maqolasi “Yaponiya Sanoat-Boshqaruv Assotsiatsiyasi Jurnali”.2018-y. 221–231 b. 7. Kiho Kamiya va Masaaki Ohba (2018) “Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli” nomli maqolasi“Yaponiya Sanoat Boshqaruvi Assotsiatsiyasi Jurnali”2018-y. 221-231 b. 8. X.Hasanov “Tovar moddiy zaxiralar” bo`yicha “Tadqiqotlar jahon ilmiy metodik jurnali” jurnalida 2023y. 65-67 b.