scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA YALPI ICHKI MAHSULOT O'SISH SUR'ATLARI VA ULARNI TA'MINLASH OMILLARI

Aktamov Sardor Akram o'g'li

Full text

466 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O’ZBEKISTONDA YALPI ICHKI MAHSULOT O’SISH SUR’ATLARI VA ULARNI TA’MINLASH OMILLARI Aktamov Sardor Akram o’g’li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi fakulketi talabasi Telefon: +998970580912 E-mail: [email protected]m https://doi.org/10.5281/zenodo.17526993 Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasing yalpi ichki mahsulotini o’sish sur’atlari tahlil qilindi va uni ta’minlovlovchi asosiy omillar yoritib berilgan.Ushbu tadqiqotdan maqsad shuki,so’nggi yillarda yalpi ichki mahsulotning mamlakatning rivojlanishiga qanday ta’sir qilayotganini o’rganishdir. Shuningdek, maqolada xorijiy va mahalliy investetsiyalar oqimi va davlat islohotlarining YaIMga ta’siri atroflicha o’rganilgan va dunyo mamlakatlari bilan solishtirilgan. Kalit so’zlar: yalpi ichki mahsulot, daromat, eksport, import, iqtisodiy o’sish, xarajatlar usuli, investitsiya. Kirish: Har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasini ko’rsatib beruvchi eng muhim ko’rsatkichlardan biri bu -yalpi ichki mahsulot (YaIM) hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot bu mamlakat hududida ma’lum bir davr davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar yig’indisiga tengdir.Jahon miqyosida turli davlatlarning iqtisodiy qudrati va ularning barqaror rivojlanish darajasi YaIM orqali taqqoslanadi Bugungi XXI asrda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotni oshirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar,tarkibiy o’zgarishlar va innavatsion rivojlanish siyosati natijasida yalpi ichki nahsulot yildan yilga oshib bormoqda.Mamlakatda yalpi ichki mahsulotning izchil o’sib borishi sanoat,qishloq xo’jaligi,xizmatlar sohasi, kichik va o’rta biznes subyektlarning rivojlanishi va xorijjiy invistetsiyalarning oshib borishi bilan chambarchas bog’liqdir. O‘tgan sakkiz yilda yalpi ichki mahsulotimiz shiddat bilan o‘sib, 115 mlrd dollarga yetdi. Bugun bitta raqamni birinchi marta aytmoqchiman: Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, bu yil iqtisodiyotimiz hajmi 130 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. 1 Davlat rahbari bu natijada tadbirkorlikning keng qo‘llab-quvvatlanishi, zamonaviy sanoat majmualari barpo etilgani, “yashil” va innovatsion iqtisodiyotga o‘tilib, muqobil energiya manbalari yaratilayotgani, axborot texnologiyalari, turizm va moliyaviy texnologiyalar kabi xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlantirilayotgani muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi. Adabiyotlat tahlili: Abdullayeva H.N. tomonidan chop etilgan “Xorijiiy investetsiyalarning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga ta’siri” nomli maqolasida xorijiiy investitsiyalarning o’zgarishini YaIMga ta’siri jiddiy o’rganilgan va zarur xulosa va takliflar bergan. Mazkur maqolada chet el investitsiyalarining turli shakllarini, jumladan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, portfel investitsiyalari va boshqa kapital oqimlari haqida va uni kirib kelishi natijasida YaIMning o’zgarishini qamrab oladi. Xorijiy investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotiga kapital, texnologiya va tajriba kiritish orqali iqtisodiy rivojlanish katalizatori sifatida qanday ishlashi mumkinligi o‘rganilgan. 2 Sharifova Gulruxsor Abdunabiyevna tomonidan chop etilgan “Yalpi ichki mahsulot o’sishi va inflatsiya darajasining makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri” nomli maqolasida yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari va inflatsiya darajasining makroiqtisodiy barqarorlikka ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish va 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.O’zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlar bilan uchrashuvidagi nutqidan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/08/27/gdp/ 2 ABDULLAYEVA H.N. “XORIJIIY INVESTETSIYALARNING MAMLAKAT YALPI ICHKI MAHSULOTIGA TA’SIRI”. “MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH” JURNALI . HTTPS://INTERONCOF.COM/INDEX.PHP/GERMANY/ARTICLE/VIEW/1009/950 467 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 narxlar darajasining o‘zgarishi mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanat, ish bilan bandlik, investitsiyalar hajmi va aholining real daromadlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyoti misolida so‘nggi yillardagi statistik ko‘rsatkichlar asosida real holat tahlil qilinadi va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish yo‘llari taklif etiladi. Tahlil va natijalar: Tahlil va natijalar shuni ko’rsatmoqdaki, O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari so‘nggi yillarda barqaror ijobiy tendensiyani namoyon etmoqda. YaIM tarkibida xizmatlar sohasi eng katta ulushni tashkil etib, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveriga aylandi. Sanoat ishlab chiqarishining modernizatsiyasi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi va eksport ko‘rsatkichlarining ortishi iqtisodiy faollikni oshirdi. Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ortib, ichki bozorni to‘ldirish va bandlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. 1-rasm. 3 Yalpi ichki mahsulot hajmi (ishlab chiqarish usulida, joriy narxlarda, yillik,mlrd so’m). 1-rasmda ko’rinib turibdiki, 2015–2024-yillar oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) joriy narxlarda, ishlab chiqarish usulida sezilarli darajada ortib borgan. Grafikda ko‘rsatilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘n yillik davr ichida mamlakat iqtisodiyoti izchil o‘sish yo‘liga chiqqan va bu jarayon davomida iqtisodiy islohotlar, investitsion muhitning yaxshilanishi, tashqi savdo hajmining kengayishi hamda ishlab chiqarish salohiyatining oshishi muhim rol o‘ynagan. 2015-yilda YaIM hajmi 250 544,6 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1 454 573,9 mlrd so‘mga yetgan. Bu esa deyarli 5,8 baravarlik o‘sishni anglatadi. Mazkur ko‘rsatkichlar o‘zgarishi mamlakat iqtisodiy rivojlanish sur’atining yuqoriligidan dalolat beradi. O‘sishning bunday yuqori sur’atlarda bo‘lishi bir nechta muhim omillar bilan bog‘liq: Birinchidan, 2016-yildan boshlab O‘zbekiston yangi iqtisodiy siyosat yo‘liga o‘tdi. Bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini kuchaytirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga, valyuta liberallashuvini ta’minlashga, va eng muhimi – xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar iqtisodiy faollikni oshirishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga va natijada yalpi ichki mahsulot hajmining yildan-yilga ortib borishiga xizmat qildi. Ikkinchidan, 2018–2019-yillar oralig‘ida YaIM o‘sishining tezlashgani kuzatiladi. Aynan 2018-yilda iqtisodiy o‘sish 32,9% ni tashkil etgan bo‘lib, bu eng yuqori sur’atlardan biridir. Bu davrda sanoat, qurilish, transport va logistika, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari faol rivojlanib bordi. Hududlarda sanoat zonalari tashkil etildi, eksport imkoniyatlari kengaydi. 3 www.stat.uz saytida berilgan ma’lumotlar asosida shallantirildi. 250544,6 290213,4 356453,8 473652,8 594659,6 668038 820536,6 995573,1 1204485,4 1454573,9 0 200000 400000 600000 800000 1000000 1200000 1400000 1600000 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 Hajmi 468 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2020-yilga kelib, pandemiya sharoitida global iqtisodiyotning pasayishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. YaIM hajmi o‘sishda davom etgan bo‘lsa-da, o‘sish sur’ati 12,3% atrofida bo‘ldi. Bu avvalgi yillarga nisbatan sezilarli pasayishni anglatadi. Shunga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti pandemiyaning og‘ir bosqichidan katta yo‘qotishlarsiz o‘ta oldi, bu esa iqtisodiy siyosatning muvozanatli olib borilganini ko‘rsatadi. 2021-yildan boshlab esa iqtisodiyot tiklana boshladi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 820 536,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘sish sur’ati yana yuqori bo‘ldi. 2022-yil va 2023-yilda ham bu o‘sish tendensiyasi davom etdi. 2023-yilda YaIM hajmi 1 204 485,4 mlrd so‘mga yetdi. 2024-yilga kelib esa bu raqam 1 454 573,9 mlrd so‘mni tashkil etib, iqtisodiy o‘sishning hali ham yuqori darajada davom etayotganini ko‘rsatdi. Xulosa: O‘zbekiston iqtisodiyotida so‘nggi yillarda kuzatilayotgan ijobiy o‘sish sur’atlari mamlakatda olib borilayotgan islohotlar samarasi bilan chambarchas bog‘liqdir. YaIM hajmining ortishi, ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi va xizmatlar sohasining kengayishi iqtisodiy faollikni kuchaytirgan bo‘lsa-da, ayrim tizimli muammolar hali ham mavjud. Jumladan, ayrim tarmoqlarda mehnat unumdorligining pastligi, investitsiya samaradorligining yetarli emasligi, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlar hamda tashqi iqtisodiy omillarga yuqori bog‘liqlik YaIM o‘sishiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullayeva H.N. “Xorijiiy investetsiyalarning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga ta’siri”. https://interoncof.com/index.php/germany/article/view/1009/950. 2. Davlat statistika qo’mitasining rasmiy web sayti: www.stat.uz 3. Mamatqulov T.D. “Econometric Assessment of the Impact of Industry on Economic Growth in Republic of Uzbekistan”.Europen journal of Economics , Finance and Business Development jurnali.80-86-betlar. 4. T. Jo’rayev. M.Hamdamov.Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik, “Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi”. 255-273-betlar. 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.O’zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlar bilan uchrashuvidagi nutqi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/08/27/gdp/.