ISLOM MOLIYA TIZIMI IMKONIYATLARIDAN O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA FOYDALANISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATI
Full text
480 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ISLOM MOLIYA TIZIMI IMKONIYATLARIDAN O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI Dursoatov Abbos Ulug‘bek o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi Email adres: abbosdur[email protected] Telefon raqami: +998946991224 https://doi.org/10.5281/zenodo.17527028 Annotatsiya: Ushbu maqolada islomiy moliya tushunchasini, uning oddiy moliyasi tizimidan farqlari va afzalliklari bayon qilinganman. Dunyo islomiy moliya bozori holatining, unda islom banklarining tutgan o’rni tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar o’rganilib, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish muammolari ko’rsatilgan va ularni bartaraf etish yo’nalishlari taklif etilgandir. Kalit so’zlar: Islom, Islomiy moliya, Ribo, Qo’shimcha qiymat, islomiy iqtisodiyot, Qur’on va sunnat, Kontinental, Anglo-sakson, Murobaha, Ijara,) Istisna, Salaam, Musharaka, Mudoraba, Sukuk, Zakot, Sadaqa, Qarz ul Hasan, Vaqf, inqiroz, islomiy sug’urta. Annotation: This article describes the concept of Islamic finance, its differences from and advantages over the conventional financial system. The state of the global Islamic finance market and the role of Islamic banks within it are analyzed. International experiences are studied, the problems of population's access to financial services are highlighted, and directions for their resolution are proposed. Key words: Islam, Islamic finance, Riba, Value addition, Islamic economics, Quran and Sunnah, Continental, Anglo-Saxon, Murabaha, Ijara, Istisna, Salam, Musharaka, Mudaraba, Sukuk, Zakat, Sadaqah, Qard al-Hasan, Waqf, crisis, Islamic insurance. Аннотация: В данной статье раскрывается понятие исламских финансов, их различия и преимущества по сравнению с традиционной финансовой системой. Проанализировано состояние мирового рынка исламских финансов и место в нем исламских банков. Изучен международный опыт, показаны проблемы доступа населения к финансовым услугам и предложены направления для их решения. Ключевые слова: Ислам, исламские финансы, риба, добавленная стоимость, исламская экономика, Коран и Сунна, континентальная модель, англо-саксонская модель, мурабаха, иджара, истисна, салям, мушарака, мудараба, сукук, закят, садака, кард аль-хасан, вакф, кризис, исламское страхование (такафул). Kirish: Butun dunyoda ikki miliarddan ortiq musulmonlar yashaydi va ular uchun foizlardan foydalanish mumkin emas. Lekin, hozirgi dunyomizda insonning e’tiqodi uni moliya xizmatlaridan foydalanishdan to’sa olmaydi. Kimdir an’anaviy kredit olishni istamasa, u inson uchun dunyoning ko’p mamlakatlarida muqobil variantlar taklif etiladi. Sababi, hamma teng imkoniyatlardan foydalanishi kerak (demokratiya tamoyili) va jamiyatda paydo bo’ladigan bunday imkoniyatlar inklyuziv rivojlanish, ya’ni jamiyat a’zolari o’rtasida adolat bilan taqsimlangan va barcha uchun teng imkoniyatlar beruvchi iqtisodiy rivojlanishga yo’l ochadi. Respublikamizda ham aholining asosiy qismi, ya’ni 90 foizdan ortig‘i musulmonlardan iborat ekanligini e’tiborga olsak, Islom moliyasi xizmatlarining joriy etilishi va rivojlanishi Xalqimizning moliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-765-son qonuni[3]ning qabul qilinishi va bu qonunga asosan islom moliya xizmatlarining nobank moliya muassasalarida joriy etilishi bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlardan biri hisoblanadi. Asosiy qism: Islom iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo’lgan islomiy moliya tizimi haqida fikr yuritilar ekan, so’z an’anaviy nuqtainazardagi moliya tizimi haqida emas, balki islomiy moliyaviy muassasa va vositalarning uyg’unligi talqinidagi tizim haqida borayotganini nazarda tutish lozim bo’ladi. An’anaviy tushunchadagi moliya tizimi haqida so’z yuritishning so’z yuritishning yanglishligi shundaki, jahonda faqat bir mamlakat – Sudanda moliyaviy sektor butkul islomiylashtirilgan. Aksariyat mamlakatlarda islomiy moliya
481 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 muassasalari mavjud an’anaviy tizimning bir qismi hisoblanadi. Islomiy moliyaning tuzilishi qarzdan olingan har qanday daromadni (riba) taqiqlash va daromadning qonuniyligi atrofida aylanadi. Ribo - qarzdordan mukofot sifatida olinadigan o'sishdir. Bu pulni pulga almashtirish yoki to'lovni kechiktirish hisobiga ssuda qarzlarni sotish bo'yicha kelishilgan narxga qo'shish bilan bog'liq operatsiyalar bo'yicha daromadni anglatadi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik keltirib chiqaradiganligi sababli shariat buni man qilgan. Chunki foizlarni to'lash bilan bog'liq barcha operatsiyalar qat'iyan man etilad. Riboning mohiyatini iqtisodiy ko’rsatkichlar orqali yana ham aniqroq tushunish mumkin. Qo’shimcha qiymat – sotib olingan mahsulot qiymati (ya’ni har bir ishlab chiqaruchi (firma) boshqasidan sotib olingan tovarning qiymati) va uni sotishdan kelib tushgan umumiy tushum o’rtasidagi farqdir. Pulga doir qo’shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog’liq. Pulga doir qo’shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog’liq. Voqelikdagi tovar yoki xizmatlarning to’lovini ta’minlamaydigan moliyaviy vositalarni olish va sotish ham unga kiradi. Moliyaviy vositalar xarid bahosi va ularni sotish bahosi o’rtasidagi farq o’zida pullik qo’shimcha qiymatni ifodalaydi. Bu bitimlar YAIM (yalpi ichki mahsulot) miqdorini o’zgartirmaydi hamda iqtisodiy agentlar o’rtasida pul mablag’larini qayta taqsimlash natijasi hisoblanadi. Mana shu pullik qo’shimcha qiymat ribboning o’zidir (bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirish va pul o’tkazmalari bundan mustasno) Islom yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Faqat so‘nggi bir necha o‘n yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me’yorlarni zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa’y-harakatlar amalga oshirilganiga qaramay va ko‘plab tadqiqotlar chop etilgan bo‘lsada, baribir «islomiy moliya» yoki «islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo‘shilgan turli ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq ta’rifni qo‘llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko’ribchiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi Tahlil va natijalar. Islom huquq tizimida, musulmonlar turmush tarzini tartibga soluvchi qonun-qoidalar yig’indisi – Shariat orqali davlat boshqaruvi va jamiyat farovonligi ta’minlanadi. Bu huquq tizimida asosiy manba sifatida Qur’on va sunnatga tayaniladi. Hukumlar aynan Qur’on va sunnatdan olinadi. Bundan tashqari, ijmo ham huquq manbasi sifatida foydalaniladi.
482 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Har qanday davlatda huquq tizimlari mavjud va ularni uchta katta guruhga bo’lish mumkin (1rasm): Islom moliyasi bu hozirgi kunda butun boshli bir zamonaviy tizim, o’z ichiga turli xil banklarni, sug’urta korxonalari, konsalting kompaniyalari va hokozolarni qamrab oladi. Bunday muassasalarning moliyalashtirish amaliyoti ostida savdo (mijoz talabiga ko’ra: bino qurib berish, asbob – uskunalar, tovar va xomashyo materiallar) yotadi. An’anaviy banklarning savdo amaliyoti bilan shug’ullanishi esa qonunan ta’qiqlangan. Tijoriy muomala – bu real iqtisodiy fiqh, bunda oldi – sotdilar bo’lib o’tadi. Har qanday foyda va naf keltiradigan amaliyotlar bajariladi. Islom moliyasida kredit berib pul topish ta’qiqlanganligi sababli, iqtisodiyot rivojiga xizmat qiluvchi bir necha alternativ instrumenrtlar yaratilgan va ular orqali pul oxir oqibat real iqtisodiyotga tarqaladi. Quyida islom moliyasi asosiy muomala turlari keltirilgan: 1) Murobaha – bu savdoning bir ko’rinishi. Unda aktiv sotib olinadi va sotiladi; 2)Ijara – aktiv sotib olib ikkinchi tomonga ijaraga beriladi. Bunda ijaraga beruvchi ijaraga berib foyda oladi, ijaraga oluvchi undan foydalanishdan manfaatdor bo’ladi. 3) Istisna – yo’q narsaga pul tikish. ( loyihani moliyalashtirish). Qurilayotgan (paydo bo’layotgan) hali yaratilmagan aktivlarni moliyalashtirish. 4) Salaam – qishloq xo’jaligini moliyalashtirish, ya’ni hosilni fermerdan oldindan sotib olish; 5) Musharaka – sherikchilik; 6) Mudoraba – bunda niznes qilish qobiliyatiga ega bo’lmagan, lekin mablag’i bor shaxs bilan biznes qilish qobiliyatiga (biznes sir-asrorlarini biladi) ega bo’lgan shaxslarning shartnoma tuzib birlashishidir. Bunda bir shaxs biznesga pulini tikadi, ikkinchi tomon esa qobiliyatini tikadi; 7) Sukuk – qimmatbaho qog’ozlar, ya’ni investitsiyalar. Notijoriy muomala – bunda, asosan kambag’allarga yordam beriladi. Dunyoviy jihatdan, boylik insonga tegishli hisoblanadi. Islomda esa, boylik har bir insonga vaqtincha berilgan va shu vaqtincha berilgan boylikning ham bir qismi kambag’allarning haqqi hisoblanadi. Bunday qarash, o’z navbatida iqtisodiyotda juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sababi bir tarafdan kambag’allarning ahvoli yaxshilansa boshqa tarfdan kambag’allar u pullarni bozorda ishlatadi (tovar yoki xizmatlardan foydalanadi). Shu tariqa pul yana real iqtisodga qaytadi va aylanishda davom etadi.Yoki ana’naviy moliya tizimda baland kredit reytingdagi kompaniya va korxonalar mablag’larni arzon narxlarda jalb qilishadi. Biroq oddiy jismoniy yoki kichik bizneslar uchun bank va moliya institutlari katta foizlardagi kreditlar berishadi. Ular qilayotgan daromadlari foiz to’lash bilan tamom bo’ladi. Umuman olganda, yangi Startuplar, kichik biznes (mikro darajadi), beva yoki ajrashgan ayollar va muhtojlarga bank kredit bermaydi. Islomiy moliyadagi notijoriy instrumentlar orqali yuqoridagi muammolarni yechish mumkin. (3-rasmga qarang) 1) Zakot – Har yili (bir yilda bir marta, asosan Ramazon oyida) boylarning 2,5 foizgacha bo’lgan boyligi to’g’ridan to’g’ri Kontinental Anglo-sakson Islom Kodekslarga asoslangan – O’zbekiston, ko’pgina Yevropa va dunyo mamlakatlari shu tizimda ishlaydi. Ularda qonunqoidalar konstitutsiya, kodeklar, qonunlar bilan belgilanadi. Sud pretsedentlariga asoslangan, ularda qonunlar yo’q, huquq kitoblari sudning qarorlariga o’xshaydi. Shariatga asoslangan – bu huquq tizimidan to’la foydalanilanadigan bir nechta mamlakatlar bor. Masalan, Saudiya Arabistoni.
483 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 kambag’allarga beriladi. 2) Sadaqa –Boylar kambag’allarga sadaqa qilishadi (har oy, har hafta va h.k.). Sodda qilib aytganda, Qarz ul Hasan bu instrument qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. 3)– bu kafolatlangan foizsiz qarz. Ma’lum muddatga hech qanday foizlarsiz jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladi. 4) Vaqf – makroiqtisodiy ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Bu pullarga tarixdan yo’llar, o’quv markazlar, karvonsaroylar qurilgan. Islomiy va an’anaviy moliyalashtirish o’rtasidagi farq. Iqtisodiyotning ijtimoiy yo’naltirilganligi bu xo’jalik faoliyati natijalarini adolatli taqsimlashdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun iqtisodiyotning real sektori rivojlangan va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishilgan bo’lishi kerak. Yuqorida ta’kidlanganidek, islom moliyasi bozor iqtisodiyotini rad etmaydi va xususiy mulkchilikni tan oladi va rag’batlantiradi. Shunday ekan ikki xil: islomiy va kapitalistik iqtisodiyotlarni farqlashimiz mumkin. Kapitalistik iqtisodiyotda shaxs : • Istalgan qarorlarni qabul qiladi; • Erkinligi cheklanmaydi; • Agar biror cheklov bo’ladigan taqdirda ham undan biror demokratik qonunchilik vositasida xalos bo’ladi. Cheklovlarning mutlaqo yo’qligi jamiyatda nomuvofiq ishlarni keltirib chiqaradi: • Foizlar; • Qimor o’yinlari; • Boylikni kamchilik insonlar qo’lida to’planib monopoliya ko’rinishiga kelishi; • noaxloqiy va zararli vositalar ko’magi bilan bir – birlarini eksplatatsiya qilish; • Bir guruh insonlarning boqmandalikka berilib ketishi; • noqonuniy tovar va xizmatlar bilan amaliyotlar bajariladi; • qisqa sotuvlar rivojlanadi; • pul o’zidan o’zi ko’payadi; • inflatsiya yildan yilga oshadi; • jilovlab bo’lmaydigan darajadagi foyda olish monopoliyalari paydo bo’ladi. Yuqoridagi omillar sababli iqtisodiyotda bozorning ta’siri yo’qoladi, yoki hech bo’lmaganda kuchsizlanib ketadi. Moliyaviy kapitalizmda bank va moliyaviy muassasalar faqat pullar, yoxud monetar majburiyatlarni oldi – sotdisi bilan shug’ullanishadi. Islom moliyasida esa, voqelikdagi (real) aktivlar moliyalashtiriladi. Bunda, pul savdo predmeti sifatida tan olinmaydi. Pulning o’zi hech qanday qiymatga, yoki naflilikka ega emas. U shunchaki tovar yoki xizmatlarning puldagi ifodasidir. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, tovar (qalam, kitob, biror bir texnika, oziq-ovqat) va xizmatlar (sartaroshlik, tikuvchilik, ma’lum tovarni yetkazib berish) oxir oqibat qandaydir qiymat yaratadi. Ulardan foydalanamiz. Pulni o’zini esa hech nima qilib bo’lmaydi. Iste’mol qilolmaymiz, ishlarimizni yengillashtira olmaymiz. Oddiy banklarda kreditlar tovar aylanmasidan tashqarida ko’payuvchi qo’shimcha pul massasini yaratishi real sektorga nisbatan pul massasining ko’payib ketishiga sabab bo’ladi, bu esa o’z navbatida inflatsiyani kuchaytiradi va bunday nomuvofiqlik hisobiga xom ashyo va xizmatlarning bahosi o’sadi. Shuning uchun ham, kredit-qarz amaliyotlaridan olingan foyda (pulning qo’shimcha qiymati) man etilgan. Shunday qilib, real aktivlarga asoslangan muqobil islomiy moliyalashtirish jarayonida voqelikdagi (real) qo’shimcha qiymat yuzaga keladi. Bundan tashqari 2007-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz natijasida iqtisodiyotda real sektorini moliyalashtirish bilan bog’liq bir qancha muammolar yuzaga keldi. Ushbu yo’nalishda ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq va mavjud xatarlarni bartaraf etish imkonini beruvchi islom moliyaviy vositalar muhimo’rin egallamoqda. Shunday ekan, ushbu tizim moliyaviy xizmatlarni ko’rsatish jarayonida xosil bo’ladigan konfliktlarni samarali bartaraf etishlari va jahon iqtisodiyotida kamayib borayotgan real tovarlar va xizmatlar segmentlarini qo’llabquvvatlashni yirik islom korporatsiyalari o’zlarining siyosiy va iqtisodiy qarorlarida e’tiborga olishi lozim. Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) va uning guruhi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, xususan Xususiy Tarmoqni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (ICD), Xalqaro islom savdo moliya korporatsiyasi (ITFC) va Islom tadqiqotlar va treninglar instituti (IRTI) mamlakatda islom moliyasi rivojlanishida o’z hissalarini qo’shgan holda, hozirgi kunga qadar 2 milliard AQSh dollaridan ziyod mablag’ni Islomiy moliya
484 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 tamoyillari asosida moliyalashtirish maqsadlariga yo’naltirgan. Bundan tashkari, O’zbekistondagi bir nechta oliy o’quv yurtlari o’z ta’lim dasturlarini Islom moliyasiga doir fanlarni hisobga olgan holda tayyorlay boshladi. Shuningdek, joriy qonunchilikdan kelib chiqqan holda biznes vakillari ham islom moliya xizmatlarini taklif kilishni boshlab yubordi. O’zbekistonda qator islomiy lizing kompaniyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, 2019 yilda mamlakatda birinchi «O’zaro» islomiy sug’urta kompaniyasi o’z faoliyatini boshladi. O’zbekistondagina emas, balki MDH davlatlari ichida birinchilardan bo’lgan elektronMurabaxa (Murabaxa savdo bitimi asosidagi moliyaviy mahsulot) platformasi ishlab chiqildi. IsBF (Islamic Business and Finance) nomli birinchi Islom moliya masalalari bilan shug’ullanuvchi kompaniya (asosiy faoliyati ushbu sohada konsalting xizmatlari ko’rsatish) tashkil etildi, islom moliyasi sohasida aholi savodxonligini oshirish maqsadida “Islom moliyasi” Telegram sahifasi va veb sayti ishga tushirildi. Taiba Lizing va Al-Mulk Kapital kabi lizing kompaniyalari esa kichik va o’rta biznes vakillariga Islom tamoyillari asosidagi ijara mahsulotlari taqdim qilishni davom ettirmokda. Shuningdek, ta’lim sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. O’zbekistonda Islom moliyasi bo’yicha bir qancha treninglar o’tkazildi, o’zbek tilida Islom moliyasiga oid kitoblar nashr etildi. Malayziyalik professor Sudin Horunning «Islomiy moliyalar va bank tizimi: Falsafasi, tamoyillari va amaliyoti», qozog’istonlik iqtisodchi Yerlan Baydauletning «Islomiy moliya asoslari» va rossiyalik Rinat Bekkinning «Islom iqtisodiy modeli va zamon» kitoblari shular jumlasidandir. Shuningdek, mamlakatda islom moliya xizmatlariga bo’lgan talabning yuqoriligini inobatga olgan holda ICDning Maslahat guruhi hozirgi kunda O’zbekistonning 6 ta tijorat banki, jumladan, Kapitalbank, Trastbank, Aziya Alyans bank, Agrobank, Qishloq Qurilish bank va Ipak Yo’li banklarida Islom darchalari (Islomiy moliya xizmatlari ko’rsatuvchi shoxobcha) ochish bo’yicha ish olib bormoqda. Ushbu darchalar 2021 yilning boshida ishga tushishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Aloqabank, Xalq banki, Universal bank va Davr banklarda ham islom darchalari ochilishi bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Xulosa va takliflar. O’zbekistronda islomiy moliya tizimini keng joriy etish, aholi va yuridik shaxslarni islom moliya xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirilishida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. – Islom banklari faoliyati va islom bank xizmatlari bo’yicha mavjud xorijiy davlatlarning tajribalaridan foydalanilgan holda zudlik bilan milliy qonunchilik va me’yoriy hujjatlardan qabul qilish; – Ushbu sohada istiqbolli kadrlarni oliy ta’lim tizimida alohida yo’nalishlar ochgan holda tayyorlash; – Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanilgan holda aholining savodxonligini oshirish; – Yangi davr banki sifatida ochilayotgan istiqbolli raqamli (Anor bank, TBS bank, Apelsin bank) banklar singari alohida milliy islom banklarini ochish; Xulosa qilib aytganda, har bir inson o’zining e’tiqodidan kelib chiqqan holda moliya xizmatlaridan foydalanishga haqli va hozirgi kunda dunyo bo’ylab an’anaviy moliya xizmatlariga alternativ yechimlar yaratilgan zamonda yashayapmiz. Ya’ni, islom moliyasi xizmatlari shariat qoidalariga asoslangan va ularga ribo aralashmaydi. Shuningdek, o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida islom moliyasi aktivlari yildan-yilga ko’payib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Umuman olganda, islomiy moliya xizmatlaridan foydalanish bir tomondan foydalanuvchi e’tiqodini hurmat qilish bo’lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda axloqiy me’zonlarni ushlab turishdir, uchinchi tomondan esa katta moliyaviy mablag’lar jalb qilishning bir usulidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-765-son qonuni. www.lex.uz. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2021 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti, www.president.uz 3. www.islommoliyasi.uz 4. O.Akhmadjonov, A.Abdullaev, J.Anvarov, S.Ismoilov. ISLOM MOLIYASI// scientific progress. Vol 5. Issue 2. 2022y. 45-b 5. Islomiy moliya asoslari – E.Baydaulet, H.Hasanov. Toshkent: O’zbekiston NMIU.2019.17.18-b. 6. M.Pulatova, M.Mehmonaliyev. Islom moliyasi va uning rivojlanish evolyutsiyasi // Science and Education. 2022. №2.