scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KRAUDFANDING PLATFORMALARINING INNOVATSION LOYIHALAR VA STARTAPLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI VA ISTIQBOLLARI

Suyunov Javohir Ravshan o'g'li

Full text

490 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 KRAUDFANDING PLATFORMALARINING INNOVATSION LOYIHALAR VA STARTAPLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI VA ISTIQBOLLARI Suyunov Javohir Ravshan o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 2-kurs talabasi. +998 (91) 637-57-39 E-mail: suyunovjavohir[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17528609 Annotatsiya: Ushbu maqolada kraudfanding innovatsion g‘oyalar va startaplarni moliyalashtirishning zamonaviy shakli sifatida tahlil qilinadi. Unda an’anaviy sarmoya manbalariga nisbatan jamoaviy moliyalashtirishning afzalliklari, shuningdek, kraudfanding platformalarining investitsiya, mukofot va xayriya asosidagi turlari yoritilgan. Muallif kraudfandingning O‘zbekiston sharoitidagi rivojlanish bosqichlarini, xususan MFond.uz va Factor.uz kabi ilk tashabbuslarning tajribasini tahlil qiladi hamda ushbu sohaning huquqiy asoslari yaratilganini qayd etadi. Shuningdek, maqolada 2025-yilda ishga tushirilgan Startupbase.uz platformasining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. U O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirish, investorlar va g‘oya egalari o‘rtasida raqamli hamkorlikni kuchaytirish hamda muqobil moliyalashtirish mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida taqdim etiladi. Umuman olganda, maqola kraudfandingni milliy innovatsion rivojlanishning ajralmas elementi sifatida baholaydi va uni raqamli iqtisodiyotning strategik yo‘nalishlaridan biri deb ta’kidlaydi. Kalit so’zlar: Kraudfanding, startap moliyalashtirish, innovatsion iqtisodiyot, raqamli moliya, investitsiya platformalari, O‘zbekistonda kraudfanding, FinTech ekotizimi, huquqiy tartibga solish Innovatsion g’oya hamda startaplarni tayyor mahsulot yoki xizmatga aylantirish yo’lidagi eng katta to’siqlardan biri shubhasiz ularni moliyalashtirish hisoblanadi.[1] Yangi startaplar uchun banklar yoki venchur kapital fondlaridan sarmoya jalb qilish qiyin bo’lganligi sababli ba’zi tadbirkorlar o’z e’tiborini onlayn hamjamiyatlarga qaratmoqdalar. “Kraudfanding” deb ataluvchi bu nisbatan yangi norasmiy moliyalashtirish shakli tadbirkorlarga keng jamoatchilikka (ya’ni, “ommaga”) bevosita murojaat qilish imkonini beradi ya’ni tadbirkorlar o‘z innovatsion g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda xalqning yordamiga tayanadilar. “Kraudfanding” so’zi inglizcha “crowdfunding” so’zdan olingan bo’lib “crowd” – jamoa, xalq, “funding” – moliyalashtirish ma’nolarini bildiradi. Bu internet orqali ochiq chaqiriq bo‘lib, u aniq maqsadlardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy resurslarni xayriya tarzida yoki ma’lum bir mukofot evaziga jalb etishni o‘z ichiga oladi.[2] Kraudfanding aslida tarixan mavjud bo’lgan turli xil faoliyatlar uchu berilgan yangi zamonaviy nomdir.[3] Masalan, Motzart va Bethoven o‘z konsertlari hamda yangi musiqiy asarlarini homiylarning mablag‘lari orqali moliyalashtirgan; Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali Amerika va Fransiya xalqlari tomonidan berilgan kichik xayriyalar evaziga qurilgan; shuningdek, AQSh prezidenti Barak Obamaning 2008-yilgi saylov kampaniyasi mablag‘larining asosiy qismi ham Internet orqali olingan kichik xayriyalar hisobiga yig‘ilgan.[4] Barcha kraudfanding platformalariga xos umumiy jihat shundaki, mablag‘ yig‘uvchilar, ya’ni startap g’oya egalari, qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ega bo‘lish umidida maydonga chiqadilar. Loyihalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega va sarmoyadorlaning ham bu loyihalarga nisbatan turlicha didi va ustuvorliklari mavjud bo’ladi. Shu sababli kraudfanding platformalari bozorning ikki tomonini bog‘lovchi, ularni bir-biriga moslovchi ikki tomonlama platformalar toifasiga kiradi. Boshqa sohalardagi, masalan, tanishuv yoki ko‘chmas mulk savdosi platformalaridan farqli ravishda, kraudfanding platformalari “birga–ko‘p” (eng. one-to-many) tamoyiliga asoslanadi. Ya’ni, bitta loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun (ya’ni, kerakli mablag‘ yig‘ilishiga erishish uchun) bir nechta homiyning ishtirokini talab qiladi. Bu xususiyat aksariyat kraudfanding platformalariga xos bo‘lsa-da, moliyalashtiruvchilarning rag‘batlari turli turdagi platformalarda bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Xuddi shuningdek, ma’lum bir loyihani ilgari surayotgan startap egasining maqsad va manfaatlari ham platforma turiga qarab o‘zgaradi. Kraudfanding platformalarini uch asosiy turga bo’linadi: investitsiya asosidagi, mukofot asosidagi va 491 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 xayriya (donatsiya) asosidagi platformalar.[5] Investitsiya asosidagi kraudfanding platformalari startaplar va kichik hamda o‘rta darajadagi korxonalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan muqobil moliyaviy investitsiya vositalari sifatida ko’rilishi mumkin. Ushbu turdagi platformalar aksiyadorlik (eng. equity-based) va qarz asosidagi (eng. lending-based) turlarga bo‘linadi. Aksiyadorlik asosidagi platformalarda loyihani moliyalashtiruvchilar o’z sarmoyalari evaziga aksiyalar (ulushlar) oladilar. Bunda to‘lov miqdori loyiha muvaffaqiyatli yakunlanib, daromad keltirgan taqdirda uning natijadorligiga bog‘liq bo‘ladi. Qarz asosidagi platformalarda esa g’oya muallifi investorlar tomonidan berilgan qarz evaziga foizli to‘lovlar taklif qiladi. Umuman olganda, investitsiya asosidagi kraudfandingdan foydalanayotgan kompaniyalar uchun asosiy maqsad bu an’anaviy moliyalashtirish vositalariga (masalan, alohida investor yoki bank krediti) tayanishdan ko‘ra ko‘p sonli sarmoyadorlar bilan ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritishdir. Kraudfanding platformalarining yana bir shakli mukofot asosidagi va xayriya (donatsiya) asosidagi kraudfanding platformalaridir. Mukofot asosidagi platformalarda go’ya egalari investor yoki homiylarga loyihadan ulush yoki pul to‘lovi taklif etmaydilar. Buning o‘rniga ular boshqa turdagi mukofotlarni taklif qiladilar. Bunday hollarda homiyni loyihani qo‘llab-quvvatlashga undaydigan omil bir tomondan ma’lum bir g‘oya yoki tashabbusni yoqlash istagi bo‘lsa, ikkinchi tomondan taklif etilayotgan shaxsiy manfaatlar bo‘lishi mumkin. Ushbu manfaatlarni belgilash esa to‘liq startap egasining o‘z ixtiyorida bo‘ladi. Masalan, videoo‘yinlar misolida ko’radigan bo’lsak, homiy tomonidan kiritilgan mablag‘ miqdoriga qarab mukofot sifatida o‘yin nusxasining bepul versiyasi taqdim etilishi mumkin. Xayriya asosidagi kraudfandingda esa hech qanday shaxsiy mukofot yoki moddiy foyda nazarda tutilmaydi. 2014-yilning ikkinchi choragida (aprel–iyun oylarida) muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar soni bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan davlatlar qatoriga AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Avstraliya va Italiya kiradi.[6] 2011-yildan boshlab kraudfandingni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator tashkilotlar paydo bo‘lgan. Ushbu tashkilotlar faoliyatining umumiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning asosiy maqsadlari kraudfandingni rivojlantiruvchi qonunchilikni shakllantirish va takomillashtirishni o‘z ichiga oladi.[7] O’zbekiston uchun ham kraudfanding platformasi yangilik hisoblanmaydi. 2018 yil avgust oyida xorijiy mamlakatlar tajribasidan oʻrnak olgan holda yurtimizda ham kraudfanding platforma maydonchasi ishga tushirildi. Ammo MFond.uz deb ataluvchi ushbu platforma ommalashmagani bois uning faoliyati toʻxtadi. 2013-yilda ham OAVda turli loyihalarni amalga oshirish uchun mablagʻ jalb etish bilan shugʻullanadigan Factor.uz onlayn maydonchasi ishga tushirilgani, uning doirasida bir necha loyiha taklif etilgani haqida xabarlar chiqqan edi. Ammo oradan bir yil oʻtgach, bu platforma ham ish faoliyatini toʻxtatgan. O’zbekitson Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2020-yil 30-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Kraudfanding platformasi orqali axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ommaviy moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi. Unga Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ommaviy moliyalashtirish (kraudfanding) tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilova sifatida berilgan. Ushbu nizomda kraudfanding platformasi faoliyatini tashkil etish, loyihalarni kraudfanding platformasiga joylashtirish va ularni moliyalashtirish tartiblari kabi masalalar aks etgan.[8] 2025-yilning boshida IT-Park bilan hamkorlikda yangi Startupbase platformasi tashkil qilindi. Startupbase.uz — bu O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy raqamli platforma bo‘lib, u mamlakatdagi innovatsion g‘oya egalari, investorlar va biznes hamkorlarni yagona ekotizimda birlashtiradi. Platformaning asosiy maqsadi — startaplar uchun zarur bo‘lgan ma’lumot, tahlil va aloqalarni taqdim etish orqali ularning o‘sishiga yordam berishdir. Startupbase.uz orqali foydalanuvchilar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan startaplar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari, ular bilan hamkorlik qilish yoki investitsiya imkoniyatlarini topishlari mumkin. 492 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Bu sayt mamlakatda innovatsion muhitni jonlantirish va kraudfanding kabi muqobil moliyalashtirish mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Unda startaplarning rivojlanish bosqichlari, ularning sohalar bo‘yicha taqsimoti hamda investorlar uchun istiqbolli yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek, Startupbase.uz innovatsion ekotizim ishtirokchilari — universitetlar, texnoparklar va davlat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytiruvchi muhim vosita sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu platforma O‘zbekistonda startaplar uchun ochiq, shaffof va raqamli iqtisodiyotga mos bozor muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga, balki ularni amaliy mahsulot va xizmatlarga aylantirishga ham ko‘maklashadi. Shu ma’noda, Startupbase.uz innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va kraudfanding ekotizimini rivojlantirish yo‘lida muhim milliy tashabbus sifatida e’tirof etilishi mumkin. Xulosa: kraudfanding mexanizmi zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirishning samarali vositasi sifatida shakllanmoqda. Ushbu tizim startaplarga an’anaviy moliyaviy manbalarga bog‘lanib qolmasdan, keng jamoatchilik ishtirokida o‘z loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi. O‘zbekistonda esa bu yo‘nalishning rivojlanishi raqamli iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ayniqsa, Startupbase.uz kabi yangi platformalar mamlakat startap ekotizimini kuchaytirish, investorlar va innovatorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda kraudfanding amaliyotlarini milliy sharoitda joriy etishda muhim o‘rin tutmoqda. Natijada, bunday tashabbuslar nafaqat innovatsion loyihalarning sonini oshiradi, balki ularning iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatini ham yanada kuchaytiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Cosh, A., D. Cumming, and A. Hughes (2009), “Outside Entrepreneurial Capital,” The Economic Journal, 119(540), 1494-1533. 2. Belleflamme, P., T. Lambert and A. Schwienbacher (2014), “Crowdfunding: Tapping the Right Crowd,” Journal of Business Venturing, 29(5), 585-609. 3. Ordanini, A., L. Miceli, M. Pizzetti, and A. Parasuraman (2011), “Crowd-Funding: Transforming Customers into Investors through Innovative Service Platforms,” Journal of Service Management, 22(4), 443470. 4. Hemer, J. (2011), “A Snapshot on Crowdfunding,” Fraunhofer ISI Working Paper, http://isi.fraunhofer.de/isimedia/docs/p/arbpap_unternehmen_region/ap_r2_2011.pdf?WSESSIONID=71fbeb 093ebe9de0c0b8d0b9db7cda95 5. Paul Belleflamme, Nessrine Omrani, Martin Peitz, The economics of crowdfunding platforms, Information Economics and Policy, Volume 33, 2015, Pages 11-28, ISSN 0167-6245, https://doi.org/10.1016/j.infoecopol.2015.08.003 6. Crowdfunding Centre (2014). The State of The Crowdfunding Nation 7. Sima Jegelevičiūtė, Loreta Valančienė, Comparative Analysis of the Ways Crowdfunding is Promoted, Procedia -Social and Behavioral Sciences, https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2015.11.536. 8. Internet manba: Xalq tomonidan moliyalashtirish – kraudfanding qanday afzalliklarga ega? https://kun.uz/news/2018/10/04/halk-tomonidan-molialastiris-kraudfanding-kandaj-afzalliklarga-ega