O'ZBEKISTONDA FUQAROLARNING ELEKTORAL MADANIYATNI YANADA YUKSALTIRISHNING JORIY MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda fuqarolarning elektoral madaniyatni yanada yuksaltirishning joriy muammolari va istiqbollari to‘g‘risida aytiladi. Shuningdek maqolada respublikadagi saylov tizimini, aholi orasidagi saylov madaniyatini yuksaltirish bo’yicha amaliy tavsiyalar aytiladi.
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 59 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us O‘ZBEKISTONDA FUQAROLARNING ELEKTORAL MADANIYATNI YANADA YUKSALTIRISHNING JORIY MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI Kimsanboyev Rahmonjon Valizoda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi O'zXDP Sergili tumani kengashi raisi Kimsanboyevrahmonjo[email protected]om Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda fuqarolarning elektoral madaniyatni yanada yuksaltirishning joriy muammolari va istiqbollari to‘g‘risida aytiladi. Shuningdek maqolada respublikadagi saylov tizimini, aholi orasidagi saylov madaniyatini yuksaltirish bo’yicha amaliy tavsiyalar aytiladi. Kalit so‘zlar: saylov, elektoral, fuqaro, aholi, demokratik, xorijiy, tizim, islohot. O‘zbekiston Respublikasida demokratik islohotlarning chuqurlashuvi fuqarolarning siyosiy faolligi va elektoral madaniyatining yuksalishini talab etmoqda. Saylovlar — har bir fuqaroning o‘z kelajagini belgilash imkonini beruvchi muhim demokratik jarayon bo‘lib, unda fuqarolarning faol ishtiroki mamlakat siyosiy barqarorligi va ijtimoiy taraqqiyotining muhim omilidir. Biroq bu yo‘nalishda ayrim muammolar ham mavjud. Asosiy muammolar sifatida huquqiy madaniyatning pastligi, siyosiy partiyalar faoliyatining sustligi, ommaviy axborot vositalarining ta’sir doirasining cheklanganligi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ko‘rsatish mumkin. Ko‘plab fuqarolar saylov to‘g‘risida yetarli bilimga ega emasligi sababli jarayonda ayrim kamchiliklar kuzatiladi. Siyosiy partiyalar saylovchilar bilan yetarli darajada ishlamayapti, OAV esa siyosiy kuchlar ta’sirida bo‘lgani sababli saylov jarayonlarini xolis yoritishda cheklovlarga duch kelmoqda. Shu bilan birga, ishsizlik va kambag‘allik aholining saylovlarga bo‘lgan qiziqishini pasaytiruvchi omil bo‘lib qolmoqda. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Avvalo, aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish va ta’lim tizimida huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish muhimdir. Siyosiy partiyalar faoliyatini kuchaytirish, ularning saylovchilar bilan ishlashini takomillashtirish, siyosiy ongni oshirish va moliyaviy mustaqilligini ta’minlash lozim. OAVning rolini kuchaytirish, saylov jarayonlarini xolis va to‘liq yoritish, nomzodlar va partiyalar dasturlarini keng ommaga yetkazish ham dolzarb masaladir. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ishsizlikni kamaytirish va aholi farovonligini oshirish orqali saylovlarda faol ishtirok
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 60 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us etish uchun zarur sharoit yaratish zarur. Mahalla institutining saylovlardagi rolini oshirish, fuqarolarni faollikka undash va ularni siyosiy jarayonlarga jalb etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy tanglik va tajriba yetishmasligi sababli fuqarolarning siyosiy faolligi past bo‘lgan bo‘lsa-da, bugungi kunda demokratik qadriyatlar mustahkamlanib, saylov tizimi va fuqarolarning siyosiy ongi izchil yuksalib bormoqda. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, siyosiy islohotlar doirasida saylov tizimi tubdan yangilandi. Saylov qonunchiligi zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqilib, jarayonning ochiqligi, shaffofligi va adolatliligi taʼminlandi. Natijada, saylovlar xalqaro kuzatuvchilar tomonidan ijobiy baholanib, demokratik jarayonlar rivojiga hissa qo‘shmoqda. “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarda fuqarolarning saylov huquqi erkinligi mustahkamlangan. Ushbu qonunlar har bir fuqaroning saylovlarda bevosita ishtirok etish, o‘z fikrini erkin bildirish huquqini kafolatlaydi. Saylov tizimini demokratik tamoyillar asosida takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan qonun bilan Konstitutsiyaning 117-moddasiga o‘zgartishlar kiritilib, Markaziy saylov komissiyasining huquqiy maqomi takomillashtirildi. Shuningdek, 2014-yil 4-sentyabrdagi qonun bilan “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritilib, komissiyaning faoliyat prinsiplari, tuzilishi va vakolatlari aniq belgilandi. Markaziy saylov komissiyasiga xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy kuzatuvchilarga ruxsat berish kabi yangi vakolatlar berildi. Uning faoliyatini moliyalashtirish davlat byudjetidan alohida tartibda amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar saylovlarning yanada ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda saylov qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Saylov komissiyalari, davlat organlari va mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi mustahkamlandi. Shu maqsadda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” nomli V bob kiritildi. Fuqarolar, nomzodlar va ularning vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari kuchaytirildi. 2016–2017-yillarda qabul qilingan Prezident farmonlariga muvofiq ma’muriy sudlar tashkil etilib, sud tizimi tubdan takomillashtirildi. 2017-yil 8-sentyabrdagi farmon bilan tasdiqlangan “Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da esa ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish vazifalari belgilandi. 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan qonun orqali saylovga oid bir qator hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu o‘zgarishlar Konstitutsiyaning 117-
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 61 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us moddasidagi yangiliklarni qonunchilikda aks ettirish va saylov tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qildi. So‘nggi yillarda aholining saylov madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida saylov tizimida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Muhim yangiliklardan biri — Markaziy saylov komissiyasining siyosiy partiyalarga ajratilgan mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilash vakolati bekor qilindi. Chunki “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat organlari partiyalarning ichki ishlariga aralasha olmaydi. Endilikda siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqot mablag‘laridan mustaqil ravishda foydalanadilar. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda saylov tizimining istiqbollari yorqin. So‘nggi yillardagi islohotlar natijasida saylov jarayoni tobora ochiq, shaffof va adolatli tus olib, mamlakatning demokratik rivojlanishiga xizmat qilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил январдаги “2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши” бўйича Ҳаракатлар стратегияси 2018 йил- “Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва техналогияларни қўллаб қувватлаш йили” да амалга оширишга оид Давлат дастури тўғрисида”ги ПФ 5308сон Фармони // Қонун ҳужжаталри маълумотлри миллий баъзаси. 23.012018. 06/18/5308/0610-сон; 25.052018 й. 06/18/5447/1269-сон. 2. Джўрайев Қ. Замонавий сайлов тизимларининг шаклланиши демократик тараққиёт омили сифатида. (Франция тажрибаси мисолида) Сиёсий фанлар доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертатцяси. Тошкент.2009. – Б. 9 3. Насриддинов Ф. Ўзбекистонда сайлов комиссиялари фаолиятининг ташкилий-ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш. Юридика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий унвонини олиш учун ёзган диссертатцяси.Тошкент2019 4. Абдураҳмонов Ҳ. Мамлакатда демократик ислоҳатларни чуқурлаштириш шароитида сайлов қонунчилигини такомиллаштириш. Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) даражасини олиш учун тайёрлаган диссертацияси. – Тошкент, 2018. 5. Каримов И.А. Мамалакатимизда демократик иослоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш консепсияси. –Т.: Ўзбекистон 2010. –Б. 35. 6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати 8000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. ЎзРФА Тилва адабиёт инситути –Т.: Ўзбекистон миллий инциклопедияси. Давлат илмий нашпёти, 2006. –Б.108
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 62 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 7. Белавская М.С.конситутционно-правовой статус избирательних комиссий, осушествляюших подготовку и промидение муниципаьлних выбор в Российской Федерации:…канд.юрид. наук. Ставропол. 2009, - С.56. 8. Рўзиназаров Ш. Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг еркин демократик сайловларни ташкил етиш ва ўтказишда роли. / Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси. Т.: Ўзбекистон, 2014, –Б..26