scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MASOFAVIY BANK XIZMATLARI: AFZALLIKLARI VA XAVF XATARLARI

Toshpo'latova Nodira Ilxon qizi

Full text

516 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 MASOFAVIY BANK XIZMATLARI: AFZALLIKLARI VA XAVFXATARLARI Toshpo’latova Nodira Ilxon qizi Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Bank ishi va auditi yo‘nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17529017 Annotatsiya: Ushbu tezisda, O’zbekiston bank tizimi faoliyati, uning rasmiy manbalari, xizmat turlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, rasmiy sayt manzillari keltirilib, undagi xizmat ko’rsatishning aholi uchun qulayligi, hamda banklarning iqtisodiyotdagi roli, mijozlar uchun mavjud xizmat turlari ham o’rganiladi. Kalit so’zlar: mobil banking, texnologiya, iqtisodiyot, bank tizimi, kredit, biznes, internet, tranzaksiya, bank hisobi, Kirish: XXI asr bu ''Texnologiyalar va innovatsiyalar'' asri. Bugungi kunda innovatsiya va yangi texnologik oʻzgarishlar kirib bormagan soha yoʻq. Qishloq xoʻjaligidan tortib, ta'lim, tibbiyot , iqtisodiyot, ekologiya, ishlab chiqarish yoki biznes, hattoki, kundalik turmush tarzimizda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga bank sohasida ham raqamlashtirish jadallik bilan rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar bank tizimining ajralmas qismiga aylangan. D. J. Muzafarovich (2023) o‘z tadqiqotida O‘zbekistonda mobil to‘lovlar tizimining jadal rivojlanayotganini, bu esa aholi uchun qulaylik va vaqt tejamkorligini ta’minlayotganini ta’kidlaydi.[1] M.K.Avezov (2022) esa internet-banking xizmatlari tejamkor deb hisoblagan. Unga ko’ra, internetbanking qo’shimcha xarajatlar oldini oladi.[2] Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari[3]: - Bank-Mijoz - Internet-banking - Mobil banking - SMS-banking Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi. Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali kiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega. Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda: - to‘lovlarni o‘tkazish; - to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish; - barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi. - Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi. Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi. SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni yuborish kerak. Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi: 517 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 - hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar; - hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar; - hisobvaraq balansi; kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish. Mobil banking — bu tijorat banklari tomonidan mijozlarga mobil telefon orqali bank xizmatlarini masofadan turib ko‘rsatish tizimidir. Oddiy qilib aytganda mobil banking oʻz mijozlariga hohlagan joylari va vaqtlarida bankka bormasdan, pul oʻtkazmalari, hisoblarini boshqarish, soliq va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi. Shu bilan birga har bir shahar yoki tumanda bank filiallarini ochish kabi xarajatlar oldini oladi. Mobil banklar orqali mijozlar bank tashkilotlariga borib soatlab navbat kutishda yoki operatorlarga bogʻlanishda qiyinchiliklarga uchramasdan oʻz moliyaviy tranzaksiyalarini oson amalga oshirishadi. Birinchi boʻlib Finlandiyada banklar 1990yillarda oʻz mijozlariga onlayn xizmat koʻrsatishni boshlagan. Deyarli barcha kundalik bank operatsiyalari onlayn tarzda amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Finlandiyada biznes egalarininig 87.5 foizi onlayn banklardan toʻliq foydalanishgan[4]. Oʻzbekistonda esa Internet va mobil banklar 2000-yilda shakllana boshlagan va mijozlariga onlayn xizmatlarni taklif qilgan. 20102015 yillarda esa aholi uchun mobil banking xizmatlari paydo boʻldi va Click, Payme va Upay kabi ilovalar xizmatlaridan foydalanish boshlangan. Hozirda esa, aholi tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini, soliq, byudjet, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, kredit olish va ularni to’lash, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda. Bu esa albatta o’z , mamlakatni ham ichki, ham tashqi aloqalarini rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. 1-jadval Mobil banking tizimining SPOT tahlili 1 Tahlil elementi Mazmuni Kuchli tomonlar (S – Strengths) • Xizmatlarning tezkorligi va qulayligi • Bank filialiga bormasdan operatsiyalarni bajarish imkoniyati • 24/7 faoliyat yuritishi • Mijozlar uchun tranzaksiya xarajatlarining kamayishi Muammolar (P – Problems) • Ba’zi hududlarda internet sifati pastligi • Texnik nosozliklar yoki ilovalarning sekin ishlashi • Foydalanuvchilarning texnologik savodxonligi yetarli emasligi • Ayrim bank ilovalarida interfeys murakkabligi Imkoniyatlar (O – Opportunities) • Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi • Innovatsion to‘lov tizimlarini joriy etish • Xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya imkoniyatlari • Raqobat tufayli xizmat sifatining oshishi Tahdidlar (T – Threats) • Kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolar • Foydalanuvchi ma’lumotlarining o‘g‘irlanish xavfi • Firibgarlik holatlari Tahlil natijalari ko’rsatib turibtiki, O’zbekistonda internet banking jadal rivojlanib bormoqda. Shunga qaramasdan, xavfsizlik, mijozlar savodxonligini oshirish ushbu sohani yanada gullashiga xizmat qiladi. 2-jadval 1 Tijorat banklari mobil ilova ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi. 518 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘zbekiston tijorat banklarining mobil ilovalari, ularning asosiy imkoniyatlari va xavfsizlik choralari 2 № Bank nomi Ilova nomi Asosiy imkoniyatlar Qo‘shimc ha qulayliklar Xavfsiz lik choralari 1 “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (NBU) Milliy Pul o’tkazmalari, valyuta ayrboshlash, kommuna l to‘lovlar, QRto‘lov, omonat ochish SMSkod, Face ID, tranzaksiya monitoring tizimi 2 AITB “Ipak Yo‘li” Ipak Yo‘li Mobile Kredit to‘lovlari, xizmatlar uchun to‘lov, mikroqarz olish Kartani onlayn bloklash, avtomatik to‘lov sozlamalari PINkod, barmoq izi himoyasi, avtorizatsiya cheklovi 3 “TBC Bank”ATB TBC UZ To‘lovla r, pul o‘tkazmalari, valyuta ayirboshlash Onlayn kredit olish, virtual karta yaratish, QR orqali to‘lov Biometr ik himoya, ikki bosqichli kirish, xavfli sessiyalarni avtomatik uzish 4 “Agrobank”AT B Agrobank Mobile Kommu nal to‘lovlar, kartadan kartaga o‘tkazmalar, hisoblarni kuzatish Mobil depozit va kredit kalkulyatori Kuchli parol, SMStasdiqlash, vaqtinchalik sessiya cheklovi 5 “Hamkorbank”A TB Hamkor Mobile To‘lovla r, o‘tkazmalar, valyuta kurslari, hisoblarni boshqarish Xizmat tariflarini ko‘rish, kartalararo tezkor o‘tkazma Face ID, PIN-kod, 3D Secure tizimi 6 “Kapitalbank”A TB Kapitalba nk Mobile To‘lov va o‘tkazmalar, kartani boshqarish, QR to‘lov Onlayn kredit olish, cashback tizimi Barmoq izi, SMS kodlash, maxsus xavfsizlik filtri 7 “Asaka Bank”ATB Asaka Mobile Kommu nal va davlat xizmatlari uchun to‘lov, balansni tekshirish Kartani onlayn bloklash, qo‘shimcha karta qo‘shish 2 bosqichli tasdiqlash, Face ID, vaqt cheklovi 2 Tijorat banklari mobil ilova ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi. 519 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 8 “InFin Bank”ATB InFin Mobile To‘lov, o‘tkazma, valyuta ayirboshlash, hisoblarni boshqarish Onlayn kredit va depozit arizalari SMStasdiqlash, PIN-kod, biometrik himoya Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda deyarli barcha tijorat banklari o’zining xizmatlarini mobil ilovalar orqali ham keng yo’lga qo’ygan. Bu ilovalarda esa xavfsizlik choralariga alohida etibor berilgan ya’ni har bir mijoz o’z hisob varag’ini shaxsiy biometrik ma’lumotlari yoki maxfiy kodlari orqali ko’zatib boradi va moliyaviy amaliyotni amalga oshiradi. Mobil bankingning yuqorida kursatilgan afzalliklariga qaramasdan bir qancha xavf-xatarlari ham mavjud. Mobil banking bevosita internet bilan bog’langanligi sababli, xakkerlar tomonidan hujumlar kuzatilishi mumkin. Bunda mijozlarning karta ma’lumotlari yoki parollari o’g’irlanishi mumkin. Bundan tashqari, onlayn banking xizmati dasturiy ta’minot hisoblanganligi sababli texnik nosozliklar yoki aloqa uzilishlari kuzatilishi mumkin. Bu esa to’lovlar kechikishiga yoki bekor bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuningdek foydalanuvchilarning etiborsizligi yoki yetarli bilimga ega emasliklari sababli soxta bank havolalariga kirish, SMSkodlarni begona shaxslarga berish yoki noto’g’ri pul o’tkazmalarini amalga oshirib, o’z hisoblarini xavf ostiga qo’yishi yoki yo’qotishi mumkin. Mobil banking tizimidagi bu xavflar asosan inson omili tufayli vujudga keladi. Shuning uchun, bank o’z mijozlarining savodxonligini oshirishi, internet banklarining ommabopligini ta’minlashi, ya’ni, yoshi kattalar ham, yoshlar ham birdek foydalana olish imkoniyati yaratish bu muammolarning yechimi bo’la oladi. Bu muammoni bartaraf etish, banklarning aholiga sifatli xizmat qilishini ta’minlab, banklarning barqaror rivijlanishiga olib keladi. Xulosa: Xulosa qilib aytganda, so’nggi yillarda O’zbekiston bank tizimida mobil banklar jadallik bilan rivojlanib kelmoqda. Tashkil qilingan har bir bank o’z xizmatlarini kengaytirish uchun faoliyatini raqamlashtirishga, qulay xizmat turlarini yaratishga harakat qilmoqda. Bu esa aholi uchun yangi va qulay imkoniyatlarni taqdim etib, mamlakat iqtisodiyotining ham rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. D. J. Muzafarovich. O’zbekistonda mobil to’lovlarning rivojlanishi// “Raqamli Iqtisodiyot” ilmiy-electron jurnali. 4-son, 43-55s. 2. M.K.Avezov. Raqamli bank xizmatlari va uning afzalliklari// “Scientific progress” jurnali. 2022y, 808814s 3. Abdumannono.B.M, Yoldoshov. SH.SH . Masofadan bank xizmatlarini ko’rsatish masalari// Journal of Marketing, Business and Management. Volume 1, Issue 8 (November), 11-15 s. 4. Juhani Myllynen "Modern banking solutions changing business and people" 5. Ipak Yo‘li Bank https://ipakyulibank.uz. 6. TBC Bank / TBC UZ https://tbcbank.uz. 7. Agrobank https://agrobank.uz. 8. Hamkorbank https://hamkorbank.uz. 9. Kapitalbank https://kapitalbank.uz. 10. Asaka Bank http://www.asakabank.uz.