scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARI ASOSIDA IQTISODIY RIVOJLANISH BO'YICHA XORIJ TAJRIBASI

Najimadinov Ravshanbek Dushamboyevich

Full text

522 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARI ASOSIDA IQTISODIY RIVOJLANISH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASI Najimadinov Ravshanbek Dushamboyevich Angren universiteti “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.17529046 XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sayyoramizda ekologik muvozanatning buzilishi global tus oldi. Bu davrda rivojlangan davlatlar sanoatni, qishloq xо‘jaligini, transport va kimyo tarmoqlarini jadal sur’atlarda rivojlantirishni boshladi. Natijada ishlab chiqarish hajmining ortishi va urbanizatsiya jarayonlarining tezlashishi shiddat bilan kechdi. Bu jarayon о‘z navbatida energiya va yoqilg‘i resurslariga bо‘lgan talabni keskin oshirdi. Inson faoliyatining shiddatli о‘sishi tabiiy muhitga jiddiy ta’sir kо‘rsatdi. Sо‘nggi yuz yil ichida yer sharida dehqonchilikka yaroqli maydonlar tо‘rtdan bir qismga qisqardi, chunki katta hududlar uy-joylar, sanoat korxonalari va yо‘llar qurilishi bilan band etildi. Shuningdek, insonning yog‘och mahsulotlariga bо‘lgan talabini qondirish, shu bilan birga kо‘p sonli yong‘inlar natijasida jahon bо‘yicha о‘rmonlarning uchdan ikki qismi yо‘q qilindi. Bu ekologik tizimning barqarorligiga sezilarli darajada salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Har yili ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarida taxminan 20 trillion tonna xomashyo va resurslar aylanadi. Bu miqyosdagi resurs harakati tabiiy muhitning buzilishiga, atmosferadagi kislorod miqdorining 1015 milliard tonnagacha kamayishiga olib kelmoqda. Natijada atmosferaning tabiiy tozalanish qobiliyati pasayib, biosferadagi hayotiy jarayonlarga salbiy ta’sir kuchaydi. Suv resurslari holati ham shundan kam emas. Oxirgi yarim asr mobaynida yer sharida aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan toza ichimlik suvi miqdori 60 foizga kamaydi. Har yili sanoat korxonalarida foydalanilgan 150-160 kub kilometr suv daryo va kо‘llarga chiqindili holda oqiziladi. Shu bilan birga, turli texnogen falokatlar va texnik nosozliklar sababli har yili okean suvlariga taxminan 25-30 million tonna neft aralashmasi tushmoqda. Sanoat tarmoqlari suv iste’molining asosiy qismiga ega: 1 tonna pо‘lat ishlab chiqarish uchun о‘rtacha 300 kub metr, 1 tonna qog‘oz ishlab chiqarish uchun esa 900 kub metr suv sarflanadi. Umuman olganda, dunyo bо‘yicha foydalanilayotgan suvning 70 foizi qishloq xо‘jaligida, 20 foizi sanoatda va 10 foizi uy xо‘jaliklarida sarflanmoqda. Mutaxassislar prognozlariga kо‘ra, agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 2030 yilga kelib dunyo aholisining qariyb 47 foizi toza ichimlik suvi tanqisligi sharoitida yashashiga tо‘g‘ri keladi. Yuqorida qayd etilgan holatlar inson faoliyatining tabiat qonunlariga zid ravishda amalga oshirilayotganligini kо‘rsatadi. Buning natijasida dunyo iqtisodiyotida ekologik muvozanatni inkor etuvchi “jigarrang iqtisodiyot” tushunchasi vujudga keldi. Hozirgi kunda insoniyat oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri ana shu “jigarrang” modeldan voz kechib, tabiiy resurslarni asrash va barqaror о‘sishni ta’minlovchi “yashil iqtisodiyot” yо‘liga о‘tishdir. Bu nafaqat ekologik barqarorlikni tiklash, balki insoniyatning kelajakdagi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi. “Yashil” iqtisodiyot tushunchasi XX asrning 90-yillarida shakllangan bo‘lib, insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini muqobillashtirish asosida atrof-muhitning tozaligini, resurslardan va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali foydalanish natijasida aholi turmush darajasini va sog‘ligini yaxshilashdan iborat. Keyinchalik shakllangan “yashil shahar”, “yashil transport”, “yashil o‘sish”, “yashil hudud”, “yashil kimyo”, “yashil texnologiya” tushunchalari “yashil” iqtisodiyotni shakllantiruvchi yo‘nalishlari hisoblanadi. O‘tgan asrning 60 yillaridan boshlab, sanoatni, qishloq xo‘jaligini va transportni jadal rivojlanishi asosida sayyoramizda, jumladan, O‘zbekistonda ham ekologik xolatni buzilishi boshlandi. Insoniyat doimo shakllanayotgan salbiy xolatlarni oldini olishga, o‘z manfaatiga moslashga xarakat qiladi va ko‘plab mavjud muammolar o‘z yechimini topadi. Jumladan, bugungi kundagi “yashil” iqtisodiyotga o‘tish o‘ta dolzarbdir. Atrof-muhitni yaxshilashga bag‘ishlangan birinchi butun jahon konferensiyasi 1972-yil Stokgolm shahrida o‘tkazildi va unda 113 ta mamlakatlardan mutaxassislar qatnashdi [2]. Konferensiyada inson va tabiat o‘rtasidagi ekologik muammolar muhokama qilindi va 26 ta bo‘limdan iborat atrof-muhitni muxofaza qilish tamoyillari asosida Deklarasiya kabul qilindi hamda ularni amalda 523 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 ko‘llanilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuning asosida BMT atrof muhitni muxofaza qilish - YUNEP dasturi qabul qilindi. Ob-havo o‘zgarishini atrof-muhitga ta’siri masalalari 1997-yilda Yaponiyaning Kioto shahrida o‘tkazilgan 3-xalqaro konferensiyada muhokama qilinib, “Kioto protokoli” qabul qilindi. Unda yer shari bo‘yicha sanoatni rivojlantirish asosida shakllanadigan zararli gazlar miqdori 2015-yilda, 1997-yilga nisbatan 5 % kamaytirish belgilangan [3]. Yuqorida qayd etilgan konferensiyadagi ko‘rsatmalar shunday ilmiy tadqiqotlar asosida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlar yetarli darajada tajribalarga ega. Xitoy bugungi kunda dunyodagi eng yirik ishlab chiqarish potensialiga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatning sanoat quvvati yuqori darajada rivojlangani bois, chiqindilar hajmi ham juda katta ulushni tashkil etadi. Shu bilan birga, Xitoy davlatining xususiyati shundaki, u nafaqat ichki chiqindilarni qayta ishlaydi, balki xorijiy mamlakatlardan ham turli xomashyo kо‘rinishidagi chiqindilarni sotib oladi va ularni qayta ishlash orqali iqtisodiy foyda kо‘radi. AQSH sanoati rivojlangan issiqlik energetika resurslariga boy mamlakat bo‘lib, uning 15 shtatida ko‘mir qazib olinadi, 26 ta shtatida mashinalar ishlab chiqariladi, elektronika sohasi rivojlangan, yo‘lovchi tashiydigan samolyotlarning 55-60 % shu mamlakatda ishlab chiqariladi. AQSH da bir yilda 3 trln. kVt /s elektroenergiya ishlab chiqariladi va uning 80 % xususiy elektrostansiyalarga to‘g‘ri keladi. Elektroenergiyaning 60 foizi IES larda, 20 % AES va 20 % gidroelektrostansiyalarda hamda qayta tiklanadigan energiya hisobiga to‘g‘ri keladi [4]. Avstriyada va Isroilda suvni tozalash texnologiyalari, Daniyada muqobil energiya ishlab chiqarish texnologiyalari, Germaniya va Xitoyda havoni tozalaydigan texnologiyalar, Ispaniya va Daniyada quyosh energiyasi bo‘yicha texnologiya ishlab chiqarish va eksport qilish keng yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya – tabiiy resurslarga boy bo‘lgan mamlakat hisoblanadi. Barcha mamlakatlardek Rossiyada ham energoresurslarga bo‘lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda [1]. Uning issiqlik energetika kompleksi mamlakat iqtisodiyotini asosiy qismini tashkil qiladi, yani yalpi ichki maxsulotning 26-28 foizi shu kompleksga to‘g‘ri keladi. Mamlakat eksportining 70 % shu issiqlik energetika kompleksiga to‘g‘ri keladi. Rossiya davlati katta miqdordagi gaz zahirasiga ega bo‘lib, dunyoda yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Jahon tajribasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, an’anaviy iqtisodiy rivojlanish asosiy e’tiborni tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratadi. “Yashil” iqtisodiyotda esa an’anaviy iqtisodiy rivojlanish strategiyalari ekologik natijalarni yaxshilaydigan iqtisodiyotni shakllantirish uchun moslashtiriladi. Boshqacha aytganda, “yashil” rivojlanish bu – barqaror rivojlanishdir. Ya’ni, “yashil” o‘sish iqtisodiy o‘sish va rivojlanishni rag‘batlantirishni anglatadi. Hozirgi davrda “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi asosida iqtisodiy о‘sishni ta’minlashning eng muhim yо‘nalishlaridan biri global miqyosdagi ekologik va energetik muvozanatning keskinlashuvi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu holat, avvalo, dunyoda energiya iste’molining yildan-yilga ortib borishi, an’anaviy yoqilg‘ienergiya resurslarining tabiiy zaxiralari kamayib borayotgani, ularning bozordagi narxi oshib borayotgani hamda an’anaviy energetika sanoatining atrof-muhitga bо‘lgan salbiy ta’siri kuchayib borayotgani bilan izohlanadi. Shu sharoitda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun energetika tizimini qayta kо‘rib chiqish, ya’ni uglevodorodlarga asoslangan iqtisodiy modeldan voz kechib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng kо‘lamda foydalanishga о‘tish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Quyosh, shamol, biomassa va geotermal energiya kabi ekologik toza manbalar nafaqat energiya xavfsizligini ta’minlaydi, balki tabiiy muhitning ifloslanishini kamaytiradi va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Новак А.В. Основние положения энергетической стратегии России до 2035 года // Випуск, 2. 2014, 7 с. 2. https://www.un.org/ru/conferences/environment/stockholm1972 3. https://unfccc.int/resource/docs/publications/infokit_2003_ru.pdf 524 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 4. https://nap.nationalacademies.org/read/25111/chapter/13 5. www.un.org.